Авторы

  • Ahmedova Zulayxo Sharofaddin qizi
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti E-mail: zulish1248@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijrs.71082

Ключевые слова:

Zamonaviy elektron tijorat elektron tijorat muammolar va istiqbollar e-commerce Elektron tijorat va elektron to'lovlar tizimi

Аннотация

Ushbu maqolada mamlakatimizda elektron tijoratni keng qollash, uning afzalliklari va kamchiliklari  haqida, qolaversa elektron tijorat sohalarning rivojlanishi borasida uni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan.


background image





54

7.1

2

7

O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNING SOHALARDA

RIVOJLANISHI

Ahmedova Zulayxo Sharofaddin qizi

Toshkent

davlat

iqtisodiyot

universiteti

magistranti

E-mail:

zulish1248@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada mamlakatimizda elektron tijoratni keng qollash, uning

afzalliklari va kamchiliklari haqida, qolaversa elektron tijorat sohalarning rivojlanishi borasida
uni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

Zamonaviy elektron tijorat, elektron tijorat, muammolar va istiqbollar, e-

commerce, Elektron tijorat va elektron to'lovlar tizimi.

Kirish

Axborot texnologiyalarining rijojlanishi oqibatida elektron tijorat tizimi ham

yangi bosqichga ko'tarildi. Mamlakatimiz yangi iqtisodiy bosqichga ko'tarilishi
oqibatida barcha sohalarda keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. O’zbekistonda

“Elektron tijorat” to’g’risidagi birinchi qonuni 2004-yilda qabul qilingan.

O’zbekistonda ham Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan bu sohani
rivojlantirishga juda katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda tadbirkorlikni
rivojlantirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarni yanada takomillashtirish
masalariga alohida to’xtalib o’tdilar. Buning misoli tariqasida davlatimiz rahbari
tomonida tashkil etilgan va global mashtabda xizmat ko’rsatayotgan electron tijorat
paltformalarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatiga
ega bo’lishdi. O’zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni rivojlantirishda,
dunyotajribasida keng qo’llanilgan quyidagi prinsiplarga amal qilishmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 5

oktyabrdagi "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali
amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079-son Farmonida "Elektron
tijorat va elektron to'lovlar tizimini rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar
amalga

oshiriladi: axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan

mijozlarni masofadan aniqlash tizimlarini joriy etish orqali masofaviy bank
xizmatlarini rivojlantirish; xalqaro elektron tijorat standartlari va zamonaviy axborot
xavfsizligi talablariga rioya qilish uchun elektron tijoratni rivojlantirishning
huquqiy

asoslarini, shuningdek, mavjud standartlar va elektron tijorat

qoidalarini takomillashtirish va yangilash; raqamli infratuzilmani rivojlantirish,
mobil va simli Internet jahon axborot tarmog'i qamrovi va tezligini yanada oshirish
orqali elektron tijorat platformalariga shaxsiy raqamli uskunalardan ulanish
imkoniyatlari va ko'lamlarini oshirish va hokazolar" amalga oshirish belgilab


background image





55

7.1

2

7

berilgan.

O‘zbekistonda elektron tijorat bozoridagi o‘sish darajasi

O‘zbekistonda elektron tijorat bozorining transformatsiyasi keng tus olmoqda.

Chunonchi “Uretail.uz” ma'lumotlariga ko‘ra, 2022-yil yakunlari bo‘yicha,
mamlakatda internetdan faol foydalanuvchilar 9,6 mln bo‘lgan holda bozor hajmi
$1048,9 ni tashkil qildi, bunda o‘rtacha chek $2,36 ga teng bo‘ldi.

“Statista” prognozlarga ko‘ra, O‘zbekiston “e-commerce” bozori ajoyib o‘sish

sur’atlarini namoyon etadi va bozor hajmi 2023-yildayoq $1567 mln ga yetadi. Yaqin
besh yilga o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari 13,93 foiz deb baholanmoqda, buning
natijasida 2027-yilga kelib bozorning prognoz qilinayotgan hajmi $2640 mln,
foydalanuvchilar soni taqriban 15,9 mln kishiga yetadi, bunda foydalanuvchilar kirib
borishi 2023-yildagi 38,0% dan 2027-yilga borib 42,9% ga o‘sadi, bir
foydalanuvchidan o‘rtacha chek esa, qariyb $117,2 ni tashkil qiladi. Ushbu
raqamlar respublikaning umumiy rivojlanish statistikasiga to‘liq mos keladi.
Chunonchi O‘zbekistonda 2012-yildan boshlab o‘rtacha yillik iqtisodiy o‘sish
sur’atlari 5,9% ni tashkil qildi. Mintaqaning eng aholisi zich mamlakati sanaladigan
O‘zbekiston aholisining soni keyingi 20 yilda 42% ga oshdi, YIM esa 4 barobarga
kengaydi (faqat 2022- yilning o‘zida YIM o‘sishi 5,7% ni tashkil qildi).

