Авторы

  • Xosilova Ziyofat Begmuratovna ,Bo’riyeva Shahzoda Nuriddin qizi
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107482

Ключевые слова:

Ko‘rish nuqsonlari tiflopedagogika ko‘zi ojizlik zaif ko‘ruvchilik miopiya gipermetropiya astigmatizm ambliopiya katarakta glaukoma ko‘rish analizatori maxsus ta’lim tiflopsixologiya pedagogik-korreksion ishlar ko‘rish patologiyasi estetik tarbiya ijodiy qobiliyat ijtimoiylashuv.

Аннотация

Ushbu maqolada ko’rishida nuqsoni bor bolalarda uchraydigan asosiy ko‘z kasalliklari va ularning sabablari tahlil qilinadi. Bolalik davrida ko’rish qobiliyatining pasayishiga olib keluvchi omillar, irsiy va tug‘ma patologiyalar, shuningdek, orttirilgan ko‘z kasalliklari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, miopiya, gipermetropiya, astigmatizm, ambliopiya, katarakta, glaukoma kabi kasalliklarning xususiyatlari va ularni erta aniqlash hamda oldini olish bo‘yicha tavsiyalar bayon etiladi. Ko’rishida nuqsoni bor bolalarning ko‘z salomatligini saqlash va ularning ta’lim-tarbiyasida tibbiy-pedagogik yondashuvning ahamiyati ta’kidlanadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

247

KO’RISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARDA KUZATILADIGAN KO’Z

KASALLIKLARI

Xosilova Ziyofat Begmuratovna

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti katta oʻqituvchisi

Bo’riyeva Shahzoda Nuriddin qizi

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Defektologiya yo’nalishi talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ko’rishida nuqsoni bor bolalarda uchraydigan asosiy ko‘z

kasalliklari va ularning sabablari tahlil qilinadi. Bolalik davrida ko’rish qobiliyatining

pasayishiga olib keluvchi omillar, irsiy va tug‘ma patologiyalar, shuningdek, orttirilgan ko‘z

kasalliklari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, miopiya, gipermetropiya, astigmatizm,

ambliopiya, katarakta, glaukoma kabi kasalliklarning xususiyatlari va ularni erta aniqlash hamda

oldini olish bo‘yicha tavsiyalar bayon etiladi. Ko’rishida nuqsoni bor bolalarning ko‘z

salomatligini saqlash va ularning ta’lim-tarbiyasida tibbiy-pedagogik yondashuvning ahamiyati

ta’kidlanadi.

Kalit so’zlar:

Ko‘rish nuqsonlari, tiflopedagogika, ko‘zi ojizlik, zaif ko‘ruvchilik, miopiya,

gipermetropiya, astigmatizm, ambliopiya, katarakta, glaukoma, ko‘rish analizatori, maxsus

ta’lim, tiflopsixologiya, pedagogik-korreksion ishlar, ko‘rish patologiyasi, estetik tarbiya, ijodiy

qobiliyat, ijtimoiylashuv.

Ko’rish bolaning hayotiy faoliyatida va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ko’rish

analizatori yordamida dunyoni idrok etish bolaning ruhiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Tevarak-atrof haqidagi eng kuchli taassurotlar ko’z bilan idrok etiladi. Bola ko’rish qobiliyati

orqali narsalarning rangi, shakli, hajmi, harakati, uzoq-yaqinligi, fazodagi o‘rni haqida

tasavvurga ega bo’ladi.

Tiflopsixologiyada ikki turlicha yo‘nalgan jarayon - ko‘rishda nuqsoni bo’lganlarni nisbatan

chuqur differensiatsiyalash:

-

total ko’zi ojiz;

-

yorug’likni his qiladigan ko’zi ojiz;

-

qoldiqli ko’rishga ega ko’zi ojiz;

-

chuqur zaif ko’ruvchi;

-

zaif ko‘ruvchi.

Bu tendensiyalar ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarning psixologik tavsifiga ta’sir

o’tkazadi, ko‘rish patologiyasi turli shakllarining bolalarning psixik rivojlanishiga ta’sir darajasi

va kuchini, shuningdek, yakka tartibda ishlaganda va maxsus korreksiyalash mashg’ulotlarida

ularni kompensatsiyalash imkoniyatlarini belgilaydi.

Ko’rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko‘ra tug‘ma va orttirilgan bo’ladi.

Tug‘ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar (masalan, tug‘ma kataraktaning ba’zi

shakllari va boshqalar), xomilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha kasalliklari bilan og‘rishi,

xomila ko‘rish organlarining embrional rivojlanish paytida zararlanishi, miya o‘smasi va shu

kabi kasalliklar katta rol o‘ynaydi.

Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar ko’ruv o‘tkirligiga ko‘ra 2 turga bo’linadi:

1. Total ko’rlar – ko’rish o‘tkirligi 0.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

248

2. Qisman ko’rlar. Ko‘rish o’tkirligi 0,05 gacha.

Mashg‘ulotlarda ular asosan o‘quv materialini sezish, eshitish idroki asosida

o’zlashtiradilar. Brayl tizimi bo’yicha o‘qiydi va yozadilar. Ba’zi bir bolalar saqlangan ko’rish

imkoniyatidan o‘qish va yozishda foydalanishlari mumkin.

