Авторы

  • Shermatova Xilola Mirzayevna,Numonjonov Ozodbek Nodirjon o‘g‘li
    Farg‘ona davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107418

Ключевые слова:

obyekt sinf inkapsulyatsiya merosxo‘rlik polimorfizm abstraksiya metod interfeys dasturiy arxitektura kod modulligi dasturiy ta’minot dasturiy dizayn C Java Python C# sun’iy intellekt mobil ilova veb ilova tizimli yondashuv kodni qayta ishlatish kengayuvchanlik texnik texnologiyalar UML diagrammalari.

Аннотация

Ushbu maqola dasturlashning eng muhim va keng tarqalgan yondashuvlaridan biri bo‘lgan obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OOP) konsepsiyasiga bag‘ishlangan. OOP dasturlash paradigmasi sifatida real hayotdagi ob’ektlarni modellashtirish va ularning o‘zaro aloqalarini ko‘rsatish imkonini beradi. Ushbu maqolada OOPning shakllanishi, tarixiy rivojlanish bosqichlari, uning nazariy asoslari va zamonaviy dasturlash tillarida qanday qo‘llanilayotgani keng tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada OOPning asosiy tamoyillari – inkapsulyatsiya, merosxo‘rlik, polimorfizm va abstraksiya – dasturiy muhandislik jarayonlarida qanday rol o‘ynashi, dasturchilarga qanday imkoniyatlar berishi va foydalanuvchiga qanday qulayliklar yaratishi haqida keng ma’lumotlar berilgan. Har bir tamoyil hayotiy va texnik misollar asosida tushuntirilgan. Bugungi kunda sun’iy intellekt, mobil ilovalar, veb dasturlar, tarmoq xizmatlari, moliyaviy ilovalar, o‘yin industriyasi va avtomatlashtirilgan tizimlar kabi sohalarda OOP printsiplari asosiy tamal toshi hisoblanadi. Annotatsiyada, shuningdek, OOP yondashuvining afzalliklari, mavjud muammolari, o‘rganish bosqichidagi qiyinchiliklar va uni amaliyotga joriy etishdagi yondashuvlar ham qisqacha tahlil qilingan. Ushbu maqola OOPni o‘rganayotgan boshlang‘ich dasturchilar uchun foydali qo‘llanma bo‘lishi bilan birga, tajribali dasturchilar uchun ham muhim nazariy manba hisoblanadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

66

OBYEKTGA YO‘NALTIRILGAN DASTURLASH

Shermatova Xilola Mirzayevna

Farg‘ona davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti

shermatovahilola1978@gmail.com

Numonjonov Ozodbek Nodirjon o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi 1-kurs talabasi

nomonjonovozodbek720@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqola dasturlashning eng muhim va keng tarqalgan yondashuvlaridan biri

bo‘lgan obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OOP) konsepsiyasiga bag‘ishlangan. OOP dasturlash

paradigmasi sifatida real hayotdagi ob’ektlarni modellashtirish va ularning o‘zaro aloqalarini

ko‘rsatish imkonini beradi. Ushbu maqolada OOPning shakllanishi, tarixiy rivojlanish

bosqichlari, uning nazariy asoslari va zamonaviy dasturlash tillarida qanday qo‘llanilayotgani

keng tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada OOPning asosiy tamoyillari – inkapsulyatsiya,

merosxo‘rlik, polimorfizm va abstraksiya – dasturiy muhandislik jarayonlarida qanday rol

o‘ynashi, dasturchilarga qanday imkoniyatlar berishi va foydalanuvchiga qanday qulayliklar

yaratishi haqida keng ma’lumotlar berilgan. Har bir tamoyil hayotiy va texnik misollar asosida

tushuntirilgan. Bugungi kunda sun’iy intellekt, mobil ilovalar, veb dasturlar, tarmoq xizmatlari,

moliyaviy ilovalar, o‘yin industriyasi va avtomatlashtirilgan tizimlar kabi sohalarda OOP

printsiplari asosiy tamal toshi hisoblanadi. Annotatsiyada, shuningdek, OOP yondashuvining

afzalliklari, mavjud muammolari, o‘rganish bosqichidagi qiyinchiliklar va uni amaliyotga joriy

etishdagi yondashuvlar ham qisqacha tahlil qilingan. Ushbu maqola OOPni o‘rganayotgan

boshlang‘ich dasturchilar uchun foydali qo‘llanma bo‘lishi bilan birga, tajribali dasturchilar

uchun ham muhim nazariy manba hisoblanadi.

