INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
56
G‘AFUR G‘ULOM SHE’RIYATIDA VAQT TUSHUNCHASINING AHAMIYATI
Omonboyeva Ruxshona Jamshid qizi
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali 1-bosqich talabasi
Annotasiya:
G‘afur G‘ulomning “Vaqt” she’rida inson hayotidagi vaqtning bebaho ne’mat ekani,
uning o‘tkinchiligi va har bir lahzaning qadriga yetish g‘oyasi aks ettiriladi. She’rda vaqt hech
kimni kutmasligi, dangasalik va behuda umr kechirish insonni orqada qoldirib, imkoniyatlardan
mahrum etishi ta’kidlanadi. Shoir yoshlarga murojaat qilib, ularni mehnatsevar, serg‘ayrat
bo‘lishga va har bir onni mazmunli o‘tkazishga da’vat etadi. Asarda vaqtni qadrlash, tinimsiz
mehnat qilish va umrni foydali o‘tkazish zarurligi uqtiriladi. She’r o‘quvchida hayotga nisbatan
mas’uliyat hissini uyg‘otib, kelajak sari dadil intilishga ruhlantiradi.
Kalit so‘zlar:
Vaqtning qiymati, inson va vaqt, hayot saboqlari, o‘tkinchi lahzalar, dangasalik va
muvaffaqiyat, kelajak sari intilish.
Аннотация
: В данной статье рассматривается стихотворение Гафура Гуляма "Время", в
котором подчеркивается ценность времени в жизни человека, его быстротечность и
необходимость ценить каждый момент. В стихотворении говорится о том, что время
никого не ждет, а лень и бесполезно прожитая жизнь отбрасывают человека назад, лишая
его возможностей. Поэт обращается к молодежи, призывая их быть трудолюбивыми,
энергичными и проводить каждое мгновение осмысленно. В произведении
подчеркивается важность бережного отношения ко времени, упорного труда и полезного
проведения жизни. Стихотворение пробуждает в читателе чувство ответственности за
свою жизнь и вдохновляет смело стремиться к будущему.
Ключевые слова:
ценность времени, человек и время, жизненные уроки, мимолетные
мгновения, лень и успех, стремление к будущему.
Annotation:
G‘afur G‘ulom's poem "Time" highlights the invaluable nature of time in human
life, its transience, and the importance of cherishing every moment. The poem emphasizes that
time waits for no one, and that laziness and a wasted life leave a person behind, depriving them
of opportunities. The poet addresses the youth, urging them to be hardworking, diligent, and to
spend each moment meaningfully. The poem underscores the necessity of valuing time,
engaging in persistent effort, and making life productive. It instills a sense of responsibility in the
reader and inspires them to strive confidently toward the future.
Keywords:
Value of time, human and time, life lessons, fleeting moments, laziness and success,
striving for the future.
KIRISH
O‘zbek adabiyotining mashhur namoyondalaridan biri G‘afur G‘ulom 1903-yil 10-mayda
Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida tavallud topdi. 9 yoshda otasidan, 15 yoshda
onasidan yetim qolgan G‘afur avval eski maktabda, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi.
1923-yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so‘ngra “Kambag‘al dehqon’’, “Qizil
O‘zbekiston”, “Sharq haqiqati” gazetalarida muharrir sifatida ishladi. Gazeta uning uchun
dorilfunun roʻlini o‘tadi. "Dinamo" va "Tirik qoʻshiqlar" nomli dastlabki sheʼriy toʻplamlari
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
57
1931-1932-yillarda chop etilgan. "Sen yetim emassan", "Kuzatish", "Sogʻinish", "Vaqt" kabi
sheʼrlar, publitsistik ocherk va maqolalar yozib xalqni toʻlqinlantirdi. Oʻzbek sheʼriyatining
ulkan sanʼatkori Gʻafur Gʻulom 1966-yil 10-iyulda Toshkentda vafot etdi.[1] Sheʼr (arabcha:
shuur-sezgi)-fikrning his-tuygʻuga qorishiq ifodasi sifatida vujudga kelgan, hayajonli nutq bilan
ifoda etilgan, maʼlum ichki ohangga ega badiiy asar. Rivoyat qilishlaricha, birinchi sheʼrni
bevaqt oʻldirilgan oʻgʻli Hobilning dardida kuygan Odam alayhissalom yaratgan ekan.[2]
MUHOKA VA NATIJALAR
Gʻafur Gʻulom oʻz ijodida vaqtga nisbatan haykal qoʻygan shoirdir. Shoir bu sheʼrini har bir
baytida vaqt soʻzini qoʻllamasada yashirincha unga nisbat berib oʻtadi. Oʻzbekiston
Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov “Bugun har bir kishi,
ayniqsa, yoshlarimiz vaqtning qadriga yetib, uni bekorga sovurmasdan, oʻz oldiga katta maqsad
qoʻyib, izlanish, oʻqish va mehnat qilish yoʻlidan borishi kerak” deya takidlagan.[3]Qadimgi
Yunon faylasufi Aristotel vaqt harakatning asosiy ko'rinishi sifatida bir joydan ikkinchi joyga
ko'chib o'tishni keltiradi va bunda asosiy omil sifatida Makon maydonga chiqadi. U Makonning
ko'rinishlari sifatida Bo'shliq (yunoncha κενόν) va Tartibsizlik (Xaos)ni ham ko'rib chiqadi.
