Авторы

  • Norboyeva Zarina Yusuf qizi
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107431

Ключевые слова:

badiiy so’z qudrati shoirning badiiy niyati lirik ohang badiiy til lirik tasvir mahorati turkona uslub badiiy xotira

Аннотация

Ushbu maqolada Rauf Parfi she’riyatida badiiy niyat va shoir pozitsiyasi muommosi o‘rganilib, muallif ijodida turkiylar taqdiri, Turkiston muhabbati mavzusini keng yoritishda badiiy mahorat masalalari ilmiy-nazariy tadqiq etiladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

148

TURKIYNING TURKIGO’Y KUYCHISI

Norboyeva Zarina Yusuf qizi

Alisher Navoiy nomidagi

Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti

universiteti 2-bosqich magistranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Rauf Parfi she’riyatida badiiy niyat va shoir pozitsiyasi

muommosi o‘rganilib, muallif ijodida turkiylar taqdiri, Turkiston muhabbati mavzusini keng

yoritishda badiiy mahorat masalalari ilmiy-nazariy tadqiq etiladi.

Kalit so’zlar:

badiiy so’z qudrati, shoirning badiiy niyati, lirik ohang, badiiy til, lirik tasvir

mahorati, turkona uslub, badiiy xotira

Badiiy adabiyot go’zalliklari, adabiyot qudrati keng va bisyorki, uni to’lig’icha idrok

etish imkoniyatdan tashqaridadir. Negaki, adabiyot ma’lum qolipga solingan qonun-qoidamaski,

uni yodlab olsak. Adabiyot har shuurda, har qalbda qaytadan tug’iladi. Har gal adabiyot haqida

so’z ketganda u haqida soatlab gapirish, to’xtovsiz gapirish, to’lqinlanib gapirish mumkin. U

sehrli, u dilkash, u yuqumli… Adabiyot so’z qudrati bilan o’n sakkiz ming olam yaralgandayoq

tug’ilgan dunyoning emikdoshidir. Ne-ne og’ir davrlar zahmidan tilingan, “kirlangan

qalblarimizni tozalaydigan toza ma’rifat suvi”, ko’ngil maylimiz xuftonsifat tus olib,

tuyg’ularimiz shom rangiga cho’kib turgan pallada bir sarkashlik, bir dilkashlik bilan aytilgan

birgina misra bilan dildagi hazinlikni lablar erkiga ayirboshlovchi ustomondir u. Darhaqiqat, u

ko’ngi mulki, odob masalasidir.

Siz-u bizga sir emaski, yurtimizni Xudo shoirdan siylagan, berardan siqmagan. So’z

qudrati bilan ma’naviyat dovonlarini zabt eta olgan jahongirlar yurti bu. Qaysiki baytni

o’qimaylik, qaysiki kitobni ochmaylik ruhi olamimiz bir qalqish, bir zirqirash tuyadi. Negaki, biz

shunday adabiyotga, badiiyatga ega millatmizki, so’z bobida, til bobida oldimizga tushadigani

yo’q. Biz xushzabon, so’zi davron, iqboli omon millatmiz.

Ana shunday so’zda sobit ijodkorlardan biri Rauf Parfi O’zturkdir. Parfi Muhammad

Amin Norquchoq o’g’li bo’lgan bu shoir yoshlayin badiiy so’z qudratini teran his qiladiki,

qalamidan to’kilgan har misra kishini ba’zan o’ylantirib, ba’zan to’lqinlantirib yuboradigan

badiiy qudratga ega. So’z maydonining bahodiri bo’lgan bu ijodkor misralaridagi yashovchanlik

kishini lol qoldirmog’i turgan gap. Hamza ta’biri bilan aytganda:”Ikkisin xizmati farzdir,

ikkisindin jon qarz”1 shiori ostida kuylagan shoir Turkiyning haqiqiy turkigo’y kuychisidir.

Uning yozganlarida haqiqiy shoirning yuragi urib turadi. Maslagi, shiori, qismati she’riyatning

o’q tomirlariga tutashib ketgan. Tasvirdagi mahorat, so’zdagi jasorat haqiqiy raufona uslub bilan

kitobxonni qayta-qayta hayrat dengizga g’arq qilishi tabiiy. Shoirning o’zi shunday

ta’kidlaydi:”Bitta gap aytishim mumkin: she’r yozish o’ta shaxsiy ish. Va shuningdek ba’zan

uning yozilish sababini, shuningdek uning kimga bag’ishlanganini sir tutishga to’g’ri keladi”2.