Zaif ko‘ruvchilar ko‘rish o‘tkirligiga ko’ra quyidagicha turga bo’linadi:

1. Ko’ruv o‘tkirligi 0,05dan 0,1 gacha

2. Ko’ruv o‘tkirligi 0,ldan 0,2 gacha

3. Ko’ruv o‘tkirligi 0,2 dan yuqori 0,4 gacha.

Ko’rish o‘tkirligi pastligi bilan bir qatorda ayrim bolalarda ko‘rish maydoni toraygan, fazoviy

idrok buzilgan bo’lishi ham mumkin. (Ko’rish o’tkirligi 0,1 bo’lgan bolalar). Bularning barchasi

o’quv materialini idrok etish, o‘zlashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Zaif ko‘ruvchi bolalar

maxsus sharoitda, maxsus usul, uskunalar, texnik va optik vositalar yordamida o’qitilishi

maqsadga muvofiqdir.

Ularga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ko’ruv idrokini rivojlantirishga alohida ahamiyat beriladi.

Ko’rishdagi nuqsonlar bolaning ruxiy, jismoniy rivojlanishida

ikkilamchi nuqsonlar kelib chiqishiga olib keladi. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar va

kattalarning ta’limi va tarbiyasini tashkil etishni o‘rganuvchi ilmiy ta’limotlami o‘rganuvchi fan

tiflopedagogika fani hisoblanadi.

Ko‘rishning zaiflashuvi sabablari:

1. Albinizm - odamlarning terida, ko’zda, sochda rangning (pigmentning) bo’lmasligi bilan

tug‘ilish. Ularda rangsiz teri va juda yorqin oq-sariq soch bo’lishi mumkin. Albinizm ko’ruv

faoliyatiga ta’sir qiladi.

2. Katarakta -bu ko’z linzalarining xiralashuvi oqibatida yorqin ko’rishni qiyinlashtiradi.

Katarakta ko’p hollarda bir necha sabablar bilan bog‘liq. Ko’p bolalar katarakta bilan tug‘iladi.

Katarakta ko’zdagi qizarishlar, shishlar va boshqa ko’z kasalliklaridan bo‘lishi mumkin. Bunda

bolaning ko’zi odatdagidan kichikroq bo‘ladi. Homiladorlik davridagi infeksiyalar ham

kataraktaga sabab bo’lishi mumkin.

3. Diabetga aloqador ko’z kasalligi. Ko’p davlatlarda ko’rish zaiflashuvining asosiy

sababchisi sifatida ko’rsatiladi. Bundan glaukoma, katarakta diabetik retionapiya kelib chiqishi

mumkin.

4. Glaukoma – ko’ruv nervi miyaga ma’lumotni beradi. U shikastlanganda ko’zda bosim

oshadi. Bosim juda yuqori bo’lsa bolada quyosh yoki yorqin nurlarda noqulaylik kuzatilishi,

bolada gilaylik bo’lishi (bolaning ko’zlari turli tomonga qarashi).

5. Daryo ko’rlik.

Daryo bo’yida yashaydigan qora pashsha tomonidan yuqadigan,

ko’zlarning hamma ichki to‘qimalari zararlanib, qon ketish, qizarish, shish va boshqa yakuniy

asoratlar bo’lsa ko‘rlikka olib keladi. Ta’siriga uchragan kishilarning 99% Afrikada, l% i Yaman,

Meksika, Gvatemala, Ekvador, Kolumbiya, Venusuellada yashaydi. Astigmatizm bilan yoki

astigmatizmsiz keladigan miopiyalar (yaqindan ko’rish) gipermetropiyalar (uzoqdan ko'rish)

kiradi.

6. Pigmentli retinet retinetli kasallik. Birinchi belgisi, erta bolalikda salbiy ta’sir bilan ro’y

beradi. Qorong’ida kuchsiz ko’radi va ko’rish maydoni torayishni boshlaydi. Pigmentli retinit

turmushda va oilaviy hayotda uchraydigan eng odatiy ko’z kasalligidir.

7. Traxoma. Chivinlar orqali yuqadigan kasallik. Bunda ko’zdan infeksiya ajralib chiqadi.

Bir necha yillardan keyin infeksiya takrorlanadi, ko’zning ichida chandiqlar bo’lishi, qovoqlar

og‘rishi, ko‘zi ojizlikka ham olib kelishi mumkin.