"Vaqt o'zgarishni o'lchovchi vositadir" (yunoncha "ὁ χρόνος ἀριθμός ἐστιν κινήσεως") degan
fikrini ilgari surgan.[4] Urushda qozonilgan gʻalaba terisida har kim har xil yozishi tabiiy hol.
Kimdir bu gʻalabani koʻtarinki ohang, koʻtarinki siz bilan ifoda qiladi. Kimningdir ichiga
sigʻmagan quvonchi gʻalabani olqishlash shaklida qogʻozga toʻkiladi.
Gʻafur Gʻulom ijodiy tafakkuriga faylasufona mulohazakorlik, kichik tuyulgan hayotiy
detallardan katta umumlashmalar yasay olishga xos edi.Bu noyob fazilatlar shoirning 1945-yilda
fashizm ustidan qozonilgan gʻalaba munosabati bilan yozgan “Vaqt” sheʼrida yaqqol ifodasini
topdi.Shoir mazkur sheʼrda lehza(sekund)ning mohiyatiga nazar tashlaydi. Quyida “Vaqt”
sheʼrning toʻliq matni bilan tanishamiz:
“Vaqt”
G‘uncha ochilguncha o‘tgan fursatni
Kapalak umriga qiyos etgulik,
Ba’zida bir nafas olgulik muddat –
Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik.
Yashash soatining oltin kapkiri
Har borib – kelishi bir olam zamon.
Koinot shu damda o‘z qo‘rasidan
Yasab chiqa olur yangidan jahon.
Bu sheʼr fursat, vaqt va hayotning qadri haqida boʻlib, har bir satrda vaqtning oʻtkinchiligi,
ammo uning ulugʻligi aks etgan. Bosh misrada vaqtning nisbiyligi tasvirlanadi, gulning ochilish
jarayoni uzoq vaqtni talab qilsa ham, kapalakning umri juda qisqa. Shuningdek baʼzan bir nafas
ichida ham ulkan oʻzgarishlar sodir boʻlib, minglab yulduzlar soʻnishi mumkin. Vaqt soat
mexanizmi bilan taqqoslanmoqda, har bir soniya, har bir aylanish olamning yangilanishi, yangi
davrning boshlanishi demak.Darhaqiqat, yuzaki qaraganda, lahza nima? Koʻz yumib ochguncha
oʻtadigan fursat. Goʻyo eʼtiborga, diqqatga arzimaydi. Oʻz umrini poyonsiz deb oʻylaydigan
aksariyat odamlar uchun lahzaning sariq chaqalik qimmati boʻlmasligi ham mumkin. Biroq shoir
ijodiy tafakkuri butun insoniyat hayoti - uning quvonch-u tashvishlari, hatto qismati ham mana
shu lahzalarga jo ekanini favqulodda misollar bilan isbotlab beradi.
Yarim soat ichida tug‘ilib, o‘sib,
Yashab, umr ko‘rib, o‘tguvchilar bor;
Ko‘z ochib yumguncha o‘tgan dam qimmat,
Bir lahza mazmuni bir butun bahor.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
58
Bir onning bahosin o‘lchamoq uchun
Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz.
Nurlar qadami-la chopgan sekundning
Barini tutolmas ayuhannos ovoz.
