Авторы

  • Ikromov Shoxruxbek Dilshodjon o'g'li
    Andijon davlat chet tillari instituti, erkin tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijrs.70979

Ключевые слова:

non-verbal communication paralinguistic means non-verbal means gestures cross-cultural communication national culture customs

Аннотация

This article is devoted to the expression of national culture, traditions and manners with the use of non-verbal means in interpersonal communication in Uzbek and Russian languages. In this article traditions are described in these four languages. Non-verbal means in communication are divided into different groups circumstances of usage, purpose, interaction, content. The article also summarizes the opinions and theoretical views of Uzbek and Russian scientists on non-verbal means of communication, information and materials collected on this issue, as well as a comparative analysis and clarification of their content. In particular, it was proved by examples that verbal and non-verbal means are used synchronically, which makes the speaker’s speech more understandable, interesting and attractive and less physically requiring. Moreover, it was studied that the same simultaneous actions or gestures of people can serve as a component of non-verbal communication in the process of interaction.


background image





203

THE EXPRESSION OF CULTURE BY USING NON-VERBAL MEANS

Ikromov Shoxruxbek Dilshodjon o'g'li

Andijon davlat chet tillari instituti, erkin
tadqiqotchisi
E-mail:

ikromovshohrux13@gmail.com

Tel: +998889757707

Abstract

: This article is devoted to the expression of national culture, traditions and

manners with the use of non-verbal means in interpersonal communication in Uzbek and Russian
languages. In this article traditions are described in these four languages. Non-verbal means in
communication are divided into different groups circumstances of usage, purpose, interaction,
content. The article also summarizes the opinions and theoretical views of Uzbek and Russian
scientists on non-verbal means of communication, information and materials collected on this
issue, as well as a comparative analysis and clarification of their content. In particular, it was
proved by examples that verbal and non-verbal means are used synchronically, which makes the
speaker’s speech more understandable, interesting and attractive and less physically requiring.
Moreover, it was studied that the same simultaneous actions or gestures of people can serve as a
component of non-verbal communication in the process of interaction.

Keywords:

non-verbal communication; paralinguistic means; non-verbal means; gestures;

cross-cultural communication; national culture; customs.

Аннотация

: Данная статья посвящена выражению национальной культуры,

традиций и нравов с использованием невербальных средств в межличностном общении в
узбекском и русском языках. В статье традиции и формы приличия в узбекском и русском
языках. Невербальные средства в общении делятся на отдельные группы по условиям
применения, назначению, взаимодействию и содержанию и форм приличия.

В статье также обобщаются мнения и теоретические взгляды узбекских,

английских, турецких и российских ученых на невербальные средства общения,
информацию и материалы, собранные по этому вопросу, а также проводится
сравнительный анализ и уточнение их содержания. В частности, на примерах было
доказано, что вербальные и невербальные средства используются параллельно, что
делает речь говорящего более понятной, интересной, привлекательной и не требующих
больших усилий. Особенно было изучено, что одни и те же действия или жесты людей в
процессе речи могут служить компонентом невербального общения в речи, будучи при
этом психологически незначимыми.

Ключевые слова:

невербальная коммуникация; паралингвистические средства;

невербальные средства; жесты, межкультурное общение; национальная культура;
обычаи; форм этикета.

Annotatsiya

: Mazkur maqolada o‘zbek va rus tillarining shaxslararo muloqotida noverbal

vositalar yordamida milliy madaniyatning ifodalanishi keltirilgan. Unda insonlarning
madaniyati o‘zbek va rus tillari kesimida tadqiq etilgan. Muloqotda noverbal vositalarga oid
urf-odatlarning qo‘llanish sharti, maqsadi, o‘zaro munosabati, mazmuni alohida guruhlarga
ajratib chiqilgan.


