Авторы

  • Xakimov Ravshan Raimovich,Safarova Maxliyo Boymurod qizi
    Guliston davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107433

Ключевые слова:

Tomaris Bibixonim Nodira Uvaysiy o‘zbek ayollari tarixiy shaxslar jasorat shoiralik vatanparvarlik.

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek tarixida o‘chmas iz qoldirgan ayol qahramonlar – Tomaris, Bibixonim, Nodira va Uvaysiylarning hayoti, faoliyati va jamiyatdagi o‘rni yoritilgan. Ularning jasorati, vatanparvarligi va ma’naviy yetukligi bugungi avlod uchun ibrat manbai sifatida tahlil qilinadi. Maqola tarixiy manbalar asosida yozilgan bo‘lib, unda ayol qahramonlarning ijtimoi-siyosiy va madaniy hayotagi o‘rni ochib beriladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

142

O‘ZBEKISTON TARIXIDA O‘CHMAS IZ QOLDIRGAN QAHRAMON AYOLLAR

Xakimov Ravshan Raimovich

Guliston davlat pedagogika instituti

Tarix va san‘atshunoslik kafedrasi

o‘qituvchisi e-mail:rovshik721@gmail.com

Tel:+998915001275

Safarova Maxliyo Boymurod qizi

Guliston davlat pedagogika instituti

pedagogika yo ‘nalishi 1-kurs talabasi

e-mail:mahliyos549@gmail.com

Tel: +998889093105

Annotatsiya:

Mazkur maqolada o‘zbek tarixida o‘chmas iz qoldirgan ayol qahramonlar –

Tomaris, Bibixonim, Nodira va Uvaysiylarning hayoti, faoliyati va jamiyatdagi o‘rni yoritilgan.

Ularning jasorati, vatanparvarligi va ma’naviy yetukligi bugungi avlod uchun ibrat manbai

sifatida tahlil qilinadi. Maqola tarixiy manbalar asosida yozilgan bo‘lib, unda ayol

qahramonlarning ijtimoi-siyosiy va madaniy hayotagi o‘rni ochib beriladi.

Kalit so‘zlar:

Tomaris, Bibixonim, Nodira, Uvaysiy, o‘zbek ayollari, tarixiy shaxslar, jasorat,

shoiralik, vatanparvarlik.

O‘zbek xalqining tarixida ulug‘ ayollarning o‘rni beqiyosdir.Ularning jasorati, ma’naviyati va

siyosiy faoliyati nafaqat o‘z davrida, balki hozirgi kunda ham bizga ilhom baxsh etmoqda.

Ayollar tarixda nafaqat oilaning, balki jamiyatning tayanchi bo‘lishgan.Ular har bir qadamda o‘z

xalqi, o‘z vatani uchum fido qilgan.Tarixda ulkan iz qoldirgan shunday ayollardan -Tomaris,

Bibixonim, Nodira va Uvaysiy kabi shaxslar o‘zlarining g‘ururi, vatanparvarligi va izzat-ikromi

bilan misollar yaratgan. Bugungi kunda ham ularning hayotiy yo‘llari va faoliyatlari yosh avlod

uchun katta ibrat bo‘lib xizmat qilmoqda.

Annotation:

This article highligihts the lives, activities, and societal roles of female heroes

who left an indelible mark in Uzbek history – Tomiris, Bibikhonim, Nodira, and Uvaysiy.Their

bravery,patriotism,and spiritual maturity are analyzed as a source of inspiration for today’s

generation.Based on historical sources, the article reveals the role of these women in

social,political,and cultural life.

Key words:

Tomiris, Bibikhonim, Nodira, Uvaysiy, Uzbek women, historical figures, bravery,

poetry, patriotism.

Tomaris: Ozodlikning timsoli.

Tomaris-miloddan avvalgi VI asrda yashagan Massegetlar malikasi bo‘lib, u o‘z

xalqining ozodligini himoya qilish uchun bir necha janglarda qatnashgan.Tarixiy manbalarga

ko‘ra, u o‘zining jasorati va qat’iyatliligi bilan tarixda o‘chmaz iz qoldirgan. Tomaris o‘z

hukumronlik qilgan davrda fors shohi Kir II bilan jangda kurashgan. Kir II ning jasoratiga qarshi

turib, Tomaris ularni mag‘lub etgan. U nafaqat urush maydonida, balki xalqi uchun muhim

qarorlar qabul qilishda ham jasoratini ko‘rsatgan.Tomarisning ismi tarix sahifalarida faqatgina

jangchi sifatida emas, balki vatanparvar va axloqli yetakchi sifatida qolgan[1;10-11].

Bibixonim: Bunyodkorlik va ma’naviyatning timsoli


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

143

Bibixonim-Amir Temurning suyukli rafiqasi bo‘lib, o‘z davrida nafaqat go‘zalligi, balki

bunyodkorligi va ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi bilan ajiralib turadi. Samarqanddagi

Bibixonim masjidi uning buyuk me’moriy obidalaridan biridir. U, shuningdek, ilm-fan va

madaniyatga katta e’tibor qaratgan. Bibixonim o‘zining me’morchilik faoliyati orqali shaharni

obod qilgan, ilmiy va diniy markazlar qurdirgan[2;18-33]. U nafaqat shaxsiy o‘rnini, balki

o‘zining do‘stlari va jamiyatdagi odamlarni rivojlantirishga harakat qilgan. Uning ayollarning

ilm olishga, jamiyatda faol bo‘lishga haqli ekanligini amalda isbotlaganligi uning tarixdagi ulkan

o‘rnini mustahkamlaydi.

