Авторы

  • Erkinova Charosxon Ruslan qizi
    O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura boshqichi 2-kurs talabasi Lingvistika : fransuz tili yo’nalishi
  • Erkinova Charosxon Ruslan qizi
    O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura boshqichi 2-kurs talabasi Lingvistika : fransuz tili yo’nalishi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107436

Ключевые слова:

metamorfoz semantik yuklama ba’diy ta’sir ijtimoiy va shaxsiy o’zgarishlar .

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotidagi metamorfoz hodisasi – ya’ni badiiy obrazlarning shaklan yoki mohiyatan o‘zgarishi jarayoni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib zamonaviy adabiyotgacha bo‘lgan turli davr asarlarida metamorfozning badiiy funksiyasi, semantik yuklamasi va g‘oyaviy-estetik vazifasi yoritilgan.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

130

O’ZBEK ADABIY ASARLARIDA METAMORFOZA JARAYONI

Erkinova Charosxon Ruslan qizi

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura boshqichi

2-kurs talabasi Lingvistika : fransuz tili yo’nalishi

E-mail :

charosxonerkinova@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotidagi metamorfoz hodisasi – ya’ni badiiy

obrazlarning shaklan yoki mohiyatan o‘zgarishi jarayoni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi.

Maqolada xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib zamonaviy adabiyotgacha bo‘lgan turli davr

asarlarida metamorfozning badiiy funksiyasi, semantik yuklamasi va g‘oyaviy-estetik vazifasi

yoritilgan.

Kalit so’zlar :

metamorfoz , semantik yuklama , ba’diy ta’sir , ijtimoiy va shaxsiy o’zgarishlar .

Annotation:

this article presents a scientific and theoretical analysis of the phenomenon of

metamorphosis in Uzbek literature – that is, the process of transformation of artistic images in

form or essence. The study highlights the artistic function, semantic load, and ideological-

aesthetic role of metamorphosis as reflected in works from various periods, ranging from

examples of oral folk art to contemporary literature.

Keywords:

metamorphosis, semantic load, artistic impact, social and personal transformations.

Kirish
O‘zbek asarlarida metamorfoz hodisasi
Métamorfoz jarayoni — odam yoki qahramonning ruhiy, ma'naviy yoki jismoniy jihatdan

o'zgarishini ifodalovchi tushuncha bo'lib, asar muallifi tomonidan xarakterlar va voqealar orqali

namoyon bo'ladi. O'zbek adabiyotida, bu jarayon ko'plab asarlarda uchraydi va unda milliy

mentalitet, urf-odatlar va insoniy munosabatlarning murakkabligi aks etadi. Ushbu maqolada,

o'zbek asarlarida métamorfoz jarayonining tahlili amalga oshiriladi. Metamorfozning bir nechta

turlari mavjud. O'zbek adabiyotida métamorfoz jarayoni bir nechta shaklda namoyon bo'ladi.

Birinchidan, qahramonlarning shaxsiy o'zgarishlari, masalan, o'zining ichki dunyosini tadqiq

qilish yoki yangi muhitga moslashish jarayonida yuzaga keladigan o'zgarishlardir. Bu

o'zgarishlar ko‘pincha qahramonlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar va hayotiy tajribalarga

asoslanadi. Masalan, Abdulla Qodiriy "O'tkan kunlar" romanida qahramonlarning o'zgarishlari

orqali o'zbek xalqining tarixiy jarayonlari va urf-odatlari haqida chuqur tasavvur beriladi.

Qahramonlarning o'zgarishi, ularning jamiyatdagi o'rni va rollarining o'zgarishi, asosiy tematika

bo'lib xizmat qiladi. Masalan bu romanda metamorfoz jarayoni eng yaqqol tarzda bosh

qahramonlardan biri – Kumush obrazida namoyon bo‘ladi. Asarning davomida Kumush

xarakteri, ichki dunyosi va ijtimoiy rolida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlar

badiiy metamorfoz sifatida talqin qilinishi mumkin Kumush obrazidagi metamorfoz quyidagicha

namoyon bo’ladi. Boshlanishda Kumush – mehribon, nozik, itoatkor va an’anaviy sharq ayoli

sifatida ko‘rsatiladi. U oilaviy muhitda tarbiyalangan, sadoqatli xotin sifatida tasvirlanadi. Lekin

vaqt o‘tishi bilan u ijtimoiy haqsizliklar va turmushdagi og‘irliklarga duch kelib, kuchli, mustaqil


