INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
118
O‘ZBEKISTON CHEGARADOSH DAVLATLAR BILAN O‘ZARO ALOQALARI
Erkinova Mehribon Polvonnazar qizi
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistranti
Gaffarov Yarash Xollievich
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti t.f.n. professor
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mamlakatizmni Markaziy Osiyo jumladan Qozog‘iston,
Qirg‘iziston, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlar bilan o’zaro savdo-sotiq aloqalari,
davlatning rivojlanishida chegaradosh davlatlar bilan o’zaro aloqalarni ustuvor tamonlari
yotitilgan.
Kalit so‘zlar:
Markaziy Osiyo, qo‘shnichilik, tashqi siyosat, tashqi savdo, taraqqiyot, farovonlik,
rivojlanish, xlaqaro hamkorlik, mintaqa, xalqaro munosabatlar, eksport, import.
Аннотация:
В статье рассматривается значение национализма в торговых отношениях со
странами Центральной Азии, включая Казахстан, Кыргызстан, Туркменистан и
Афганистан, а также приоритетные аспекты отношений с приграничными странами в
развитии государства.
Ключевые слова:
Центральная Азия, соседство, внешняя политика, внешняя торговля,
прогресс,
процветание,
развитие,
международное
сотрудничество,
регион,
международные отношения, экспорт, импорт.
Abstract:
This article examines the importance of nationalism in trade relations with countries
in Central Asia, including Kazakhstan, Kyrgyzstan, Turkmenistan, and Afghanistan, and the
priority aspects of relations with bordering countries in the development of the state.
Keywords:
Central Asia, neighborhood, foreign policy, foreign trade, progress, prosperity,
development, international cooperation, region, international relations, export, import.
Kirish. Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan keyin mustaqil va demokratik davlat qurish
uchun muhim qaror va qonunlar qabul qilindi. Demokratik, iqtisodiy barqaror davlat
shakillantirishda har bir sohada qonun ustuvorligi shuningdek, mamlakatimiz mintaqaviy va
chegaradosh davlatlar hamda rivojlangan davlatlar bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash,
xalqaro munosabatlarga oqilona yondashish, inson qadr-qimmatini hurmat va himoya qilish
hamda xalqaro munosabatlarda huquqning umume'tirof qilingan tamoyilllari, chegaradosh
davlatlar bilan iqtisodiy yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish kabi tamoyillarga
tayangan holda tinchlik, iqtisodiy o‘sish va farovonlik ta’minlash yo‘lida barcha sheriklar bilan
hamkorlikni amalga oshiradi. Respublikamizning tashqi siyosatini ustuvor yo‘nalishi Markaziy
Osiyo mintaqasidir. Mamlakatimizning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqalararo tinchlik va
barqarorlikni ta’minlashga, hamda mintaqaviy xavfsizlikning muhim muammolarini hal etishga
qaratilgan. Mazrkaziy Osiyo davlatlari bilan qo‘shnichilik mamlakatda mintaqaviy savdo-
iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning transport va savdo-sotiq infratuzilmasini
rivojlantirish, Markaziy Osiyo transchegaraviy ya’ni daryolarining suv-energetika resurslaridan
oqilona va kompleks foydalanish hamda mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlash, tabiatni
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
119
asrash, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini yakuniga yetkazish uchun
barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirildi.