Maxsus ta’lim - tarbiya jarayonida ko’rishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarda ta’limga bo’lgan

qiziqishni uyg‘otish, ularning rivojlanish va mustaqil bilim olishga bo’lgan ehtiyojlarini


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

249

qondirish uchun shart sharoitlar yaratish. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarda ta’limga

bo’lgan qiziqishni uyg’otish, ularning rivojlanish va mustaqil bilim olishga bo’lgan ehtiyojlarini

qondirish uchun shart sharoitlar yaratish. Ko’r va zaif ko‘ruvchi bolalar tafakkurining

rivojlanishini ular imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’minlash, ijodiy qobiliyatlarini. Ko‘r va

zaif ko’ruvchi bolalar tafakkurining rivojlanishini ular imkoniyatlarini hisobga olgan holda

ta’minlash, ijodiy qobiliyatlarini. Kasbiy faoliyatga tayyorlash, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy

sharoitlarda mehnat faoliyati uchun lozim bo’lgan tasavvur,

ko’nikma va malakalarni rivojlantiriladi.

Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish, ijodiy tomondan o‘z-

o‘zini namoyon etishga bo’lgan intilishini tarbiyalash, individual kreativ qobiliyatlarni namoyon

etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish lozim. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolaning

ijtimoiylashuvini stimullash, uning ijtimoiy tajribasini boyitish, kishilar bilan muloqot va

birgalikdagi bo‘lgan faoliyatga tayyorlash, madaniy qadriyatlarga, madaniy hayotda faol ishtirok

etishga o‘rgatish. Estetik tushunchalar va tamoyillar bilan tanishtirish davomida axloqiy ongni

tarbiyalash, burch va mas’uliyat hislarini mustahkamlash. Ko’rishida nuqsoni

bo’lgan o‘quvchilar jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish, ularda shaxsiy gigiena malakalarini

mustahkamlash, sog’lom turmush tarzini, mehnatsevarlikni, mustaqillilikni, o‘z-o‘zini nazorat

eta bilishni tarbiyalash. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolaning har tomonlama rivojlanishi ularning

kishilar bilan samarali hamkorlik o‘rnatish malakalarining egallanishiga, dunyoga bo’lgan estetik

munosabatni tarbiyalashga ko‘maklashadi. V. Gayui (1745-1822) tiflopedagogika fanining va

ko’rishida nuqsoni bo’lgan shaxslami o‘qitishning asoschisi hisoblanadi, uning maslakdoshi va

izdoshi, fransuz pedagogi D. Didro Fransiya va

Rossiyadagi ko‘rishida nuqsoni bo’lgan shaxslar uchun mo’ljallangan ilk ta’lim

muassasalarining asoschisidir. V. Gayui bois nafaqat ko’rishida nuqsoni bo’lgan shaxslarni

tizimli o‘qitish yo’lga qo‘yildi, balki ularga ta’lim olishga va ijtimoiy

moslashishga muhtoj bo’lgan jamiyatning to’laqonli a’zolari sifatida qarashi shakllandi. L.Brayl

- reiefli yozuvning olti nuqtali tizimini yaratgan. Ye.B. Ryabkin - ranglarni farqlashning tug‘ma

va orttirilgan shakllari, A.I.Gersen nomidagi Leningrad pedagogika instituti professori,

В.I.Kovalenko tiflopedagogika fanining rivojiga va ko‘rlarni umumta’lim fanlariga o‘qitish

usullarini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shgan. M.I.Zemsova, A.I.Litvak, V.Fromm,

Ya.Yasenskiy – ko’rish nuqsonining darajasiga ko’ra tafakkurning

rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgangan. O‘zbek olimlardan Sh.Xalilova 2005-yil

“Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar tafakkur xususiyatlari” mavzusida, O.Rustamov ko’rishida

nuqsoni bo’lgan bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish mavzusida tadqiqot ishlarini

olib borgan. Shuningdek, yosh olimlardan D.Sultonova, N.Abidova, Z. Djalolovalar ko’rishida

nuqsoni bo’lgan

bolalar bilan olib boriladigan pedagogik-korreksion ishlarni o‘ziga xos tomonlarini o‘rganish,

takomillashtirish yuzasidan tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Mualliflar tomonidan qator

darslik, o‘quv qo‘llanma, dasturlar va maqolalar nashr etishga erishildi.

Xulosa qilib aytganda, ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan ishlash – bu murakkab, ammo

muhim jarayon bo‘lib, u faqat maxsus pedagoglar emas, balki jamiyatning barcha qatlamlari

hamkorligida amalga oshirilishi lozim. Bunday bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,

ularning imkoniyatlarini to’liq ro’yobga chiqarish va to’laqonli hayot kechirishlariga

ko‘maklashish har birimizning burchimizdir. Bu borada xalqaro tajriba va milliy ilmiy

yutuqlarning uyg‘unlashuvi kelgusida tiflopedagogika sohasining yanada rivojlanishiga xizmat

qiladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

250

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Raxmanova V.S. “Korreksion pedagogika va logopediya”. Toshkent “Iqtisod - Moliya” 2007;

2. M.Y. Ayupova “Logopediya”. Toshkent O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti

2007;

3. Muminova L.R., Ayupova M.YU. Logopediya. Toshkent.1993

Библиографические ссылки

Raxmanova V.S. “Korreksion pedagogika va logopediya”. Toshkent “Iqtisod - Moliya” 2007;

M.Y. Ayupova “Logopediya”. Toshkent O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti 2007;

Muminova L.R., Ayupova M.YU. Logopediya. Toshkent.1993

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)