2022-yil 31-dekabrda kuchga kirgan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunning

yangi talqini elektron tijorat, uning subyektlari va raqamli mahsulotlar hamda
xizmatlarning turli toifalariga aniq ta'rif beradi. Hujjat oldi-sotdining masofaviy
xarakterini, “e-commerce” bozorining barcha ishtirokchilarining huquqlari va
majburiyatlarini qat’iy belgilaydi, bu mazkur soha rivojlanishining shaffof va
barqaror xarakterini ta'minlaydi. To‘lovga qobil aholi tomonidan onlayn xaridlarga
ishonch va talab o‘sib borishi fonida onlayn ishtirokchilar o‘z maydonlarini
rivojlantirmoqdalar. Raqobat o‘smoqda, u bilan birga tobora talabchan va ziyrak
bo‘lib borayotgan mijoz sadoqati uchun kurash faol avj olmoqda. Bu, ayniqsa,
tovarlarni yetkazib berish tezligiga tegishli: chunonchi, oziq-ovqat chakana bozorida
va umumiy ovqatlanishda soat va daqiqalarning qadri oshib bormoqda.

2022-yil 31-dekabrda kuchga kirgan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunning

yangi talqini elektron tijorat, uning subyektlari va raqamli mahsulotlar hamda
xizmatlarning turli toifalariga aniq ta'rif beradi. Hujjat oldi-sotdining masofaviy
xarakterini, “e-commerce” bozorining barcha ishtirokchilarining huquqlari va
majburiyatlarini qat’iy belgilaydi, bu mazkur soha rivojlanishining shaffof va
barqaror xarakterini ta'minlaydi. To‘lovga qobil aholi tomonidan onlayn xaridlarga
ishonch va talab o‘sib borishi fonida onlayn ishtirokchilar o‘z maydonlarini


background image





56

7.1

2

7

rivojlantirmoqdalar. Raqobat o‘smoqda, u bilan birga tobora talabchan va ziyrak
bo‘lib borayotgan mijoz sadoqati uchun kurash faol avj olmoqda. Bu, ayniqsa,
tovarlarni yetkazib berish tezligiga tegishli: chunonchi, oziq-ovqat chakana bozorida
va umumiy ovqatlanishda soat va daqiqalarning qadri oshib bormoqda.

ADABIYOTLAR SHARHI

Biznes strategiyasining ahamiyatli qismi bо‘lib elektron tijorat (e-commerce)

va elektron biznes (e- business) hisoblanadi. Biznesga axborot-kommunikatsion
texnologiyalarning (AKT) kirib kelishi korxonalarning bevosita iste’molchilar bilan
aloqalarida о‘ziga xos inqilobni vujudga keltirdi. Jahonda elektron tijoratni
rivojlanishi barcha davlatlarda bu sohani rivojlanishiga olib keldi. Iqtisodiyotning
globallashuvi sharoitida iqtisodiy rivojlanishning muhim omili hisoblanadi. Hozirgi
davrning muhim masalasi, strategik pozitsiyalash, firmalar tomonidan mavjud
imkoniyatlarni aniqlash hamda axborot asri va yangi iqtisodiy muhit sharoitida sodda,
ishchan va hayotiy e-business strategiyasi asosida, imkoniyatlardan samarali
foydalanib eng yuqori foydalilik darajasiga chiqish hisoblanadi. Shu о‘rinda e-
commerce kichik biznesga yirik biznes subyektlari bilan raqobatlasha olish imkonini
berishini alohida ta’kidlash kerak. Uzoq vaqt davomida О‘zbekistonda aloqa va
axborotlashtirish texnologiyalari bir-biridan ayri holda rivojlanib bordi. Aloqa sohasi
о‘z xizmat turlarining foydalanilish belgisiga qarab sun’iy ravishda ishlab chiqarish
va noishlab chiqarish shakllarga ajratilib qaraldi, butun axborotni yaratish sohasi
esa,

aloqa sohasidan alohida holda shakllandi. Shu tariqa, axborot

va

telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi takomillashuvi hamda kengayishi
natijasida о‘tgan asrning 90-yillari oxiriga kelib, ushbu sohalarda qо‘llaniladigan
usullar va vositlarning bog‘lanib ketish jarayoni boshlandi. Ushbu jarayon
«axborotlashtirish va telekommunikatsiya konvergensiyasi» nomini oldi.
Mamlakatimizda yangilanish davri talablaridan kelib chiqib, birinchi prezident
I.A.Karimov О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining qо‘shma majlisidagi «Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni
demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» nomli
ma’ruzasida aloqa bozorini kelgusida rivojlantirish masalalariga alohida tо‘xtalib,
quyidagilarni ta’kidladilar: «Tele-radio industriya bozorini rivojlantirish, bu sohada
g‘oyalar va dasturlarning ijodiy raqobat muhitini vujudga keltirish bо‘yicha aniq
chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish kerak. Zamonaviy
raqamli axborot texnologiyalarini joriy etishni jadallashtirish zarur. О‘ylaymanki,
hozirgi axborot, kommunikatsiya va kompyuter asrida, internet kundan-kunga
hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda,