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

131

fikrlovchi va qat’iyatli ayolga aylanadi. Ayniqsa, Yusufbek hoji oilasidagi ziddiyatlar, Anbar

oyim bilan kurashish jarayoni, Kumushning xarakterini jiddiy shakllantiradi. U jamiyatdagi ayol

mavqei, sevgi va vafodorlik, o‘z qadr-qimmatini anglash borasida ichki o‘zgarishga uchraydi –

bu metamorfoz hodisasidir . Bu o‘zgarishlar oddiy xarakter rivoji emas, balki badiiy jihatdan

mohiyatiy o‘zgarish (metamorfoz) sifatida baholanishi mumkin, chunki Kumushning shaxsiyati

bir holatdan boshqa holatga sifat jihatdan o‘zgaradi. Ikkinchidan, jismoniy métamorfozlar ham

o'z o'rnini egallaydi. Bu asarlarda ko'pincha fantastik elementlar yordamida qahramonlar yangi

ko‘rinishga ega bo'lishi yoki nazorat ostida bo'lgan kuchlarga aylanishi mumkin. Ayni paytda, bu

jismoniy

o'zgarishlar

ko'pincha

qahramonning

ichki

dunyosini,

ruhiy

holatini

ifodalaydi.Shuningdek masalan, o'zbek xalq ertaklarida ko'plab qahramonlar ruhiy saflik va

jasorat orqali o'zlarini yangilashlari, yangi xarakterlarni qozonishlari mumkin. Bu jarayon,

ko'pincha axloqiy saboqlarni o'z ichiga oladi va o'zbek xalqining ma'naviy qadriyatlarini aks

ettiradi. Bundan tashqari , metamorfoz hodisasining ijtimoiy va madaniy ahamiyati anglashimish

mumkin. Métamorfoz jarayoni o'zbek asarlarida nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy va madaniy

jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon orqali xalq tarixidagi murakkabliklar,

o'zgarishlar va imkoniyatlar ko'rsatiladi. O'zgarishlar, tahlil qilishni va yangi ijtimoiy

vaziyatlarni tushunishni talab qiladi.Misol qilib oladigan bo’lsak , o'zbek adabiyotida

métamorfoz jarayonini tahlil qilish orqali o'z xalqining xususiyatlarini, an'ana va qadriyatlarini,

shuningdek, o'zaro munosabatlar qurishdagi qiyinchiliklarni ko'rish imkonini beradi. Xulosa

qilib aytadigan bo’lsak , o'zbek adabiyotida métamorfoz jarayoni qahramonlarning ichki va

jismoniy o'zgarishlari, shuningdek ijtimoiy va madaniy inqirozlarni o'rganish orqali o'z xalqining

tarixiy va ruhiy o'ziga xosligini aks ettiradi. Ushbu jarayon orqali o'zbek adabiyoti nafaqat

xalqning madaniy merosi, balki uning kelajagi va rivojlanishi haqida ham tushuncha berdi.

Bunday o'zgarishlar asarlarda murakkab yopiq struktura sifatida namoyon bo'lib, ijodkorning

asari orqali hayot haqidagi chuqur mulohazalarni taqdim etadi.Metamorfoz qadimiy adabiyotdan

boshlab hozirgi zamon adabiy asarlargacha davom etib kelayotgan universal badiiy hodisadir. Bu

hodisa personajlarning tashqi ko‘rinishi yoki ichki mohiyatining tubdan o‘zgarishi orqali

voqelikni badiiy idrok etishga xizmat qiladi. o‘zbek yozma adabiyotida metamorfoz asosan

quyidagi vazifalarni bajaradi:
Axloqiy: yaxshilik bilan yomonlikni ajratishda; jazolash yoki mukofotlashda (ertaklardagi

