211
O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON KUTUBXONALARNING RIVOJLANISH
JARAYONLARI
Mannonov
Yusup
Otaxonovich
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti
Kutubxona-axborot
faoliyati
fakulteti Kutubxonashunoshlik kafedrasi
o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Наг qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishi, xususan, fan, ta’lim
va madaniyat rivoji uchun asosiy shartlardan biri turli sohalarga oid zarur axborotlarni tezkorlik
bilan olish imkoniyatiga bog‘liqdir. Ayniqsa, Axborot-kutubxona faoliyatining asosiy
jarayonlari: axborotlarni yig‘ish, ishlov berish, saqlash, qidirish va iste’molchiga yetkazib
berishga telekommunikatsiya vositalarini qo‘llash axborot manbalarining qanday masofada
turganidan qat’iy nazar unga tezkorlik bilan ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Maqolada gap
Axborot-kutubxonalarda avtomatlashtirish va tashkiliy-texnika vositalarini qo‘llash orqali ularni
«elektron kutubxona», «virtual kutubxona» aylantirish haqida boradi..
Kalit so‘zlari: O‘RQ
- O‘zbekiston respublikasining Qonuni,
AK
- Axborot- kutubxona,
AKAT
- Avtomatlashtirilgan kutubxona- axborot tizmi,
AKM
- Axborot- kutubxona markazi,
ARM-
Axborot- resurs markazi,
AIO‘-
Avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari,
Dublin Core,
UNIMARC, USMARC
- almashtirishga mo‘ljallangan formatlar,
HTML ,TXT-
matnni o‘qish
uchun onlayn tarzda taqdim etiladigan hamda o‘quvchi komputeriga yuklab olish uchun taqdim
etiladigan shakllar,
EK-
Elektron kutubxona,
ZIP-
ko‘chirib olinadigan fayl,
TXT; RTF va
DOC; Mobipocket .PRC
- shaxsiy komputerlar va telefonlarda kitob o‘qish uchun shakl,
Fiction Book (FB
)- badiiy asarlami saqlash uchun maxsus tashkil etilgan format.
O’zbekistonda elektron kutubxonalarni yaratish masalasi bugungi kunda
dolzarb mavzulardan biriga aylanib ulgurgan. Qadimdan O‘zbekiston hududida
kutubxonalar mavjud bo‘lgan bo‘lib, ular zamonlar o‘tgan sari rivojlanib,
shakllanib borgan. Elektron kutubxonalarni yaratilishi bevosita kutubxona
xizmatlari evolyutsiyasi bilan bog‘liq. Zero bu evolyutsiyada elektron
kutubxonalarning yaralishi evolyutsiyasi o‘rin egallagan. Mazkur kutubxona
xizmatlari evolyutsiyasiga to‘xtalib o‘tamiz. Davrlar misolida ko‘rib o‘tamiz:
I. davr:
4000 yildan ortiq. Bunda an’anaviy kutubxona xizmatlari va qog‘oz
kataloglari, 2-3 xil xizmatlar mavjud bo‘lgan;
II. davr:
1950-1960-yillardan bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Bunda elektron
katalog orqali ma’lumotlar qidirish mavjud bo‘lgan;
III. davr:
1970-1980-yillardan bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Aynan mana
212
shu davrda elektron kutubxonalardan foydalanish shakllangan va amalga oshirila
boshlagan. Shu bilan birgalikda korporativ kutubxona tarmoqlaridan ma’lumot
qidirish funksiyasi ham mavjud bo‘la boshlagan.
IV. davr:
1990-yillardan boshlab, masofadan xizmat ko‘rsatish xalqaro
kutubxona tarmoqlaridan foydalanish rivojlanib borgan. Shu bilan birgalikda
internetdan foydalanish ham mavjud bo‘lgan.
