INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
264
INKLYUZIV TA’LIMDA RAQAMLI TEXNILOGIYALARNI JORIY ETISHNING
MAVJUD HOLATI VA ISTIQBOLLARI
Yusupov Bekzod Ergashevich
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
“Pedagogika” kafedrasi katta oʻqituvchisi
Norqulova Risolat Baxromovna
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti “Defektologiya” ta’lim
yo’nalishi, DF-136-23 guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarni tashkillashtirish va inklyuziv ta’limda
joriy etishdagi qulayliklari ,qiyinchiliklari xususida so’z boradi. Inklyuziv ta’limni kelajakda
yanada yuksaltirish uchun raqamli texnologiyalarning jahon miqyosidagi raqamlashtirish
faoliyat turidan foydalanish, uning qulayliklari jamiyatda kelajakdagi eng ilg’or texnologiyalar
bilan yonma- yon bo’lish kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Bu esa davlatimizni yanada ravnaq
topishiga va o’z salohiyatini o’stirishga keng qamrovli qulayliklardan oqilona foydalanishi
uchun jaxon miqyosidagi raqamlashtirish texnologiyasi umuman olganda xayotimizning
barcha sohalarida o’z o’rniga ega bo’lishiga zarurligi haqida fikirlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
Nogironlar, ta’lim uzviyliksizligi, internet olami, aralash guruhlar, samaradorlik,
natijalar tahlili.
Kirish: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida, eng avvalo, kelajak
avlodning barkamol boʻlib ulgʻayishi, hech kimdan kam boʻlmay dunyo arenalarini zabt etishga
qodir farzandlar boʻlib yetishishi kabi dolzarb masalalarni hal etish turadi. Ayniqsa, yetim va
ota-ona qaramogʻisiz qolgan, nogiron, rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning ijtimoiy himoyasi
hamisha davlat va jamiyatning ustuvor vazifasi hisoblangan. Ushbu vazifani amalga oshirish
borasida Oʻzbekiston Respublikasida rivojlanishida nuqsoni boʻlgan kishilarning huquq va
erkinliklarini, teng imkoniyatlarini ta’minlash, turmush faoliyatidagi cheklanish, chegaralarni
bartaraf etish, ta’limni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuv, uning sifati va
samaradorligini oshirish, jamiyatda aholining turli qatlamlari uchun ta’limning uzviylik va
uzluksizligini ta’minlash borasida talaygina ishlar amalga oshirib borilmoqda.
Bolalik bosqichida inson psixologo-pedagogik jihatdan kuchli ta’sirlanadi. Oʻsib kelayotgan
bola organizmi, uning miya tuzilishining ichki imkoniyatlari chegarasizligini inobatga olgan
holda tashkil etilgan korreksion-pedagogik, psixologik hamda tibbiy ishlar bolaning birlamchi
nuqsonini kamaytirib, ikkilamchi nuqsonlarning oldini olishga yordam beradi. Bularning
hammasi rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolani mustaqil, hech kimga qaram boʻlmagan holda
hayot kechirishga tayyorlash omillaridir.[6]Shunday ekan bugungi kunda axborot olamida
internet, internet televideniya,internet- radioron, electron pochta, onlayn-video kabi ko’plab
yangi axborot tarqatish texnologiyalari tez sur’atlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va
ta’siri doirasi tobora kengayib borayotganligiga guvoh bo’lmoqdamiz.Axborot kommunikatsiya
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
265
varaqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyati o’quvchilarni
mustaqil fikr
yuritishga ,ijodkorlik faoliyatlarini
rivojlantirishga , axborot olish ,uni qayta ishlash
umumlashtirish
xulosa
chiqarishga
o’rgatib,
yoshlarning
dunyoqarashi,intellektual
saloxiyatining rivojlanishiga va kamol topishiga zamin yaratadi.Inklyuziv ta’limda raqamli
texnologiyalarnin
joriy
etilishining
asosiy
sabablaridan
biri
shundaki
barcha
qishloq,shahar,tuman,viloyatlarda tashkil etilgan inklyuziv ta’lim samaradorligini yanada
oshirish maqsadida va kelajakda ushbu ta’lim yo’nalishida tahsil olgan barcha yoshlarning
keyingi ish va o’qish faoliyatlaridan raqamli texnologiya orqali tez va oson topish imkoniyatini
beradi.