ayanchli va baxtli yakunlar).
Estetik: obrazlarning o‘zgarish orqali chiroyli yoki xunuk holatga kirib, badiiy ta’sir kuchini

oshiradi.
Simbolik: metamorfoz vositasida inson qalbi, jamiyat, tarix yoki millatning ramziy qiyofasi

yaratiladi.
Tarbiyaviy: o‘quvchida sabr, mehnat, poklik, jasorat kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat

qiladi.
Shuningdek yena bir qancha o‘zbek adabiyotida metamorfoz elementi ko’pincha xalq ertaklari,

dostonlar, maqollar va zamonaviy nasriy hamda nazmiy asarlarda uchrab, har bir davrning

estetik qarashlariga mos tarzda talqin etiladi .Yuqorida aytganimizdek xalq ertaklarida

metamorfoz eng ko‘p uchraydigan badiiy vositalardan biri hisoblanadi. Masalan o’zbek millliy

ertaklaridan “Zumrad va Qimmat”, bu ertakda Zumradning odob va xulqi ila bir sandiq tilla bilan

mukofotlanishi , Qimmatning bo’lsa tanti va ishyoqmasligi sababli jazoga loyiq ko’rilishi

ijtimoiy- axloqiy metamorfoz jarayonini aks ettirib beradi . Shuningdek “Boy ila kambag‘al”,


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

132

“Tovuq va tulki” kabi ertaklarda ham qahramonlarning hayoti keskin ravishda o‘zgaradi, ular

ko‘pincha sehrli kuch ta’sirida boshqa bir holatga o'tadi. Bu o‘zgarishlar orqali odillik, sabr-toqat,

halollik kabi qadriyatlar targ‘ib qilinadi. Dostonlarda bo’lsa masalan, “Alpomish” eposida ham

metamorfoz ma’naviy mazmunda namoyon bo‘lishini kuzatishimiz mumkin. Alpomishning

jangovar holatdagi ruhiy o‘zgarishlari, u orqali jamiyatdagi ijtimoiy vaziyatlarning aks ettirilishi

— bu hodisaning badiiy tildagi yuksak ifodasidir. U nafaqat qahramonning qiyofasida, balki

uning ichki dunyosida ya’ni ruhiy komillik va ezgulik orqali tashqi muvaffaqiyatga erishish

talqin qilinayotgan metamorfoz ifodasi kechayotganini anglatadi. Jumladan , zamonaviy o‘zbek

adabiyotida, xususan, Abdulla Qodiriy, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, kabi ijodkorlarning

asarlarida metamorfoz hodisasi falsafiy va psixologik qatlamlarda namoyon bo‘ladi. Abdulla

Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanida Otabek obrazida ijtimoiy va shaxsiy o‘zgarishlar silsilasi

uning metamorfoz yo‘liga tushganini anglatadi. Bu o‘zgarish jamiyatning yangilanishi,

qadriyatlarning yangicha talqin etilishi bilan bog‘liq. She’riyatga nazar soladigan bo’lsak

metamorfoz ko‘proq ramziy ma’no kasb etadi. Masalan, Erkin Vohidovning she’rlarida

insonning ruhiy holati, vatanparvarlik tuyg‘usi, muhabbat va armonlar tasvirida metamorfoz

motivlari poetik vosita sifatida xizmat qiladi. Inson qalbidagi ruhiy siljishlar ko‘pincha tabiat

hodisalari orqali ifodalanadi – bu esa o‘z navbatida romantik metamorfoz namunasini

gavdalantiradi .Qolaversa metamorfoz jarayonining o’ziga xosligi shundaki , u o’zbek xalq

dunyoqarashining , ya’ni inson va tabiat , inson va ilohiy kuchlar o’rtasidagi bog’liqlikni

ifodalaydi . Ko’plab ertaklarda metamorfoz orqaligina qahramon o’z kamchiliklarini anglaydi

yoki mukofotlanadi . Bu esa xalq og’zaki ijodida metamorfoz motivining tarbiyaviy va estetik

ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi .O‘zbek adabiyotida metamorfoz hodisasi badiiy

tafakkurning boyligini, obraz yaratishdagi uslubiy rang-baranglikni ochib berishi bilan alohida

o’rin tutadi . Demak bu hodisa xalq ijodidan tortib zamonaviy adabiyotgacha turli ko‘rinishlarda

namoyon bo‘lib , bu orqali mualliflar insoniylik, ezgulik, ma’naviy kamolot kabi g‘oyalarni

estetik jihatdan ifodalab kelmoqda. Kelgusida bu hodisani chuqurroq o‘rganish, ayniqsa

psixologik va semiotik nuqtai nazardan tahlil qilish muhim ilmiy vazifalardan biridir.

