INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
254
YURAK TRANSPLANTATSIYASINING BIOFIZK ASOSLARI
Norbo’tayeva Malohat Qurbanovna
Ilmiy rahbar: Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Biotibbiyot muhandisligi, Informatika va Biofizka kafedrasi
Tibbiy va Biologik Fizika fani o’qtuvchisi
Norqulova Zuhra Furqat qizi
Muallif: Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yurak transplantatsiyasi jarayonining biofizik asoslari tahlil
qilinadi. Donor yurakning funksional va strukturaviy yaxlitligini saqlash, transplantatsiyadan
so‘ng yuzaga keladigan fiziologik va biofizik moslashuv jarayonlari ilmiy yondashuv asosida
yoritiladi. Miokard kontraktiligi, qon reologiyasi, perfuziya va mikrotsirkulyatsiya kabi muhim
biofizik omillar transplantatsiya muvaffaqiyatiga ta’siri nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, elektrofiziologik monitoring, aritmiyalarni aniqlash va ularni oldini olish usullari
hamda zamonaviy sun’iy perfuzion tizimlar va ventrikulyar yordam qurilmalari haqidagi
ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijalari yurak transplantatsiyasini yaxshilashda biofizik
yondashuvlarning muhimligini ko‘rsatadi.
Kalit so’zlar:
Yurak transplantatsiyasi, biofizik jihatlar, donor yurak, kontraktilik, perfuziya,
elektrofiziologik moslashuv, sun’iy yurak tizimlari.
Kirish:
Yurak transplantatsiyasi – og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi bilan kechadigan kasalliklarda
donor yuragini bemorga ko‘chirish orqali hayotni saqlab qolishga qaratilgan murakkab jarayon
bo‘lib, zamonaviy tibbiyotning yuqori texnologik yutuqlaridan biridir. Bu operatsiya ilk bor
1967-yilda Janubiy Afrikada Kristian Barnard tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilgan
bo‘lib, keyingi o‘n yilliklarda dunyo bo‘ylab keng rivojlandi. Bugungi kunga kelib, yurak
transplantatsiyasi — faqat jarrohlik emas, balki immunologiya, biofizika, biologiya va
reanimatsiya sohalarining uzviy hamkorligiga asoslangan kompleks tibbiy muolaja sifatida
qaraladi.
Yurak transplantatsiyasining biofizik nuqtai nazardan ahamiyati shundaki, bu jarayon davomida
organ saqlanishi, transplantatsiyadan keyingi funksional tiklanish va hujayra hayotiyligining
ta’minlanishi kabi ko‘plab fiziologik va fizik qonuniyatlar birgalikda ishlaydi. Ayniqsa, organ
tashqarisida saqlanayotgan vaqtda uning metabolik sekinlashuvi, issiqlik almashinuvi,
hujayralardagi ion oqimlari, membrana potentsiali, suyuqliklar oqimi va qon bosimi kabi
ko‘rsatkichlar qat’iy nazorat qilinadi. Bu esa yurak transplantatsiyasini shunchaki jarrohlik
amaliyoti emas, balki murakkab biofizik jarayon sifatida tahlil qilishga imkon beradi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
255
Shuningdek, yurak transplantatsiyasi global sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham dolzarb
ahamiyatga ega. Ma’lumotlarga ko‘ra, og‘ir yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarning
taxminan 10–15 foizi dori vositalariga javob bermaydi va yagona davolash usuli sifatida
transplantatsiyaga muhtoj bo‘ladi. Aynan shu jihat uni fundamental ilmiy izlanishlar va amaliy
texnologiyalarni birlashtiruvchi tibbiy yondashuv sifatida ajratib turadi.
Yurak transplantatsiyasining biologik va fiziologik asoslari
Inson yuragi to‘rt kameradan iborat bo‘lib, ikki bo‘lmacha (atrium) va ikki qorincha (ventrikul)
orqali qon aylanishini ta'minlaydi. Uning devorlari uch qavatdan: endokard, miokard va
epikarddan tashkil topgan. Ayniqsa, miokard qatlami yurakning asosiy qismini tashkil etib,
qisqarish harakatlarini bajaradi. Yurak hujayralari (kardiomiyotsitlar) o‘ziga xos tuzilishga ega
bo‘lib, ular ichki strukturalar — aktin va miozin filamentlari orqali impulsga javoban qisqarish
xususiyatiga ega.