“Bizning bosh maqsadimiz – umumiy sa'y-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror,
iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat. Buning uchun
biz turli nizolarni qo‘zg‘aydigan va unga ko‘maklashadigan sabab va omillarga birgalikda
barham bermog'imiz, umummintaqaviy ustuvor manfaatlarni inobatga olish asosida milliy
rivojlanishni ta'minlamog'imiz zarur. Biz bugun taraqqiyotimizning umumiy ustuvor
yo‘nalishlarini anglagan holda, chegara, suvdan foydalanish, transport va savdo singari o‘tkir
mintaqaviy masalalarni yechish bo‘yicha oqilona murosa yo‘lini izlamoqdamiz” Bugungi
kunda O‘zbekistonimiz va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari o‘rtasida do‘stona va ahil
qo‘shnichilik munosabatlari, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik, jamoat
tashkilotlari va oddiy fuqarolar o‘rtasidagi aloqalar rivojlantirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida o‘tgan
"Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot
yo‘lidagi hamkorlik" mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqi
Mamlakatimiz o‘zining 37 millionlik vatanparvar aholisi bilan Markaziy Osiyo mintaqasida
xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynab kelmoqda. Markaziy Osiyo deganda, Sovet Ittifoqi
parchalangandan keyin mustaqillikka erishgan beshta musulmon respublikalar: Qirg‘iziston,
Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston nazarda tutiladi. Sovetlar davrida bu
hududga O‘rta Osiyo va Qozog‘iston atamasi qo‘llanilgan. Lekin, 1991 yilda mustaqillikka
erishilgandan keyin, ham ushbu davlatlar, ham horijiy davlatlar Markaziy Osiyo atamasini
qo‘llana boshlashdi. 1992 yilda besh davlat rahbarlari rasmiy uchrashuvida Markaziy Osiyo
atamasini qabul qilishdi. Hozirda, bu atama dunyo hamjamiyati tomonidan qabul qilingan.
Aksariyat xalqaro tashkilot va tadqiqot institutlarida, Markaziy Osiyo bo‘limlari ochilgan. Lekin,
geografik nuqtai nazardan yondoshilsa, Markaziy Osiyoga Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston va
Xitoyning Uyg‘ur viloyatlari ham kiradi.
Oʻzbekiston 1991-yil mustaqillikka erishgandan soʻng dunyo hamjamiyatining toʻlaqonli aʼzosi
sifatida oʻzining mustaqil tashqi siyosatini amalga oshira boshladi. Oʻtgan 30 yil mobaynida
oʻzbek diplomatiyasi katta yoʻlni bosib oʻtdi. Bugungi kunda Oʻzbekiston dunyoning 134
mamlakati bilan diplomatik aloqalarni oʻrnatgan va xorijiy mamlakatlarda 35 ta elchixona, 17 ta
bosh konsulxona va xalqaro tashkilotlar huzurida 3 ta doimiy vakolatxona faoliyat olib
bormoqda.
2017-yildan boshlab oʻzbek diplomatiyasida sifat jihatdan yangi sahifa ochilib,
respublikamizning xalqaro maydonda olib borayotgan faoliyati yangi bosqichga ko‘tarildi, deb
aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib
borilayotgan dunyoga ochiqlik va shaffoflik siyosati, birinchi navbatda chegaradosh davlatlar
ya’ni Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yangi me’marondumlar imzolanib hamkorlik yangi
bosqichga olib chiqildi.
Davlat Prezidentining Parlamentga har yili murojaat qilish amaliyoti dunyoning koʻplab
mamlakatlarida mavjud. Unda yaqin kelajakda davlatni iqtisodiy barqaror o’sishi va rivojlanishi
uchun amalga oshirilishi kerak boʻlgan strategik maqsad va vazifalar belgilab beriladi.
Oʻzbekiston tarixida birinchi marta respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil
dekabr oyida Oliy Majlisga murojaat qildi. Hurmatli prezidentimiz o‘z murojatida tashqi
siyosatning ustuvor yoʻnalishi yaqin qoʻshnilar bilan konstruktiv muloqot va kuchli tashqi
siyosat olib borish ekanligini taʼkidladi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston rivojlanishining besh
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
120
ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yoʻnalishi ochiq, konstruktiv
va oʻzaro manfaatli tashqi siyosat olib borish kerakligini ta’kidladi, shuningdek, Oʻzbekiston
bilan chegaradosh davlatlar bilan o‘zaro xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qoʻshnichilik kamarini
yaratishni koʻzda tutadi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik
mamlakatimiz uchun juda muhim ekanini yana bir bor koʻrsatadi.