FOYDALNILGAN ADABIYOTLAR:

1. Qodiriy, A. O‘tgan kunlar – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti,

2018.
(Romandagi Kumush va Otabek obrazlaridagi metamorfoz tahlili uchun asosiy manba.
2. Naim Karimov. O‘zbek romanchiligi taraqqiyoti – Toshkent: Fan, 1991.
(Tarixiy-ijodiy yondashuv asosida metamorfoz tahliliga asos yaratadi.)
3. Karimov, N. Adabiyotshunoslikka kirish – Toshkent: O‘zbekiston, 2000.
(Metamorfoz tushunchasining adabiy-nazariy asoslarini tushunishda foydali.)
4. Xoldor Vulqon. Zamon va qahramon – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1986.
(Qahramon obrazlarining davr bilan bog‘liq o‘zgarishlari – ya’ni metamorfoz.)
5. Yoqubov, H. Adabiy tahlil nazariyasi – Toshkent: Fan, 2003.
(Badiiy obraz tahlili va shakl-mohiyat o‘zgarishlarini chuqur yoritadi.)


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

133

6. Sultonova, M. O‘zbek xalq ertaklarida obrazlar evolyutsiyasi – Toshkent: Fan, 2010.
(Folklordagi metamorfoz ko‘rinishlarini o‘rganishda muhim.)
7. Oripov, A. Tanlangan asarlar (epik va dramatik asarlarda obrazlarning o‘zgarishi).
(Shoirning asarlarida ramziy metamorfoz tahliliga yo‘l ochadi.)
8. Internet resurslari va dissertatsiyalar:
www.ziyonet.uz
OAK (Oliy Attestatsiya Komissiyasi) dissertatsiyalar bazasi
Respublika ilmiy jurnallari (masalan, Filologiya masalalari, Adabiyotshunoslik jurnali)

Библиографические ссылки

Qodiriy, A. O‘tgan kunlar – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2018.

(Romandagi Kumush va Otabek obrazlaridagi metamorfoz tahlili uchun asosiy manba.

Naim Karimov. O‘zbek romanchiligi taraqqiyoti – Toshkent: Fan, 1991.

(Tarixiy-ijodiy yondashuv asosida metamorfoz tahliliga asos yaratadi.)

Karimov, N. Adabiyotshunoslikka kirish – Toshkent: O‘zbekiston, 2000.

(Metamorfoz tushunchasining adabiy-nazariy asoslarini tushunishda foydali.)

Xoldor Vulqon. Zamon va qahramon – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1986.

(Qahramon obrazlarining davr bilan bog‘liq o‘zgarishlari – ya’ni metamorfoz.)

Yoqubov, H. Adabiy tahlil nazariyasi – Toshkent: Fan, 2003.

(Badiiy obraz tahlili va shakl-mohiyat o‘zgarishlarini chuqur yoritadi.)

Sultonova, M. O‘zbek xalq ertaklarida obrazlar evolyutsiyasi – Toshkent: Fan, 2010.

(Folklordagi metamorfoz ko‘rinishlarini o‘rganishda muhim.)

Oripov, A. Tanlangan asarlar (epik va dramatik asarlarda obrazlarning o‘zgarishi).

(Shoirning asarlarida ramziy metamorfoz tahliliga yo‘l ochadi.)

Internet resurslari va dissertatsiyalar:

www.ziyonet.uz

OAK (Oliy Attestatsiya Komissiyasi) dissertatsiyalar bazasi

Respublika ilmiy jurnallari (masalan, Filologiya masalalari, Adabiyotshunoslik jurnali)