background image





204

Shuningdek, maqolada o‘zbek va rus olimlarining noverbal vositalar yuzasidan fikr va

nazariy qarashlari, mavzu bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumot va materiallar umumlashtirilib, qiyosiy
tahlil o‘tkazish va mazmun-mohiyatini yoritib berish orqali tadqiq qilingan. Hususan, unda
verbal va noverbal vositalar parallel ravishda qo‘llanilib, so‘zlovchi nutqini yana ham
tushunarli, qiziqarli, kamharakat va jozibadorligini ta’minlashi misollar yordamida isbotlangan.
Ayniqsa, insonlarning ayni bir hil harakati yoki imo-ishoralari nutqda noverbal muloqotning
komponenti bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar:

noverbal muloqot; paralingvistik vositalar; noverbal vositalar; imo-

ishoralar; madaniyatlararo muloqot; milliy madaniyat; urf-odatlar.

Kirish.

Jamiyatda adab shakllarini o‘zida mujassam etgan noverbal vositalar

milliy madaniyat, urf-odat va qadriyatlar saqlab qolishning eng qulay usuli bo‘lib,
kelajak avlodga oddiy so‘z bilan ta’riflab bera olmaydigan san’at durdonalari
(

musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik, she’riyat, naqsh, teatr

) va muloqot

madaniyatini yetkazib berishga xizmat qiladi. Shu bois, noverbal vositalar
tilshunoslar qatori faylasuflar, sotsiologlar, psixologlar, adabiyotshunoslar,
tarixchilar, san’atshunoslar, madaniyatshunoslar va boshqa soha vakillarining
tadqiqot obyektiga aylandi.

Aytish joizki, har bir xalqning madaniyati, ma’naviyati va urf-odati

umuminsoniy qadriyatlar bilan naqadar bog‘liq bo‘lganligi, uning jahon
sivilizatsiyasi tarixiga qo‘shgan hissasi va tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Nafaqat
Sharqda, balki butun jahonda qadimiy millatlardan biri bo‘lgan o‘zbek xalqining
milliy madaniyati uzoq tarixiy davrni qamrab oladi.

O‘zbek milliy noverbal vositalari nutqda inson harakter jihatlari, madaniyati,

ma’naviyati, dunyoqarashi, fikrlash qobiliyati, kayfiyati va suhbatidan ko‘zlangan
maqsadlarini tamomila ochib beradi. Ammo, ingliz va amerikaliklarda kayfiyatni
yaxshi yoki yomonligi faqatgina uning yuzidagi tabassumdan ilg‘ab olish mumkin.
Qolgan jihatlarini aniqlash bir oz mushkullik tug‘diradi. Chunki ingliz va
amerikaliklar muloqot jarayonida inson yuzidagi tabassum suhbatdoshga nisbatan
bo‘lgan hurmatini va samimiyligini ifoda etadi. Biroq, ruslar muloqotda asossiz
tabassum qilish yoki jilmayishga odatlanmagan bo‘lib, ularda deyarli jiddiylik
namoyon bo‘ladi. Ularning fikricha, suhbat jarayonida tinimsiz mulozamat
ko‘rsatish inson harakteridagi asl jihatlarini yashirish va qaysidir ma’noda qisman
ayyorlik belgilarini ifoda etadi [1] .

- Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review).

Noverbal

muloqotda urf-odatlar tizimi xalqning milliy madaniyatini dunyoga tanitishda ham
muhim o‘rin egallaydi. Ayrim tadqiqotchilar urf-odatga oid paralingvistik


background image





205

vositalarni til kabi alohida milliy mazmun-mohiyatga ega deb hisoblaydi. Masalan,
T.Nikolayeva asrlar davomida ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib o‘tayotgan
milliy urf-odat va madaniyatni huddi til kabi tadqiq qilish lozimligini aytgan [2].

A.Nurmonovning ta’kidlashicha, bir tilda so‘zlashuvchi xalq vakilining

ikkinchi tilda so‘zlashuvchi xalq doirasida ham erkin muomala qila olishi uchun bu
xalqning tilini mukammal bilishi bilan birga uning muomala madaniyati, urf-odati,
imo-ishoralari va boshqa bir qator shu xalq uchun xarakterli tomonlarini ham
chuqur o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Jahonning turli xalqlari o‘rtasida iqtisodiy va
madaniy aloqalar juda kuchaygan hozirgi davrda yuqorida ko‘rsatilgan omillarni
o‘rganish ehtiyoji yana ham ortmoqda [3].