Tadqiqot materiallari va ish uslublari:
Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning markazida
joylashgan boʻlib, mintaqadagi barcha davlatlar oʻrtasidagi muhim boʻgʻin hisoblanadi va
mintaqaviy hamkorlikning asosiy katalizatori boʻlib hisoblanadi. Soʻnggi 3 yil mobaynida olib
borilgan muloqot natijasida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi ishonch muhiti yaratildi, doʻstlik
va yaxshi qoʻshnichilikka asoslangan munosabatlar mustahkamlanmoqda. Mintaqaviy
hamkorlikning yana bir strategik muhim yoʻnalishi – savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdir.
Oʻzbekiston tashabbusi bilan 2018-yil 15-mart kuni poytaxtimizda mintaqa mamlakatlari Bosh
vazirlari oʻrinbosarlari ishtirokida Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi. Forumda 200
dan ortiq davlat idoralari, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston ishbilarmon
doiralari vakillari ishtirok etdi. Forum ishtirokchilari investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish,
mintaqaviy savdoni ragʻbatlantirish, shuningdek sayyohlik jozibadorligini oshirish, transport va
tranzit salohiyatini oshirish muammolarini muhokama qildilar. Uchrashuvlar davomida
Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2017-yilga nisbatan 35
foizdan koʻproqqa oʻsgani va 12,2 milliard dollarni tashkil qilgani, ammo mamlakatlar
mintaqadagi iqtisodiy salohiyatidan hali toʻliq foydalanilmayotganligi taʼkidlandi.
Investitsion muhitni yaxshilash va xorijiy investorlarni keng jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqa davlat rahbarlarining Ikkinchi maslahat uchrashuvida
Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun investitsiya forumini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
Madaniy va gumanitar hamkorlik Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni
rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Mintaqa mamlakatlari umumiy tarix va yakdil
madaniyatga ega. Ularning bir-biriga ulashib ketgan oʻxshash urf-odatlari, qadriyatlari va yagona
dini bor. Shu bois, Oʻzbekiston madaniy va yaqin qoʻshnichilik aloqalarini mustahkamlash
boʻyicha qator tashabbuslarni ilgari surmoqda. Mintaqaning sayyohlik salohiyatini oshirish
uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarida Silk Road (Ipak yoʻli) viza tartibini joriy etish
rejalashtirilgan. Ushbu rejim umumiy vizani nazarda tutadi va chet el fuqarolariga bir vaqtning
oʻzida Markaziy Osiyoning bir nechta mamlakatlariga toʻsiqlarsiz borishga imkon beradi. Ushbu
tashabbus sayyohlarning Markaziy Osiyo mamlakatlariga sayohat qilishini yengillashtirish
uchun ilgari surilgan. Loyihada Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashqari Turkiya va
Ozarboyjon ham qatnashishi rejalashtirilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, xulosa qilib,
shuni aytish mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasi oʻz tashabbuslari bilan nafaqat mamlakatni,
balki butun mintaqani rivojlantirish borasida izchil saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda.
Prezidentimiz taʼkidlaganidek: “Bizning bosh maqsadimiz – umumiy saʼy- harakatlarimiz bilan
Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga
aylantirishdan iborat”.
Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi:
O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari ikki
tomonlama hamkorlik doirasida erishilgan kelishuvlarning o‘zaro teglik va manfaatdorlik
tamoyillari asosida izchil amalga oshirilishi bilan izohlanadi.
O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro anglashuv va hurmatga
asoslangan barqaror aloqalarga tayanadi. Bu munosabatlar ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga
xizmat qiladi.
1996-yildan buyon Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston hukumatlararo
komissiyasi faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunga qadar ushbu komissiyaning 7 ta majlisi bo‘lib
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
121
o‘tgan. Oxirgi yettinchi qo‘shma majlis 2009-yil 28- dekabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2020-yil yakunlari bo‘yicha 903,2 million AQSh dollarini tashkil
etdi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari izchil rivojlanmoqda. Qozog‘iston O‘zbekistonning
muhim savdo sheriklaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi bilan
O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida ayirbosh qilinadigan mahsulotlarning sezilarli qismi uning
hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2020-yil yakunlari bo‘yicha 3018,5 million AQSh dollarini tashkil
etdi.