V. davr:
2000-yillardan boshlab, bunda virtual kutubxonalar 70 dan ortiq turlari
paydo bo‘la boshlagan. Library 2.0 (2006-yildan boshlab)
O‘zbekistonda kutubxonachilik sohasining rivojlanishida jumladan, elektron
kutubxonalarni yaratilishida sohaga oid qonun va qarorlar muhim o‘rin egallab
kelmoqda. 0‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi,
«Elektron tijorat to‘g‘risida»gi va «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi,
«Elektron raqamli yozuvlar to‘g‘risida»gi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni va
0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kompyuterlashtirishni yanada
rivojlantirish va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlarini shular jumlasiga kiritish mumkin. Jumladan,
“Axborot kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ 280-sonIi O‘zbekiston
Respublikasi qonunida elektron kutubxona haqida alohida to‘xtalib, unga ta‘rif
berilgan. Electron kutubxonaning elementlarida biri bo‘lgan elektron katalog
haqida ham atama va ta‘rifi ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra: Elektron katalog
tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslari ro‘yxatining elektron shakli.
Elektron kutubxonadagi barcha xujjatlar haqidagi ma’lumotlar, ya’ni nomi,
muallifi, nashriyot nomi, nashr etilgan yili, xajmi kabi ma’lumotlar elektron
katalogning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. To‘liq matnini ham kiritish maqsadga
muvofiq. Shu tarzda foydalanuvchi elektron katalog yordamida kerakli xujjatni
qisqa muddatda topadi va unga buyurma berish imkoniga ega bo‘ladi.
Elektron kutubxonalar va ularning rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari
mavjud. Elektron kutubxona navigatsiya va qidiruvning zamonaviy vositalari bilan
ta’minlangan, tartibga solingan turli-tuman elektron hujjatlar (shuningdek,
kitoblar) “kolleksiyasidir”, dea ta’rif beriladi wikipedia saytida. Elektron
kutubxonalar o‘zida juda katta hajmdagi materiallarni jamlagan holda universal
hamda ixtisoslashgan bo‘lishi kerak. Elektron kutubxonalarni aralash tarkibli,
asosan, adabiy saytlardan farqlash lozim. Adabiy jurnal bosma nashr bo‘lib, ular
213
hech bir o‘zgarishlarsiz internetga joylashtiriladi, elektron kutubxona esa, adabiy
saytlardan farqli o‘laroq, doimiy yangi materiallar bilan yangilanib turiladi.
"Gutenberg" — ilk loyiha Elektron kutubxona tashkil etish bo‘yicha birinchi
loyiha "Gutenberg" loyihasidir (1971 yil).
Komputer va internetdan foydalanuvchilar soni ortishi bilan ko‘plab odamlar
elektron kitoblardan foydalanishni boshladilar. Bu o‘z-o‘zidan offlayn kutubxona
foydalanuvchilari sonining kamayishiga sabab bo‘ldi. Masalan, 1997-2002 yillar
mobaynida Aydaxo universiteti kutubxonasiga tashrif buyuruvchilar soni 20%
foizdan ko‘proq tushib ketdi, kutubxonaning elektron talqinidan foydalanuvchilar
esa 35% foizga oshdi. Shu bois ko‘plab kutubxonalar fondlaridagi kitoblarning
elektron talqinini yaratishga jiddiy kirishib ketdilar.