A.Dikijining aytishicha, har bir jamiyatda yaxshi-yomon, chiroyli-xunuk va

odamlarning xulq-atvorini belgilovchi qadriyatlari mavjud. Qadriyatlar jamiyatda
kishilar o‘rtasida keng tarqalgan va odatiy xatti-harakatlardan iborat. Jamiyat
o‘tmishidagi baxtli va azobli hayotiy voqealar qadriyatga katta ta’sir o‘tkazadi.
Vaqt o‘tishi bilan ular jamiyatda a’nanaga aylanadi [4].

F.Poyatos Turkiya, AQSh va Kanada xalqlarining noverbal vositalari, urf-

odatlari va madaniyatlararo muloqotiga alohida e’tibor qaratgan. Uning fikricha,
mazkur xalqlarda salomlashishning har xil ko‘rinishlari turli madaniyatni
belgilaydi. Masalan, Turkiyada uzoq vaqt ayriliqdan so‘ng ota bilan o‘g‘il yoki
aka-ukalar quchoq ochib ko‘rishishlari hamda turli yoshdagi nabiralar tomonidan
bobo va buvilarining o‘ng qo‘lini o‘pib, peshonasiga surtish holatlari milliy
qadriyatga aylangan. Ammo AQSh va Kanadada uzoq uchrashuvdan so‘ng ota
bilan o‘g‘ilni shunchaki qo‘l berib salomlashishi odatiy bir holat deb qaraladi [5].

Shuning uchun ham ingliz tilidagi milliy noverbal vositalarni tadqiq qilishda

Angliya, Uels, Shotlandiya, AQSh, Avstraliya, Kanada va boshqa inglizzabon
xalqlarning madaniyatlararo muloqotiga asoslanishni lozim deb hisoblaymiz.
Chunki bugungi kunda rasman 19 ta mamlakatlarda ingliz tili – rasmiy davlat tili
hisoblanadi. Ularning tili, tarixi va adabiyotini o‘rganish mazkur tilda olib borilsa-
da, milliy madaniyati, urf-odati va noverbal muloqotlari bir-biridan keskin farq
qiladi. Masalan, inglizlar o‘z suhbatini og‘ir-bosiqlik, past ovoz ohangi va ortiqcha
imo-ishora harakatlarsiz olib borishni ma’qul ko‘rib, jamoat diqqat e’tiborini
o‘ziga jalb qilmaslikka harakat qilishadi. Ammo, avstraliyalik yoki amerikaliklarda
buning aksini ko‘rish mumkin. Go‘yoki ular suhbat davomida atrofdagilardan sir
saqlamayotganligini namoyish qilish maqsadida, nutqni yuqori ohangda, ochiq-
oydin va tez-tez gapirishni ma’qul ko‘rishadi.


background image





206

- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).

A.Sadoxin insonni

har tomonlama uyg‘un kamol topishiga o‘z madaniy vakolati darajasida til, urf-
odatlar, an’analar va madaniy qadriyatlarini puxta egallashi bilan belgilanadi deb
aytgan [6]. Chunki muloqotda mumkin bo‘lgan shaxslararo qarama-qarshilik inson
xulq-atvori, yot bo‘lgan noverbal vositalar va milliy urf-odatlarini to‘liq tushunib
yetmasligidan kelib chiqadi.

A.Pizning aytishicha, muloqotda verbal vositalar axborotni yuborish kanali

bo‘lib xizmat qilsa, noverbal vositalar shaxslararo munosabatlarga “oydinlik”
kiritish vositasi sifatida e’tirof etiladi [7].

T.Nikolaeva va B.Uspenskiylar rus tilshunosligida paralingvistik vositalarni

kelib chiqishi yuzasidan ikki hil guruhlarga ajratishni tavsiya qilgan:

a) tabiiy paralingvistik vositalar – biologik hodislar oqibatida yuzaga kelgan

tabiiy va hamma uchun umumiy ma’noga ega bo‘lgan harakatlar;

b) an’anaviy paralingvistik vositalar – madaniyat va an’nalarga hos bo‘lgan

harakatlar [8].

