Авторы

  • Bakoyeva Mohinur Tohirovna
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyi, ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijrs.70988

Ключевые слова:

ona tili adabiyot dars innovatsion texnologiya metod o'yin

Аннотация

Ushbu maqolada ona tili va adabiyot darslarida innovatsion texnologiyalami qo'llash o'quvchilami ijodiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrni erkin bayon etishga, tashabbuskorlikka, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma ravishda bayon etishga chorlashi haqida fikr yuritilgan.


background image

154

ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O’QITISHDA INNAVATSION

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Bakoyeva Mohinur Tohirovna

Toshkent

davlat

iqtisodiyot

universiteti akademik litseyi, ona tili
va adabiyot fani o’qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ona tili va adabiyot darslarida innovatsion texnologiyalami

qo'llash o'quvchilami ijodiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrni erkin
bayon etishga, tashabbuskorlikka, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma ravishda bayon
etishga chorlashi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar:

ona tili, adabiyot, dars, innovatsion texnologiya, metod, o'yin.

KIRISH

Umumiy o'rta ta'limda ona tili va adabiyot fanining o'rni beqiyosdir. Mantiqiy

va erkin fikrlovchi, dunyoqarashi keng, ijodiy va badiiy tafakkurga ega shaxsni
kamol toptirish ona tili va adabiyot fanining bosh maqsadidir. Allomalarimiz
aytganidek: "Dunyodagi jamiki fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona tilining
betakror jozibasi bilan singadi". Shunday ekan, o'quvchilarni mangu el - ona
zaminga mehr-muhabbat, vatanparvarlik, insonparvarlik g'oyalari, eng avvalo, ona
tilini o'qitish jarayonida amalga oshiriladi. Bu hol yosh avlodni kamol toptirishda
ona tili va adabiyot o'qituvchisining xizmati naqadar mas'uliyatli ekanligidan
dalolat beradi. Zero, dars - muqaddas! Demak, maqsad bitta, u ham bo'lsa,
o'quvchilarga berilayotgan ta'lim-tarbiya sifatini oshirib, ularda kommunikativ
salohiyatni shakllantirish, mustaqil hayotda o'z fikriga, o'z so'ziga ega bo'lgan
vatanimiz ertangi kunini dadil davom ettirib, yuqori marralar sari intiladigan
yoshlarni tarbiyalashdan iborat.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Pedagogik texnologiyalarning maqsadi o'qituvchi va o'quvchining belgilangan

maqsadga hamkorlikda erishishlarini ta'minlashdir. O'quv jarayonida o'quvchilar
mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o'zlari xulosa qila olsa,
ko'zlangan maqsad amalga oshadi. O'qituvchi o'quvchilarning faoliyati uchun
imkoniyat va sharoit yarata olishi o'qitish jarayonining asosi sanaladi. Har bir dars,
mavzu, o'quv fanining o'ziga xos texnologiyasi bor. Bugungi kunda bizga ma'lum
va kengqo'llanadigan usullardan "Aqliy hujum", "Klaster", "VENN diogrammasi",
"BBB", "FSMU" kabilar dars jarayonida o'zlarining samarali natijalarini ko'rsatib
kelmoqda. "Qiyoslash metodi", "Davra metodi", "6x6x6" kabi metodlaming dars