background image





57

7.1

2

7

odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir
vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bо‘lib
borayotgani haqida gapirib о‘tirishga hojat yо‘q». Tijorat tushunchalarining
klassifikatsiyasini ko’rib chiqadigan bo’lsak birinchi tuchunchani AQSH olimlari A.
Summer va Gr.Dunkan quyidagicha berishgan: Elektron tijorat – bu subyektlar
o’rtasidagi munosabat elektron tarzda (Internet texnologiyalarni qo’llagan holda)
amalga oshadigan biznes jarayonningixtiyoriy shaklidir. Bu tushunchaning
mohiyatiga ko’ra olimlar tomonidan ta’rif o’sha paytdagi internet tarmog’ini
rivojlanish tendentsiyalariga mos keladi. 1999-yillarga kelib internet savdo
tushunchasi kirib keldi. AQSH olimlari A. Summer va Gr.Dunkan fikricha elektron
savdo – biznes tranzaktsiyasining butun sikli yoki uning bir qismi elektron tarzda
amalga oshadigan tovar yoki xizmatlarni xarid qilish va sotish jarayonidir.

TAHLIL VA NATIJALAR

Elektron tijorat kundan - kunga tovar va xizmatlar assortimentini oshira

boshlagan sari alohida shaxslarni, korxonalarni, sohalarni, davlat muassasalarini va
nihoyat davlatlarni bir hamjamiyatga birlashtirib, hamkorlarning o'zaro ta'siri axborot
va telekommunikatsion texnologiyalar yordamida samarali va to'siqlarsiz
kelishuvlarga erishishiga imkon berdi. Elektron tijorat o'z - o'zidan mahsulot sotish va
xizmat ko'rsatish va etkazib berish shartnomalarini tuzishda ikkita: moddiy va
nomoddiy oqimlar, oqim xizmati bilan bog'liq: Nomoddiy oqimlar nomoddiy tovarlar
(dasturiy ta'minot, bino loyihalari va b.) ni to'g'ridan - to'g'ri tarmoqli uzatish, moddiy
xizmatlar (transport chiptalari, mehmonxonalarda xonalar va x.k. buyurtmasi)ning
to'g'ridan - to'g'ri tarmoqli bajarilishi, hamkorlar (mijozlar, buyurtmachilar, etkazib
beruvchilar, subpudratchilar, banklar va b.) bilan moliyaviy tarmoqli hisobotlar,
moddiy xizmatlarni etkazib berishni axborot va telekommunikatsion qo'llab –
quvvatlash natijasida yuzaga keladi. "Elektron tijorat" termini EDI (Elektronic Data
Interchange - ma'lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet
(kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot
almashish) kabi texnologiyalarni o'z ichiga oladi. O'z navbatida Elektron tijorat
tizimini uch sinfga bo'lish mumkin:

Tadbirkorlar va Hukumat o’rtasidagi aloqa o’rnatish (biznes-hukumat, B2G);

Misol uchun AQSh hukumati davlat xaridlari rejasiga kiritilgan tovar va xizmatlar
ro‘yxatini Internet orqali e’lon qiladi, unga qiziqqan kompaniyalar esa o‘z takliflarini
elektron ko‘rinishda yuboradi. Maxsus ishlab chiqilgan tizim kompaniyalar yuborgan
takliflar ichidan eng ma’qulini tanlaydi va hukumat u bilan shartnoma tuzadi.

Chakana savdoni tashkil qilishbo'yicha (biznes-iste'molchi,


background image





58

7.1

2

7

B2C); Bunga misol sifatida chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi internet-do‘konlarni
olishimiz mumkin. Tijoriy operatsiyalarning bunday usulda amalga oshirilishi
mijozga mahsulot yoki xizmatni xarid qilish jarayonini soddalashtirish hamda
tezlashtirish imkonini beradi. Chunki, Internet orqali xarid qilinganda kerakli
mahsulotni sotib olish uchun ko‘chaga chiqish, do‘konga borish uchun vaqt sarflash
shart emas. Shunchaki, sotuvchining saytiga kirib, kerakli mahsulotning
xarakteristikasi bilan tanishib, kerakli konfiguratsiyani tanlab, uni uygacha yetkazib
berish sharti bilan sotib olish mumkin.