Kalit so‘zlar

:obyekt, sinf, inkapsulyatsiya, merosxo‘rlik, polimorfizm, abstraksiya, metod,

interfeys, dasturiy arxitektura, kod modulligi, dasturiy ta’minot, dasturiy dizayn, C++, Java,

Python, C#, sun’iy intellekt, mobil ilova, veb ilova, tizimli yondashuv, kodni qayta ishlatish,

kengayuvchanlik, texnik texnologiyalar, UML diagrammalari.

Abstract:

This article is dedicated to one of the most prominent and widely used approaches in

modern software development – Object-Oriented Programming (OOP). As a programming

paradigm, OOP enables developers to model real-world entities as objects and define their

behaviors and interactions in an organized and logical manner. The article provides a

comprehensive overview of the historical development of OOP, its theoretical foundations, and

the application of its principles in modern programming languages such as Java, C++, Python,

and C#. Furthermore, the four main principles of OOP – encapsulation, inheritance,

polymorphism, and abstraction – are discussed in detail, with practical and relatable examples

that illustrate their role in software engineering, code reusability, modular design, and system

scalability. The article also explores the relevance of OOP in today’s technologies such as

artificial intelligence, mobile applications, web services, game development, and automated

systems. It discusses both the advantages and challenges of adopting OOP in real-world projects.

Designed as a conceptual and practical guide, this abstract serves as a valuable resource for both

novice programmers learning the fundamentals of OOP and experienced developers aiming to

reinforce their theoretical understanding.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

67

Keywords

:object, class, encapsulation, inheritance, polymorphism, abstraction, method,

interface, modularity, software architecture, software engineering, code reuse, scalability, Java,

C++, Python, C#, AI, mobile apps, web development, UML, design patterns, development

lifecycle, system modeling.

Аннотация:

Данная статья посвящена одному из самых важных и распространённых

подходов

в

современном

программировании

объектно-ориентированному

программированию (ООП). Как парадигма, ООП позволяет моделировать реальные

объекты и их поведение, обеспечивая логичную и организованную структуру

программного кода. В статье подробно рассматривается история возникновения и

развития ООП, его теоретическая база, а также применение в современных языках

программирования, таких как Java, C++, Python и C#. Основные принципы ООП —

инкапсуляция, наследование, полиморфизм и абстракция — изложены через практические

примеры, подчеркивающие их значение в архитектуре программ, повторном

использовании кода, модульности и масштабируемости систем. Также статья освещает

роль ООП в таких областях, как искусственный интеллект, мобильные приложения, веб-

сервисы, разработка игр и автоматизированные системы. Кроме того, обсуждаются

преимущества и сложности внедрения ООП в реальные проекты. Данная аннотация может

служить полезным справочным материалом как для начинающих программистов, так и

для опытных разработчиков, стремящихся укрепить свои знания в области объектно-

ориентированного подхода.

Ключевые слова

:объект, класс, инкапсуляция, наследование, полиморфизм, абстракция,

метод, интерфейс, архитектура ПО, модульность, повторное использование кода,

проектирование, C++, Java, Python, C#, искусственный интеллект, мобильные приложения,

веб-разработка, диаграммы UML, жизненный цикл разработки.

Kirish:

Zamonaviy axborot texnologiyalari tobora murakkablashib, insoniyatning har bir

sohasiga chuqur kirib bormoqda. Bugungi raqamli davrda dasturlash nafaqat kompyuter

mutaxassislari uchun, balki iqtisod, tibbiyot, muhandislik, ta'lim, bank ishi, hatto san’at kabi

sohalarda faoliyat yuritayotgan har bir soha vakili uchun zarur vositaga aylanib bormoqda.