Nodirabegim: Shoiralik va ma’rifatparvarlik malikasi

Nodirabegim, o‘zining shoiralik istetodi bilan ajiralib turadigan birinchi ayol

ijodkorlardan biridir. U nafaqat go‘zalligi bilan, balki o‘z she’rlari orqali insoniyatni ezgulikka,

yaxshilikka chaqirdi. Nodirabegim o‘zining she’rlarida sevgi, vatanparvarlik, erkinlik va adolat

g‘oyalarini kuyladi. Uning ko‘plab she’rlari nafaqat o‘z davrida, balki hozirgi kunda ham yodga

olinadi. Nodirabegim hayotining so‘nggi yillarida o‘zining qiyin vaziyatda ham ma’rifat va

sabrni o‘rnak qilib ko‘rsatgan. “Aql bilan bezangan dillarni olam ham bezaydi’’ deb

ta’kidlaydi[3;25-45]. Uning she’riyatidagi ruhiy kuch va ijtimoiy faoliyati, bugun ham ayollarga

o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida ilhom baxsh etmoqda.

Uvaysiy: Sabr ba ezgulik kuychisi

Uvaysiy o‘z she’riyatida inson-ruhiyatining eng nozik pardalarini chertgan. Uning

she’rlari nafaqat go‘zalligi bilan, balki chuqur ma’nolari bilan ham o‘ziga jalb etadi. Uvaysiy

ayollar va erkaklarning hamma qiyinchiliklarga qarshi turib, o‘zlarini va atrofdagilarni ezgulikka

chaqirishlarini ta’kidlagan. “Sabr bilan yo‘l topguvchi, doim albatta yengadi,’’ deb aytgan.

Uning she’rlarida sabr, mehr, toqat va e’tiqodning o‘rni ulug‘lanadi[5;96-99]. Uvaysiy

ayollarning ichki kuchi va chidamliligini ta’kidlagan va bu uning ijodida alohida aks etgan.

Xulosa qilib aytish munkinki, O‘zbekiston tarixida o‘zining jasorati, zakovati,

san’atparvarligi va ma’naviy salohiyati bilan ajiralib turgan ayol shaxslar ko‘p bo‘lgan. Tomaris-

xalq ozodligi uchun jonini fido qilgan sarkarda, Bibixonim-Amir Temurning suyukli hamrohi,

Nodira va Uvaysiy esa-adabiyot, she’riyat va madaniyat osmonida porlagan yulduzlardir. Ular

har bir zamon ayoli uchun nafaqat tarixiy siymo, balki kuch-g‘ayrat, sabr, ma’rifat va fidoiylik

timsolidir. Bu ayollar o‘z zamonida erkaklar bilan tengma-teng turib, jamiyat ravnaqiga,

xalqning farovonligiga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Bugungi kunda ularning hayoti va faoliyati

biz uchun buyuk ibrat manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, yosh avlodni vatanparvarlik, jasorat

va o‘zligini anlash ruhida tarbiyalashda ularning o‘rni beqiyosdir. Bu tarixiy siymolar haqida

nafaqat faxr bilan gapiramiz, balki ularning nomini, me’rosni asrash-bizning burchimizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Osim Mirkarim. To‘maris/Tarixiy qissalar. – Toshkent.: Yangi asr avlodi, 2016. – 160 bet.

2. Azamat Ziyo. O‘zbek ayollari tarix sahnasida. – Toshkent:. Fan, 2002.

3. M.Qodirova Nodira va Uvaysiy ijodi. Buxoro: Ilm Ziyo. (2013, 25-45; 46-65)

4. Xayrullayev.M. Ma’naviyat yulduzlari. – Toshkent: “Abdulla Qodiriy”, 2001.

5. Mahbuba Qodirova. XIX asr o‘zbek shoiralari ijodida inson va xalq taqdiri. monografiya -

Toshkent. O‘zSSR “Fan” nashriyoti 1977.

Библиографические ссылки

Osim Mirkarim. To‘maris/Tarixiy qissalar. – Toshkent.: Yangi asr avlodi, 2016. – 160 bet.

Azamat Ziyo. O‘zbek ayollari tarix sahnasida. – Toshkent:. Fan, 2002.

M.Qodirova Nodira va Uvaysiy ijodi. Buxoro: Ilm Ziyo. (2013, 25-45; 46-65)

Xayrullayev.M. Ma’naviyat yulduzlari. – Toshkent: “Abdulla Qodiriy”, 2001.

Mahbuba Qodirova. XIX asr o‘zbek shoiralari ijodida inson va xalq taqdiri. monografiya -Toshkent. O‘zSSR “Fan” nashriyoti 1977.