INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
125
QIDIRISH ALGORITMLARI
Abdullayev Shaxboz Solijon o‘g‘li
FarDU Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi
shaxbozfardu2023@gmail.com
ORCID ID
Ismonaliyeva Dilbarxon Maxamadali qizi
Farg‘ona davlat universiteti Axborot tizimlari va texnologiyalari
yoʻnalishi I kurs talabasi
samsunredmi08@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kompyuter fanining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan qidirish
algoritmlari tahlil qilinadi. Qidirish algoritmlari — ma’lumotlar to‘plamida kerakli elementni
aniqlash uchun ishlatiladigan asosiy usullardir. Maqolada chiziqli (linear search), ikkilik (binary
search), shuningdek, graflarda qo‘llaniladigan kenglik bo‘yicha (BFS) va chuqurlik bo‘yicha
(DFS) qidirish kabi mashhur algoritmlar ko‘rib chiqiladi. Ularning ishlash prinsipi, samaradorlik
darajasi (kompleksligi), amaliy qo‘llanilishi hamda afzallik va kamchiliklari tahlil etiladi.
Mazkur maqola algoritmik fikrlashni rivojlantirish va dasturlashda samarali algoritmlarni tanlay
olish malakasini shakllantirishga qaratilgan.
Аннотатция:
В данной статье рассматриваются алгоритмы поиска, являющиеся важным
направлением в области информатики. Описаны линейный поиск, бинарный поиск, поиск
в ширину (BFS) и поиск в глубину (DFS), а также принципы их работы, эффективность и
практическое применение. Эти алгоритмы играют ключевую роль в развитии
алгоритмического мышления и эффективном программировании.
Annotation:
This article explores search algorithms, which are a fundamental area of computer
science. It examines linear search, binary search, breadth-first search (BFS), and depth-first
search (DFS) algorithms. Their operational principles, efficiency, and practical applications are
analyzed. These algorithms play a crucial role in developing algorithmic thinking and building
efficient software.
Kalit so‘zlar:
Qidirish algoritmlari, chiziqli qidiruv, ikkilik qidiruv, graflarda qidiruv, C++
dasturlash tili, algoritmik tahlil, vaqt va xotira murakkabligi, ma’lumotlar tuzilmasi.
Ключевые слова:
Алгоритмы поиска, линейный поиск, бинарный поиск, обход графов,
язык программирования C++, анализ алгоритмов, временная и пространственная
сложность, структуры данных.
Keywords:
Search algorithms, linear search, binary search, graph traversal, C++ programming
language, algorithm analysis, time and space complexity, data structures.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
126
Kirish
Zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturlash sohasining tez rivojlanishi bilan bir
qatorda samarali va tezkor algoritmlarga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda. Ayniqsa, katta
hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashda kerakli elementni aniqlash, tartiblash yoki izlash ehtiyoji
doimo dolzarb bo‘lib kelgan. Qidirish algoritmlari — bu kompyuter fanining muhim
yo‘nalishlaridan bo‘lib, ular ma’lumotlar tuzilmasida kerakli qiymatni topish vazifasini bajaradi.
Ushbu maqolada chiziqli, ikkilik, graflarda kenglik va chuqurlik bo‘yicha qidiruv
algoritmlarining ishlash prinsiplari, ularning samaradorlik darajasi hamda C++ dasturlash tili
asosida amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot algoritmik tafakkurni shakllantirish va
optimal yechimlarni tanlash bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Qidirish algoritmlarning nazariy asoslari
Qidirish algoritmlari ma'lumotlar to‘plamida kerakli elementni aniqlash uchun ishlatiladi.
Ular turli ma'lumotlar tuzilmalari (masalan, massivlar, ro‘yxatlar, daraxtlar, graflar va boshqalar)
bilan ishlashda keng qo‘llaniladi. Qidirish algoritmlarining samaradorligi va ishlash tezligi
algoritmning qanday ma'lumotlar tuzilmasi bilan ishlashiga, shuningdek, qidirish
operatsiyasining murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi. Asosan, qidirish algoritmlari ikki asosiy turga
bo‘linadi: chiziqli qidiruv va ikkilik qidiruv.
1. Chiziqli qidiruv (Linear Search)
Chiziqli qidiruv algoritmi eng oddiy va sodda qidirish algoritmidir. U ma'lumotlar to‘plamini
boshidan oxirigacha tekshiradi va kerakli elementni topganida to‘xtaydi. Bu algoritm har bir
elementni tekshirishni o‘z ichiga oladi, shu sababli uning samaradorligi O(n) — ya'ni,
algoritmning ishlash vaqti ma'lumotlar to‘plamining hajmiga to‘g‘ri proporsionaldir. Chiziqli
qidiruv algoritmi kichik hajmdagi ma'lumotlar uchun yaxshi ishlaydi, ammo katta hajmdagi
ma'lumotlar bilan ishlashda uning samaradorligi pasayadi.