Dasturlashning murakkabligi oshgani sari, uni boshqarish, rivojlantirish, testlash va texnik

xizmat ko‘rsatish ham dolzarb muammolardan biriga aylandi. Aynan shunday sharoitda

obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OOP)

paradigmasi zamonaviy dasturchilarning asosiy

vositasiga aylandi.

Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash — bu murakkab dasturiy tizimlarni boshqarish,

modulga ajratish, kodni takrorlamasdan ishlatish va foydalanuvchi ehtiyojiga mos dasturlar

yaratishda qo‘llaniladigan eng qulay, samarali va tushunarli yondashuvlardan biridir. OOP

konsepsiyasi inson tafakkuriga yaqin bo‘lgan — "narsa", "obyekt", "xatti-harakat" kabi

tushunchalarga asoslanadi. Ya’ni, har qanday dastur real hayotdagi ob’ektlar va ularning xatti-

harakatlariga asoslangan holda modellashtiriladi. Har bir ob’ektning o‘ziga xos xususiyatlari

(atributlari) va funksiyalari (metodlari) mavjud bo‘ladi. Bunday yondashuv nafaqat dasturchi

uchun, balki tizimni tushunish va undan foydalanish istagidagi har qanday foydalanuvchi uchun

ham qulay interfeys yaratishga xizmat qiladi.

Dasturlash tarixida obyektga yo‘naltirilgan yondashuv 1960-yillarda Norvegiyada

yaratilgan

Simula

dasturlash tilidan boshlangan. Bu til dastlab simulyatsiya va ilmiy modellash

uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, u dasturlashdagi obyekt tushunchasini birinchi marta taklif qilgan.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

68

Keyinchalik bu yondashuv

Smalltalk

,

C++

,

Java

,

Python

,

C#

,

Ruby

, va boshqa ko‘plab tillarda

asosiy paradigmaga aylana bordi. Ayniqsa,

C++

tili obyektga yo‘naltirilgan dasturlashni

procedural dasturlash bilan uyg‘unlashtirgan birinchi mashhur vosita bo‘ldi. Java esa uni to‘liq

va qat’iy obyektga yo‘naltirilgan muhitga aylantirib, global miqyosda qabul qilingan texnologik

standartga aylantirdi.

Bugungi kunda OOP yondashuvi sun’iy intellekt, o‘yin ishlab chiqish, mobil ilovalar

yaratish, veb-servislar, bank tizimlari, sog‘liqni saqlash axborot tizimlari va boshqa ko‘plab

sohalarda muhim rol o‘ynamoqda. Masalan,

foydalanuvchi profili

,

tranzaksiya

,

mahsulot

,

buyurtma

,

tulov tizimi

kabi funksiyalarni tuzishda har bir element alohida obyekt sifatida

qaraladi va ular sinflar orqali modellashtiriladi. Bu esa dasturchilarga tizimni modullarga bo‘lib

ishlash, har bir obyekt ustida mustaqil ishlash, testdan o‘tkazish va yangilash imkonini beradi.

OOPning kuchli tomonlaridan biri bu —

kodni qayta ishlatish (reuse)

,

kengaytiriluvchanlik (extensibility)

va

xavfsizlik (security)

tamoyillarini qo‘llab-

quvvatlashidadir. Kodni qayta ishlatish orqali yirik dasturlar yaratishda vaqt tejaladi, xatoliklar

kamayadi. Kengaytiriluvchanlik esa tizimni istalgan vaqtda yangilash, yangi funksiyalar qo‘shish,

interfeyslarni modernizatsiya qilish imkonini beradi. Xavfsizlik esa ma’lumotlarni faqat tegishli

obyektlar orqali boshqarish, tashqi aralashuvlarni cheklash orqali ta’minlanadi.

Shu jihatlari bilan obyektga yo‘naltirilgan dasturlash bugungi kunda dasturchilar orasida

nafaqat mashhur, balki zarur paradigmaga aylangan. Har qanday yirik loyiha yoki sanoat

dasturiy mahsuloti, bank ilovasi yoki tibbiy tizim, ta’lim platformasi yoki davlat elektron

xizmatlari tizimi OOP printsiplari asosida ishlab chiqiladi.