Biznes hamkor bilan aloqlar o'rnatish (biznes-biznes, B2B); yuridik shaxs

ikkinchi bir korxona bilan elektron savdo-sotiqni amalga oshiradi. U bugungi kunda
elektron tijoratning eng yirik hajmli, eng tez rivojlanayotgan hamda isiqbolli
yo‘nalishi sanaladi. Maxsus ishlab chiqilgan internet-platformalar kompaniyalarga
bir-birlari bilan turli tijorat operatsiyalarini amalga oshirishlarida barcha bosqichlarda
qo‘l kelmoqda. Bunday platformalar ikki kompaniya o‘rtasidagi biznes-
tranzaksiyalarining operativ ravishda amalga oshirilishiga yordam beribgina qolmay,
savdo-sotiqning nisbatan ochiq, ya’ni shaffof bo‘lishiga ham yordam bermoqda.

Iste'molchilar o'rtasidagi savdo (iste'molchi-iste'molchi, C2C); Odatda, C2C-

sxemasidagi tijoriy operatsiyalar internet-auksion saytlarida amalga oshiriladi.
Bunday turdagi saytlar ichida hozirda AQShning “eBay” internet-auksioni butun
dunyo bo‘ylab mashhurdir.

Davlatlar orasidagi aloqa (hukumat-hukumat, G2G). saylovlar; bojxona, soliq,

huquqni muhofaza qilish sohasi va

boshqarishni

avtomatlashtirish; hamkorlik

tizimi; hududiy axborot tizimi.

ZAMONAVIY ELEKTRON TIJORAT

Xozirgi kunda

raqamli iqtisodiyot

rivojlanayotgan

davrda

elektron tijorat texnologiyalarini rivojlantirishga kirishgan kompaniya va tashkilotlar
juda ko’p. Bulardan biri

Starbucks

kompaniyasi bo’lib bugungi kunda bu kompaniya

o'zini texnologik kompaniya deb biladi. Elektron tijoratda asosiy masalalardan biri

Starbucks

ning qanday qilib raqamli va ijtimoiy tijoratga o’tayotganidir. Bu borada

Starbucks dunyodagi eng yirik qahvaxona tarmog'idir, uning 23 768 chakana savdo
do'koni mavjud. Ko’p odamlar Starbucks ni mijozlar kirib qahva va boshqa narsalar
sotib olib iste’mol qiladigan va yana o’z ishlari bilan mashg’ul bo’lish uchun
ketadigan joy deb o’ylashadi. Aslida esa buning aksi. Starbucks o'zini raqamli va
ijtimoiy kompaniyaga aylantirmoqda. Uzoq vaqt davomida Starbucks o'zining AQSh
va Kanadadagi do'konlarida bepul Wi-Fi Interneti mavjudligi bilan yoshlarni jalb
qilib kelgan. Biroq, so'nggi paytlarda kompaniya haqiqatan ham texnologiyaga


background image





59

7.1

2

7

asoslangan kompaniya bo'lish uchun bir nechta raqamli tashabbuslarni amalga
oshirdi. “Elektron tijorat”ning paydo bo’lishi muomalaga yangi atamalar,
kategoriyalar va tushunchalar kiritilishi bilan bog’liqdir. Yangi atamalar bu -
elektron magazin, elektron vitrina, elektron pullar, elektron to’lov tizimlari,
elektron raqamli imzo va h. k. Bugungi kunda elektron tijoratni “Internet-biznes”,
“Internet savdo” kabiasosiy tushunchalarning turlicha ta’riflari ma’lum. Har bir
muallif o’zining kasbiytayyorgarligi va olgan tajribasiga ko’ra mazkur tushunchaga
aniq ma’no kiritadi. O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari
yildan yilga o’sib borayotganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Uning
rivojlanishi milliy

ishlab chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi

mijozlar topish imkoniyatlarini yaratadi. Elektron tijoratni rivojlantirish bo’yicha
tanlangan va amaldagi yo’ldan to’g’ri borish, kelajakda O’zbekiston iqtisodiyotini
jahon bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. O’zbekistonda electron
tijorat bo’yicha mavjud muammolarni hal qilishning to’g’ri yo’li tanlanganligi xalq
farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda o’z
aksini topadi.

MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR

Elektron tijoratning afzalliklari haqida quyidagilarni aytish mumkin:

Vaqt va tirik mehnat xarajatlari bilan bog‘liq tranzaksiya xarajatlarining

kamayishi;

Xaridlarga, to‘lovlarga tezkor kirish, istalgan joydan va istalgan qulay

vaqtda kirish imkoniyati;

Xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib

olish imkoniyatiga ega;

Savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni

ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati;

Ko‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga

murojaat qila olish imkoniyati;

Kerakli mahsulotlarni tezlikda izlab topish va ushbu mahsulotlar mavjud

bo‘lgan korxonalarga murojaat qilishda texnika va transport vositalaridan samarali
foydalanish imkoniyati; Xaridorning yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish
darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;

Hozirgi kundagi mavjud jahon standartlariga javob beradigan

mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati;

Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish korxonalarning raqobatini kuchaytiradi,

monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi.


background image





60

7.1

2

7

Elektron tijorat o‘z navbatida foydalanuvchilar uchun bir qator

kamchiliklarga ham ega.