Darhaqiqat, ushbu ijodkor she’rlari narvonsiz osmonga ko’tarib qo’yilgan shaxslar haqida emas.

1 Hamza Hakimzoda Niyoziy.Tanlangan asarlar.Birinchi tom.O’zSSR davlat badiiy adabiyot
nashriyoti.Toshkent.1960.B-71
2 Rauf Parfi.Tanlangan asarlar.Adabiyot nashriyoti.Toshkent.2023.B-14


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

149

Har maqtalganda to’nlar kiydiradigan zamonlar haqida emas. Uning she’riyati nohaqlikdan yorib

chiqqan yaralar haqida. Ba’zan begonalar oyog’i ostida ezilgan tuproq, toptalgan shan, unutilgan

qadr-qimmat haqida. Joni yonib tursa-da bir “oh” deyolmagan mazlum, hokisor odamlar haqida.

Yurak haqida, yuragi borlar haqida. Uning she’rlari ko’tarinki ruhiyat, ulkan yurak bilan

o’qiladi. Misralararo mo’ltirab turgan haqiqat bazan o’qirman halqumiga tosh yanglig’ qadaladi.

E’tiborli jihati shundaki, Rauf Parfi she’rlari hajman u qadar katta yozilmagan bo’lsa-da,

mazmunan keng ko’lamda ifoda etilgan. Unda millatning, qo’yingki butun bashariyatning

ustuvor mavzulari, qayg’ulari kuylanadi. Ba’zan shoir she’rlaridagi ayrim jumlalar hazmi

kitobxonga bir qadar og’irlik qiladi. Negaki, birgina jumlada butun bir she’r uyg’otadigan

taassurot, kayfiyat mujassam bo’ladi. Har bir jumla yaxlit bir she’rdek dunyoga kelgan. Quyida

ayrimlarini berib o’tamiz: “Bu balki so’nggi she’r, bu balki vido”, “Axir hayot yo’qdir oftobsiz”,

“Kechki quyosh turmaklar sochin”, “Mayda gapga javob sukunat”, “Xushomadni yoqtirmas

ko’nglim”, “Men qaytib kelmasman hech qachon”, “Faqat sening yig’lashing yaxshi”, “Puflar

kuyib ketgan quyoshni”, “Buyuk sevgi armoni qoldi”3. Darhaqiqat, har bir she’r bir koinotdirki,

uning mo’jizalari hissi dunyoyimizda o’zgacha bir yangiliklar yasaganidek, undagi birgina jumla

ruhi olamimizni to’s-to’polon qilib yubormog’i ham mumkin. Rauf Parfi ana shunday kishi

ruhiyatini yaxshi anglagan ustaomon so’z zargari edi.

Istiqlol davrida shoir ijodiga qiziqish, u ilgari surgan g’oyalardan ilhomlangan, uning

ijodini o’rganishga kirishish harakatlari ancha ildamladi. O’zbekning asil farzandining asliyatdan

tug’ilgan she’riyatini, shaxsiyatini xalqqa tanishtirish yo’lida tinimsiz izlanildi, intilindi.

Ko’pgina adabiyotshunos olimlar Rauf Parfi ijodiga xolisona yondashib, u haqida ko’pgina

xotira tezislari, ilmiy-tanqidiy, ommabop-publisistik maqolalar, monografiyalar, kitoblar

yozishdi. Ushbu adabiy va ilmiy meros bilan tanishuv kitobxonni Rauf Paarfi dunyosiga

yaqinlashtiradi.

Shoir Chorsham Rauf Parfi haqida yozgan “Xotira daftarim”dan nomli yodnomasida

ijodkor she’rlarining tug’ilishi haqida ko’p qiziq gaplarni eslaydi: “She’r bitgach uni birinchi

bo’lib Dilorom opa o’qir va baho berardilar. O’zi ajoyib shoira bo’lgan opamiz va yangamiz

she’rni to’g’ri talqin qilardilar. Keyin biz ham o’qib yoki Rauf akadan o’qib berishni so’rab,

fikrimizni aytardik. Rauf aka hammaning fikrini eshitardilar. Inobatga olsalar, she’rning o’sha

joyini tuzatardilar yoki qayta ishlardilar. She’rni qayta ishlashdan hech charchamasdilar. Bizga

ham tinmay she’r ustida qayta ishlashni maslahat berardilar. Bu o’ta mashaqqatli mehnat. She’r

ruhiga kirish, uni qaytadan his etish va tuyg’ular shodasini to’ldirish osonmas. Lekin shoir kishi

bu zahmatni chekishi kerak. Bir o’tirishda yozib, keyin umuman qalam tegizilmaydigan she’rlar

ham bo’ladi. She’rga sayqal berilsa, so’zlar saralansa, obrazlar boyitilsa, she’r yana ham go’zal

bo’ladi. Oddiy o’quvchi o’qib, undan rohatlanganda yoki hofizlar shu she’rni kuyga solib,

mazza qilib ijro etganda bu asar shu darajaga yetguncha kishi boshidan qanday kechinmalar

o’tganini boshqalar tasavvur ham qilolmaydi. Buni birgina shoir biladi”.4 Darhaqiqat, haqiqiy

she’r va shoir haqida, she’rning yaralishi va ushbu yaralish jarayonida shoirning shoirona

zahmati haqida haqiqiy bahosi berilgan.
EY DUNYO,
orzularing mening orzumdir,

3 Rauf Parfi.Tanlangan asarlar.Adabiyot nashriyoti.Toshkent.2023
4 Shoir Chorsham.Buxoro mavjlari adabiy-badiiy ijtimoiy-ma’rifiy jurnali. Buxoro 2015.№4.B-13


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

150

tashvishlaring mening tashvishim.
so’zlaring mening so’zimdir,
ko’zlaring ko’zlarimdan olgan to’tiyo.
kel yummaymiz ko’zlarni
abadiy ikkimiz, ey dunyo.
She’rda shoir dunyo bilan insoniy, ruhiy aloqani tasvirlaydi. U dunyoni yaqin do’st, hatto

o’zining bir qismi sifatida ko’radi. Bu she’r inson va olam o’rtasidagi bog’liqlik, hamdardlik,

hamnafaslik ruhida yozilgan. She’r misralarida shoir dunyo bilan o’zini aynanlashtiradi. U

nafaqat quvonch, balki dardni ham baham ko’rishga tayyor. Bu empatiya, fidoyiliik va kuchli

insoniylik timsoli.”Ko’zlaring ko’zlarimdan olganmi to’tiyo” she’riy tasvirida “to’tiyo”-ko’zga

surtiladigan, ko’zni jozibali qiladigan modda. Bu misra go’zal obraz: shoirning ichki go’zalligi,

jozibasi, dunyo ko’zlarida aks etadi, ya’ni dunyo uning ichki dunyosidan ilhom oladi. She’rning

yakuni nihoyatda kuchli yakun. Shoir hushyorlik, onglilik, ogohlik tarafdori. U dunyo bilan birga

uyg’oq turmoq, kurashmoq, yashamoq istaydi. Bu satrlar harakatga, umidga, davomiy

uyg’oqlikka da’vatdir.

Rauf Parfi dunyosi o’zga olam. Unga ilk qadam qo’ygan kishi bir dam esankirashi tabiiy.

Uning sh’erlari mutolaasiga qanchalik ko’p tutingach uning ijodi va fikrlariga ham qalban, ruhan

yaqinlik his eta boradi.
Tursun Ali Muhammad “Ijodiga munosib mukofot” nomli xotira bitiklariga shunday tasirli, jonli

jumlalarni yozadiki, kishi she’rning kuchi qanchalik ko’lamdor ekaniga tan bermasdan iloj

qoldirmaydi. So’z sehri har qanday tosh qotgan ko’ngillarga ham bir qatim nur kiritib, unda gul

o’stirishi, yovuzlikni go’zallik bilan yengish usuli ekanligini isbot etadi. Chirchiq shahridagi

axloq tuzatish koloniyasiga uyushtirilgan xayriya tomoshasida Rauf Parfi ishtiroki va u bilan

maxbuslardan biri o’rtasida bo’lib o’tgan suhbat kishini bir qadar to’lqinlantirmog’i ayni haqiqat.

“Tomoshamiz so’ngida Rauf Parfiga navbat tegdi. Iymanibgina bir ikkita she’r o’qib, joylariga

o’tirdilar. Hamma jim. Shu payt orqadan ellik yoshlardagi bir kishi karton qog’oz bilan

yopishtirilib, muqovalangan kitobni ushlaganicha to’g’ri Rauf akaning yoniga keldi va: “Sabr

daraxti” kitobini siz yozganmisiz? deb so’radi.
Shoir hazil aralash:
-Shunday noma’qulchilik ham qilganmiz…-dedilar.
Yana hamma jim.
Boyagi odam qo’lidagi kitobni Parfining oldiga qo’ydi. U kishi yasama jildni ochgan edilar,

ezilib, titilib ketgan, qo’ldan-qo’lga o’taverib, hilvirab ketgan “Sabr daraxti”ni ko’rib, ko’zlari

hayratga to’ldi.
Maxbus:
-Biz hammamiz ham sizning muhlislaringizmiz, bitta dastxat yozib bering, kitob hech kimniki

emas, hammamizniki,-dedi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

151

Shunda birdan gulduros qarsaklar yangradi.
Yana she’rxonlik bo’ldi. Sovg’alar in’om etishdi. Birov ruchka, birov zanjir berdi.
Xayrlashib, tashqariga chiqqanimizda Rauf aka ko’zlari yonib, ajoyib bir kayfiyatda:
-Mening ijodimga shu yirtiq kitobdan ortiq mukofot yo’q-dedilar”.5
Yuqoridagi esdalik bitiklar har kimni ilhomlantirishi, o’ylantirishi tabiiy. Ozodlikdan mahrum,

do’st-u birodarlar, yaqinlar diydoridan uzoqda, pushaymonlik girdobida ezilgan dillar og’rig’iga

she’riyatning malham bo’lishi, axloqiy tozarayotgan ko’ngillarga ijodning esh bo’lishi naqadar

go’zal hodisa. Shoir uchun bundan ortiq baxt bormi dunyoda. Bunday baxtdan sarmast kishi

yanada yonib yashagisi, hayotga, ijodga muhabbati kuchaymog’i aniq. Zero shoirning o’zi

ta’kidlaganidek.
XAYOTGA TO’YMAGAN KO’ZLARIM
Vallomat tog’lardan yuksakda.
Yurakda qaynagan so’zlarim,
Hislarim yong’ini yurakda.
Rauf Parfining har bir she’rida insonning hayotga chanqoqligi, yashashga bo’lgan ishtiyoqi

ifodalanadi. Hayotning go’zalligiga, imkoniyatlariga, hayratlariga ochiq qalbni anglatadi. Bu bir

vaqtning o’zida nafaqat zavqlanish, balki hayotning hali o’zlashtirilmagan tomonlariga nisbatan

intilishdir. Ammo shoir o’zining nigohini, ruhiy holatini bundan ham yuksakda deb biladi. Ya’ni

u faqat jismonan emas, balki ma’nan, ruhiy jihatdan balandda turibdi. Shoir yuragini olovdek

qaynayotgan so’zlarga to’la deb biladi. Bu ichki kechinmalar, aytilmay qolgan haqiqatlar,

ehtimol yurakda yig’ilib turgan iztiroblar, fikrlardir. Bunday qaynash ijodkorlik alomatidir. Shoir

o’z his-tuyg’ularini “yong’in”ga qiyoslaydi. Bu yong’in-ehtiros, sevgii, azob, iztirob yoki hatto

ruhiy kurash bo’lishi mumkin. Qanday bo’lmasin, yurak ichida sodir bo’layotgan bu “yong’in”

uning hayotini shakllantirayotgan asosiy kuchdir. Rauf Parfi ijiodi bir vaqtning o’zida lirika,

falsafa va ruhiy kechinmaning uyg’un ifodasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Hamza Hakimzoda Niyoziy. Asarlar. Birinchi tom. O’zSSR davlat badiiy adabiyot nashriyoti.

Toshkent.1960.B-71
2.Buxoro mavjlari adabiy-badiiy ijtimoiy-ma’rifiy jurnali.Buxoro.2015.№4 B-13
3.Rauf Parfi.Tanlangan asarlar.Adabiyot nashriyoti. Toshkent.2023. B-63-64

5 Tursunali Muhammad.Buxoro mavjlari adabiy-badiiy ijtimoiy-ma’rifiy jurnal.Buxoro.2015.№4.B-14

Библиографические ссылки

Hamza Hakimzoda Niyoziy. Asarlar. Birinchi tom. O’zSSR davlat badiiy adabiyot nashriyoti. Toshkent.1960.B-71

Buxoro mavjlari adabiy-badiiy ijtimoiy-ma’rifiy jurnali.Buxoro.2015.№4 B-13

Rauf Parfi.Tanlangan asarlar.Adabiyot nashriyoti. Toshkent.2023. B-63-64