Ushbu maqolada obyektga yo‘naltirilgan dasturlash konsepsiyasining mazmuni, uning

asosiy tamoyillari, real hayotdagi tatbiqlari, dasturiy loyihalarda tutgan o‘rni va afzalliklari

to‘g‘risida keng tahliliy yondashuv asosida yoritiladi. Maqola talaba va boshlang‘ich darajadagi

dasturchilar uchun OOP asoslarini o‘rgatishga, tajribali mutaxassislar uchun esa OOP

yondashuviga nazariy nuqtai nazardan qayta qarash imkonini beradi.

Asosiy qism:

Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OOP) — bu dasturiy tizimlarni

yaratishda real hayotdagi obyektlarning xatti-harakatlarini modellashtirishga asoslangan

yondashuvdir. OOP nafaqat texnik jihatdan qulayliklar beradi, balki inson tafakkuriga yaqin

bo‘lgan uslubda tizimlar yaratish imkonini beradi. OOPning kuchi uning asosiy to‘rt tamoyiliga

inkapsulyatsiya

,

merosxo‘rlik

,

polimorfizm

va

abstraksiya

ga tayanadi. Keling, ularning

har biriga chuqurroq nazar tashlaylik.

Inkapsulyatsiya: Ma’lumotlar xavfsizligi va boshqaruv tartibi

Inkapsulyatsiya dasturda ma’lumot va funksiyalarni bitta birlikda – sinf (class) ichida

birlashtirishga xizmat qiladi. Bu orqali tashqi aralashuvlar cheklanadi, faqat kerakli funksiyalar

orqali ma’lumotlarga kirish mumkin bo‘ladi.

Misol tariqasida, inson organizmini olaylik. Biz yurak, o‘pka yoki jigar kabi ichki

a’zolarimiz qanday ishlashini to‘liq tushunmasak-da, organizmning umumiy funksiyasidan

foydalana olamiz. Huddi shunday, dasturiy obyekt ichida nima sodir bo‘layotgani, qanday

algoritmlar ishlayotganini foydalanuvchi bilmasligi mumkin – unga faqat kerakli interfeyslar

taqdim etiladi.

Inkapsulyatsiya kod xavfsizligini oshiradi, xatoliklarni kamaytiradi, dasturni boshqarishni

soddalashtiradi. Ko‘p foydalanuvchi bilan ishlaydigan tizimlarda bu tamoyil ayniqsa muhim:

bank ilovalari, tibbiy axborot tizimlari, e-tijorat platformalari shular jumlasidandir.

Merosxo‘rlik: Kodni qayta ishlatish va kengaytiruvchanlik


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

69

Merosxo‘rlik mavjud sinflarning xususiyatlari va funksiyalarini yangi sinflarga meros

qilib berish orqali kodni qayta ishlatish imkonini beradi. Bu dasturiy tizimlar strukturasini

soddalashtiradi va dasturchiga har safar yangi kod yozishga hojat qoldirmaydi.

Bu tamoyil, masalan, transport vositalarini modellashtirishda yaqqol ko‘rinadi.

“Transport vositasi” umumiy obyekt bo‘lib, harakatlanish, to‘xtash, tezlikni o‘zgartirish kabi

umumiy funksiyalarga ega. Avtomobil, avtobus, velosiped va boshqa vositalar esa shu obyekt

asosida quriladi, faqat ularning o‘ziga xos xususiyatlari qo‘shiladi. Bunda barcha umumiy

funksiyalarni qayta yozish shart emas – ular mavjud sinfdan o‘zlashtiriladi.

Katta dasturiy tizimlar, ayniqsa, yirik korporatsiyalar uchun ishlab chiqilayotgan ERP,

CRM yoki HIS (Healthcare Information System) kabi tizimlarda bu tamoyil ishlab

chiquvchining vaqtini va resurslarini tejaydi.

Polimorfizm: Moslashuvchanlik va moslashgan interfeyslar

Polimorfizm dasturchiga bir xil nomdagi funksiyalarni turli obyektlarda turlicha ishlatish

imkonini beradi. Bu esa dasturning moslashuvchanligini ta'minlaydi va kodni kengaytirish

imkonini oshiradi.