Yurakning asosiy fiziologik funksiyasi — nasos funksiyasi bo‘lib, u kislorodga boy va karbonat
angidridga to‘yintirilgan qon aylanishini muvozanatda saqlashdir. Bu jarayon yurak siklining
izchil ravishda takrorlanishi orqali amalga oshadi: diastola (bo‘shashish) va sistola (qisqarish)
fazalari.
Yurak faoliyati faqat biologik emas, balki biofizik mexanizmlarga ham asoslanadi. Qon oqimi
gemodinamik qonuniyatlarga bo‘ysunadi: qon bosimi, oqim tezligi va tomir qarshiligi o‘rtasidagi
bog‘liqlik . Yurak harakati davomida bosim gradiyentlari orqali qon aorta va o‘pka arteriyasiga
haydaladi, bu esa fiziologik jihatdan laminar oqimni ta'minlaydi.
Yurakning ichki ritmini sinus tuguni boshqaradi — bu joydagi kardiomiyotsitlar o‘z-o‘zidan
impuls hosil qilish xususiyatiga ega. Biofizik nuqtai nazardan bu jarayon elektr potensiallarining
membrana bo‘ylab tarqalishi, ion kanallari orqali Na⁺, K⁺ va Ca²⁺ ionlarining harakati bilan
bog‘liq.
Shuningdek, avtomatiklik, qo‘zg‘aluvchanlik, o‘tkazuvchanlik va qisqaruvchanlik kabi
xususiyatlar yurak mushaklarining biofizik asoslarini tashkil etadi. Ularning har biri yurak
transplantatsiyasi jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yangi organning organizmda
funksional moslashuvini ta’minlashda yetakchi rol o‘ynaydi.
Transplantatsiya jarayonining biofizik tavsifi
Yurak transplantatsiyasi jarayoni murakkab biofizik omillar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib,
donor organining hayotiyligini saqlab qolish uchun juda aniq va muvozanatli harakatlar talab
etiladi. Yurak chiqarib olinayotgan paytda uni to‘liq fiziologik tinchlik holatiga o‘tkazish muhim:
bu gipotermik sharoitda (4°C atrofida) maxsus kardioplegik eritma yordamida amalga oshiriladi.
Eritma yurak mushagini depolarizatsiyalangan holatda qoldirib, metabolik faollikni kamaytiradi
va hujayra membranasi orqali ionlar oqimini muvozanatga keltiradi.
Bu bosqichda hujayra membranasi orqali natriy, kalsiy va vodorod ionlarining harakati
ahamiyatlidir. Biofizik jihatdan bu oqimlar osmotik bosim va ion gradiyenti orqali yurak
hujayralarining energetik holatini saqlab turadi. Aynan shu bosqichda energetik buzilishlar
natijasida mitoxondriyal faoliyat izdan chiqishi va apoptoz jarayonlari boshlanishi mumkin.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
256
Yurakni donor tanadan olgandan so‘ng uni optimal sharoitda saqlab turish transplantatsiya
muvaffaqiyatining asosiy shartidir. Hozirda keng qo‘llanilayotgan usullardan biri bu sovutilgan
perfuziya eritmasida organni transportirovka qilishdir. Saqlash jarayonida vaqt o‘tgan sayin
yurak to‘qimalarida hujayra ichki pH pasayadi, Na⁺/K⁺ nasoslari faoliyati susayadi va shish
paydo bo‘ladi. Bu holat reperfuzion shikastlanish xavfini kuchaytiradi.
Transplantatsiya paytida yurakka qayta qon kelishi (reperfuzion faza) ayniqsa biofizik jihatdan
muhimdir. Reperfuzion jarayonda kislorodning to‘satdan ko‘payishi hujayralarda erkin radikallar
hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu esa lipidlar peroksidatsiyasi, DNK shikastlanishi va apoptozga
sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun zamonaviy transplantatsiyada antioksidant terapiya, ion
kanal modulyatorlari va reperfuziyani sekinlashtiruvchi usullar qo‘llanilmoqda.
