Авторы

  • Kenjayeva Nigina Baxtiyor qizi ,N.R.Kuziyeva
    Tashkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107435

Ключевые слова:

davlat byudjeti soliqli daromadlar soliq tizimi byudjet ijrosi soliq islohotlari byudjet defitsiti YIM.

Аннотация

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti soliqli daromadlarining ijrosi tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida soliqli daromadlarning shakllanishi, soliq tizimidagi islohotlar va ularning samaradorligi o'rganilgan. Soliq tushumlari dinamikasi, soliqlarning tarkibi va ularning YIMga nisbati tahlil etilib, byudjet defitsitini boshqarish masalalari ko'rib chiqilgan. Tahlil natijalariga ko'ra, soliq tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

134

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BYUDJETI SOLIQLI DAROMADLARI

IJROSINING TAHLILI

Kenjayeva Nigina Baxtiyor qizi

Tashkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

Magistratura va kechki ta'lim fakulteti

Soliqlar va soliqqa tortish yo'nalishi SST-1/23 guruh magistranti

niginakenzaeva550@gmail.com

Ilmiy rahbar:

N.R.Kuziyeva

Soliqlar va soliqqa tortish kafedrasi mudiri prof.

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti soliqli daromadlarining

ijrosi tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida soliqli daromadlarning shakllanishi, soliq tizimidagi

islohotlar va ularning samaradorligi o'rganilgan. Soliq tushumlari dinamikasi, soliqlarning tarkibi

va ularning YIMga nisbati tahlil etilib, byudjet defitsitini boshqarish masalalari ko'rib chiqilgan.

Tahlil natijalariga ko'ra, soliq tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab

chiqilgan.

Kalit so'zlar:

davlat byudjeti, soliqli daromadlar, soliq tizimi, byudjet ijrosi, soliq islohotlari,

byudjet defitsiti, YIM.

Abstract:

This article analyzes the implementation of tax revenues of the state budget of the

Republic of Uzbekistan. Within the framework of the study, the formation of taxable income,

reforms in the tax system and their effectiveness are studied. The dynamics of tax revenues, the

composition of taxes and their ratio to GDP were analyzed and the issues of managing the

budget deficit were considered. According to the results of the analysis, recommendations for

further improvement of the tax system have been developed.

Keywords:

state budget, tax revenue, tax system, budget execution, tax reform, budget deficit,

GDP.

Аннотация:

В данной статье анализируется исполнение налоговых доходов

государственного бюджета Республики Узбекистан. В рамках исследования изучалось

формирование налоговых доходов, реформы налоговой системы и их эффективность.

Проанализированы динамика налоговых поступлений, структура налогов и их

соотношение к ФРС, рассмотрены вопросы управления бюджетным дефицитом. По

результатам анализа разработаны рекомендации по дальнейшему совершенствованию

налоговой системы.

Ключевые слова:

государственный бюджет, налоговые доходы, Налоговая система,

исполнение бюджета, налоговая реформа, бюджетный дефицит, ВРП.

KIRISH

Davlat byudjeti har qanday mamlakatning moliyaviy mustahkamligini ta'minlovchi asosiy vosita

bo'lib, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat

kasb etadi. O'zbekiston Respublikasida byudjet daromadlarining asosiy qismini soliqli tushumlar

tashkil etadi va bu tushumlarning barqaror o'sishi mamlakatning moliyaviy barqarorligini

ta'minlashning garovidir [1]. O'zbekistonda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan soliq


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

135

tizimidagi islohotlar soliq to'lovchilar uchun qulay muhit yaratish, soliq ma'murchiligini

takomillashtirish va soliq tushumlarini oshirishga qaratilgan.

Zamonaviy iqtisodiyotda soliq siyosatining maqsadi faqatgina soliq undirish emas, balki

iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va aholi farovonligini

oshirishdan ham iborat [2]. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan soliq islohotlari, xususan, soliq

stavkalarini optimallashtirish, soliq ma'murchiligini raqamlashtirish va soliq bazasini

kengaytirish orqali barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashga qaratilgan.