1990 yili AQSh Kongress kutubxonasi mamlakat tarixiga oid elektron
materiallarga erkin va bepul kirish imkonini beruvchi "Amerika xotirasi" loyihasini
boshladi. Google 2002 yili kitoblarni raqamlash bo‘yicha loyihani amalga
oshirishga kirishdi. 2004 yilning dekabrida "Google Print" deb nomlangan
kutubxona loyihasi ishlari boshlangani haqida e’lon qilindi va bu loyiha 2005 yili
“Google kitoblar qidiruvi” deb qayta nomlandi. 2008 yilning 20 noyabrida
Evropeana umumevropa raqamli kutubxonasi amaliyotga tatbiq etildi. 2009 yilning
21 aprelida esa Butunjahon raqamli kutubxonasining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Elektron kutubxonalarda joylashgan asarlar shakllarini ikki toifaga ajratish
mumkin - matnni o‘qish uchun onlayn tarzda taqdim etiladigan hamda o‘quvchi
komputeriga yuklab olish uchun taqdim etiladigan shakllar. Birinchi toifaning eng
ko‘p tarqagan shakli - HTML bo‘lib, matnlar TXT shaklida bo‘ladi. Bu ushbu
an’ana bilan bog‘liq: dastlabki elektron kutubxona paydo boigan vaqt (1994 yil)da
internetda ishlash tezligi juda past bo‘lgan va jo‘natishning mana shu eng yengil
shakli qo‘llanilgan. Yuklab olish shakllari - TXT; RTF va DOC; Mobipocket .PRC
(shaxsiy komputerlar va telefonlarda kitob o‘qish uchun shakl). Shuningdek, badiiy
asarlami saqlash uchun maxsus tashkil etilgan Fiction Book (FB) formati juda
mashhurdir.
Ilk elektron kutubxona — "Gutenberg" loyihasi ko‘chirib olinadigan
fayllarning ZIP arxivlarda matn ko‘rinishida bo‘lishini talab etadi, chunki bu
matnlami istalgan qurilmada o‘qish mumkin, qolaversa, foydalanilayotgan
formatlarga ishlov beruvchi dasturlarga ziyon yetgan taqdirda ham, ular
yo‘qolmaydi.
Matematik formulalar va murakkab chizmalar tasvirlangan kitoblarni
214
skanerlashdan so‘ng matnli shaklga o‘tkazish bir muncha qiyin, shu bois ular doim
oddiy PDF grafik shakllarda saqlanadi. Darhaqiqat, elektron kutubxonaga
mazkur sohaning klassiklari qanday ta’rif berishgan?
Elektron kutubxonaga berilgan ba’zi bir ta’riflarni eslab o‘taylik
F.S.Voroyskiy o‘zining [3] ishida EKga quyidagi ta’rifni beradi. Elektron
kutubxona bu - fondida elektron shakldagi axborotlarni saqlaydigan va ulardan
foydalanishni yo‘lga qo‘ygan kutubxonadir. Kennet Doulin esa EKni o‘zining
1984 yili e’lon qilingan “Elektron kutubxona” nomli kitobida quyidagicha
ta’riflaydi:
-
Resurslarni kompyuter orqali boshqarish;
-
Axborot ta’minotchisini axborot iste’molchisi bilan elektron kanallar orqali
bog‘lash qobiliyati;
-
Zarur hollarda xodimlarni elektron jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati;
Elektron vositalardan foydalanib, axborotlarni saqlash, ishlov berish va
iste’molchilarga uzatish qobiliyati.
1991 yili Buyuk Britaniyada “Elektron kutubxona” dasturining ishga
tushirilishi munosabati bilan unga dastlab “Kutubxona, elektron kutubxona
deyiladi, agarda uning fondidagi hujjatlarning katta qismi elektron shaklga
o‘tkazilgan bo‘lsa” degan ta’rif berilgan. Bu ta’rifdan ko‘rinadiki, to‘liq
avtomatlashtirilgan kutubxona “Elektron kutubxona” bo‘lishi mumkin ekan. AQSh
Massachuset universitetidan Vilyam Adams o‘zining kitobida EKga “Servislarga
mos axborotlarning boshqariladigan kollektsiyasi, bunda axborot raqamli shaklda
saqlanadi va unga kirish tarmoq orqali amalga oshiriladi” deb ta’rif bergan.
Ya.L.Shrayberg o‘zining kitobida elektron kutubxonaga quyidagicha ta’rif beradi,
“Elektron kutubxona
-
bu strukturalashtirish va kirishning umumiy ideologiyasi
asosida birlashtirilgan lokal yoki global elektron resurslardir”.