Masalan, “to‘lov” funksiyasi turli holatlarda har xil ishlashi mumkin: kredit karta orqali,

naqd pulda, yoki elektron pul orqali. Bitta nom ostida turli natijalar hosil qilish imkoniyati

tizimdagi murakkablikni soddalashtirishga olib keladi.

Polimorfizm turli kompaniyalar uchun ishlab chiqiladigan ko‘p modulli tizimlarda

ayniqsa muhim: masalan, bir xil “hisobot” funksiyasi turli bo‘limlar uchun turlicha natija berishi

mumkin (moliyaviy hisobot, ombor hisobotlari, mijozlar statistikasi va h.k.).

Abstraksiya: Ortikcha tafsilotlardan holi muloqot

Abstraksiya tamoyili foydalanuvchiga kerakli funksiyalarni soddalashtirilgan shaklda

taqdim etib, ichki murakkabliklarni yashirishga xizmat qiladi. Bu tamoyil insonlar o‘rtasidagi

muloqotni soddalashtiradi, tizimdan foydalanishni osonlashtiradi.

Masalan, har birimiz mobil ilova orqali bank operatsiyalari bajaramiz: pul o‘tkazamiz,

balansni ko‘ramiz, to‘lov qilamiz. Ammo bu jarayonlarda nima algoritm ishlayapti, qanday

serverlar ishlamoqda – bularni bilmaymiz. Foydalanuvchiga faqat oddiy interfeys ko‘rsatiladi.

Bu – abstraksiyaning asosiy mohiyatidir.

Bu tamoyil foydalanuvchiga qulay, minimal interfeysli dasturlar yaratishda asosiy o‘rin

tutadi: ta’lim platformalari, smartfon ilovalari, masofaviy xizmatlar (gov.uz, payme, click) kabi

tizimlar ana shunday quriladi.

Obyektlararo aloqalar va modul yondashuv

OOP nafaqat individual obyektlarni modellashtirish, balki ular o‘rtasidagi mantiqiy va

funksional bog‘liqlikni aniqlash imkonini beradi. Bu esa dasturiy tizimni modullarga ajratib

ishlab chiqish, keyinchalik uni boshqarish, test qilish va yangilash imkonini yaratadi.

Modul yondashuv tizimdagi har bir obyektni mustaqil boshqarish imkonini beradi. Agar

“foydalanuvchi” moduli o‘zgartirilsa, bu boshqa modullar – masalan, “buyurtma” yoki “to‘lov”

modullariga ta’sir qilmaydi. Bu esa texnik xizmat ko‘rsatishda vaqt va mablag‘ tejalishiga olib

keladi.

OOPning zamonaviy texnologiyalardagi o‘rni

Bugungi

kunda

obyektga

yo‘naltirilgan

dasturlash

quyidagi

texnologik

sohalarda asosiy yondashuv sifatida qo‘llaniladi:

Sun’iy intellekt tizimlari

– neyronlar, qatlamlar, o‘rganish algoritmlari obyektlar

sifatida qaraladi.

Mobil ilovalar

– har bir sahifa, interfeys elementi, foydalanuvchi holati obyekt sifatida

ishlab chiqiladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

70

Bank ilovalari

– foydalanuvchi, karta, tranzaksiya, xavfsizlik qoidalari obyektlashtiriladi.

Veb-servislar

– REST API, xizmatlar, foydalanuvchi so‘rovlari obyektga yo‘naltirilgan

struktura asosida quriladi.

Tibbiy axborot tizimlari

– bemor, tashxis, davo rejalari, dori vositalari obyektlar orqali

modellashtiriladi.

Afzalliklari:

Kodning modullashtirilgan tuzilishi va boshqaruv qulayligi

OOPda har bir sinf (class) alohida modul sifatida qaraladi. Bu modul o‘zining atribut va

metodlariga ega bo‘lib, mustaqil ishlaydi. Bu yondashuv dasturchilarga yirik tizimlarni kichik,

boshqariladigan qismlarga ajratish imkonini beradi. Misol uchun, elektron savdo platformasida

“Mahsulot”, “Buyurtma”, “Foydalanuvchi” kabi har bir modul mustaqil rivojlantirilishi mumkin.

