Авторы

  • Matchanova Sanobar
    UrDU qoshidagi 2-akademik litsey o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107490

Ключевые слова:

”Hujum” harakati paranji chachvon gender tenglik ”Millionlar shartnomasi”

Аннотация

Ushbu maqola 1920-1930-yillarda O’rta Osiyoda amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan biri bo’lgan “Hujum” harakati haqida, uning sabablari va oqibatlari xususida ma’lumot berishni maqsad qiladi. Tadqiqotda tizimli va qiyosiy tahlil, sintez, taqqoslash, xronologik metodlardan foydalanildi. “Hujum” harakatining amalga oshirilishi o’zbek ayollari uchun bir qator ijobiy o’zgarishlarni olib kelgan bo’lsa-da, uni amalga oshirishdagi shoshma-shosharlik, majburlov usullaridan foydalanish natijasida bir qator salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqardi. Uni xolis o’rganish zarurati paydo bo’ldi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

301

“HUJUM” HARAKATINING SABABLARI VA UNING OQIBATLARI

Matchanova Sanobar

UrDU qoshidagi 2-akademik litsey o’qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqola 1920-1930-yillarda O’rta Osiyoda amalga oshirilgan ijtimoiy-

siyosiy jarayonlardan biri bo’lgan “Hujum” harakati haqida, uning sabablari va oqibatlari

xususida ma’lumot berishni maqsad qiladi. Tadqiqotda tizimli va qiyosiy tahlil, sintez,

taqqoslash, xronologik metodlardan foydalanildi. “Hujum” harakatining amalga oshirilishi

o’zbek ayollari uchun bir qator ijobiy o’zgarishlarni olib kelgan bo’lsa-da, uni amalga

oshirishdagi shoshma-shosharlik, majburlov usullaridan foydalanish natijasida bir qator salbiy

oqibatlarni ham keltirib chiqardi. Uni xolis o’rganish zarurati paydo bo’ldi.

Kalit so’zlar:

”Hujum” harakati, paranji, chachvon, gender tenglik,”Millionlar shartnomasi”

Kirish.

O’zbekistonda ko’proq ayol arboblar masalan, artistlar va shoiralar haqida yoziladi.

Ammo oddiy ayolning hayoti hali tarixchilar nazariga tushmay kelmoqda. [1.B.36.] O’tmishda

xotin-qizlarning tajribasi, faoliyati, hayot sohasi tarixiy qimmatga ega emasdek tuyulgani uchun

ham e’tibordan chetda qolgan. Vaholanki, xotin-qizlar tarixi erkaklar tarixi kabi umumiy

hisoblanishi kerak, [2.B. 367] chunki u nafaqat insoniyatning yarmiga balki hammasiga

tegishlidir. [3.B.371] Ayollar mavzusini o’rganishda sobiq SSSR davrida amalga oshirilgan

“Hujum” harakati va uning oqibatlarini o’rganish, shu davrdagi ayollar qismati, bu jarayonning

ijobiy va salbiy jihatlarini tadqiq qilish tariximizning muhim qismini tashkil etadi. Aytib o’tish

kerakki, ayollarni ozod qilish ya’ni ularning ta’lim olish, jamoat ishlarida qatnashish, erkaklar

bilan teng huquqliligini ta’minlash g’oyalari “Hujum” harakatidan ancha oldin jadidlar

tomonidan ilgari surilgan edi. Ularning g’oyaviy qarashlarida ayollarni ma’naviy-ma’rifiy

rivojlantirmasdan turib, butun millatni ilmli va ma’rifatli qilib bo’lmasligi ta’kidlangan edi.

Sobiq SSSR davrida o’lkamizda ayollarni ozod qilish bo’yicha amaliy ishlar 1919-yil 12-

noyabrda RKP Turkiston o’lka qo’mitasining xotin-qizlar bo’limini tashkil etish bilan boshlandi.

Dastlab u asosiy e’tiborni viloyat va tuman xotin-qizlar bo’limlarini ochishga qaratdi. Ammo

shuni alohida ta’kidlash kerakki, kommunistik mafkura ayollar muammosini avvalo sotsialistik

qurilish strategiyasiga bo’ysundirdi, bu ayollar uchun teng huquqlilik tushunchasini buzdi. Bu

ayollarga qo’shimcha huquqlar berish (ularning ikki tomonlama uyda va ishdagi mas’uliyatini

hisobga olgan holda) gender tengligi sifatida emas, balki birinchi navbatda erkaklar bilan

mehnatda tenglik sifatida qarala boshlandi.