Axborot-kutubxonalarda (AK) elektron kutubxona yaratish uchun ishni
quyidagi jarayonlardan boshlash kerak:
Axborot-kutubxona yetarli miqdorda kompyuterlar sotib oladi. AKda ichki
tarmoq yaratiladi. AK xodimlarining barchasi kompyuterlardan foydalanishga
o‘rgatiladi. AK kompyuterlari Internet tarmog‘iga ulanadi. AK xodimlari
Internetdan axborot qidirish, elektron katalogdan (Internetning elektron
bibliografik resurslaridan) foydalanishga o‘rgatiladi. AKdagi asosiy axborot
jarayonlari (axborotlarni yig‘ish, saqlash, ishlov berish, qidirish va uzatish)
avtomatlashtirish
imkoniyatini
beruvchi
maxsus
dasturiy
vosita
215
(avtomatlashtirilgan kutubxona axborot tizimi (AKAT) sotib olinadi va tatbiq
qilinadi. AKAT sotib olish bilan cheklanib qolmay, balki AK xodimlarini undan
foydalanishga o‘rgatish ham kerak bo‘ladi. AKda AKATning tatbiq qilinishi AK
fondini ochib beruvchi elektron katalog yaratilishiga olib keladi. Kitob berish,
qaytarib olish, . “qarzdorlarni” aniqlash, kutubxona statistikasini yuritish,
kitobxonlarga masofadan xizmat ko‘rsatish kabi bir qator jarayonlar
avtomatlashtirilgan tarzda kompyuterlar yordamida bajariladi.
AK fondini elektron katalog yordamida ochib berish imkoniyati yaratilgach,
kitobxonlarning ehtiyojlarini o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar ochiladi. AK
statistikasini AKAT orqali olib borish qaysi adabiyotlarning ko‘proq
o‘qilayotganligi, qaysi adabiyotlarga ehtiyoj ko‘pligini aniq aytish imkoniyati
tug‘iladi. Shunday qilib, AK fondidagi adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazishda
kitobxonlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib ish tutishga sharoit yaratiladi. AK
maxsus skaner sotib oladi va kerakli adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkaza
boshlaydi. Ayni paytda AKAT elektron katalogidagi bibliografik tavsifga
kitobning to‘liq matni bog‘lanadi. Shu tarzda AKning AKAT bazasida elektron
kutubxona yaratila boshlanadi. Elektron katalogsiz “Elektron kutubxona” yaratish
maqsadga muvofiq emas. Masalan, Siz Internetning biror-bir qidiruv mashinasiga
“Informatika” so‘zi ishtirok etgan adabiyotni qidirish so‘rovini berib ko‘ring. Siz 7
000 000 dan ko‘p axborotga ega bo‘lasiz. Bunday katta axborotlar oqimidan
o‘zingizga kerakligini topa olasizmi? Umringiz yetarmikan? Elektron kutubxona
uchun elektron katalog qidirish samarasini oshirish uchun kerak bo‘ ladi.
Virtual kutubxona qanday yaratiladi? Ko‘pincha kompyuterlashtirilgan
kutubxona,
avtomatlashtirilgan
kutubxona,
raqamli
kutubxona,
elektron
kutubxona, virtual kutubxona tushunchalarini aralash holda ishlatilishining guvohi
bo‘lamiz. Virtual kutubxona bu elektron kutubxonalar majmuining axborot
kommunikatsiya vositalari orqali birlashtirishdan hosil bo‘ladi. Tarmoq orqali
ixtiyoriy elektron kutubxonadan foydalanish - virtual kutubxonadan foydalanish
bo‘ladi. Shunday qilib, AKda elektron kutubxona yaratish bosqichlari quyidagicha:
-
Kompyuterlashtirilgan kutubxona;
-
Avtomatlashtirilgan kutubxona;
-
Elektron (raqamli) kutubxona;
-
Virtual kutubxona.