Hayotning oʻtkinchiligi haqida fikr yuritiladi. Baʼzi mavjudotlar atigi yarim soat ichida tugʻilib,
yashab, halok boʻlishadi, shu sababli inson har bir lahzaning qadriga yetishi kerakligi va
misralarda vaqtning narxini oltindan tarozi va olmosdan qilingan tosh bilan ham oʻlchab
boʻlmasligini anglatadi. Sekundlar shu qadar tez oʻtadiki, hatto eng tezkor ovoz ham uni toʻxtata
olmaydi.1 Hayotning abadiy qonuniyatlarini anglagan, his qilgan odam uchun behuda lahzaning
oʻzi yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas. Zero, inson necha yil umr koʻrishidan qatʼiy nazar, bu
umrning asosini mana shu lahzalar tashkil qiladi. Buyuk qahramonlar ham, isnodli
sharmandaliklar ham ayni lahzalar oraligʻida roʻy beradi. Oʻzini, oʻzligini unutgan odam bir
lahzada ul qoʻygan xatosini, qoʻrqoqligi, shijoatsizligi tufayli umrbod yuzi qora boʻlib qolishi
hech gap emas. Yoki aksincha, Amir Temurdek, Jaloliddin Manguberdidek, Bobur Mirzodek
bobolarimizning shon-shavkati aynan bir lahzada qabul qilgan qatʼiy qarorlari, biror lahza
unutmaganlari - yurtga sadoqatlari tufayli abadiyatga daxldor boʻldi.
Endi aytingchi, ular kabi joʻmard insonlarning umri, faoliyati, millat taraqqiyotiga qoʻshgan
hissalarini oltindan yasalgan tarozi-yu olmosdan qilingan tosh bilan oʻlchab boʻladimi?!
Yigit termuladi qizning ko‘ziga,
Kiprik suzilishi, mayin tabassum...
Qo‘sha qarimoqqa muhr bo‘ladi
Hayotda ikki lab qovushgan bir zum.
Yashash darbozasi ostonasidan,
Zarhal kitob kabi ochilur olam.
Tiriklik ko‘rkidir mehnat, muhabbat,
Fursatdir qilguvchi aziz, mukarram.
Qatrada osmon aks etganidek,
Jahonday manodor qorachig‘imiz.
G‘olib asrimizga quyoshdan mash’al,
Zamon qo‘rasining so‘nmas cho‘g‘imiz.
Sevgi, muhabbat kuylanadi va hayot qimmatbaho kitobga oʻxshatiladi. Mehnat va Muhabbat
hayotning bezagi boʻlsa, vaqt esa ulkan imkoniyatlarga eshik ochadi. Soatlarda insonning koʻz
qorachigʻiga butun olamning maʼnosi singganligi taʼkidlanmoqda.
G‘alaba amri-la mag‘lub nemisning
Generali qo‘l qo‘ydi. Uch sekund faqat...
Shu mal’un imzoda odamlar o‘qur
Million yil fashistning umriga la’nat.
Aziz asrimizning aziz onlari,
Aziz odamlardan so‘raydi qadrin.
Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq chog‘idir umr daftarin.
Tarixiy voqealarga ishora qilib, nemis generallarining ikkinchi jahon urushidagi magʻlubiyatiga
imzo qoʻyish jarayoni juda qisqa fursatda, yaʼni uch daqiqada sodir boʻladi, ammo u millionlab
insonlarning yodida abadiy muhrlanib qoladi. Shuning uchun har bir zamon oʻz odamlari orqali
qadrlanishi kerakligi taʼkidlanib, vaqtdan unumli foydalanish kerak deya aytiladi. Umr daftari
1 . Adabiyot darsligi 5-9 sinflar uchun - Toshkent:"Oʻzbekiston" nashriyoti 112-118-bet.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
59
shoh satrlar bilan bezatilishi lozim. Insoniyat tarixidagi eng dahshatli hodisa boʻlgan bu urush 70
milliondan ortiq kishining umriga zavol boʻldi. Minglab shahar va qishloqlar, Yevropa, Afrika,
Osiyo qitʼasining eng noyob madaniy yodgorliklari shu urush olovida kuyib kulga aylandi.
Qanchadan qancha bolalar oʻz ota-onalaridan, ota-onalar esa farzandlaridan ajrab, hayotlari
sarson-sargardonlikda oʻtdi. Bu urush yetkazgan jarohatlar oʻrni hali-hamon bitgani yoʻq.
Yaponiyaga tashlangan atom bombalarining zahri avlodlar tan-u joniga, atrof-muhitga ozor
bermoqda.