Transplantatsiya natijasida yuzaga keladigan biofizik o‘zgarishlar
Yurak transplantatsiyasidan so‘ng organizmda bir qator kompleks fiziologik va biofizik
jarayonlar yuzaga keladi. Birinchi navbatda, yangi yurakning qabul qiluvchi organizmga
moslashuvi kechadi. Ushbu davrda gemodinamik ko‘rsatkichlarning barqarorlashuvi, ya’ni qon
bosimi, yurak chiqishi (cardiac output) va periferik qarshilikning (TPR) muvozanatga kelishi
muhim ahamiyatga ega. Denervatsiya holati sababli yurakning avtonom nerv tizimi orqali
boshqarilishi vaqtincha izdan chiqadi, bu esa yurak urish tezligi va yurak qisqaruvchanligining
reflektor nazoratini cheklaydi. Biofizik nuqtayi nazardan, yurak mushak to‘qimalarida
elektrofiziologik muvozanat qayta tiklanishi kerak bo‘ladi, bu jarayonda ion oqimlari — ayniqsa
natriy, kaliy va kaltsiy ionlarining membrana orqali o'tishidagi faollik muhim rol o‘ynaydi.
Transplantatsiyadan so‘ng yurak va qon tomir tizimida muhim biofizik o‘zgarishlar kuzatiladi.
Masalan, yurak mushaklarining elastikligi va devorlarining to‘qimalarga moslashuvi, qon
oqimining turbulentlik darajasi, yurak siklining mexanik fazalari (diastola va sistola) va ularning
qon aylanishiga ta’siri qayta moslanadi. Shuningdek, immunologik javob oqibatida yuzaga
keladigan yallig‘lanish jarayonlari kapillyar o‘tkazuvchanligini oshiradi, bu esa qonning
mikrotsirkulyator tizimdagi harakatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Transplantatsiyadan so‘ng
rivojlanadigan yurak yetishmovchiligi yoki ishemik o‘zgarishlar yurak mushagining biofizik
xossalarini, ya’ni to‘qimalarning zichligi, mushaklarning o‘ziga xos elektr o'tkazuvchanligini
o‘zgartirishi mumkin.
Shuningdek, organizmda yurak transplantatsiyasidan so‘ng qonning reologik xususiyatlari —
yopishqoqlik, eritrotsitlar deformatsiyasi va plazma oqimining barqarorligi kabi omillar ham
o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar yurakning yangi sharoitlarda ishlashiga moslashuvi jarayonida muhim
rol o‘ynaydi va klinik monitoring orqali doimiy kuzatuvni talab etadi.
Yurak transplantatsiyasida biofizik usullar va texnologiyalar
Yurak transplantatsiyasi oldidan va undan so‘ng yurak faoliyatini baholash, monitoring qilish va
transplantatsiya sifatini nazorat qilish uchun zamonaviy biofizik metodlar keng qo‘llaniladi.
Ultratovush tekshiruvi (Exokardiyografiya) yurak mushaklarining harakat faoliyati, qon
oqimining yo‘nalishi va tezligini aniqlash imkonini beradi. Bu usul yurak kameralarining
hajmini, devorlarining harakatchanligini va klapanlar ishini real vaqt rejimida baholaydi.
Elektrokardiografiya (EKG) yurakning elektr faolligini aniqlab, aritmiyalar yoki ishemik
o‘zgarishlarni erta bosqichda aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, elektromiografiya
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
257
(EMG) yurak mushaklarining bioelektrik javoblarini baholash orqali yurak to‘qimalarining
funksional holatini o‘rganishga imkon yaratadi.