Axborot-kutubxonani avtomatlashtirish nimadan boshlanadi?
Axborot- kutubxonalarda yangi axborot texnologiyalarini, kutubxona
216
jarayonlarini avtomatlashtirish vositalarini joriy qilishga asosli va izchil
yondashish zarur. Quyida AKlardada elektron kutubxona yaratish bo‘yicha
murakkab tizimlar va tizimli tahlilning klassik nazariyasiga hamda chet el
tajribalariga asoslanib, tavsiyalar beriladi.
Avtomatlashtirilgan va elektron kutubxonalar yaratish bir qarashda oson
ishdek tuyulsada, aslida bu jarayon uzoq davom etadigan murakkab ishdir.
AKlarni avtomatlashtirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
1-Bosqich. Axborot –kutubxonalar holatini loyihalashtirishdan oldingi
tadqiqoti.
Bu bosqichda AK avtomatlashtirilayotgan ob’ekt sifatida o‘rganiladi.
Kutubxonachilik ishi sizning shahringizda, tumanda, viloyatdagi va umuman
olganda Respublika bo‘yicha holati tahlil qilinadi. Chet ellardagi bu sohada
erishilgan tajribalar o‘rganiladi. Bosqichda ko‘zda tutilgan maqsad:
avtomatlashtirilgan funksiyalarni tatbiq qilish zarurati va maqsadga muvofiqligini
aniqlash, avtomatlashtirilgan va elektron kutubxonalar yaratishning holati va bu
sohadagi ilg‘or tajribalami o‘rganish. U sizning axborot-kutubxonalarga mos
texnika va dasturiy ta’minotlarni tanlashda yordam beradi, bu esa o‘z navbatida
resurslami tejashga imkoniyat yaratadi.
Loyiha oldi tadqiqotlari amaldagi mavjud AK tashkiliy strukturasini
tizimlashtirish imkoniyatini beradi, bu esa o‘z navbatida axborot oqimlarini
optimallashtirish va avtomatlashtirish vositalarini qo‘llashga mo‘ljallangan
axborot- texnikaviy ta‘minotni to‘g‘ri tanlashga yo‘l ochadi.
Bu bosqichda quyidagi eng muhim savollarga javoblar olinadi:
Sizning Axborot-kutubxonangiz faoliyatini avtomatlashtirishga zarurat
bormi? Hozirgi paytda elektron kutubxona yaratishga qay darajada tayyorsiz?
Hozirgi bosqichda kerakli resurslarga, vositalarga va yuqori malakali
kadrlarga egamisiz? Zero kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish va electron
kutubxona yaratish katta moddiy harajatlar hamda AK xodimlari malakasini
oshirishni talab qiladigan uzoq davom etadigan murakkab ishlardan hisoblanadi.
Shuning uchun ham bu sohadagi ishlarni boshlamasdan oldin puxta o‘ylab, o‘z
imkoniyatlaringizni xolis baholab, so‘ng ish boshlash tavsiya qilinadi.
Loyiha oldi tadqiqotlarini o‘tkazish bosqichida quyidagi axborotlarni to‘plash
va tizimlashtirish lozim:
-
AK fondi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (kitoblar, davriy nashrlar soni).
Qimmatli axborot resurslar to‘g‘risida ma’lumotlar (raqamlashtirilishi kerak
217
bo‘lgan ilmiy texnikaviy axborotlar, qadimiy qo‘lyozmalar, nodir kitoblar, eng
ko‘p so‘ralayotgan adabiyotlar);
-
AKda mavjud hisoblash va tashkiliy texnika vositalari to‘g‘risida (ularning
markasi va ishlab chiqilgan yili ko‘rsatilgan holda) ma’lumotlar;
-
Telekommunikatsiya vositalarining (telefon liniyalari, lokal tarmoqlar, radio
to‘lqinli va optik tolali aloqalar) holati va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
-
AKda Internet va elektron pochtaning mavjudligi;
-
AKning tashkiliy tuzilmasi, kadrlar tarkibi, xodimlarning malaka darajasi.