O‘rta Osiyo hududi sovet davlati tarkibiga kiritilgach, mahalliy boshqaruv tizimi, jamiyatdagi

ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy sohalar yangicha asosda qurila boshladi. Bu jarayonda hukumat

mahalliy xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni “zamonaviylashtirish”, jamiyatda

erkaklar bilan teng faoliyat yuritishini ta’minlash (keyinchalik ular mehnatidan keng foydalanish)

masalasiga jiddiy e’tibor qaratdi. Ushbu jarayonni yanada tezlashtirish masalasi O‘rta Osiyo

partiya komiteti xotin-qizlar bo‘limlari xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan kengashda muhokama

etilib (1926-yil sentabr), ayollarni majburiy ravishda “ozodlikka chiqarish”, ya’ni paranjidan

xalos etishga qaror qilindi. [4. B. 105]


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

302

Materiallar va usullar.

1926-yil “Hujum” harakati boshlanib, asosiy masalalardan biri ayollar

paranjisini olib tashlash edi. O’sha vaqtda buni ko’pchilik ijobiy idrok etishga tayyor emas edi.

Buning natijasida xotin-qizlar ijtimoiy foydali mehnatga, jamoatchilik ishlariga faol tortila

boshlandi. VKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosining 1926-yil sentabrdagi maxsus qarori asosida bu

harakatni sun’iy ravishda tezlashtirishga kirishildi. Oqibatda bu majburiy harakat «Hujum»

nomini oldi. Uni o‘zbek xotin-qizlari xursandchilik bilan kutib oldi. Chunki, ochiq yurish, ilm

olish, erkaklar bilan teng huquqli bo‘lish ularning ham asriy orzusi edi. Biroq bu borada

qo‘llanilgan zo‘rlash, majburlash yo‘li va usullari o‘zining salbiy natijalarini bermasdan qolmadi.

1927-yilga kelib o’z safida mahalliy millatlardan 25 ming a’zoga ega bo’lgan O’zbekiston

kompartiyasiga Hujumning tashkilotchisi bo’lish va namuna ko’rsatish vazifasi yuklandi. Ular

kommunist sifatida o’z xotinlarini paranji yoqiladigan joyga majburan olib borib paranjisini

yoqtirishar, ertasiga yana paranji yopinishga majburlashar edi. 1927-yil oktabrdagi partiya

komitetida bunday harakatlar “maishiy jinoyat”deb belgilandi va ularni partiya safidan

o’chirishgacha bo’lgan jazo qo’llanishiga qaror qilindi. Uning ijrosini ta’minlash uchun partiya

saflarida tozalash o’tkazildi. [6.B.377] 1927–1928-yillarda «Hujum» harakati yanada keng

quloch yozdi. Paranji tashlagan ayollar uchun 32 ta savodsizlikni tugatish maktablari tashkil

qilindi. 1927-yilda birgina Qo‘qon okrugida bunday maktablar soni 75 taga yetkazildi.

Toshkentning Eski shahar qismida 1409 o‘quvchini qamrab olgan 35 ta ayollar maktabi faoliyat

ko‘rsatdi.

Natijalar.

1927-yilda O’zbekistonda 100 ming ayol paranjisini yechdi. Hujum harakati davrida

O’rta Osiyo ayollari ko’proq ezildi chunki, sinfiy va oilaviy zulmga milliy zulm ham qo’shildi.

Bu yerda ayollar uy ishchisi, erkakning shaxsiy mulki darajasida edi, buni to’lov evaziga sotib

olingan deb ham tushunish mumkin. Ko’pincha xotinlar akasi vafot etsa ukasiga meros bo’lib

o’tgan, kichik yoshdagi qizlarni sotish, o’g’irlik, kaltaklash qotillik kabi holatlar sodir bo’lgan.

Merosga nisbatan ham shunday, erkak merosxo’r bo’lmasa, mulk vafot etgan oila boshlig’iga

qolgan. [7.B.398.] Ko’p asrlik an’ana va urf-odatlarni bir zumda yo’q qilish mumkin emas edi,

ammo totalitar tuzum o’rnatishga bo’lgan urinishlarni ham to’xtatib bo’lmas edi.

Tez orada Hujum harakati shu darajada tez rivojlandiki, O’zbekiston va Turkmaniston o’rtasida

ozod bo’lgan ayollarning soni bo’yicha musobaqa boshlanib ketdi. Bu “Millionlar shartnomasi”

nomi bilan tarixga kirdi. O’zbekiston mehnatkash ayollarining birinchi qurultoyida barcha

hududlardan va qo’shni viloyatlardan shuningdek, Ozarbayjon kabi musulmon davlatlardan

ayollar kelib, O’rta Osiyo ayollari duch kelayotgan muammolarni muhokama etish va hal qilish

uchun jamlandi. Bu kompaniya mamlakatdagi gender munosabatlari ijtimoiy-siyosiy kuchlar