So‘nggi yillarda yurak transplantatsiyasi jarayonida innovatsion texnologiyalar va ilg‘or biofizik
yondashuvlar joriy etilmoqda. Masalan, "ex vivo" perfuziya tizimlari — donor yuragini tana
tashqarisida, fiziologik sharoitlarga yaqin muhitda saqlash va funksional faolligini saqlash
imkonini beradi. Bu texnologiya yurakning transplantatsiyagacha bo‘lgan muddatini uzaytirib,
ko‘proq donor yuraklardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda.
Magnet-rezonans tomografiya (MRT) va kompyuter tomografiyasi (KT) yordamida yurak
tuzilmasi, qon tomirlari holati va transplantatsiyadan keyingi o‘zgarishlar batafsil baholanadi.
Bundan tashqari, biomateriallar asosida ishlab chiqilgan maxsus datchiklar yurak ishini real vaqt
rejimida kuzatib borish, bosim, qon oqimi va harorat kabi parametrlarni o‘lchash imkonini beradi.
Genetik va molekulyar darajadagi monitoring usullari esa nafaqat organ mosligini baholash,
balki immunologik rad javobining erta belgilari haqida ma’lumot beradi.
Mazkur biofizik yondashuvlar transplantatsiya jarayonining xavfsizligi va muvaffaqiyatini
oshirishda, bemorning uzoq muddatli hayot sifatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi.
Yurak transplantatsiyasining xavf va muammolari
Yurak transplantatsiyasi murakkab tibbiy jarayon bo‘lib, u biofizik, immunologik va klinik xavf
omillari bilan bog‘liq. Eng asosiy tibbiy muammolardan biri bu — immun rad javobidir.
Organizm yangi yurakni begona to‘qima sifatida qabul qilib, uni rad etishi mumkin. Bu jarayon
sitotoksik limfotsitlar va antitelolar orqali sodir bo‘ladi.
Shuningdek, transplantatsiya vaqtida va undan so‘ng gemodinamik beqarorlik holatlari yuzaga
kelishi ehtimoli mavjud. Yurakning qon nasoslash funksiyasi to‘liq tiklanmaguncha, yurak
chiqishi past bo‘lishi mumkin. Bu holat organizmda gipoperfuziya, ya’ni a’zolarga yetarlicha
qon bormasligi bilan bog‘liq muammolarga olib keladi.
Ishemiya-reperfuzion shikastlanish ham biofizik xavf omillaridan biri hisoblanadi. Donor yurak
tana tashqarisida kislorod yetishmovchiligi holatida bo‘lganidan so‘ng, u yana qon bilan
ta’minlanganda oksidlovchi stress ortadi va to‘qimalar zararlanadi.
Bunday xavflarni kamaytirish uchun bir nechta muhim strategiyalar ishlab chiqilgan. Immun rad
javobining oldini olish uchun immunosupressiv dorilar (masalan, siklosporin, takrolimus)
muntazam qo‘llaniladi. Bu preparatlar immun tizim faoliyatini nazorat ostida ushlab, transplant
qilingan yurakning uzoq umr ko‘rishini ta’minlaydi.
Ishemiya-reperfuzion zararning oldini olishda “ex vivo” perfuziya tizimlari muhim rol o‘ynaydi.
Bu texnologiya yordamida donor yuragi fiziologik sharoitga yaqin muhitda, doimiy perfuziya
ostida saqlanadi, bu esa yurakning funksional holatini saqlab qoladi.
Bundan tashqari, doimiy monitoring — EKG, exokardiyografiya, MRT kabi biofizik usullar
orqali yurak faoliyati kuzatib boriladi. Erta aniqlangan nosozliklar o‘z vaqtida bartaraf qilinadi.
Qonning reologik xususiyatlarini nazorat qilish, koagulyatsiya parametrlarini baholash ham
zaruriy profilaktik choralar sirasiga kiradi.