2. Ikkilik qidiruv (Binary Search)
Ikkilik qidiruv algoritmi faqat saralangan ma'lumotlar to‘plamida ishlaydi. Bu algoritm,
ma'lumotlar to‘plamining o‘rtasidagi elementni tekshiradi, agar kerakli qiymat undan kichik
bo‘lsa, qidiruvni chap yarmida, katta bo‘lsa, o‘ng yarmida davom ettiradi. Har bir qadamda
qidiruv maydoni yarmiga kamayadi, bu esa algoritmga O(log n) samaradorlikni ta'minlaydi.
Ikkilik qidiruv nisbatan tezkor va samarali hisoblanadi, lekin faqat saralangan ma'lumotlar bilan
ishlaganda ishlaydi.
3. Graflarda qidiruv algoritmlari (Graph Search Algorithms)
Graflarda qidirish algoritmlari murakkabroq tuzilmalarda ishlatiladi. Bu algoritmlar ikki asosiy
turga bo‘linadi:
Kenglik bo‘yicha qidiruv (Breadth-First Search, BFS): BFS algoritmi boshlang‘ich nuqtadan
boshlab, avval barcha qo‘shni tugunlarni tekshiradi, so‘ngra ularning qo‘shnilarini tekshiradi.
BFS algoritmi O(V + E) vaqt murakkabligiga ega, bu erda V — tugunlar soni, E — qirralar soni.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
127
Chuqurlik bo‘yicha qidiruv (Depth-First Search, DFS): DFS algoritmi boshlang‘ich tugundan
boshlab, iloji boricha chuqurroq qarab, keyin teskari qaytib, boshqa yo‘nalishlarni tekshiradi.
DFS algoritmi O(V + E) vaqt murakkabligiga ega.
4. Algoritmik samaradorlik va murakkablik
Qidirish algoritmlarining samaradorligi vaqt murakkabligi (time complexity) va xotira
murakkabligi (space complexity) bilan o‘lchanadi. Vaqt murakkabligi algoritmning qidiruvni
bajarish uchun qancha vaqt ketishini, xotira murakkabligi esa qidiruv jarayonida qancha xotira
sarflanishini o‘lchaydi.
Chiziqli qidiruv va BFS, DFS kabi algoritmlar O(n) yoki O(V + E) vaqt murakkabligiga ega
bo‘lsa, ikkilik qidiruv O(log n) samaradorlikni ta'minlaydi.
Xotira murakkabligi ko‘p hollarda algoritmning ishlash maydoni (stack yoki queue) va
ma'lumotlar tuzilmasiga bog‘liq bo‘ladi.
5. Amaliy qo‘llanishlar
Qidirish algoritmlari har xil sohalarda qo‘llaniladi. Masalan, ma'lumotlar bazalarida qidirish
operatsiyalarini tezlashtirishda, matematik modellarda optimallashtirishda, yaxshi ma'lumotlar
strukturalarida tezkor qidiruvni ta'minlashda keng qo‘llanadi. Shuningdek, grafda yo‘l qidirishda,
avtomatik tavsiyalar tizimlarida va boshqa ko‘plab sohalarda ham qo‘llaniladi.
Qidirish algoritmlarning qo‘llanilishi
Qidirish algoritmlari turli sohalarda, ayniqsa ma’lumotlarni qayta ishlash va axborot
texnologiyalarida keng qo‘llaniladi. Ushbu algoritmlar katta hajmdagi ma’lumotlar to‘plamida
samarali qidiruvni ta’minlash, foydalanuvchining so‘roviga javob berish, optimallashtirish va
ma’lumotlarni tartibga solishda asosiy vositalardan biridir. Quyida qidirish algoritmlarining eng
mashhur qo‘llanilish sohalari keltirilgan:
1. Ma’lumotlar bazalarida qidiruv
Ma’lumotlar bazalari — bu katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash, boshqarish va ulardan ma’lum
bir ma'lumotni olish uchun ishlatiladigan tizimlardir. Qidirish algoritmlari ma’lumotlar
bazalarida ma'lum bir rekordni tez va samarali topish uchun ishlatiladi. Binar qidiruv algoritmi
ko‘pincha ma'lumotlar bazasida saqlanadigan ma’lumotlar saralangan bo‘lganda qo‘llaniladi.