Hisoblash texnikasi vositalarini va lokal tarmoqni boshqara oladigan yuqori
malakali xodimlarning mavjudligi to‘g‘risidagi axborotlar.
Bu axborotlar kelgusida AKni axborotlashtirish uchun qancha kompyuter, tashkiliy
texnika va telekommunikatsiya vositalari kerakligini asoslashda asqotadi.
2-Bosqich. Axborot-kutubxonlarani avtomatlashtirish uchun texnik
topshiriqni ishlab
chiqish.
Bu bosqichda avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimining axborot, til,
dasturiy texnik, kadrlar, tashkiliy texnologik va boshqa ta’minotlariga qo‘yiladigan
asosiy talablar aniqlanadi. Birinchi bosqichda olingan natijalarga asoslanib, texnika
vositalarining soni, sifati hamda texnik xarakteristikalari aniqlanadi. Printer,
skaner, modem va boshqa qurilmalarning sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Texnika vositalari orasida AK elektron fondi saqlanishi mo‘ljallanayotgan
serverning texnik xarakteristikalariga katta e‘tibor berish lozim, zero
ma’lumotlarning ishonchli saqlanishi va ulardan samarali foydalanish unga
bog‘liq. Texnik ta’minotga qo‘yilgan talab, AKni avtomatlashtirish uchun qanday
texnika vositalari (tashkiliy texnika) sotib olish kerak? - degan savolga javob
berishi kerak.
Bibliografik ma’lumotlarni saqlash va almashtirishga mo‘ljallangan formatlar
(Dublin Core, UNIMARC, USMARC va boshqalar) tanlanadi.
Avtomatlashtirilgan kutubxona uchun dasturiy ta’minot tanlash asoslanadi.
Bu yerda asosiy e’tibor avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimi (AKAT) va
AKda ishlatishga mo‘ljallangan boshqa dasturiy vositalarni tanlashga e’tibor
qaratiladi. AK uchun AKAT tanlaganda quyidagi me’yorlarni inobatga olishni
taklif qilamiz:
-
Avtomatlashtirilgan AKda ishlov berishga mo‘ljallangan axborotlar hajmi
(AK fondi). AKATlar turli tipdagi ARM va kutubxonalarga mo‘ljallanganligi
sababli ham ulardagi ma’lumotlar bazalarida axborotlarni saqlash va qidirish
218
tezligi ma’lum bir cheklashlarga ega bo‘ladi;
-
AKATning funktsional imkoniyatlaridan (avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari
(AIO‘) faqat sizning axborot-kutubxonangiz uchun kerak bo‘lganlarini tanlash.
Masalan: kollej, litsey va maktab qoshidagi ARMlar tarkibida “Fondni
komplektlash” bo‘limi yo‘q, bunday holda “Fondni komplektlovchi”ning AIO‘
sotib olinishi kerakmi? Zamonaviy AKATlar tarkibidagi AlO‘lar elektron katalog
bazasini shakllantirish, fondni komplektlash, kitob berish va qaytarib olish,
axborotlarni qidirish va ularga buyurtmalar berish, AK xodimlarini boshqarish,
buxgalteriya hisobi va boshqa bir qator funksiyalarni bajara oladi;
-
Dasturiy texnika vositalarining narx xarakteristikasi. Yuqorida ko‘rib
chiqilgan xarakteristikalar bevosita tanlangan vositalarning narxiga ta’sir
ko‘rsatadi. AKAT tarkibida AIO‘ qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha ko‘p funksiyalar
bajaradi, AKAT qanchalik katta hajmdagi axborotlarga ishlov bersa, u shunchalik
qimmat turadi. Zamonaviy AKATlar bir necha yuz AQSH dollaridan tortib, to yuz
ming AQSH dollarigacha baholanishi mumkin.