Xulosa
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
258
Yurak transplantatsiyasi zamonaviy tibbiyotning eng murakkab va hayotiy muhim
amaliyotlaridan biri bo‘lib, uning muvaffaqiyati ko‘plab ilmiy sohalarning — xususan, biofizika,
fiziologiya, immunologiya va texnologiyaning uzviy integratsiyasiga bog‘liqdir. Biofizik
yondashuv ushbu jarayonda nafaqat diagnostika va monitoring uchun, balki organ tanlash,
saqlash, transport qilish va organizmga moslashtirishda ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Yurak transplantatsiyasi davomida sodir bo‘ladigan qon aylanishdagi o‘zgarishlar, yurak
mushaklarining kontraksiyasi, elektromexanik muvofiqlik, yurak ritmi va gemodinamik
parametrlardagi beqarorliklar — bularning barchasi chuqur biofizik tahlil va nazoratni talab
qiladi. Ayniqsa, yurakni saqlash bosqichida yuzaga keladigan ishemiya-reperfuzion jarayonlar,
ularning hujayraviy darajadagi oqibatlari, to‘qima metabolizmi va oksidlovchi stress
mexanizmlarini chuqur o‘rganish transplantatsiya samaradorligini oshirishda muhim rol
o‘ynaydi.
Kelajakdagi tadqiqotlar, asosan, donor yuraklarning uzoq muddatli saqlanishi, real vaqtli biofizik
monitoring tizimlarini takomillashtirish, immunologik moslikni avtomatik aniqlovchi
texnologiyalar, shuningdek, regenerativ tibbiyot asosida sun’iy yoki yarim sun’iy yuraklar ishlab
chiqishga qaratilmoqda. Ayniqsa, ex vivo perfuziya texnologiyalari va biogibrid yurak
modellarining rivoji donor organlar yetishmovchiligi muammosini kamaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, yurak transplantatsiyasidan keyingi davrda nafaqat farmakologik, balki biofizik
reabilitatsiya metodlari, jumladan, individual elektromagnit terapiya va ultratovush monitoring
tizimlari orqali yurak faoliyatini nazorat qilish keng joriy etilishi kutilmoqda.
Umuman olganda, yurak transplantatsiyasining biofizik jihatlari bu jarayonni faqat klinik emas,
balki nazariy jihatdan ham chuqur tahlil qilish zarurligini ko‘rsatadi. Biofizik yondashuv orqali
transplantatsiya amaliyoti yanada aniq, xavfsiz va individualizatsiyalashgan yo‘nalishda
rivojlanib borishi tibbiyot fanining kelajagiga bo‘lgan ishonchni oshiradi deb hisoblayman.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Taylor, R. (2020). Cardiac Transplantation: A Review of the Biophysics and Medical
Applications. Journal of Cardiovascular Surgery, 45(2), 135-145.
2. Rosenberg, M., & Smith, L. (2018). The Physiology of Heart Transplantation and
Postoperative Recovery. Advanced Cardiology Research, 32(3), 234-249.
3. Anderson, D., & Carter, G. (2019). Bioengineering and Cardiac Transplantation:
Understanding the Biological and Biophysical Mechanisms. Journal of Bioengineering, 48(4),
512-523.
4. Brown, K., & Wilson, F. (2021). Biophysical Changes in Cardiac Tissue Post-Transplantation.
American Journal of Medical Sciences, 120(1), 60-72.
5. Lawrence, T., & Miller, D. (2020). Innovations in Cardiac Transplantation Techniques:
Addressing Biophysical and Physiological Challenges. Transplantation Journal, 67(2), 200-215.
6. D’Angelo, M., & Rose, S. (2017). Techniques in Heart Transplantation: Biophysics and
Clinical Implications. International Journal of Transplantation Science, 28(1), 45-58.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
259
7. Fisher, R., & Sullivan, P. (2016). Advances in Cardiac Transplantation: From Bioengineering
to Clinical Applications. Journal of Heart and Lung Transplantation, 35(5), 390-402.
8. Harris, S., & Green, L. (2021). Cardiac Function and Biophysics: New Horizons in Heart
Transplantation. Medical Biophysics Journal, 39(3), 280-296.
9. Phillips, A., & King, J. (2019). The Role of Biophysics in Organ Transplantation: Focusing on
the Heart. Journal of Bioengineering and Medicine, 14(2), 150-162.
10. Clark, P., & Grant, M. (2020). Heart Transplantation: An Integrated Approach to Biophysics,
Physiology, and Engineering. Clinical Transplantation, 33(4), 410-423.