Kodning qayta ishlatilishi va vaqt tejalishi

. Merosxo‘rlik (inheritance) orqali mavjud kod

asosida yangi obyektlar yaratiladi. Bu dasturchilarni bir xil funksiyani qayta yozishdan xalos

etadi. Tizimni yangilash, funksional kengaytirish va xizmat ko‘rsatishda vaqt va resurs tejaladi.

Moslashuvchanlik va kengayuvchanlik

. Polimorfizm va interfeyslar yordamida tizimni yangi

talab va funksiyalarga moslash mumkin. Misol: to‘lov funksiyasi dastlab bank kartasi uchun

yozilgan bo‘lsa, keyinchalik unga mobil to‘lov, kriptoto‘lov kabi metodlarni qo‘shish mumkin

— tizimda mavjud interfeyslar o‘zgarmaydi.

Xavfsizlik va ma’lumotlar yaxlitligi

Inkapsulyatsiya obyekt ma’lumotlarini tashqi muhitdan

himoya qiladi. Faqat maxsus metodlar orqali ma’lumotga kirish mumkin bo‘lgani sababli

noto‘g‘ri ma’lumot kiritilishining oldi olinadi. Ayniqsa, bank, sog‘liqni saqlash va davlat

xizmatlarida bu tamoyil muhim.

Testlash va nosozlikni aniqlash osonligi

Har bir obyekt mustaqil test qilinadi. Xatolik faqat

tegishli sinf doirasida aniqlanadi va tuzatiladi. Bu tizim bo‘yicha umumiy testlash jarayonini

soddalashtiradi.

Jamoaviy ishlash uchun moslik

. Yirik loyihalarda bir nechta dasturchi turli modullar ustida bir

vaqtning o‘zida ishlay oladi. Sinflarning mustaqilligi jamoaviy ishlab chiqishni samarali va

parallel tashkil etishga imkon beradi.

Vizual modellashtirish imkoniyati (UML)

. OOP obyektlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni grafik

modellar — UML diagrammalari orqali ifodalash imkonini beradi. Bu loyiha oldi loyihalash,

nazorat va hujjatlashtirish uchun muhim.

Kamchiliklari:

Boshlovchilar uchun o‘rganish murakkabligi

Inkapsulyatsiya, abstraksiya,

polimorfizm, merosxo‘rlik kabi tushunchalarni tushunish va to‘g‘ri qo‘llash dasturlashni endi

boshlaganlar uchun ancha murakkab tuyuladi. OOP asosida ishlab chiqilgan kodlar ba’zida

murakkab tuzilmaga ega bo‘ladi, bu esa tushunishni qiyinlashtiradi.

Kichik loyihalar uchun ortiqcha yuk

Oddiy, bitta funksiyali dasturlar uchun sinf va

obyektlarga bo‘lib ishlash noqulay va keraksiz bo‘lishi mumkin. Masalan, oddiy kalkulyator

yoki konvertor kabi kichik loyihalarda procedural dasturlash soddaroq va tezroq yechim beradi.

Xotira sarfi va ishlash tezligi

Obyektlar alohida ma’lumotlar va metodlar to‘plamiga

ega bo‘lgani uchun xotira sarfi nisbatan ko‘p bo‘ladi. Bu ayniqsa resurs cheklangan qurilmalarda

(masalan, mikrokontrollerlar, IoT qurilmalar) sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Dizayn bosqichida noto‘g‘ri qarorlar tizimga ta’sir qiladi

Obyektlar o‘rtasidagi aloqalar noto‘g‘ri rejalashtirilsa, tizim ichki bog‘liqlik jihatidan


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

71

murakkablashadi. Bu esa yangilanish, testlash va qo‘llab-quvvatlashni qiyinlashtiradi.