3-Bosqich.
Ishchi
texnik
loyihalash
.
Faraz
qilamiz,
siz
AKni
avtomatlashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha dasturiy texnik vositalarga egasiz.
Dastlab siz sotib olgan vositalami texnik topshirishda ko‘rsatilgan spetsifikatsiyaga
mosligini tekshirib ko‘rishingiz lozim.
Shunday qilib, siz avtomatlashtirilgan AK yaratishga tayyorsiz va bunda
quyidagilarni amalga oshirish lozim:
-
Montaj va sozlash ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish. Odatda bu ishlami
bajarish uchun mutaxassislar taklif etiladi;
-
Dasturiy ta’minotni sozlash. O‘z ichiga operatsion sistemani, maxsus
dasturiy ta'minotni o‘rnatish, nazorat misollari yordamida testlar o‘tkazishni oladi;
- O‘tkaziladigan ishlar bilan bir qatorda kadrlar malakasini oshirish va qayta
tayyorlashga katta e’tibor qaratilishi lozim. Ular AKATlar bilan ishlash, Intranet
tarmoqlarida axborot qidirish, elektron pochta xizmatida foydalana olish
malakasiga ega bo‘lishlari kerak;
- Avtomatlashtirilgan usullarni kutubxonachilik ishida qo‘llash AKdagi
tashkiliy tuzilmaning ham o‘zgarishiga olib keladi. Avtomatlashtirilgan AK bu -
axborotlarga ishlov berishning yangi shakligina emas, balki AKda mehnatni tashkil
qilishning ham yangi shaklidir. Bunda lavozim yo‘riqnomalari faqat ijrochilar
uchun emas, balki rahbarlar uchun ham o‘zgaradi. AK rahbari avtomatlashtirilgan
AK bosh direktori yoki uning bosh ta’minotchisiga aylanishi maqsadga muvofiq.
219
Chunki
uning
avtomatlashtirish
sohasidagi
bilimi,
malakasi
AKdagi
avtomatlashtirilgan tizimning naqadar samarali ishlashiga sababchi bo‘ladi. AKda
yangi bo‘limlar ochiladi, kerak bo‘lmaganlari qisqartiriladi. Katta AKlarda texnika
vositalari ko‘p bo‘lgan hollarda u yerda “Avtomatlashtirish” bo‘limini ochish
maqsadga muvofiq. Chunki ko‘p sonli texnika vositalariga xizmat ko‘rsatish uchun
maxsus malakaga ega bo‘lgan xodimlar talab qilinadi. Bu bo‘lim AKdagi dasturiy
texnik vositalarni bir maromda ishlashini ta’minlashi, kerak bo‘lganda xodimlarga
maslahatlar berishi kerak bo‘ladi.
4-Bosqich. Avtomatlashtirilgan kutubxonalarni tajriba tariqasida va
doimiy ishlashga
tayyorlash
. Avtomatlashtirilgan kutubxona tajriba sinov
tariqasida ishlatilganda asosan tizim testlar bilan sinab ko‘riladi, kamchiliklar
aniqlanadi, tizimdan xodimlaming va foydalanuvchilarning ishlay olish qobiliyati
aniqlanadi. AKAT funksiyalari ishlatib ko‘riladi. Dastlabki bosqichlarda yo‘l
qo‘yilgan xatolar to‘g‘rilanadi.
Tajriba sinov ishlari quyidagi savollarga javob berishi kerak:
Kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan barcha funksiyalar
bajarilayaptimi? Ya’ni ko‘zda tutilgan barcha AIO‘ to‘liq ishonchli ishlayaptimi?
AK bo‘limlari orasida axborot almashinuvi to‘g‘ri va sifatli bajarilayaptimi?