M.Saidxonov o‘zbek tilida noverbal vositalardan tarkib topgan va ishlatib

kelinayotgan muomala shakllariga quyidagilarni kiritgan:

a) rituallar (udumlar) – urf-odat bilan bog‘liq xatti-harakatlar va ularning

yig‘indisi (marosim jarayoni);

b) etiket formalari (adab shakllari) – muomala jarayonidagi odob qoidalari;

v) imo-ishoralar – aloqa-aralashuvda ma’lum axborot uzatuvchi harakatlar

[2].

Shu boisdan turli xalqlarning madaniyatini tadqiq qilishda, adab shakllari:

milliy qadriyat, urf-odat, an’nana, axloq, xulq-atvor, udum, rasm (rasm-rusum,
rasm-odat), taomila va marosimlarni ham e’tibordan chetda qoldirmaslikni tavsiya
qilamiz. Chunki mazkur iboralar garchi, mutlaq sinonim so‘zlar bo‘lmasada, ular
biri-biriga juda ham yaqin, ayrim vaziyatda nutqda biri ikkinchisining ekvivalenti
o‘rnida ishlatilishi mumkin.

- Tahlil va natijalar (Analyses and results).

Tadqiqot ishi doirasida o‘zbek,

usmonli turk, ingliz va rus tillari muloqotida noverbal vositalar yordamida ifoda
etiladigan urf-odat, adab shakllari va ijtimoiy-madaniyatga oid yig‘ilgan
materiallar tahlili va tadqiqot ishi natijalarining muhokamasi quyidagilardan iborat.

O‘zbek tilida noverbal vositalar yordamida adab shakllari

urf-odat, qadriyat,

an’ana, udum, rasm

(rasm-rusum, rasm-odat), axloq, xulq (xulq-atvor) taomila

va

marosim

(ishora)

harakatlari orqali ifodalaniladi.


background image





207

Masalan:

Temurbek otdan irg‘ib tushdi va qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib bu yerda

turganlarga ta’zim qildi

[9].

Rus tilida noverbal vositalar yordamida ifoda etiladigan urf-odatlar va adab

shakllari

обыchай

(odat),

традиция

(urf-odat),

обряд

(marosim),

ритуал

(ritual,

marosim),

церемония

(marosim, an’ana),

нрав

(fe’l-atvor),

привыchка

(odat,

xulq),

поведения

(xulq) ва

характер

(xulq, fe’l-atvor) kabi ishora harakatlari

(so‘z va iboralar) bilan belgilanadi.

Masalan:

Поляков пожал плеchами. Достав из кармана пиджака

удостоверение – протянул его женщине. Но та даже не посмотрела на
красные короchки. Она продолжала изуchат лицо Полякова

[10].

Milliy, ijtimoiy, diniy yoki madaniy noverbal vositalarni o‘zida aks ettirgan

o‘zbek, usmonli turk, ingliz va rus xalqlarining urf-odatlari va adab shakllari
muloqotda

ijobiy

, ba’zan esa

salbiy

mazmunni ifoda etishi mumkin.

Masalan:

O‘zbek tilida –

Ikkinchi oylardan boshlab Xushro‘y kundashini bo‘g‘ib urish

odatini chiqaradir va o‘rim-o‘rim kundash sochini alafdek yulib olishdan

Rus tilida –

Д’Артанян, мало понимавший из их разговора, от

нетерпения грыз ногти

[11].