Respublikamizda ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan 2007 yilda
«Oʻzbekistonda inklyuziv ta’lim» loyihasi amalga oshirilgan bo‘lib, loyihada Oʻzbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Navoiy shahridagi
«Umr» imkoniyati cheklangan bolalarga yordam berish markazi, Samarqand shahridagi
«Hayot» nomli nogironlarga yordam berish markazi, Jizzax shahridagi «Istiqbolli avlod»
markazi,Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi «Umid» tashabbuslarga koʻmak berish va
rivojlantirish markazi, Termiz shahridagi «Imkon»imkoniyati cheklangan bolalar va oilalarga
koʻmak berish markazi,Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahridagi «Ziyo» maxsus zaruratli
bolalarga ijtimoiy koʻmak berish markazi, maqsadli hududlar hokimliklari, Oʻzbekistondagi
Shvetsariya elchixonasi hamkorlik qilishdi. Ushbu loyiha doirasida Toshkent, Guliston, Qarshi,
Samarqand, Termiz, Andijon, Qoʻqon, Nukus, Buxoro, Urganch shaharlarida joylashgan ayrim
maktabgacha ta’lim muassasa, maktab, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda imkoniyati
cheklangan bolalar aralash guruhlarda inklyuziv texnologiya asosida ta’lim-tarbiya olishdi.[7]
Masalan: Qashqadaryo viloyatida va qarshi tumanida nechta inklyuziv maktab tashkil
etilgan.Qarshi shahrining o’zida nechta inklyuziv maktab tashkil etilgan va har bir sinfda
qanchagacha inklyuziv talimga qaratilgan o’quvchi tahsil olishi va ular nechanchi yil o’qishga
kirganliklari va nechanchi yil bitirganliklari, o’qishni bitirgach esa qaysi sohada ish faoliyatini
davom ettirayotganliklari yoki qaysi sohada va qayerda o’qishni davom ettirayotganliklari kabi
hisobotlarni to’laqonligicha va aniq faktlarga asoslangan raqamlar bilan belgilanadi.Bu kabi
hisob-kitoblarni barchasini hozirgi kunda raqamli texnologiyalar nafaqat inklyuziv talim
sohasida balki barcha sohalarda
o’z ta’sirini va samarsini ko’rsatmoqda.Raqmli
texnologiyaning eng ahamiyatli jihatlarida biri shundaki yoshlarni umumiy o’rta ta’limni yoki
oliy ta’im kurslarni tamomlaganlardan so’ng ularni qayerda
va nima ish bilan
mashg’ul,ekanliklari va ularning to’liq malumotlari haqida o’rganish qiyin bo’lmaydi.
Xulosa: Inklyuziv ta’lim sifatini yaxshilashda va uning qanchalik samarali yoki ushbu ta’limda
o’sish jihatlari sustlashganini kuzatish maqsadida raqamli texnologiyaning o’rni muhim
ahamiyatga egadir.Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki raqamli texnologiyalar isloxotlar jarayoninig
ochiqligi taminlash davlat va jamyat o’rtasida samarali axborot almashishi mexanizimi
o’rnatishda muhim vosita sanaladi.Ayni paytda hukumat vazirligi va idoralar shuningdek
parlament a’zolarining aholi bilan samarali muloqot
o’rnatish uchun maxsus virtual
qabulxonalari tashkil etilgani jahon amalyotiga uyg’un sohada qonun hujjatlari takomillashtirib
boorish yangi qonunlar mazmuni-mohiyatidan keng jamoatchilikni xabardor qilish va ularni
amalyotga samarali tatbiq etishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Inklyuziv ta’lim gospital pedagogika.Namangan-2024. N.B. Gaipova. 6-7 betlar
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
266
2. Zulhumor Xakimovna Xakimova Maktablarda inklyuziv ta’lim o‘qitishning samaradorligi va
inklyuziv maktab muammolari // Science and Education. 2025. №2.
3. F. A. Ibrohimov, Z. M. Kabirova INKLYUZIV TA’LIM VA YANGICHA PEDAGOGIK
YONDASHUVLAR // Academic research in educational sciences. 2021. №CSPI conference
1.
4. Ulugbek
Jumayevich
Mansurov
O`ZBEKISTONDA
TA’LIM
SOHASIDAGI
ISLOHOTLAR:
INKLYUZIV
TA’LIM
VA
YANGICHA
PEDAGOGIK
YONDASHUVLAR // Academic research in educational sciences. 2021. №6.