METODOLOGIYA VA ADABIYOTLAR TAHLILI

Tadqiqot metodologiyasi sifatida tahliliy va statistik usullardan foydalanildi. Davlat byudjeti

soliqli daromadlarining tahlili uchun O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq

qo'mitasi va Statistika qo'mitasining rasmiy ma'lumotlari asosida dinamik qator, tarkibiy va

qiyosiy tahlil usullari qo'llanildi [3]. Byudjet daromadlari va soliq tizimi tadqiqotlariga

bag'ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlili ko'rsatadiki, samarali soliq tizimi iqtisodiy o'sishni

rag'batlantirish bilan birga, byudjet daromadlarining barqaror o'sishini ta'minlashi lozim [4].

Jumladan, Nurmuhamedova (2021) o'z tadqiqotida O'zbekistonda soliq islohotlarining iqtisodiy

o'sishga ta'sirini o'rganib, soliq yukini optimallashtirish va soliq bazasini kengaytirish orqali

byudjet daromadlarini oshirish mumkinligini aniqlagan [5].

Xalqaro Valyuta Fondi ekspertlarining tahlillariga ko'ra, rivojlanayotgan mamlakatlarda soliq

tizimini takomillashtirish orqali byudjet daromadlarini YIMga nisbatan 3-5 foizga oshirish

imkoniyati mavjud [6]. Bu O'zbekiston uchun ham muhim ahamiyatga ega bo'lib, soliq

ma'murchiligini takomillashtirish va soliq bazasini kengaytirish orqali byudjet daromadlarini

sezilarli darajada oshirish imkoniyati mavjud.

Rossiyalik iqtisodchi D. Chernik (2022) soliq tizimini takomillashtirish bo'yicha tadqiqotida

soliq siyosatining investitsion faollikka ta'sirini tahlil qilib, soliq imtiyozlarini maqsadli

yo'naltirish orqali investitsion faollikni oshirish va shu orqali byudjet daromadlarini ko'paytirish

mumkinligini asoslab bergan [7].

NATIJALAR VA MUHOKAMA

O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti soliqli daromadlarining dinamikasi 2020-2024-yillarda

barqaror o'sish tendensiyasiga ega bo'ldi. 2024-yilda davlat byudjeti daromadlari 270,3 trln

so'mni, xarajatlari esa 279,6 trln so'mni tashkil etdi. Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari

esa 375,04 trln so'mni, xarajatlari 427,55 trln so'mni tashkil etdi. Bu ko'rsatkichlar 2020-yil bilan

solishtirganda sezilarli darajada yuqori bo'lib, soliq tizimidagi islohotlarning samaradorligini

ko'rsatadi [8].

Soliq tushumlarining YIMga nisbati 2024-yilda 27,2 foizni tashkil etdi, bu esa 2020-yildagi 20,7

foizga nisbatan sezilarli o'sishni ko'rsatadi. Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi esa YIMga

nisbatan 4 foiz darajasida (52,5 trln so'm) bo'ldi. Bu ko'rsatkich davlatning moliyaviy

barqarorligini ta'minlash uchun qabul qilingan xalqaro standartlar doirasidadir [9].

Davlat byudjeti soliqli daromadlarining tarkibiy tahlili shuni ko'rsatadiki, to'g'ri soliqlar (foyda

solig'i, jismoniy shaxslar daromad solig'i va boshqalar) umumiy soliq tushumlarining 40,5 foizini,

egri soliqlar (qo'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i va boshqalar) esa 59,5 foizini tashkil etadi.

Bu ko'rsatkich rivojlangan mamlakatlar bilan taqqoslaganda farq qiladi, chunki rivojlangan

mamlakatlarda to'g'ri soliqlarning ulushi odatda yuqoriroq bo'ladi.

1-jadval.

O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti soliqli daromadlarining tarkibi (2024 yil, %)

Soliq turi

Ulushi (%)

Qo'shilgan qiymat solig'i

32,7


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

136

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i 18,3

Foyda solig'i

15,2

Aksiz solig'i

15,4

Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq

7,8

Mol-mulk solig'i

5,1

Boshqa soliqlar

5,5

Jami

100,0

Soliq tushumlarining hududlar bo'yicha taqsimlanishida nomutanosiblik mavjud bo'lib, Toshkent

shahri va Toshkent viloyati jami soliq tushumlarining 45 foizdan ortig'ini tashkil etadi. Bu holat

iqtisodiy faollikning notekis taqsimlanishi va hududlar orasidagi iqtisodiy rivojlanish

darajasidagi farqlar bilan bog'liq. So'nggi yillarda hududlarda soliq bazasini kengaytirish

bo'yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida boshqa viloyatlarda ham soliq

tushumlarining o'sishi kuzatilmoqda [9].