Chiziqli qidiruv esa, ko‘proq kichik hajmdagi yoki saralanmagan ma'lumotlar bilan ishlashda
samarali.
2. Web qidiruv tizimlari
Web qidiruv tizimlari (Google, Bing, va h.k.) katta hajmdagi ma'lumotlar bazasidan
foydalanuvchi so‘roviga javob topish uchun qidirish algoritmlarini ishlatadi. Bu tizimlar web
sahifalarni indekslash va foydalanuvchining so‘roviga eng mos bo‘lgan sahifalarni topish uchun
graflarda qidiruv algoritmlari (BFS, DFS) va ikkilik qidiruvni qo‘llaydi. PageRank algoritmi,
masalan, Google qidiruv tizimida sahifalarni tartiblashda muhim rol o‘ynaydi.
3. Matnli ma’lumotlar bilan ishlash
Matnli ma'lumotlar bilan ishlashda qidirish algoritmlari zarur. Misol uchun, full-text search
(to‘liq matn bo‘yicha qidiruv) algoritmlari matn fayllarida ma’lum so‘z yoki iboralarni topish
uchun qo‘llaniladi. Bunday algoritmlar chiziqli qidiruv yoki hashing texnikalari yordamida
matndagi ma'lumotlarni tezda aniqlashni ta’minlaydi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
128
4. Grafda yo‘l qidirish
Graf tuzilmalari ko‘p hollarda kompleks tizimlarni tasvirlash uchun ishlatiladi, masalan,
transport tizimlari, ijtimoiy tarmoqlar va h.k. Qidirish algoritmlari graflarda yo‘l qidirishda
qo‘llaniladi. BFS va DFS algoritmlari graflarda yo‘l qidirishda asosiy vositalardan hisoblanadi.
Masalan, BFS algoritmi eng qisqa yo‘lni topish uchun ishlatiladi (masalan, Google Maps va
boshqa navigatsiya tizimlarida).
5. E-commerce va tavsiya tizimlarida
Onlayn savdo va tavsiya tizimlarida foydalanuvchilarga tegishli mahsulotlarni tavsiya qilish
uchun qidirish algoritmlari qo‘llaniladi. Kollaborativ filtratsiya algoritmlarini ishlatib,
foydalanuvchining o‘zbeklariga o‘xshash boshqa foydalanuvchilarning qiziqishlariga asoslanib
tavsiyalar beriladi. Ushbu algoritmlar, ayniqsa, onlayn savdo saytlarida, video va musiqa
striming xizmatlarida ishlatiladi.
6. Dasturiy ta’minot va kod qidiruvi
Dasturlashda, ayniqsa kodni optimallashtirish va refaktoring qilishda qidirish algoritmlari
ishlatiladi. Dasturchilar uchun IDE (Integrated Development Environment) tizimlarida, masalan,
code search (kod qidiruvi) imkoniyatlari mavjud. Bu algoritmlar yordamida dasturchilar o‘z
kodlarida kerakli funksiyalar, o‘zgaruvchilar yoki metodlarni tezda topishlari mumkin. Bu
algoritmlar asosan hashing, suffix arrays yoki trie tuzilmalari asosida ishlaydi.
7. Sog‘liqni saqlash tizimlarida qidiruv
Sog‘liqni saqlash tizimlarida bemorlar haqidagi ma'lumotlarni qidirish uchun algoritmlar
ishlatiladi. Masalan, electronic health records (EHR) tizimlarida bemorlar tarixini qidirishda,
maxsus kodlarni aniqlashda va analiz qilishda qidirish algoritmlari qo‘llanadi. Bu tizimlar turli
xil tahliliy va diagnostik ma’lumotlarni tezda topish uchun samarali qidirish algoritmlariga
muhtoj.
Xulosa
Qidirish algoritmlari nafaqat ma'lumotlar tuzilmalarini boshqarish va ma'lumotlarni tezkor
topishda, balki zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishda ham ajralmas vosita hisoblanadi.
Ularning samaradorligi va muhim ahamiyati, har bir sohada qo‘llanilishi bilan sezilarli darajada
oshmoqda. Qidirish algoritmlarining to‘g‘ri tanlanishi va optimallashtirilishi, ayniqsa, katta
hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashda tizimlar samaradorligini oshiradi.