Birinchidan,

bu me’yoriy-huquqiy bazaning yo‘qligi, buning natijasida elektron

tijorat doirasida sotiladigan mahsulot yoki xizmatga nisbatan intellektual mulk
huquqlarini himoya qilish muammosi mavjud.

Ikkinchidan,

bular elektron tijorat xavfsizligi sohasidagi potensial tahdidlardir.

Ularni minimallashtirish uchun maxfiylikni, identifikatsiyani va avtorizatsiyani
kafolatlaydigan ishonchli va samarali mexanizmlardan foydalanish kerak.

Hozirgi rivojlanayotgan davrda O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni

tadbirkorlik faoliyatining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rish mumkin.
Soha mutaxassislarining fikricha, respublikada elektron tijoratni rivojlantirish uchun
barcha

zarur

shart-sharoitlar

va

resurslar

mavjud: aholining kompyuter

savodxonligining o‘sishi, past trafik narxlari bilan yuqori sifatli internetning butun
mamlakat bo‘ylab tarqalayotganligi va boshqalar. Axborot texnologiyalarining global
miqyosida rivojlanishi iqtisodiyot va jamiyatdagi o‘zgarishlar uchun dastakka
aylandi. Bu jarayonlarning asosiy tarkibiy qismlaridan biri Internetning
iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga kirib borishidir. So‘nggi paytlarda Internet orqali
tijorat aloqalari doirasi sezilarli darajada kengaydi, u quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z
ichiga oladi:

internet orqali tovarlarni sotish va sotib olish;

elektron tarmoqlardan foydalanish orqali pul mablag‘larini o‘tkazish;

elektron shaklda axborot savdosi va boshqalar.

Elektron tijorat zamonaviy iqtisodiyotda juda yuqori temp bilan rivojlanayotgan

sohalardan biridir. Unga biror-bir kompaniyaning raqamli texnologiyalar va ular
beradigan imtiyozlarga asoslangan, foyda keltiradigan faoliyati sifatida qaraladi.
Yangi tijoratmuhitiga jalb qilingan xaridorlar ma’lum imkoniyatlar va imtiyozlarga
ega

bo‘ladilar.

Tashkilotlar

oldida

turgan

vazifalari

axborot-

kommunikatsiyatexnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda ancha tez va eng
kam xarajatbilan hal etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining yirik kompaniyalari, kichik vao‘rta biznes

vakillari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishimkoniyatiga ega bo‘lib
turgan shunday paytda mamlakat iqtisodiyotining ulushiortib borayotgan elektron
qismini egallay boshladi. O’zbekistonda electrontijoratni rivojlantirish bilan bir
qatorda bu sohaning takomillashishiga to’sqinlik qilayotgan bir qancha muammolar
ham mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi bugungi kunning
muhimtalablaridan biri hisoblanadi. Chunki aynan quyidagi yechimini kutayotgan


background image





61

7.1

2

7

masalalar jahon tajribasida keng tarqalgan bo’lib, ularning to’gri hal qilinmasligi
oqibatida bu sohada jiddiy inqirozlar vujudga kelishi mumkin. Birinchidan, zarur
infrastrukturaning hali ham yetarli darajada takomillashgmagani. Quyida bir nechta
misollar keltiramiz: internetning global tarmog’i bilan to’gridan-to’g’ri bog’langan
provayderlar soni cheklangan miqdorda va buning natijasida internet mijozlarga
provayder o’rtasida biridan ikkinchisiga tashish orqali yetkazilmoqda, ma’lumki
bunday holat xizmat ko’rsatishning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Viloyatlarda
ko’rsatilayotgan internet xizmatining sifat ko’rsatkichlari poytaxtdagi holat bilan
solishtirganda sezilarli darajada yomon. Ajratilgan ulanish (ADCL modem) uchun
yetarli shart-sharoitning yaratilmaganligi natijasida mijozlar to’gridan to’g’ri
qo’ng’iroq qilish orqali (Dialup) ulanishdan foydalanishadi. Bu o’z navbatida xizmat
sifatining yetarli darajada bo’lmasligiga olib keladi. Ikkinchidan, internet
foydalanuvchilarining miqdori shunday darajadaki, bu holat elektron tijorat bilan
shug’ullanish uchun zarur bo’lgan yirik bozor yaratish imkonini bermaydi
(O’zbekiston bo’yicha internet foydalanuvchilarining soni 2,5 mln. dan ortiq 4).
To’gri oxirgi yillarda bu sohada bir qancha ijobiy natijalarga erishilmoqda, lekin bu
faqatgina ma’lum bir hududlarda (asosan poytaxt va ba’zi bir viloyat markazlar)
o’smoqda. Ko’pchilik viloyatlarda bunday holat haligacha muammoligicha
qolmoqda. Ma’lumki,

yetarlicha hajmdagi bozorga ega bo’lmasdan turib

elektron

tijorat faoliyatiniyuritish ixtiyoriy tadbirkor uchun zarardir.