bilan qanchalik bog’langanligini va o’zbek milliy o’zligini shakllantirishda ayollarning ishtiroki

muhimligini ko’rsatdi. [8.B.399.] Bu musobaqaga sud organlari, ichki ishlar organlari ham

qo’shildi. Hujum boshlanishi bilan ayollar tomonidan ajralish arizalarini berish ko’paydi. Bular

sovet hukumatining balog’atga yetmagan qizlarni erga berish, qalin berish, qizlarning ruxsatisiz

nikoh o’qitishni ta’qiqilash kabi yangi qonunlariga tayanib, o’zlarining mutaasib yoki keksa

erlaridan ajralishni istagan ayollarning murojaati edi. Sudga ajralish haqida ariza bergan ayollar

o’sha davrda musulmon odati bo’yicha erlari yoki akalari tomonidan jazolandilar.

Hujum kompaniyasi 1927-1928-yillarda O’zbekistonda 2.5 mingdan ortiq faol xotin-qizlar

qishloq, tuman kengashalri a’zolari, xotin-qizlar klublari va kutubxona mudirlari o’ldirilgan.

Xorazm viloyati prokurori bergan ma’lumotda “ko’rib chiqilgan atigi 20 ta jinoiy ishda 68 nafar

ayol o’limi ma’lum bo’lgan” deya ta’kidlanadi. Boshqa bir hujjatda 1928-yilda respublika

bo’yicha 208 ayol o’limi bilan bog’liq jinoiy ish ko’rilgani, haqiqatda esa bu raqam ancha katta


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

303

ekani, masalan, birgina Xorazm viloyatida 68 ayol o’ldirilgani-yu bor-yo’g’i 20 ta jinoiy ish

qo’zg’atilgani, okrug prokurorlarining 1929-yil to’rt oyi yuzasidan topshirgan hisobotida esa 21

ayol o’ldirilgani, 2 nafari jarohatlangani qayd etilgan. [9] Buning natijasida qator viloyatlarda

xotin-qizlar tomonidan terrorga qarshi namoyishlar o’tkazildi. Shundan so’ng hukumat xotin-

qizlar huquqlarini qonuniy jihatdan himoyalashni kuchaytirishga majbur bo’ldi.

Munozara.

Harakat dastlab ehtiyotkorlik bilan amalga oshirila boshlandi. Ayollarga og’ir

mehnat talab qilinadigan ishlarda ishlash man etilgandi. Keyinchalik bu o’zgarib, ayollar ham

bemalol qurilishda, qishloq xo’jaligida og’ir mehnatlarda erkaklar bilan teng mehnat qilishi

mumkinligi e’lon qilindi. G’isht tashish, terish, duradgorlik va hokazo ishlarga keng jalb qilindi.

Qishloq xo’jaligida esa erkaklardan ham o’zib ketayotgani ta’kidlandi. 1939-yilda 2500 nafar

xotin-qizlar majburan traktorchilik kurslarida o’qishga jalb qilindi. [10 B.232.]

Shunday bo’lsa-da, “Hujum” harakatining o‘sib borishi davomida ayollarning bilim olishi,

jamiyatda erkaklardan kam bo’lmagan mavqega ega bo’lishi imkoniyatlari yuzaga chiqdi. 1937-

yilga kelib 273637 nafar o‘zbek xotin-qizlari savodsizlikni tugatish kurslarini muvaffaqiyatli

bitirdilar. Ayol ishchilar va xizmatchilar soni 1940-yilda 232 ming kishiga yetdi. Bu esa butun

respublikadagi ishchilarning 40,7 foiziga teng edi. Shu bilan birga, bu harakat ko‘pgina salbiy

oqibatlarning yuz berishiga ham sabab bo‘ldi. «Hujum» harakatida faol ishtirok etib, butun ongli

hayoti, faoliyatini sotsializm ishiga, uning soxta g‘oyalari chinligiga ishongan qancha-qancha

ilg‘or xotin-qizlar keyinchalik qatag‘on qurboni bo‘ldilar. [11.B. 279.]

Xulosa.