Ma'lumotlar bazalarida qidirish algoritmlari foydalanuvchilarga zarur ma'lumotni tezda olish
imkoniyatini yaratadi. Bu, o‘z navbatida, web qidiruv tizimlarida (masalan, Google, Bing) ham,
foydalanuvchining so‘rovlariga to‘g‘ri javoblarni tezda topish imkoniyatini ta’minlaydi. Chiziqli
qidiruv, ikkilik qidiruv va graf qidiruv algoritmlari kabi oddiy algoritmlardan tortib, ilg‘or
texnikalarga, masalan, PageRank algoritmiga qadar keng qo‘llanilishi, bu tizimlarning
mustahkam ishlashini kafolatlaydi.
Matnli ma'lumotlar bilan ishlashda, full-text search algoritmlari qidiruv samaradorligini
ta’minlab, foydalanuvchilarga o‘zgacha foydali ma'lumotlarni taklif etadi. Shu bilan birga, graf
qidiruv algoritmlari nafaqat ijtimoiy tarmoqlarda, balki murakkab tizimlarda, masalan, transport
tarmog‘idagi yo‘l qidirish va boshqa ko‘plab sohalarda muvaffaqiyatli qo‘llaniladi.
E-commerce va tavsiyalar tizimida algoritmlar foydalanuvchilarga o‘ziga xos mahsulotlarni
tavsiya qilish uchun qo‘llaniladi, bu esa onlayn savdo va xizmatlarning samaradorligini oshiradi.
Mashina o‘rganish va sun'iy intellekt texnologiyalarida esa qidirish algoritmlari ma'lumotlarni
aniqlash, tasniflash va prognozlashda ishlatiladi, bu sohaning yanada rivojlanishiga imkon
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
129
yaratadi. KNN (K-Nearest Neighbors) va Decision Trees kabi algoritmlar, qidiruvga asoslangan
texnologiyalarni yanada kuchaytiradi.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimlarida qidirish algoritmlari bemorlar haqidagi muhim tahliliy
ma'lumotlarni tezda topish imkonini beradi. Genetik tahlillar va biotexnologiya sohasida ham
qidirish algoritmlaridan foydalanish orqali o‘xshash genetik kodlarni aniqlash va tahlil qilish
ishlari amalga oshiriladi.
Kengaytirilgan ma'lumotlar tuzilmalari va algoritmlar orqali samarali qidiruv imkoniyatlari
ta’minlanadi, bu esa texnologiyalarning rivojlanishiga yordam beradi. Hashing va dynamic
programming kabi ilg‘or metodlar yordamida qidiruv tizimlari yanada samarali ishlaydi.
Qidirish algoritmlarining vaqt murakkabligi va xotira murakkabligini optimallashtirish,
tizimlarning samaradorligini yanada oshiradi. Shu bilan birga, ular ishlash tezligini oshirish
orqali real vaqt rejimida tezkor javoblarni ta’minlaydi. Bularning barchasi, nafaqat qidirish
jarayonini, balki tizimning umumiy ishlash samaradorligini ham yaxshilaydi.
Xulosa qilib aytganda, qidirish algoritmlari turli sohalarda qo‘llanilishining afzalliklari
ulkan. Ular faqat ma'lumotlarni topishda emas, balki ma'lumotlarni tahlil qilish, saqlash va qayta
ishlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Tez va samarali qidirish algoritmlarini ishlab chiqish va
qo‘llash, zamonaviy dasturiy ta’minot va tizimlarning rivojlanishining ajralmas qismiga
aylanmoqda. Yangi texnologiyalarni yaratishda, algoritmlarni optimallashtirish va ularni
mukammallashtirishga qaratilgan tadqiqotlar, nafaqat akademik dunyoda, balki sanoat sohalarida
ham muhim o‘rin tutadi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Абрамов С.М. Алгоритмы: построение и анализ. — Москва: БХВ-Петербург, 2003.
2. Cormen, T. H., Leiserson, C. E., Rivest, R. L., & Stein, C. Introduction to Algorithms. —
MIT Press, 2009.
3. Lafore, R. Object-Oriented Programming in C++. — Sams Publishing, 2002.
4. Шайхулов Д.Ш. Algoritmlarni loyihalash va tahlil qilish. — Toshkent: TATU nashriyoti,
2019.
5. Malik, D. S. C++ Programming: Program Design Including Data Structures. — Cengage
Learning, 2017.
6. Cormen, T. H., Leiserson, C. E., Rivest, R. L., Stein, C.
Introduction to Algorithms (3rd Edition), The MIT Press, 2009.
7. Knuth, D. E.
8. The Art of Computer Programming, Volume 1-4, Addison-Wesley, 1997.
9. Sedgewick, R., Wayne, K.
10. Algorithms (4th Edition), Addison-Wesley, 2011.