Shunga qaramasdan, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish
uchun ishga solinmagan ko‘pgina imkoniyatlar mavjud.
Qozog‘iston bilan ikki tomonlama hamkorlik, shubhasiz, mintaqada barqarorlikni ta’minlash va
dolzarb masalalarni birgalikda va samarali hal etishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi konsruktiv va ochiq muloqot mintaqaviy xavfsizlikni
ta’minlashda hamda mintaqaning barqaror rivojlanishida muhim shartlardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Tojikiston bilan savdo-iqtisodiy, gumanitar sohalarda, mintaqa barqarorliginini
ta’minlashda hamda mintaqa xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar bilan birgalikda kurashishda
keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdordir.Ikki mamlakat o‘rtasida Savdo-
iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya tashkil qilingan.
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2020-yil yakunlari bo‘yicha 501,9 million AQSH dollarini tashkil
etdi.
O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik va do‘stona aloqalar
qaror topgan bo‘lib, davlatlararo munosabatlarining barcha jabhalarida hamkorlik darajasi
yuksalmoqda.
O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari yuqori darajadagi ikkitomonlama hamkorlik bilan
izohlanadi. Oliy darajada qabul qilingan bitimlar, siyosiy, savdo- iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy,
madaniy va gumanitar hamkorlikка oid hujjatlar turli sohalarda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli
aloqalarni kengaytirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi izchil o‘sib bormoqda va 2020-yil yakunlari bo‘yicha 527,1
million AQSh dollarini tashkil etdi.
Ikki mamlakatning neft va gaz sohasida yaqindan hamkorlik qilishi g‘oyat muhim ahamiyatga
ega. Muhim strategik xomashyoni eksport qilish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish imkonini
bergan «Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy» transmilliy gaz quvurining qurilishi
bo‘yicha yirik loyihaning amalga oshirilishi ikki mamlakatning ushbu sohadagi samarali
hamkorligiga yaqqol misol bo‘la oladi. Transport kommunikatsiyalari iqtisodiy hamkorlik
borasidagi yana bir muhim yo‘nalishdir.
«O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon» yangi xalqaro transport- kommunikatsiya yo‘lagini
tashkil etish bo‘yicha imzolangan ko‘p tomonlama shartnomaning hayotga tadbiq etilishi savdo-
iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratadi, tranzit yuklar oqimini
ko‘paytirishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Madaniy-gumanitar hamkorlik ikki tomonlama
munosabatlarni rivojlantirishning muhim omilidir. O‘zbekiston va Turkmanistonning madaniyat
va san‘at namoyandalari ikki mamlakatda tashkil etiladigan festival, ko‘rgazma va forumlarda
muntazam ishtirok etib kelmoqda. TSAda eksport hajmi 8 490,5 mln. AQSH dollariga (2023-
yilning yanvaraprel oylariga nisbatan 9,0 % ga ko‘paydi) va import hajmi 12 379,6 mln. AQSH
dollariga (3,9 % ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida -3 889,1 mln. AQSH dollari qiymatida
manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
122
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlariga amalga oshirgan eksporti va importi
hajmi va o‘sish sur’atlari
(yanvar-fevral)
Mamlakat nomi
Mln. AQSH
yanvar-fevral
mln
AQSH
dollari
O‘sish
suratlarda
(%)
2
0
2
2
2
0
2
3
2
0
2
4
2
0
2
2
2
0
2
3
2
0
2
4
Eksport
Toj
ikis
ton
1
3
8
,
0
1
6
7
,
0
1
4
5
,
8
1
,
0
1
,
5
1
,
2
Qoz
og’i
sto
n
3
6
2
,
2
4
2
7
,
7
3
8
3
,
9
2
,
1
2
,
4