Kutubxona axborotlariga avtomatlashtirilgan holda ishlov berishga o‘tish
uchun kutubxona xodimlarining malakasi yetarlimi?
Barcha kamchiliklar bartaraf qilingandan so‘ng, avtomatlashtirilgan
kutubxona doimiy ravishda avtomatlashtirilgan rejimga o‘tishi mumkin. Bu AKni
avtomatlashtirishning yakuniy bosqichi hisoblanadi va unda real protseduralar,
axborotlarni kiritish ishlov berish va avtomatlashtirilgan holda xizmat ko‘rsatishga
o‘tiladi. Bu bosqichda texnik topshiriqda ko‘zda tutilgan barcha funksiyalaming
to‘liq bajarilishiga erishish zarur.
5-Bosqich. Bevosita elektron kutubxona yaratish
. Elektron kutubxona
yaratish vositasi sifatida AKATdan foydalanish tavsiya qilinadi. Elektron
kutubxona o‘z ichiga elektron katalog, elektron shakldagi hujjatlar, kutubxonadan
foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazalarini oladi. Elektron kutubxona
AKda quyidagi vazifalarni bajaradi:
-
Matnli, video, mul’tiplikatsiya, mul’timediya, imetatsion modellashtirish
tizimlari ko‘rinishidagi turli shaklda taqdim qilingan qimmatbaho ta’limiy va
ma’lumotnoma-axborot resurslariga keng qamrovli kirishni ta’minlash;
-
Elektron katalog yordamida kerakli axborotlarni tezlikda qidirib topish.
220
Qidirish tezligi an’anaviy katalogdan qidirishga qaraganda bir necha yuz marotaba
tez bajarish;
-
AK kitobxonlari va undan foydalanuvchilarning ehtiyojlariga mos katta
hajmdagi ilmiy, ta’limiy, entsiklopedik hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish
va saqlash.
Elektron kutubxonaning elektron katalogi uning eng murakkab va sermehnat
talab qiladigan qismi hisoblanadi.
Elektron kutubxonada to’liq matnli ma’lumotlar bazasi quyidagicha
shakllantiriladi:
-
AK o‘z kuchi bilan bosma yoki qo‘lyozma hujjatlarni skanerlash
(fotografiya, klaviatura) orqali yaratadi va elektron katalog orqali tizimga kiritadi;
-
Internet tarmoqlaridan erkin foydalanishga qo‘yilgan resurslardan ko‘chirib
olish;
-
Boshqa shaxslar yoki tashkilotlaming bazalaridan kelishuv orqali elektron
resurslami olish.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Axborot-kutubxonalarda kutubxona
ishini avtomatlashtirish va electron kutubxonalar tashkil qilish kitobxonlarga,
foydalanuvchilarga electron resurslar orqali axborot xizmatini samarali tashkil
etishning zamonaviy oqilona usuli bo‘lib hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘yhati
1.
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ 280-sonli "Axborot-kutubxona faoliyati
to‘g‘risida“gi qonuni. /7 xalq so‘zi, 13 aprel 2011-yil.
2.
Avtomatlashtirilgan kutubxona/ Kutubxonashunoslik va axborot tizimlari ta’lim
yo‘nalishi bo‘yicha taxsil olayotgan talabalar uchun o‘quv qo‘llanma.-T.:
A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti. 266 b..
3.
Karimov U., Muhammadiyev A.Sh., Anorova Sh. Respublika kutubxonalarida
electron katalog yaratishning dolzarb muammolari//“Fan. Ta’lim. madaniyat va
biznes sohalarida internet va kutubxona-axborot resurslaridan foydalanish
Xalqaro konferensiya materiallari “Central Asia 2004”. - Т.. 2004. - 101-105 b.
4.
Karimov U., Rahmatullayev M.A. Davriy nashrlar electron katalogini yaratish
texnologiyasi. Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi
nashriyoti. T.: 2006. - 80 6.
Internet saytlari:
