Авторы

  • Mavlonova Zulayho Allamurod qizi
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107469

Ключевые слова:

Boshlang'ich sinf texnologiya darslari kasbiy ko'nikmalar ijodiy fikrlash metodologiya.

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf texnologiya darslarida o'quvchilarda kasbiy ko'nikmalarni shakllantirish jarayoni o'rganiladi. Texnologiya darslari, o'quvchilarning amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Maqolada kasbiy ko'nikmalarni shakllantirishning nazariy asoslari, metodologik yondashuvlar va amaliy usullar tahlil qilinadi. Shuningdek, texnologiya darslarida o'quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar ham ko'rib chiqiladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

237

BOSHLANG'ICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O'QUVCHILARDA KASBIY

KO'NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH

Mavlonova Zulayho Allamurod qizi

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf texnologiya darslarida o'quvchilarda kasbiy

ko'nikmalarni shakllantirish jarayoni o'rganiladi. Texnologiya darslari, o'quvchilarning amaliy

ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Maqolada kasbiy ko'nikmalarni

shakllantirishning nazariy asoslari, metodologik yondashuvlar va amaliy usullar tahlil qilinadi.

Shuningdek, texnologiya darslarida o'quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan

strategiyalar ham ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar:

Boshlang'ich sinf, texnologiya darslari, kasbiy ko'nikmalar, ijodiy fikrlash,

metodologiya.

Kirish

Bugungi kunda ta'lim tizimida kasbiy ko'nikmalarni shakllantirish masalasi dolzarb ahamiyatga

ega. Ayniqsa, boshlang'ich sinf o'quvchilarining kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirish, ularning

kelajakdagi muvaffaqiyatli faoliyati uchun asos bo'ladi. Texnologiya darslari bu jarayonda

muhim rol o'ynaydi, chunki ular o'quvchilarga amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirish va ijodiy

fikrlashni rivojlantirish imkoniyatini beradi. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf texnologiya

darslarida kasbiy ko'nikmalarni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi.
Texnologiya fani mashg'ulotlari o'quvchilar ijodkorliklarining rivojlanish omillaridan biridir,

ya'ni texnologiya darslari o'quvchilarda ijodkorlik, yaratuvchanlik kabi fazilatlarni shakllanishi,

o'quvchilarda ishga ijodiy yondashish, o'z-o'zini boshqarish, ishdagi kamchiliklarni o'z vaqtida

topish, o'z- o'ziga talabchan bo'lish, maqsadga intilish, mustaqil ishlash kabi xislatlarni namoyon

bo'lishiga hamda ijodiy qobiliyatlarini oshirishga yordam beradi. Biz bilamizki boshlang'ich

sinflarda texnologiya darslari amaliy tarzda o'tkaziladi va dars jarayonida o'quvchilar ham

amaliy ham nazariy bilim, ko'nikma va malakalarni egallab boradilar. Boshlang'ich sinf

texnologiya darslarining asosiy shakli bu amaliy mashg'ulot hisoblanadi. Amaliy mashg'ulot

deganda o'quvchilarning o'quv materialini faol ongli va mustahkam o'zlashtirish maqsadida

mehnat o'qituvchisi rahbarligida amalga oshiriladigan ham jamoa, ham yakka tartibdagi ish

turlarini o'z ichiga oladigan o'quv mehnat faoliyatini aniq tashkil etishni tushunish kerak.

Texnologiya ta'limida amaliy mashg'ulotlar jarayonida o'quvchilar har bir topshiriqni amalda

bajaradilar, o'qituvchi ularga zarur vaqtda ko'rsatma beradi va nazorat qilib baholab boradi va

jarayonda ishtirok etadi.

Asosiy qism

Kasbiy ko'nikmalar – bu shaxsning ma'lum bir kasb yoki faoliyat sohasida muvaffaqiyatli

ishlashi uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalardir. Kichik yoshdagi o'quvchilarni

bilim, malaka, ko'nikmalarni rivojlantirish, kreativ fikrlashni shakllantirish, mustaqil fikrlashga

o'rgatish, kasb-hunarga yo'naltirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlashga

o'rgatish muhim muammolardan biridir.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

238

1-4-sinfda mehnat ta'limi fani mazmuni shartli ravishda umumiy mehnat ta'limi tayyorgarligi

uning mazmuniga mavjud bo'lgan kasblar atroflicha ma'lumotlari bilan tanishilgan hamda shu

yoshga maxsus tayyorgar-lik qismlaridan iborat. Bu qismlar har bir dars va mashg'ulotlarning

tarkibiga singib ketgan bo'lib, ularni o'qituvchi va uslubchilar tomonidan ilmiy uslubiy nuqtal

nazaridan hisobga olgan holda, tahmin qilib berish, mehnat ta'limi mashg'ulotlarining aniq

maqsadga yo'naltirilgan bo'lishini ta'minlash uchun zarur mehnat ta'limi darslarini 1-4-sinfda

umumiy va badiiy mehnat kursi xalq amaliy bezak san'atlari sohasidagi ayrim kasblar asoslari

bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Bu kurs bo'yicha mashg'ulotlar mazmuni bajarilayotgan

mehnat Jarayonining ajralmas qismi bo'lgan amaliy eskizlar, Jadvallar, rasmlar, naqshlar ishlash

va ayrim dizaynerlik qoidalarini o'rgatishdan iborat. Shu nuqtai nazarga asoslangan holda 1-4-

sinf mehnat ta'limi o'quv fani tarkibiga quyidagi kurslari kiradi:
1. Umumiy va badiiy mehnat;
2. Amaliy ishlar tayyorlash tartibi texnologik asoslari.
Amaliy mashg'ulot jarayonida har bir topshiriq oddiydan murakkabga qarab Boshlang'ich sinf

mehnat ta'limi darslaridagi ta'lim-tarbiyaviy vazifalar umumta'lim maktablaridagi mehnat

ta'limining umumiy vazifalaridan kelib chiqib, quyidagi mashg'ulot turlari jarayonida amalga

oshiriladi:
1. Qog'oz va karton bilan ishlash.
2. Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash.
3. Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash
a) plastilin va loy ishi;
b) urug'lar bilan ishlash;
d) applikatsiya va mozaika ishlari;
4. Loyihalash va modellashtirish;a) badiiy qurish-yasash.
5. Qishloq xoʻjalik mehnati.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'quv rejasida mehnat ta'limi o'quv ARAT faniga 1-4

sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7 sinflarda haftasiga 2 soatdan va 8-9 sinflarda haftasiga 1

soatdan, hammasi bo'lib 4-8 soat vaqt ajratiladi.
O'quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb-xunarga yo'nalti-rishni yanada kuchaytirish,

ularni zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, yog'ochga, metallga va gazlamaga ishlov berish

texnologiyasi, pazandachilik asoslari, qishloq xo'jalik asoslari, badiy mehnat texnologiyasi va

mashina elementlari yo'nalishlari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni egallash ko'zda tutiladi.
I-IV sinflar keng ko'lamda ishlatiladigan turli xil oddiy materiallar (qog'oz, rangli qog'oz, karton

turlari, kalka, poralan, penoplas, paxta va matolar qiyqimlari, plastilin, simlar va boshqalar) bilan

tanishtirish ulardan o'yinchoqlar va oddiy buyumlar yasash, balq hunarmandchiligi to'g'risida

boshlang'ich tushanchalar berish, o'quvchilarini o'z-o'ziga hizmat ko'rsatishga odatlantirish, uy-

ro'zg'or buyumlarining kichraytirilgan nusxalarini modellar, maketlarni tayyorlashni, turli xil


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

239

shakllar mehnat ta'limi darslariga ajratilgano'quv soatlarini yana bir soatga oshirish maqsadga

muvofiqdir, chunki 1 soat davomida o'quvchilarga bajaradigan ishlari to'g'ri-sida umumiy

nazariy ma'lumotlar berilsa, keyingi soatda esa aytilgan ish harakat usullari amalda bajariladi,

buyumlarni yasash usullari, uslublari o'rganiladi.
Texnologiya darslarida boshlang'ich sinf o'quvchilariga zamonaviy pedagogik texnologiyalar

ta'lim jarayonining ta'sirchanligini oshiradi, o'quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini

shakllantiradi, o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam

o'zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantiradi.

Topshiriq.

Loydan siyohdon yasashdan iborat, bu topshiriq. asosan, o'g'il bolalarga

mo'ljallangan. Rasmdagilar oddiy loydan yasalgan siyohdon va qalamdonlardir. Bularni yasash

uchun toza sariq tuproqdan loy qiling. Uni qo'lga yopishmaydigan bo'lguncha ezib-iylab

pishiting, keyin uni bir parcha taxtacha ustiga qo'yib, istagan narsangizni yasayverasiz.

To'rtta yog'och olib, ularning uchini (rasm- a) ingichkalashtiring. Ular sizga loyning ortiqcha

yerlarini qirib tashlash, shakl yasash uchun kerak bo'ladi.
Biz quyida "Xo'roz siyohdon" yasash tartibini bayon qilamiz. Pishitilgan loydan xo'roz shaklini

yasaysiz-da, barmog'ingizni ho'llab, uning ustlarini silliqlaysiz. Keyin mashina ip bilan uning

boshini (qopqog'ini) kesib tushirasiz. (Qopqoqni alohida tayyorlash ham mumkin). Qopqoq olib

qo'yilgach, xo'rozning pastki qismini yog'och pichoqcha bilan kovlab (rasm- b) chuqurcha hosil

qilinadi. Uning ichiga yog' yoki doridan bo'shagan og'zi katta shisha yoki chinni bankachani

solib qo'yasiz. Chuqurcha bankachadan kengroq bo'lishi kerak, chunki loy quriganda kichrayadi,

tortishib yorilib ketadi.
Yasagan narsangizni albatta soyada quriting. Agar shakl yorilsa, suyuq loy bilan suvab qoʻying.

Qurigandan keyin akvarel bo'yoq bilan chiroyli qilib bo'yang. Boshqa shakllarda ham siyohdon

yasab ko'ring.
Bunday ish to'rini bajarish natijasida o'quvchilarda loyihalash, chamalash, taxmin qilish, faraz

qilish ko'nikmalari shakllanadi.
Boshlang'ich sinf mehnat ta'limi va mehnat darslarining tarbiyaviy ahamiyati, o'quvchilarni qo'l

mehnatiga o'rgatish, ijodkor, yetuk inson qilib tarbiyalash, o'z o'ziga xizmat ko'rsatish, mehnat

malakalarini oshirirish, amaliy mashg'ulotlar jarayonida ko'nikma va malakalarni shakllantirish,

kasbga yo'naltirish, aplikatsiya ishlari orqali o'quvchilarni estetik jijatdan tarbiyalash, jismonan

chiniqtirish, o'quvchilarni kasb-hunarli bo'lib yetishishlariga zamin yaratishdan iborat.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

240

Texnologiya fanidan amaliy ishlar tuzilishi quyidagi tartibda olib boriladi:
1. O'quvchilar oldiga mehnat topshirig'ining maqsadi va mavzusini qo'yish:
a) darslarda bajarishga mo'ljallangan buyum yoki ishning o'quvchilar hayotining yoki bu tomoni

ehtiyojlarini qoniqtirishdagi ahamiyati;
b) belgilangan ishni yaxshi bajarish uchun qanday yangi bilim va ko'nikmalarni egallash

lozimligini ko'rsatish.
2. Ish o'rni, asbob-uskuna, material, namuna, doskadagi chizmalarning tayyorligini tekshirish,

ishni yaxshi va uyushgan holda tashkil etishga yordam beruvchi qonun-qoidalarni eslatish.
3. Bajariladigan mehnat vazifalarini oldindan rejalashtirish:
a) namuna, qism va detallar miqdorini tahlil qilish, kerakli materillarni, berilgan o'lchovlarni

tayyorlash;
b) buyum tasviri va uning detallarini namunadan tanish, tushunish, barcha o'lchovlarni va ishchi

chiziqlarini topish va o'qish, ya'ni ishni buyumni tayyorlash uchun qanday harakatlarni amalga

oshirish, qanday asboblarni ishlatish, mehnat harakatlarini ketma-ket bajarish tartibini aniqlash.
4. Materialni namuna, berilgan o'lchovlar bo'yicha belgilab chiqish. O'quvchilarni belgilash

tartibini bilishlari va uni doskada belgilash bosqichlarini bajarayotgan yoki buyumni ko'rsatib

tushuntirayotgan o'qituvchi bilan bir vaqtda bajarilishi lozim.
5. Belgilash ishlarini bajarish. Detallarni tayyorlash, detallarni moslash va uning barcha

detallarini yig'ish; detallardan buyumni yig'ish jarayonida; buyum va uning detallariga ishlov

berish jarayonida zarur bo'ladigan bilim va ko'nikmalarni egallash.
6. Harakatlanayotganda tekshirish, xato va kamchiliklarni tuzatish, ishni baholash.
7. Darsga yakun yasash, yangi vazifalar qo'yish.
Texnologiya fanida amaliy ish mashg'ulotlari tashkil qilishning bu tartibidan o'qituvchi mazkur

dars uchun belgilangan aniq buyum yoki ishning xususiyatlarini nazarda tutib foydalanadi.
Amaliy ishlar jarayonida o'quvchilarda mehnatga qiziqish va muhabbat singdirib boriladi.

Mehnatga qiziqishning muhim talablaridan biri ishlanadigan buyumni to'g'ri tanlashdir.

O'quvchilar tayyorlanadigan narsalarni nimaga kerakligi, qayerda ishlatilishini bilishlari kerak.
O'quvchilarni ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo'lishlari, o'z ishlarini

rejalashtira bilishlari, materiallni tejamkorlik bilan sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari,

o'qituvchi ko'rsatmasiga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza va ozada saqlashlari,

mashg'ulotdan so'ng sinfni tozalab qo'yishlariga odatlantirib boorish kerak.
Boshlang'ich sinf texnologiya darslarida kasbiy ko'nikmalarni shakllantirishda bir qancha usullar

qo'llaniladi:
1) Amaliy mashg'ulotlar


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

241

Amaliy mashg'ulotlar orqali o'quvchilar materiallar bilan ishlashni o'rganadilar. Bu jarayonda

o'qituvchi o'quvchilarga turli xil loyihalarni bajarishni taklif etishi mumkin.
2) Guruhli ish
Guruhli ish orqali o'quvchilar bir-birlari bilan hamkorlik qilishni, fikr almashishni va jamoaviy

ish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o'rganadilar. Bu usul ijodiy fikrlashni rag'batlantiradi.
3) Loyihalashtirish
Loyihalashtirish jarayonida o'quvchilar muammoni hal qilish, reja tuzish va natijani taqdim etish

kabi jarayonlarni amalga oshiradilar. Bu esa ularning ijodiy va analitik fikrlash qobiliyatlarini

rivojlantiradi.
Texnologiya darslari o’quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi. Buning

uchun:
• O’quvchilarga muammolarni hal qilish vazifalari berilishi kerak.
• Ularni yangi g‘oyalar ishlab chiqishga undovchi faoliyatlar tashkil etilishi lozim.
• O’quvchilarni tanqidiy fikrlashga va o’z ishlarini baholashga o’rgatish kerak.

Xulosa

Boshlang'ich sinf texnologiya darslari o'quvchilarda kasbiy ko'nikmalarni shakllantirish uchun

muhim platformadir. Amaliy mashg‘ulotlar, guruhli ish va loyihalashtirish orqali o‘quvchilar

nafaqat bilim oladilar, balki amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. O'qituvchining roli esa bu

jarayonda juda muhimdir, chunki u motivatsiyani oshirib, individual yondashuvni ta'minlashi

kerak. Natijada, texnologiya darslari orqali yosh avlodning ijodiy fikrlashi va kasbiy

ko‘nikmalari rivojlanishi mumkin.
Texnologiya ta'limidagi ish turlari o'quvchilarni mustaqil fikrlashga,har bir ishga ijodiy

yondashishga o'rgatadi.. Har bir amaliy mashg'ulotimizning izchilligi va ketma-ketligiga a'lohida

e'tibor qaratishimiz lozim. O'quvchilarning texnologiya darslarida olgan bilimlari kelajakda

ulardan yetuk mutaxassislar, ixtirochilar bo'lib yetishishida as qotadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Umbarova, Nasiba Xolboy Qizi BOSHLANG’ICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARIDA

TEXNOLOGIK ATAMALARDAN FOYDALANISH // ORIENSS. 2023. №1-2.

2. Niyazmetova N.B. Texnologiya fani darslarida o 'quvchilar kreativ sifatlarini rivojlantirish

texnologiyasi. A versetile teacher, ISSN: 2309-6009 Issue 2(8), 2020.

3. O'zbekiston Respublikasi umumta'lim maktablarida mehnat ta'limining o'qitilishining

taraqqiyotini tizimi (konsepsiyasi). Loyiha. Z.M. Yahyoyeva va boshqalar.-T.:1994. 34-64b

4. Safarova R.G., Abdullayeva B.S Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasi.-Toshkent, 2019.

5. Matlab Muxammedovna Tilavova, Mavluda Adiz Qizi Alimova TEXNOLOGIYA

DARSLARIDA QO‘L MEHNATIDAN FOYDALANISH TALABLARI // Scientific

progress. 2021. №7.

6. E. Shodmonov, G. Eshturdiyeva1-sinfi uchun darslik Toshkent-2017yil.

Библиографические ссылки

Umbarova, Nasiba Xolboy Qizi BOSHLANG’ICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARIDA TEXNOLOGIK ATAMALARDAN FOYDALANISH // ORIENSS. 2023. №1-2.

Niyazmetova N.B. Texnologiya fani darslarida o 'quvchilar kreativ sifatlarini rivojlantirish texnologiyasi. A versetile teacher, ISSN: 2309-6009 Issue 2(8), 2020.

O'zbekiston Respublikasi umumta'lim maktablarida mehnat ta'limining o'qitilishining taraqqiyotini tizimi (konsepsiyasi). Loyiha. Z.M. Yahyoyeva va boshqalar.-T.:1994. 34-64b

Safarova R.G., Abdullayeva B.S Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasi.-Toshkent, 2019.

Matlab Muxammedovna Tilavova, Mavluda Adiz Qizi Alimova TEXNOLOGIYA DARSLARIDA QO‘L MEHNATIDAN FOYDALANISH TALABLARI // Scientific progress. 2021. №7.

E. Shodmonov, G. Eshturdiyeva1-sinfi uchun darslik Toshkent-2017yil.