Uchinchidan,

jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridan on-line to’lovni

amalga oshirishni ta’minlaydigan ishonchli tizimning rivojlanmaganligi. Banklarimiz
tomonidan chiqarilayotgan plastik kartochkalardan faqatgina maxsus terminallardan
foydalanib to’lovni amalga oshirishimiz mumkin, xalqaro tajribada esa plastik
kartochkalar yordamida, to’lovni qabul qilish uchun o’rnatilgan maxsus modullar
orqali, to’g’ridan to’g’ri on-line do’konlarda to’lovni amalga oshirish mumkin.
Asosiy muammo shundaki, O’zbekistonda jismoniy shaxslar uchun on-line banking
xizmati keng tarqalmadi. On-line banking bank mijozlari uchun internet tarmog’ida
yoki mobil aloqa yordamida o’z hisoblarini boshqarish va to’lovlarni amalga oshirish
imkonini beradi. Bir necha banklar tomonidan taklif etilayotgan SMS-banking bir
tomonlama bo’lib, faqatgina hisob va operatsiyalar tarixi haqida ma’lumot olish
uchun mo’ljallangan. Bu holat elektron tijoratning rivojlanishiga eng katta to’siq
bo’layotgan muammolardan biridir.

To‘rtinchidan,

mavjud internet- do’konlar faoliyatida yetarli professionallik

darajasi yetishmaydi. Aloqa va axborotlashtirish agentligi chop etgan ma’lumotlarga
ko’ra 1-yanvar 2008-yil holatiga bo’yicha O’zbekistonda 24 ta internet do’kon


background image





62

7.1

2

7

faoliyat yuritadi. Hozirgi vaqtga kelib kompyuter va elektronmayishiy texnika
mahsulotlarini sotishga bo’yicha-8, sovg’a va gullar bo’yicha-4, raqamli tovarlar
bo’yicha, iste’mol va ma’ishiy tovarlar bo’yicha-3, kitob, musiqava kompakt diskda
filmlar sotishga mo’ljallangan-3 do’kon mavjud. Bu Websaytlarning 4-ishlov berilish
jarayonida, 4-to’lovni xalqaro to’lov tizimidagi plastickartochkalardan foydalanib
amalga oshirish imkonini yaratadi, 12-WM Transfer to’lov tizimidan foydalanadi.

ELEKTRON TIJORATNING SOHALARDA RIVOJLANISHI

Hozirgi davrga kelib elektron tijorat turli sohalarda rivojlanmoqda. Asosan savdo

sotiq va bank sohalari tez sur’atlarda o’sib bormoqda. Elektron tijoratni
rivojlantirishning asosi global internetdan foydalanish hisoblanadi. Elektron
tijoratning rivojlanish darajasiga global tarmoqning kirib borish darajasi
foydalanuvchilar soni kabi ko‘rsatkichlar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Texnik nuqtai
nazardan O‘zbekiston Respublikasi interneti mamlakatda elektron tijoratni
rivojlantirishga tayyor. O‘zbekiston Respublikasi hududining katta qismi internet
bilan qamrab olingan: internetdan foydalanuvchilar sonining tezlik bilan o‘sishi va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi kuzatilmoqda, bu tovarlar va
xizmatlarni

xarid

qilish

uchun

zamonaviy

axborot

va

kommunikatsiya

texnologiyalaridan foydalanadigan potensial xaridorlar soniga o‘zining ijobiy
ta’sirini ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat uchun
infratuzilmani shakllantirish faol rivojlanmoqda. Shu bilan birga, aholi va
tashkilotlarning elektron tijorat muhitiga jalb etilishi yetarli darajada emas: elektron
tijorat operatsiyalari hajmi hozirda asosan faqatgina mahalliy bozor darajasida amalga
shirilmoqda. Bugungi kunda Internet orqali savdoning Asosiy yo‘nalishi iste’mol
tovarlarini sotish va sotib olishdir. Noyob mahsulot, masalan, eski bronza haykalcha,
siz “jonli” ni ko‘rishni va qo‘llaringiz bilan teginishni xohlaysiz. Ammo mobil
telefonlar yoki komp’yuterlar kabi keng tarqalgan mahsulotlar ham borki, odamlar
faqat vizual va texnik xususiyatlari uchun buyurtma berishga tayyor. Bularning
barchasi O‘zbekistonda allaqachon ishlab chiqilmoqda. Mahalliy onlayn do‘konlarni
tashkil etish darajasi doimiy ravishda oshib bormoqda. O‘z mahsulotlari yoki
xizmatlarini sifat va vizual idrok etishning yuqori standartlariga javob beradigan
onlayn do‘konlar soni ortib bormoqda. Bu bozorning turli segmentlarida raqobat
darajasining oshishi bilan bog‘liq. Shu sababli, bozorda o‘z mavqeini saqlab
qolish uchun ishbilarmonlar doimiy ravishda o‘z bizneslarini

rivojlantirishlari

va

shu bilan O‘zbekiston Respublikasida electron tijoratning rivojlanishiga

hissa qo‘shishlari kerak. Bugungi kunga kelib onlayn do‘konlarni yaratish mahalliy
onlayn biznesning istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Texnologiyaning jadal


background image





63

7.1

2

7

rivojlanishi iste’molchilarning ushbu sohaga qiziqishining kutilmagan o‘sishiga olib
keldi.