Davrlar o‘tishi bilan millatlarning madaniyati, ma’naviyati, urf-odati va

qadriyatiga bo‘lgan munosabati o‘zgarib boradi, ularda yangilanish bo‘ladi, lekin
avvalgisi yo‘q bo‘lib ketmaydi. Aksincha, kelajak avlod uchun milliy-tarixiy meros
bo‘lib saqlanib qoladi. Ularning ayrimi umumiy xarakterga ega bo‘lsa, qolgani esa
bir millatning o‘ziga xos meros bo‘lib qolaveradi. Natijada, ayrim urf-odatlar
vaqtlar kelib tarixiy a’nanaga aylanishi yoki ijtimoiy-oilaviy urf-odatlar esa milliy-
madaniy darajaga chiqadi. Shunga ko‘ra, ayrim urf-odatlarga oid noverbal vositalar
davrlar o‘tib o‘z ahamiyatini yo‘qotishi va eskirib iste’moldan chiqarib yuborilishi
mumkin. Bu kabi noverbal vositalarni biz

tarixiy-an’anaviy paralingvistik

vositalar

deb atashni tavsiya qilamiz.

Masalan:

O‘zbek tilida –

Ha, turk va mug‘ul hoqonlarining urf-odati shunaqa edi.

O‘zining amir yoki begimi, elchimi yo bo‘lmasa savdogarmi, bari-bir xonniig
huzuriga kirganda, tiz cho‘kib taxt poyigacha emaklab borishi va xonniig
oyoqlarini o‘pishi shart edi.


background image





208

Rus tilida –

На возвышенностях разжигали костер, высокая огон двумя

кусками дерева: уchастникам обряда это должно было придат сил, урожаю
– дат плодородност, а животным – плодовитост

[12].

Aslini olib qaralganda, yuqoridagi kabi vaziyatlar insonlarning millati, dini,

madaniyati yoki irqidan qat’iy nazar bir hil kechib, ular ijtimoiy falsafa, tarix yoki
psixologiya nuqtai nazaridan tadqiq qilishga muhtojdir. Ammo lingvistik nuqtai
nazardan noverbal muloqot va uning komponent vositalarini milliy va madaniy
xususiyatlarini inobatga olgan holda tadqiq qilishni maqsadga muvofiq deb
hisoblaymiz. Chunki tili o‘rganilayotgan millatning noverbal muloqot vositalarini
puxta egallagan izlanuvchida xorijlik suhbatdoshi bilan erkin suhbat olib borish,
uning madaniyati va urf-odatlarini puxta egallash darajasini oshiradi.

Shuningdek, asrlar o‘tib umum qabul qilingan til muloqoti, urf-odatlar,

qadriyatlar yoki madaniyatini aks ettiruvchi noverbal vositalar bir geografik
hududda esdan chiqib borsa, ikkinchisida esa boshqa yoki qo‘shimcha ma’no-
mazmun kasb etadi. Ma’muriy hududlarni aniq bir geografik atrof-muhit (

tog‘,

adir,

yoki

suv yo‘li

) bilan chegaralanib qo‘yilishi vaqtlar o‘tib mamlakatlararo,

millatlararo yoki madaniyatlararo farqliklarni keltirib chiqarishga asos bo‘ldi. Bu
kabi noverbal vositalarni

makon bilan bog‘liq paralingvistik vositalar

deb atashni

tavsiya qilamiz. Masalan, Markaziy Osiyo xalqlari eski urf-odatlaridan olovni
muqaddas sanash udumini hanuz yuqotmadi. Balki uning boshqa bir ko‘rinishlari
o‘ylab topildi. Misol uchun bugungi kunga kelib mamlakatimizning ayrim
xududlarida to‘yda kelinni kutib olishda o‘t yoqish, kasal odamga paxta o‘girish va
marhumlar xotirasiga sham yoqish bilan bog‘liq jarayon udum o‘rnida saqlanib
qolingan.

Masalan:

Qishloqdan chiqarkan ikkinchi akasi Ergashga yalingan edi:

“onamga fotiha o‘qib yuring, payshanba kunlari kechqurun, albatta, sham
yoqing”

[13].