XULOSA:

Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash zamonaviy dasturiy injiniringning markazida turadi. U

dasturiy tizimlarning modullashtirilgan, boshqariladigan, kengaytiriladigan va xavfsiz

tuzilmasini yaratish uchun eng qulay vosita hisoblanadi. OOP inson tafakkuriga yaqin model

bo‘lgani uchun dasturchi, loyiha rahbari va oxirgi foydalanuvchi uchun tushunarli va intuitiv

interfeyslar yaratishga imkon beradi.

Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning afzalliklari uni bugungi zamonaviy

texnologiyalarning — sun’iy intellekt, mobil ilovalar, moliyaviy xizmatlar, IoT tizimlari, veb-

servislar — asosiy tamoyiliga aylantirgan. Ushbu paradigma kodni boshqarish, qayta ishlatish va

tizimni barqaror rivojlantirishda katta yutuqlarni ta’minlaydi.

Biroq OOPni samarali qo‘llash uchun chuqur nazariy bilim va to‘g‘ri loyihalash

tamoyillarini o‘zlashtirish talab etiladi. Har bir dasturchi ushbu paradigma imkoniyatlarini

chuqur tushunib, amaliyotda to‘g‘ri qo‘llasa, u holda nafaqat sifatli dastur yaratadi, balki

texnologik rivojlanishga hissa qo‘shadi.

Shunday ekan, obyektga yo‘naltirilgan dasturlashni o‘rganish va undan unumli foydalanish har

bir dasturchining kasbiy o‘sishi uchun ajralmas yo‘ldir.

Foydalanilgan adabiyotlar va resurslar:

1. Abdurahmonov A. A., Qurbonov S. S. Dasturlash asoslari: obyektga yo‘naltirilgan

yondashuv – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2022. – B. 75–98.

2. Rahimov M. M. C++ dasturlash tilida OOP tamoyillari – Toshkent: “Iqtisodiyot”, 2021. – B.

134–150.

3. Stroustrup B. The C++ Programming Language – 4th Edition, Addison-Wesley, 2013. – P.

295–320.

4. Lafore R. Object-Oriented Programming in C++ – 4th Edition, Sams Publishing, 2002. – P.

210–260.

5. ISO/IEC 19501: UML Infrastructure – International Organization for Standardization, 2005.

– Clause 4–6.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4884-son qarori, 2020-yil 6-noyabr, “Axborot

texnologiyalarini rivojlantirish va raqamli transformatsiya chora-tadbirlari to‘g‘risida”. – 2–

3-bandlar.

7. Geeksfor Geeks –

https://www.geeksforgeeks.org/object-oriented programming-in-cpp/

(OOP

konsepsiyalari va C++ misollari – murojaat qilingan sana: 2025-yil 1-may)

8. C++ Reference –

https://en.cppreference.com

(C++ sinflar va OOP sintaksisi bo‘yicha

rasmiy hujjatlar – murojaat qilingan sana: 2025-yil 2-may)

Библиографические ссылки

Abdurahmonov A. A., Qurbonov S. S. Dasturlash asoslari: obyektga yo‘naltirilgan yondashuv – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2022. – B. 75–98.

Rahimov M. M. C++ dasturlash tilida OOP tamoyillari – Toshkent: “Iqtisodiyot”, 2021. – B. 134–150.

Stroustrup B. The C++ Programming Language – 4th Edition, Addison-Wesley, 2013. – P. 295–320.

Lafore R. Object-Oriented Programming in C++ – 4th Edition, Sams Publishing, 2002. – P. 210–260.

ISO/IEC 19501: UML Infrastructure – International Organization for Standardization, 2005. – Clause 4–6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4884-son qarori, 2020-yil 6-noyabr, “Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va raqamli transformatsiya chora-tadbirlari to‘g‘risida”. – 2–3-bandlar.

Geeksfor Geeks –https://www.geeksforgeeks.org/object-oriented programming-in-cpp/ (OOP konsepsiyalari va C++ misollari – murojaat qilingan sana: 2025-yil 1-may)

C++ Reference – https://en.cppreference.com (C++ sinflar va OOP sintaksisi bo‘yicha rasmiy hujjatlar – murojaat qilingan sana: 2025-yil 2-may)