background image

155

samaradorligini ta'minlashda o'ziga xos o'rni bor15. Xususan, "Qiyoslash
metodi"dan adabiyot fanida Odil Yoqubov hamda Pirimqul Qodirov hayoti va ijodi
o'rganilgandan so'ng mavzuni mustahkamlash uchun foydalanilsa maqsadga
muvofiq bo'ladi. Buning uchun o'quvchilar uch guruhga bo'linib oladilar. Birinchi
guruhga Odil Yoqubov va Pirimqul Qodirovning hayot yo'li va bundagi o'zaro
o'xshashliklar, ikkinchi guruhga ularning ijodiy merosi va yaratgan qahramonlari
hamda ularning o'xshash zamonlari, uchinchi guruhga esa ularning asarlarida ilgari
surilgan g'oyalar xususida fikrlarni umumlashtirish, jamoa bo'lib taqdim qilish
so'raladi. Shuningdek, ona tili fanidan "Gapning ikkinchi darajali bo'laklari"
mavzusi o'rganilgandan so'ng o'quvchilarga "Guruhlarda ishlash metodi" asosida
"Men to'ldiruvchiman!" mavzusida ijodiy matn tuzish topshiriladi. Bu topshiriq
yakka tartibda, kichik yoki yakka tartibda, kichik yoki katta guruhlar tomonidan
ham bajarilishi mumkin. Mavzu yuzasidan matn o'quvchilar tomonidan taqdim
qilinadi. Bu metod orqali o'quvchilarning jamoada ishlash ko'nikmalari
rivojlantiriladi, xotirasi mustahkamlanadi, yozma yoki og'zaki savodxonligi
o'stirilib, ijodiy matn yaratish malakasi mustahkamlanadi. Ona tili darslarida
o'quvchilarning yozma nutqi va imlosi savodxonligini mustahkamlash maqsadida
matn yaratish yuzasidan bir qancha qiziqarli topshiriqlar berish mumkin. Jumladan,
"Morfologiya" bo'limini o'tish jarayonida har bir so'z turkumi yuzasidan
grammatik ertak yaratish vazifasi topshirilsa, o'quvchilarning grammatik
savodxonligi o'sish bilan bir qatorda, mantiqiy mushohada qilish qobiliyati
rivojlanadi, ijodkorligi oshadi. Innovatsion texnologiyalar ta'lim sifati va
samaradorligini oshirib, ta'lim jarayonining markaziga o'quvchi- talabalarning
o'quv-biluv faoliyatini qo'yadi, ta'lim jarayoni yaxlitligini ta'minlaydi. O'quvchi
faoliyatining yuqori darajadagi ko'rsatkichi, o'quv-biluv faoliyatini tashkil etishi,
iroda va faoliyatning o'quvchi ongining predmetiga aylanishdir. Bu maqsadni
amalga oshirish uchun, avvalo, ta'lim beruvchi maqsadga eltuvchi usullarni tanlay
bilishi, o'quv-tarbiyaviy jarayon yaxlitligini ta'minlashi lozim. Innovatsion
texnologiyalarni ta'limjarayoniga joriy etish, ta'lim samaradorligini oshirish uchun
tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylanmoqda. Yangi metodlarni ta'lim
jarayoniga tatbiq etish pedagoglar oldida turgan masalalardan biri hisoblanadi.
O'qituvchi dars jarayonida boshqa ma'lumotni berish bilan bir qatorda internet
ma'lumotlari, multimedia dasturlari, jadvallar va shunga o'xshash mavzuga oid
qo'shimcha ma'lumotlarni ko'rsatib o'tsa, bu nafaqat o'quvchilarning darsga bo'lgan
qiziqishini oshiradi, balki o'quvchilarning mustaqil o'qishini talab darajasida


background image

156

shakllantirishiga, mavzuni imkon darajasida to'la o'zlashtirishiga ham yordam
beradi16.

"Aqliy hujum". Bu hujum ona tili va adabiyot darslariningboshlanishida yoki

istalgan joyida qo'llanishi mumkin. Bu boqichda muammo o'quvchilarga aqliy
hujum yo'li bilan beriladi va ularning fikrlari orqali ochiladi.

"Aqliy hujum" metodi biror mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal

etishda keng qo'llaniladi. "Aqliy hujum" metodi yordamida qo'yilgan muammo
yuzaridan bir necha yechimlarni topish imkoniyati yuzaga keladi.

XULOSA VA MUNOZARA

Xulosa qilib aytganda, o'quvchilarni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har

bir masalaga ijodiy yondashish, mas'uliyatni sezish, tahlil qilish, eng asosiysi,
o'quvchini qo'zg'atishga qaratilganligi, pedagogning o'z tanlagan kasbiga bo'lgan
qiziqishini kuchaytiradi.

ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

G'ulomova

M.X.,

Sobirova

N.K.

Yangi

innovatsion

texnologiya

yordamidata'lim samaradorligini oshirish usullari - T.: 2009

2.

K.Usmonova. Adabiy ta'limda ilg'or pedagogik texnologiyalar. Toshkent, 2015
y.

3.

N.Sattarova. Ona tili va adabiy ot faniga ixtisoslashgan maktablarda
o'quvchilarni tahlil qilishga o'rgatish usullari. Buxoro. 2016 y.

4.

G'ulomova

M.X.,

Sobirova

N.K.

Yangi

innovatsion

texnologiya

yordamidata'lim samaradorligini oshirish usullari - T.: 2009

5.

N.Sattarova. Ona tili va adabiyot faniga ixtisoslashgan maktablarda
o'quvchilarni tahlil qilishga o'rgatish usullari. Buxoro. 176 2016 y.


Библиографические ссылки

G'ulomova M.X., Sobirova N.K. Yangi innovatsion texnologiya yordamidata'lim samaradorligini oshirish usullari - T.: 2009

K.Usmonova. Adabiy ta'limda ilg'or pedagogik texnologiyalar. Toshkent, 2015 y.

N.Sattarova. Ona tili va adabiy ot faniga ixtisoslashgan maktablarda o'quvchilarni tahlil qilishga o'rgatish usullari. Buxoro. 2016 y.

G'ulomova M.X., Sobirova N.K. Yangi innovatsion texnologiya yordamidata'lim samaradorligini oshirish usullari - T.: 2009

N.Sattarova. Ona tili va adabiyot faniga ixtisoslashgan maktablarda o'quvchilarni tahlil qilishga o'rgatish usullari. Buxoro. 176 2016 y.