Holbuki, fashizmning oʻz magʻlubiyatini tan olib, German armiyasining soʻzsiz taslim kishi
toʻgʻrisidagi hujjatga imzo chekish uchun uch daqiqa vaqt talab qilindi, xolos. Biroq shu uch
sekundga kelish insoniyatga qanchalar qimmatga tushganini bir tasavvur qilib koʻring-a.
Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek,
Diana ma’badin yoqmoq shart emas,
Ko‘plarning baxtiga o‘zlikni jamlab,
Shu ulug‘ binoga bir g‘isht qo‘ysak bas.
Har lahza zamonlar umridek uzun,
Asrlar taqdiri lahzalarda hal.
Umrdan o‘tajak har lahza uchun,
Qudratli qo‘l bilan qo‘yaylik haykal.
Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar g‘animatdir, umrzoq soqiy.
Quyoshki falakda kezib yuribdi,
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.
Darvoqe, 1939-yil 1-sentyabrda ikkinchi jahon urushini boshlash - Polshaga hujum qilish
toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishga ham, balki uch sekund kifoya qilgandir.
Shoir dunyoda shuhrat qozonmoqning yoʻllari koʻp ekani, biroq bu yoʻllarning biri odamni
sharmandali shuhratga olib kelsa, boshqasi abadiyatga olib borishini quyma satrlarda eslatadi.
Darhaqiqat, oʻz davrining mutafakkirlari goh ilm-fan, goh sanʼat, goh falsafada ulkan natijalarga
erishayotganidan ichi kuyga Gerostrat degan kimsa odamlar uni ham doimiy yodlab-yoʻqlab
turishlarini xohlab qoladi. Bunga arzirli biror ish qoʻlidan kelishiga koʻzi yetmay, ulkan
buzgʻunchilik, vahshiylikka qoʻl uradi. Dunyo arxitekturasining noyob namunalaridan biri
boʻlgan Diana maʼbadi-ibodatxonasiga oʻt qoʻyadi. Qarabsizki hali-hamon Gerostratning nomini
ham insoniyat eslashga majbur. Lekin bu eslov-yoʻqlovning qimmati va ahamiyati qanchalik?
Hamma gap mana shunda!
Shoir esa bunday shon-shuhrat keraksizligini, yaxshilik orqali inson nom qoldirishi lozimligini
taʼkidlaydi va birgina lahza bazan asrlar taqdirini hal qilish mumkinligini aytib oʻtadi. Quyosh
osmonda yurayotgandek, inson ham umr yoʻlida vaqtning har bir onini qadrlashi kerak va bu
misralari bilan shoir Gʻafur Gʻulom "Vaqt"ga haykal qoʻydi.
Gʻafur Gʻulomning "Vaqt" sheʼri dunyoga kelishiga turtki boʻlgan yana bir sababi
“Vaqt” sheʼri yaratilishidan sal oʻtiboq, 1946 yili (sheʼrga 19.09.45 sanasi qoʻyilgan) . Sheʼrning
yozilishiga turtki boʻlgan voqea sarlavha ostida aniq qayd etilib, “Menga soat taqdim etgan
jiyanim Hamidulla Husan oʻgʻliga bagʻishlangan” deb yozib qoʻyilgan. Bu shunchaki oddiy
bagʻishlov boʻlmay, uni semiotik ochqich, deb baholash mumkin. Bagʻishlovda boshqa tafsilot
yoʻq. Lekin tarjimon Aleksandr Naumov shoir tilidan yozib olgan “Yoʻl tugamaydi” (“Put ne
konchayetsya”) sarlavhali suhbatida Gʻafur Gʻulomning qator asarlari, jumladan, “Vaqt” sheʼri
haqida qimmatli maʼlumotlar beradi. Unda aytilishicha, shoirga zobit jiyani taqdim etgan soat
oddiy, yaʼni doʻkondan xarid qilingan yangi soat emas, balki trofey soat boʻlgan. Soat azal-
azaldan vaqt oʻlchagich asbob, lekin trofey soatning boshqa qoʻshimcha belgisi ham bor, u
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
60
tutilgan, dushmandan oʻlja tarzda olingan buyum. Buni qayd etish muhim.Shoir ushbu suhbatda
ham hassos ijodkor, ham teran adabiyotshunos sifatida “Vaqt”ning tugʻilishidagi ikki jihatni aniq
qayd etadi.