5
,
9
Qir
g’iz
isto
n
2
8
2
,
7
2
4
2
,
1
1
5
3
,
5
1
,
1
1
,
0
1
,
2
Afg
‘oni
sto
n
2
4
8
,
5
2
5
8
,
0
3
0
1
,
4
1
,
0
1
,
3
1
,
5
Tur
km
anis
ton
4
9
,
0
5
7
,
9
3
0
,
7
1
,
0
1
,
2
1
,
4
Import
Toj
ikis
ton
3
7
,
1
3
8
,
1
5
2
,
3
0
,
9
1
,
0
1
,
2
Qoz
og’i
1
0
1
0
8
4
1
,
1
,
1
,
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
123
sto
n
3
4
,
4
8
0
,
1
1
,
1
2
3
1
Qir
g’iz
isto
n
6
0
,
7
9
0
,
0
7
0
,
6
0
,
8
1
,
0
0
,
7
Afg
‘oni
sto
n
3
,
7
2
,
2
7
,
1
0
,
7
0
,
5
1
,
0
Tur
km
anis
ton
2
5
6
,
1
2
5
8
,
5
2
5
7
,
8
1
,
2
1
,
3
1
,
2
Ta’kidlash joizki, Qozog‘iston O‘zbekistonning eng yirik tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biriga
aylandi (Xitoy va Rossiyadan keyin). Bunga sabab quyidagilar bo‘lishi mumkin: umumiy
chegaraning mavjudligi, MDHning erkin savdo hududida savdo qilish hamda so‘nggi paytlarda
o‘zaro iqtisodiy aloqalarning keskin erkinlashtirilishi. Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 186
mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi
XXRda (19,0 %), Rossiyada (18,4 %), Qozogʻistonda (5,9 %) qayd etilgan.Yuqoridagi
ma’lumotlardan, qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro aloqalarni mustahkamlash, mamlakatlarni
ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-sanoat hamda madaniy sohalardagi aloqalarini rivojlantirish borasida
katta ishlar amalga oshirilayotganini koʻrishimiz mumkin. TSAda soʻnggi yillarda katta
oʻzgarishlar kuzatilyapti. Misol uchun, soʻnggi uch yilda TSA Qozog‘iston Respublikasi hamda
Afg‘oniston, Turkmaniston kabi davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi oshgani kuzatilmoqda.
Xulosa
: Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyo mamlakatlarining barcha sohalarda
teng huquqli sheriklik va hamjihatlik asosida hamkorligi mintaqa rivojiga ijobiy taʼsir
koʻrsatmoqda. Mamlakatimiz rahbarining tashabbuslari, faol va pragmatik diplomatiya hamda
tashqi siyosat tufayli bugungi kunda Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi, konstruktiv siyosiy muhit
vujudga keldi va transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni
delimitatsiya va demarkatsiya qilish, chegara punktlarini kesib oʻtish, transchegaraviy savdoni
rivojlantirish kabi eng dolzarb muammolarni hal qilish uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Bularning barchasini Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida keyingi uch yil
mobaynida mamlakatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan yaqin va oʻzaro manfaatli
qoʻshnichilik aloqalarini rivojlanish borasidagi izchil tashqi siyosatning hosilasi hamda mustaqil
oʻzbek diplomatiyasining katta yutugʻi, deb aytish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻg‘risida”gi qonuni. //
Xoʻjalik va huquq, 2000.
2. Vahobov А., Burxonov U., Jumaev N. Chet mamlakatlar moliyasi. -T.: Yangi asr
avlodi. 2003.
3. Козырев В.М. “Основы современной экономики” 2-е издание. Учебник для
вузов. Москва: “Финансы и статистика”, 2001.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
124
4. Мамедов О.Ю. Смешанная экономика. - Ростов н/Д: Изд. Феникс, 2001.
5. Самуэлсон П., Нордхаус В. Экономика.: Учебник / 18-е изд.: Пер с англ. –М.: ООО
“Вильямс”, 2009.
6. Тухлиев Н., Таксанов А. Национальная экономическая модель Узбекистана. -Т.:
“Ўкитувчи”, 2000.
7. www.gov.uz–O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati portali.
8. www.mfer.uz–O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo
Vazirligining rasmiy sayti.
9. www.cer.uz – Iqtisodiy tadqiqotlar Markazining rasmiy sayti.
10.
11.