Ushbu maqolada mediada, xususan reklama mahsulotlarida gender diskriminatsiyasining qanday shakllarda namoyon bo‘lishi, uning jamiyatdagi ayollar va erkaklar haqidagi qarashlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Reklama orqali shakllanadigan ijtimoiy stereotiplar, ularning ong osti darajasidagi ta’siri, shuningdek, gender tenglik tamoyillariga zid bo‘lgan yondashuvlar O‘zbekiston va xalqaro tajriba misolida ko‘rib chiqiladi. Maqolada shuningdek, media sohasi vakillarining mas’uliyati, reklama siyosatiga gender tenglik mezonlarini kiritish zaruriyati ham yoritiladi.