XULOSA VA TAKLIF

Elektron tijorat - bu kompyuter tarmoqlaridan foydalangan holda amalga

oshiriladigan barcha moliyaviy va savdo operatsiyalarini va bunday operatsiyalar
bilan bog'liq biznes jarayonlarni o'z ichiga olgan iqtisodiyot sohasi.

Нukumatimizning bu sohaning muhimligini anglagan holda olib borayotgan

islohotlari О‘zbekistonda ham elektron tijoratning rivojlanishiga sabab bо‘lmoqda.
Elektron tijorat mamlakatimiz rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni
hisobga olgan holda, bu soha beradigan tо‘siqlarni bartaraf etish zarur. Elektron
tijorat yuksak darajada barcha sohalarda rivojlanmagan.

Onlayn-xaridlar yetkazib berilishining foydalanuvchi uchun qulay shakllari

rivojlanishi buyurtmalarni olish punktlari (BOP), postamatlar va “eshikkacha”
kuryerlik yetkazib berish variantlarining keskin ko‘payishiga olib keldi. Har yili BOP
va postamatlar soni karrasiga oshmoqda va hozircha har qalay, yaqin bir necha yilda
bozor to‘yinishi to‘g‘risida gapirishga erta. Hozirdayoq “e-commerce” bozori
ishtirokchilari kuryerlik yetkazib berilishi va avtotransportga salmoqli talabni
shakllantiryapti, buning barobarida yakuniy yetkazishgacha tovarlar saqlanadigan
omborxonalar va taqsimot markazlariga talab o‘smoqda. NF Group baholashiga
ko‘ra, Markaziy Osiyoning aksariyat mamlakatlarida omborxona ko‘chmas
mulkining ijara qiymati keskin oshib boryapti, bu bozorda maydonlar tanqisligi
mavjudligini bilvosita tasdiqlaydi.

Yetkazib berishni tashkil etish modeli qanday bo‘lmasin, “e-commerce” bozori

uchun buyurtmalar harakatlanishining moslashuvchanligi va shaffofligini ta’minlash
eng muhim nuqta bo‘ladi. Bunday imkoniyatlar uzoq yo‘nalishlarda ishlash bo‘yicha
salmoqli tajribaga ega, birinchilardan bo‘lib raqamli servislarni o‘zlashtirgan
logistika operatorlarining zamonaviy texnologik AT-platformalarida mavjud.

Logistikani avtomatlashtirish afzalliklari

Logistik AT-platformalar bugungi kunda yagona darcha rejimida turli

amaliyotlarni avtomatlashtirish imkonini beruvchi raqamli servislar ekotizimini
o‘zida ifodalaydi. Ular, jumladan, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Yuk gabariti, hajmi va miqdori, yetkazib berish manzili, muddatlarga

talablar va boshqa mezonlar inobatga olingan holda buyurtmalarni taqsimlash va
yo‘nalishni belgilash;

Real vaqt rejimida yetkazib berishni monitoring va nazorat

qilish;


background image





64

7.1

2

7

Dispetcher,

haydovchi/kuryer

va

buyurtmachi

o‘rtasidagi

kommunikatsiya;

Hisobotlar va biznes-tahlil tuzish.

Chunonchi haydovchi yoki kuryer mobil ilovada buyurtma haqidagi barcha

ma’lumotlarni ko‘radi, u yerda bajarilgan vazifalarni belgilashi yoki dispetcher
hamda xaridor bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin. Yuk qabul qiluvchi avtomatik
ravishda yetkazib berish muddatlari haqida xabar oladi va jarayonning har bir
ishtirokchisi har bir reys yakunlangach, onlayn-hisobot bilan tanishishi mumkin.

Zamonaviy raqamli logistik AT-platformalar sun’iy intellekt texnologiyasi

yordamida innovatsion qayta qurilish bosqichini boshdan o‘tkazmoqda. Mashina
ta’limi algoritmlari ijrochilarning ishonchliligini tekshirish yoki tashishning adolatli
bozor narxini belgilash kabi murakkab va mehnattalab amaliyotlarni ham
avtomatlashtirishga imkoniyat yaratadi.