Yuqoridagi olimlarning fikr-mulohazalarini inkor etmagan holda, ularni

umumiylashtirish, qiyoslash va tahlil qilish asosida, biz o‘zbek, usmonli turk,
ingliz va rus millatlarda mavjud noverbal (paralingvistik) vositalar yordamida
mazkur xalqning milliy-madaniyati, dini va ijtimoiy-siyosiy yashash turmush-
tarzini belgilab beruvchi urf-odat va adab shakllarni quyidagi 7 ta guruhlarga
ajratishni tavsiya qilamiz:

a)

milliy urf-odatlar –

ayni bir millatga tegishli bo‘lgan rasm-rusum va adab

shakllari

(milliy kiyinish, milliy raqs, mehmonga dasturxon yozish, uni yuqoriga


background image





209

o‘tkazish, eshik oldida kutib olish va taom tanovul qilishni kattadan boshlash
holatlari)

;

b)

madaniy urf-odatlar –

jamiyatda insonning boshqalarga o‘rnak

bo‘ladigan va doimiy bajariladigan madaniy, axloq harakatlari va adab shakllari

(yuqori xurmat o‘rnida o‘ng qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib salom berish, otliqni piyodaga
birinchi bo‘lib salom berish va boshqa holatlar);

d)

diniy urf-odatlar –

inson yoki jamoaning o‘z diniy qarashlari va me’yor

talablari asosida bajariladigan rasm-rusum va amallari

(musulmon olamida har bir

ezgulik uchun duo qilish hislati, barcha dinlarda bo‘lgani kabi taom tanavvul
qilishdan avval minnatdorlik amallari va boshqalar);

e)

oilaviy urf-odatlar –

jamiyatda ayni bir harakatlarni oilaviy bajarishga

o‘rgangan an’nasi va rasm-rusmlari

(oilada chaqaloqning alohida belgisiga ko‘ra

ism qo‘yish, erta tongda kelin salom va boshqa harakatlar);

f)

ijtimoiy urf-odatlar –

jamiyatda insonning ijtimoiy xulq-atvorini belgilab

beruvchi xulq-atvor, harakatlar va adab shakllari

(inson tashqi ko‘rinishi va

ijtimoiy mavqeiga ko‘ra kiyinishi, muloqot qilishi yoki munosabatda bo‘lishi);

g)

hududiy urf-odatlar –

inson yoki jamoa tomonidan doimiy bajarib

kelinadigan harakatlarning ayni bir hududga tegishli bo‘lishi va boshqa
xududlardan farq qilishi

(bir hududga oid milliy raqs, inson nutqidagi farqli imo-

ishoralar va hududiy kiyinish odob harakatlari);

h)

kasbiy urf-odatlar –

insonni kasbiga oid xizmat

majburiyatini bajarishga

qaratilgan odatiy harakatlar va adab shakllari

(Qurolli Kuchlar Nizomi talablariga

ko‘ra, harbiylarda chest berishi orqali salomlashish, buyruqqa itoat qilish yoki
murojaat qilishga izn olishdagi harakat va amallari).

Mazkur urf-odatlar nutqda vaziyat, muhit, vaqt, o‘rtadagi munosabat, ruhiy

holat va xalqaro odob-axloq normalariga muvofiq turli hil kichik guruhlarga, o‘z
navbatida ular ham boshqa bo‘linmalarga ajralishi mumkin. Chunki yuqorida
berilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, ayni bir hil noverbal vositalar davrlar
o‘tishi yoki muloqot mazmuniga ko‘ra, xattoki bir vaqtning o‘zida ham milliy-
madaniy, ham ijtimoiy-madaniy ma’no kasb etishi mumkin.

- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendation).

Bugungi kunda

jamiyatda eng dolzarb muammo sifatida qaralayotgan – muloqot madaniyati, shu
jumladan, muloqotning noverbal turi hozirgi davr ijtimomy-gumanitar fanlarining
ustuvor yunalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bunga har qaysi o‘rganilgan
xalqlarning milliy madaniyati va qadriyatlari boy tarixga ega ekanligi, ularda


background image





210

noverbal vositalari qadimdan mukammal til va nutqning tizimi sifatida tashkil
topganligi sabab bo‘lmoqda. Shu boisdan ham o‘zbek, usmonli turk, ingliz va rus
xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va milliy-madaniy urf-odati va
qadriyatlarida kuzatiladigan noverbal muloqot komponentlarini ilmiy o‘rganish
nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Noverbal muloqotni to‘liq tadqiq qilishdagi muammo yechimi, natijasi va

hulosalari madaniyatimiz taraqqiyoti rivojiga hissa qo‘shadi. Lingvistik nuqtai-
nazardan olganda, noverbal (paralingvistik) vositalarni tadqiq qilish va undan
to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish, o‘zga millatning tili va nutqini o‘zlashtirishga
qulay imkoniyat yaratadi.