O‘zbekistonda sovetlarning xotin-qizlar bilan bog‘liq ijtimoiy-siyosiy tadbiri tufayli

o‘zbek ayollari ruhan uyg‘ondi, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida erkin, faol qatnasha

boshladi. Ammo, sovet davrida bu jarayonga birtomonlama qaralib, faqat ijobiy baho berilgan

bo‘lsa-da, o‘sha davrga tegishli ko‘plab birlamchi manbalar mahalliy aholining tarixan tarkib

topgan turmush tarzi, urf-odatlari, islom dini bilan bog‘liq an’analar hisobga olinmagani bois, bu

ishlar salbiy oqibatlar bilan kechganidan dalolat beradi. [12] Ziddiyatlar va yo’l qo’yilgan

xatolarga qaramay, jismoniy va ma’naviy yo’qotishlar qaramay, “Hujum” harakati o’zbek

ayollarining ozodlikka chiqishida, teng huquqlilikka erishishida, ijtimoiy hayotda erkaklar bilan

barobar mavqega ega bo’lishida muhim tarixiy bosqich bo’ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Аlimuhammedova N. Globallashuv sharoitida gender identiklik muammosi. “Xotin-qizlаrni

tаzyiq vа zo‘rаvonlikdаn himoya qilishning mа’nаviy-huquqiy аsoslаri” mavzusidagi

xаlqаro ilmiy-аmаliy onlаyn konferentsiya materiallari (2022 yil 4 mart) 227 B. 36-bet.

2. Г.Бок. История, история женщин, история полов//Гендер тадқиқоти асослари курси

хрестоматияси. –Тошкент: Ўзбекистон, 2003. –Б. 367

3. Гендер тадқиқоти асослари курси хрестоматияси. –Тошкент: Ўзбекистон, 2003. –Б.371

4. O‘zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. Ilmiy

muharrir Jo‘raev M. Toshkent, “Sharq”, 2000. 105-bet

5.

O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

6. O’zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida.

Tuzuvchilar; Jo’rayev M, Nnurallin R. Kamolov S va boshq.; -T.; Sharq. 2000. 688 bet.

377-bet.

7. Markaziy Osiyo tarixining dolzarb muammolari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

materiallari. Тоshkent, 2022 yil 25 noyabr. 436 B. 398-bet

8. Саидова С. Движение худжум. Markaziy Osiyo tarixining dolzarb muammolari. Xalqaro

ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Тоshkent, 2022 yil 25 noyabr. 436 B. 399-bet


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

304

9. Rossiya Federatsiyasi davlat arxivi, 374-fond, 27-ro‘yxat, 1708-ish, 86-87-varaqlar.

10. Ражабов K. Ўзбекистоннинг XX аcрдаги тарихи. (2-китоб) [Матн] /- Тошкент;

Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси “Фан” нашриёти давлат корхонаси,

2023. - 250 бет. 232-б.

11. Usmonov Q. O‘zbekiston tarixi: oliy o‘quv yurtlarining bakalavrlari uchun darslik. Q.

Usmonov, M. Sodiqov, S. Burxonova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim

vazirligi. – Toshkent: «IQTISOD-MOLIYA», 2016. – 496 b.279-b.

12. Yermetov A. Qimmatga tushgan ozodlik. Tafakkur jurnali. 2017. 2-son.

Библиографические ссылки

Аlimuhammedova N. Globallashuv sharoitida gender identiklik muammosi. “Xotin-qizlаrni tаzyiq vа zo‘rаvonlikdаn himoya qilishning mа’nаviy-huquqiy аsoslаri” mavzusidagi xаlqаro ilmiy-аmаliy onlаyn konferentsiya materiallari (2022 yil 4 mart) 227 B. 36-bet.

Г.Бок. История, история женщин, история полов//Гендер тадқиқоти асослари курси хрестоматияси. –Тошкент: Ўзбекистон, 2003. –Б. 367

Гендер тадқиқоти асослари курси хрестоматияси. –Тошкент: Ўзбекистон, 2003. –Б.371

O‘zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. Ilmiy muharrir Jo‘raev M. Toshkent, “Sharq”, 2000. 105-bet

O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

O’zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. Tuzuvchilar; Jo’rayev M, Nnurallin R. Kamolov S va boshq.; -T.; Sharq. 2000. 688 bet. 377-bet.

Markaziy Osiyo tarixining dolzarb muammolari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Тоshkent, 2022 yil 25 noyabr. 436 B. 398-bet

Саидова С. Движение худжум. Markaziy Osiyo tarixining dolzarb muammolari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Тоshkent, 2022 yil 25 noyabr. 436 B. 399-bet

Rossiya Federatsiyasi davlat arxivi, 374-fond, 27-ro‘yxat, 1708-ish, 86-87-varaqlar.

Ражабов K. Ўзбекистоннинг XX аcрдаги тарихи. (2-китоб) [Матн] /- Тошкент; Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси “Фан” нашриёти давлат корхонаси, 2023. - 250 бет. 232-б.

Usmonov Q. O‘zbekiston tarixi: oliy o‘quv yurtlarining bakalavrlari uchun darslik. Q. Usmonov, M. Sodiqov, S. Burxonova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent: «IQTISOD-MOLIYA», 2016. – 496 b.279-b.

Yermetov A. Qimmatga tushgan ozodlik. Tafakkur jurnali. 2017. 2-son.