2020-2024-yillarda O'zbekiston soliq tizimida quyidagi muhim islohotlar amalga oshirildi:

QQS stavkasi 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi va QQS to'lovchilar doirasi kengaytirildi;

Foyda solig'i stavkasi 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi;

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkasi progressiv shkaladan

proportsional shkalaga o'tkazilib, 12 foiz etib belgilandi;

Soliq ma'murchiligini raqamlashtirish jarayonlari jadallashtirildi, jumladan, elektron

hisob-fakturalar tizimi va onlayn-kassa tizimi joriy etildi;

Soliq imtiyozlari tizimi qayta ko'rib chiqilib, samarasiz imtiyozlar bekor qilindi.

Bu islohotlar natijasida soliq bazasi kengaydi va soliq tushumlarining o'sishi ta'minlandi.

Xususan, QQS stavkasining pasaytirilishi va QQS to'lovchilar doirasining kengaytirilishi

natijasida QQS bo'yicha tushumlar sezilarli darajada oshdi [10].

2024-yilda konsolidatsiyalashgan budjetning taqchilligi YAIMning 4 foizi (52,5 trln so'm)

miqdorida bo'ldi. Bu taqchillik davlatning ichki va tashqi qarzlari, davlat aktivlarini

xususiylashtirishdan tushadigan mablag'lar va boshqa manbalar hisobidan qoplandi. Budjet

taqchilligini qisqartirish iqtisodiyotdagi yalpi talabning o'sishini tartibga solishga, shuningdek,

tashqi savdo balansining salbiy taqchilligi va inflyatsiya bosimini kamaytirishga yordam berdi.

Soliq ma'murchiligini takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar doirasida mahalliy soliq

organlari faoliyati takomillashtirildi, soliq to'lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi va soliq

hisobotlarini topshirish jarayoni soddalashtiridi. Bu o'z navbatida soliq undirilishi darajasining

oshishiga va soliq qarzlarining kamayishiga olib keldi.

Shuningdek, 2024-yilda davlat budjetining ochiqligini ta'minlash va budjetni shakllantirishda

fuqarolar ishtirokini yanada oshirish, davlat sektorida ichki nazorat va ichki auditni

takomillashtirish hamda kuchaytirish bo'yicha ishlar olib borildi. Bu jarayonlar budjet

mablag'laridan samarali foydalanishga va soliq to'lovchilarning soliq madaniyatini oshirishga

xizmat qilmoqda.

XULOSA

O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti soliqli daromadlari ijrosining tahlili asosida quyidagi

xulosalarga kelish mumkin:

O'zbekistonda 2020-2024-yillarda amalga oshirilgan soliq islohotlari natijasida soliq

tushumlarining barqaror o'sishi ta'minlandi va soliq tushumlarining YIMga nisbati oshdi. Soliq

tizimidagi islohotlar, jumladan, soliq stavkalarining optimallashtirish va soliq ma'murchiligining

takomillashtirilishi soliq bazasining kengayishiga va soliq undirilishi darajasining oshishiga olib

keldi. Soliqli daromadlarning tarkibida egri soliqlarning ulushi yuqori bo'lib, bu rivojlanayotgan


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

137

mamlakatlar uchun xos xususiyat hisoblanadi. Kelajakda to'g'ri soliqlarning ulushini oshirish

orqali soliq tizimining progressivligini oshirish mumkin. Soliq tushumlarining hududlar bo'yicha

taqsimlanishida nomutanosiblik mavjud bo'lib, bu hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidagi

farqlar bilan bog'liq. 2024-yilda byudjet defitsiti YIMga nisbatan 4 foiz darajasida saqlanib qoldi,

bu ko'rsatkich qabul qilingan xalqaro standartlar doirasida bo'lsada, uni yanada pasaytirish

choralari ko'rilmoqda.