Mordor Intelligence tahlilchilarining fikrlariga ko‘ra, jahon raqamli logistika

bozori 2020-2025-yillar mobaynida o‘rtacha yiliga 7,89% ga o‘sib boradi, bunda
logistik

kompaniyalarga

biznes-jarayonlarni

raqamlashtirishda

xarajatlarni

qisqartirish imkonini beruvchi o‘sish drayverlaridan biri butun yetkazib berish zanjiri
bo‘ylab birgalikda ishlashni ta’minlovchi "bulutli" yechimlar bo‘ladi. Hozirdanoq
keskin o‘sish bosqichiga o‘tgan O‘zbekistondagi “e-commerce” bozori uchun barcha
jarayonlarga raqamli logistika texnologiyalarini tatbiq etishni, hech bir mubolag‘asiz,
tengi yo‘q trend deb atash mumkin.

Shuni bemalol ta’kidlash mumkinki, O‘zbekistonda elektron tijoratning

rivojlanishi O‘zbeksiton mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, yuqori
axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish o‘rinlarini yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

R.X.Ayupov va

boshqalar. O`zbekistonda

elektron

biznes:

muammolar va yechimlar / - T.: TMI, 2016.

2.

“Tijorat siri” to`g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2014-yil, 37-sonli, 463-
modda; Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 18 iyunda qabul qilingan,
Senat tomonidan 2014-yil 28 avgustda ma`qullangan.

3.

Adasheva

M.U., Kazakov

R.T. Internetda interaktiv

xizmatlar.

O‘zDJTI nashriyot-matbaa bo‘limi , 2015 yil.

4.

Nabijonov O., Shavkatova Sh., Sattorova S. (2022). THEORETICAL
FOUNDATIONS OF THE STRATEGY FOR MINIMIZING PRODUCTION
COSTS AT ENTERPRISES. Eurasian Journal of Law, Finance and Applied
Sciences,

2(7),

27–29.

retrieved

from

https://in-

academy.uz/index.php/EJLFAS/article/view/1918


background image





65

7.1

2

7

5.

Nabijonov Otabek Ganievich and Sh. A. Kholbutaeva (2022). THE ROLE OF
CONSULTING IN A MODERN MARKET ECONOMY. Central Asian
Academic Journal of Scientific Research, 2 (2), 5-8.

6.

Холикова Рухсора Санжаровна и Бахтиеров Ахмадбек Феруз-
оглу. (2023). ИТОГИ

электронной

ТОРГОВЛИ,

СОЗДАНИЕ

УСКОРЯЮЩЕЙСЯ

ЦИФРОВОЙ

ЭКОНОМИКИ.

Зона

электронной

конференции

,

40-43. Извлечено

из

http://econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/1876

7.

Бахтиеров, А. (2022). Торгово-экономические показатели с помощью
цифровой экономики.

Gospodarka i Innowacje.

,

24

, 720-726.

8.

Бахтиеров, А. (2023). ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ПОБОЧНЫЕ ЭФФЕКТЫ
СИСТЕМЫ

ОТКРЫТОГО

РЫНКА

Для

РАЗВИВАЮЩИХСЯ

СТРАН.

Решение социальных проблем в управлении и экономике

,

2

(8), 9-11.





Библиографические ссылки

R.X.Ayupov va boshqalar. O`zbekistonda elektron biznes: muammolar va yechimlar / - T.: TMI, 2016.

“Tijorat siri” to`g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2014-yil, 37-sonli, 463- modda; Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 18 iyunda qabul qilingan, Senat tomonidan 2014-yil 28 avgustda ma`qullangan.

Adasheva M.U., Kazakov R.T. Internetda interaktiv xizmatlar. O‘zDJTI nashriyot-matbaa bo‘limi , 2015 yil.

Nabijonov O., Shavkatova Sh., Sattorova S. (2022). THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE STRATEGY FOR MINIMIZING PRODUCTION COSTS AT ENTERPRISES. Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences, 2(7), 27–29. retrieved from https://in-academy.uz/index.php/EJLFAS/article/view/1918

Nabijonov Otabek Ganievich and Sh. A. Kholbutaeva (2022). THE ROLE OF CONSULTING IN A MODERN MARKET ECONOMY. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (2), 5-8.

Холикова Рухсора Санжаровна и Бахтиеров Ахмадбек Феруз-оглу. (2023). ИТОГИ электронной ТОРГОВЛИ, СОЗДАНИЕ УСКОРЯЮЩЕЙСЯ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ. Зона электронной конференции, 40-43. Извлечено из http://econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/1876

Бахтиеров, А. (2022). Торгово-экономические показатели с помощью цифровой экономики. Gospodarka i Innowacje., 24, 720-726.

Бахтиеров, А. (2023). ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ПОБОЧНЫЕ ЭФФЕКТЫ СИСТЕМЫ ОТКРЫТОГО РЫНКА Для РАЗВИВАЮЩИХСЯ СТРАН. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 2(8), 9-11.