ADABIYOTLAR

1.

Американцы определили 14 отличительных черт русской улыбки // URL:
https://gorod-812.ru/amerikantsyi-opredelili-14-otlichitelnyih-chert-russkoy-
ulyibki/

2.

Saidxonov M. Aloqa-aralashuv va imo-ishoralar. – T.: Fan, 2008. – 83 b.

3.

Nurmonov A. Tanlangan asarlar. 1-jild. – Toshkent: Akademnashr, 2012. –
403 b.

4.

Dostoevsky F. Crime and Punishment. Penguin Classics, 2002. – 634 p.

5.

Poyatos

F.

Nonverbal

Communication

across

Disciplines.

Amsterdam/Philadelphia. John Benjamins B.V., 2002. — 474 p.

6.

Садохин А. Введение в теорию межкултурной коммуникaции. – М.:
КноРус, 2014. – 254 с.

7.

Пиз А. Язык телодвижений. – М.: Эксмо-през, 2010. – 258 с.

8.

Николаева Т., Успенский Б. Языкознание и паралингвистика //
Лингвистические исследования по общей и славянской типологии, - М.:
Наука, 1966. – 63-74 с.

9.

Ahmedov B. Amir Temur. – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalk merosi
nashriyoti, 1995. – 640 b.

10.

Питерский Я. Перспектива смерти. – Киев: ИП Стрелбицкого, 2015. – 320
с.

11.

Дюма А. Три мушкетера. – Москва: ЛитРес, 2015. – 680 с.

12.

Warnke A. (Ne) zabitiye slavyanskiye obryadi i obichai // URL:
culture.pl/ru/article/ nezabytye-slavyanskie-obryady-i-obychai

13.

Oybek. Qutlug‘ qon. Uchinchi tom. – T.: G‘ofur G‘ulom nomidagi badiiy
adabiyot nashriyoti, 1969. – 390 b.

Библиографические ссылки

Американцы определили 14 отличительных черт русской улыбки // URL: https://gorod-812.ru/amerikantsyi-opredelili-14-otlichitelnyih-chert-russkoy-ulyibki/

Saidxonov M. Aloqa-aralashuv va imo-ishoralar. – T.: Fan, 2008. – 83 b.

Nurmonov A. Tanlangan asarlar. 1-jild. – Toshkent: Akademnashr, 2012. – 403 b.

Dostoevsky F. Crime and Punishment. Penguin Classics, 2002. – 634 p.

Poyatos F. Nonverbal Communication across Disciplines. – Amsterdam/Philadelphia. John Benjamins B.V., 2002. — 474 p.

Садохин А. Введение в теорию межкултурной коммуникaции. – М.: КноРус, 2014. – 254 с.

Пиз А. Язык телодвижений. – М.: Эксмо-през, 2010. – 258 с.

Николаева Т., Успенский Б. Языкознание и паралингвистика // Лингвистические исследования по общей и славянской типологии, - М.: Наука, 1966. – 63-74 с.

Ahmedov B. Amir Temur. – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalk merosi nashriyoti, 1995. – 640 b.

Питерский Я. Перспектива смерти. – Киев: ИП Стрелбицкого, 2015. – 320 с.

Дюма А. Три мушкетера. – Москва: ЛитРес, 2015. – 680 с.

Warnke A. (Ne) zabitiye slavyanskiye obryadi i obichai // URL: culture.pl/ru/article/ nezabytye-slavyanskie-obryady-i-obychai

Oybek. Qutlug‘ qon. Uchinchi tom. – T.: G‘ofur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1969. – 390 b.