Soliq tizimini yanada takomillashtirish va byudjet daromadlarini oshirish uchun quyidagi

tavsiyalar taklif etiladi:

Soliq ma'murchiligini yanada takomillashtirish, jumladan, soliq hisobotlarini topshirish

jarayonini soddalashtirish va soliq tekshirishlarini risk-tahlilga asoslangan yondashuvga o'tkazish;

Soliq bazasini kengaytirish, jumladan, norasmiy sektorda faoliyat yuritayotgan korxonalarni

rasmiy sektorga jalb qilish orqali; Soliq imtiyozlarini qayta ko'rib chiqish va ularning

samaradorligini baholash tizimini joriy etish; Hududlarda iqtisodiy faollikni rag'batlantirish

orqali soliq bazasini kengaytirish va hududlar orasidagi nomutanosiblikni kamaytirish; Soliq

to'lovchilarning huquqiy savodxonligini oshirish va soliq madaniyatini shakllantirish bo'yicha

chora-tadbirlarni kuchaytirish.

Ushbu tavsiyalarning amalga oshirilishi soliq tizimining samaradorligini oshirish va byudjet

daromadlarini ko'paytirish imkonini beradi, bu esa o'z navbatida davlatning ijtimoiy-iqtisodiy

dasturlarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Aliyev, B. (2022). O'zbekiston soliq tizimidagi islohotlar va ularning natijalarini baholash.

Iqtisod va moliya jurnali, 3(41), 45-57.

2. Rahimov, M. (2023). Soliq siyosatining iqtisodiy o'sishga ta'siri: O'zbekiston tajribasi.

Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 2, 78-86.

3. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. (2024). 2023 yil uchun davlat byudjeti ijrosi

to'g'risida hisobot. Toshkent.

4. Kabulov, F., & Saidov, R. (2023). O'zbekistonda soliq ma'murchiligini takomillashtirish:

muammolar va yechimlar. Moliya jurnali, 4, 112-124.

5. Nurmuhamedova, L. (2021). O'zbekistonda soliq islohotlarining iqtisodiy o'sishga ta'siri.

Iqtisod va ta'lim, 6, 89-97.

6. International Monetary Fund. (2024). Uzbekistan: Selected Issues, IMF Country Report No.

24/113. Washington, D.C.

7. Черник, Д. (2022). Налоговая система и инвестиционная активность: теория и

практика. Финансы, 4, 34-42.

8. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi. (2024). 2023 yil yakunlari bo'yicha soliq

tushumlari tahlili. Toshkent.

9. O'zbekiston Respublikasi Statistika qo'mitasi. (2024). O'zbekiston raqamlarda 2023.

Toshkent.

10. World Bank. (2024). Uzbekistan Economic Update. Washington, D.C.

Библиографические ссылки

Aliyev, B. (2022). O'zbekiston soliq tizimidagi islohotlar va ularning natijalarini baholash. Iqtisod va moliya jurnali, 3(41), 45-57.

Rahimov, M. (2023). Soliq siyosatining iqtisodiy o'sishga ta'siri: O'zbekiston tajribasi. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 2, 78-86.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. (2024). 2023 yil uchun davlat byudjeti ijrosi to'g'risida hisobot. Toshkent.

Kabulov, F., & Saidov, R. (2023). O'zbekistonda soliq ma'murchiligini takomillashtirish: muammolar va yechimlar. Moliya jurnali, 4, 112-124.

Nurmuhamedova, L. (2021). O'zbekistonda soliq islohotlarining iqtisodiy o'sishga ta'siri. Iqtisod va ta'lim, 6, 89-97.

International Monetary Fund. (2024). Uzbekistan: Selected Issues, IMF Country Report No. 24/113. Washington, D.C.

Черник, Д. (2022). Налоговая система и инвестиционная активность: теория и практика. Финансы, 4, 34-42.

O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi. (2024). 2023 yil yakunlari bo'yicha soliq tushumlari tahlili. Toshkent.

O'zbekiston Respublikasi Statistika qo'mitasi. (2024). O'zbekiston raqamlarda 2023. Toshkent.

World Bank. (2024). Uzbekistan Economic Update. Washington, D.C.