Birinchi jihat. Shoir sovgʻa haqida gapirib, deydi: “Uni oldimu sal ijirgʻandim, soatni koʻriboq
oʻyladim, uni qandaydir nemis, fashist taqqan, buning ustiga u halok boʻlgan… Shunday qilib,
soat 45-yil mayigacha qaydadir yotdi. Bayram tantanalari avji qizigan payt tasodifan oldimdan
chiqdi. Ongimda aniq shakllangan fikr boʻlmasa-da, men uni endi taqishim mumkin, deb
oʻyladim. Bir toʻyda qadah soʻzi aytar ekanman, dedim: “Mening bilagimdagi trofey soat bejizga
emas, ilgari u dushman uchun vaqtni oʻlchasa, endi u bizning vaqtni koʻrsatmoqda!”
Ikkinchi jihat. Yana allomaning soʻzlari: “Bir kuni, chala-yarim uyqusiz tundan keyin tongda
shahar aylanishga chiqdim, koʻchada sayr qilib yurib, nashriyot eshigiga kelib qolibman. Adabiy
tahririyatda ikki kishi bor edi – muharrir doʻstlarimdan biri va musahhih qiz. Men beixtiyor
salomlashdim, beixtiyor savolga javob berdim; qiz menga yonlab turardi, men uning uzun mayin
kipriklariga boqdim. Ular xuddi tungi kapalak qanotiday koʻtarilib-tushardi… Men yana qaradim:
kapalak yana qanotlarini yozdi. Koʻzini pirpiratdi… va men ushbu oniy lahzani arang ilgʻay
oldim. Mana sizga mangulikning ikkinchi chegarasi, ibtidolar ibtidosi! Ayni shu emasmi
lahzaning jonli obrazi… koʻz ochib-yumgulik lahza? Va ilk kalit band, meni uzoq qiynagan, uni
topish amrimahol moʻjiza, xuddi havodan moddiy nimarsa hosil qilishday tuyulgan tansiq band
toʻsatdan oʻz oyogʻi bilan keldi va xuddi bayramda otiladigan mushak kabi mening tasavvurim
osmonida portladi” deya aytib oʻtadi.
XULOSA
Xulosa qilib oladigan boʻlsak G‘afur G‘ulomning "Vaqt" she’rida inson hayotidagi eng qimmatli
ne’matlardan biri – vaqt tushunchasining falsafiy talqini berilgan. She’rning har bir misrasi
insonni hayotga nisbatan mas’uliyat bilan yondashishga, vaqtni qadrlashga undaydi. Shoir
vaqtning shon-shuhratga erishishdagi o‘rni haqida fikr yuritib, insonni tarixda o‘chmas iz
qoldirishga da’vat etadi. Shu boisdan, "Vaqt" she’ri nafaqat badiiy asar, balki hayot saboqlarini
o‘zida mujassam etgan muhim falsafiy talqin sifatida ham e’tiborga molikdir. Shukrki
insoniyatga xotira degan ulkan saboq-xazina ato etilgan. U oʻzining baxt-u iqboli yoʻlida
kurashgan ulugʻlar bilan birga, odamzod tirikligiga xavf-u qoʻrqinch solgan yovuz kimsalarni
ham unutmaydi. Ularning qilmishlari takrorlanishidan ogoh turadi.
Faylasuf shoir Gʻafur Gʻulom oʻzining moʻjazgina asari-“Vaqt” sheʼri bilan lahzaga abadiy
haykal qoʻydi, deb bemalol aytsak boʻladi. Bu sheʼr bagʻriga jo boʻlgan mantiq va maʼno, sanʼat
va sayqal koʻlamini anglamoq uchun, asrlar talab qilmoqda. Chinakam sheʼriyatning,
adabiyotning moʻjizaviy qudrati, balki mana shundadir.Umuman olganda, G‘afur G‘ulomning
ushbu asari vaqt tushunchasining mohiyatini anglashga, uni behuda sarf qilmaslikka va har bir
onni qadrlashga o‘rgatadi. Bu she’r bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib, ayniqsa, yoshlarni
hayotga hushyor qarashga, mehnatsevar bo‘lishga va kelajak sari dadil intilishga undaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. G‘afur G‘ulom haqida. [Elektron manba]. — URL: https://tafakkur.net/gafur-gulom.
2. Boboyev T. Sheʼr ilmi taʼlimi. — Toshkent: O‘qituvchi, 1996. — 150 b.
3. Karimov I.A. Yuksak maʼnaviyat — yengilmas kuch. — Toshkent: Maʼnaviyat, 2008. —
176 b.
4. Aristotel. Fizika. IV kitob. — Mil. avv. IV asr