Авторы

  • Egamberganova Gulhayo Adamboy qizi
    Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand, O'zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107494

Ключевые слова:

Xorijiy tillar xalqaro grandlar tadqiqotlar almashinuv dasturlar UGRAD ERASMUS NSP SUSI

Аннотация

Ushbu maqola xorijiy tillarni o'rganishning hayotimizdagi ahamiyati va u orqali ochiladigan xalqaro imkoniyatlar haqida muhokama qiladi.Bilamizki, til faqatgina aloqa vositasi bo'libgina qolmay u madaniyatlararo kóprik, tajriba va bilim almashinuvi vositasi ham hisoblanadi. Shuningdek, maqolada chet tillarini o'rganish borasida hozirda yurtimizda yaratilayotgan shart-sharoitlar va ularning afzalliklari keng yoritib beriladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

289

XORIJIY TILLARNI O'RGANISHNING HAYOTIMIZDAGI AHAMIYATI VA

XALQARO IMKONIYATLAR

Egamberganova Gulhayo Adamboy qizi

Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti, Samarqand

davlat chet tillar instituti, Samarqand, O'zbekiston

Annotatsiya:

Ushbu maqola xorijiy tillarni o'rganishning hayotimizdagi ahamiyati va u orqali

ochiladigan xalqaro imkoniyatlar haqida muhokama qiladi.Bilamizki, til faqatgina aloqa vositasi

bo'libgina qolmay u madaniyatlararo kóprik, tajriba va bilim almashinuvi vositasi ham

hisoblanadi. Shuningdek, maqolada chet tillarini o'rganish borasida hozirda yurtimizda

yaratilayotgan shart-sharoitlar va ularning afzalliklari keng yoritib beriladi.

Kalit So’zlar:

Xorijiy tillar, xalqaro grandlar, tadqiqotlar, almashinuv dasturlar, UGRAD,

ERASMUS+, NSP, SUSI

Bugungi globallashib borayotgan davrda chet tillarni o'rganish zamon talabiga aylanmoqda.

Buning natijasida ko'plab yoshlarga xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan ishtiyoq yanada ortmoqda.

Ilgari chet tilini bilish qo‘shimcha bilim sifatida qaralgan bo‘lsa,bugungi kunda u har bir inson

uchun zaruratga aylangan. Xalqaro biznes, ta’lim, texnologiya va ilm-fan sohalarida

muvaffaqiyatga erishish uchun kamida bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi. Hozirgi kunda

mehnat migrasiyasi tabiiy jarayon hisoblanadi. Xalqaro Mehnat tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra,

hozirda dunyoda 170 milliondan ortiq mehnat migrantlari bor. Xorijiy tillarni bilmagani tufayli

migrantlarning asosiy qismi Rossiya va Qozog‘istonda faoliyat olib bormoqda. Tilni yetarli

darajada bilmaslik va yetarli kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmaslik natijasida ko‘p fuqarolarimiz

ushbu davlatlarda malaka talab tilmaydigan ishlarda mehnat qilyotgani sir emas, albatta[1]. Shu

boisdan chet tillarni o'rganishning har tomonlama biz uchun afzalliklarga ega ekanligini

anglashimiz darkor. Masalan, ingliz tili hozirda dunyo miqyosida xalqaro til sifatida qabul

qilingan bo‘lib, ko‘plab kasb va sohalarda asosiy muloqot vositasi hisoblanadi. Shuningdek,

xitoy, nemis, fransuz, rus, arab va ispan tillari ham ko‘plab davlatlarda muhim o‘rin

tutadi.Bundan tashqari, chet tillarni bilishning bir qancha arzirli foydalari ham mavjud. Xususan,

birinchi navbatda, karyera va ish imkoniyatlarini kengaytirish misolida olib qaraganda, chet

tillarni bilish mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshiradi. Hozirda xalqaro kompaniyalar bir

nechta tilni biladigan mutaxassislarga katta ehtiyoj sezmoqda. Xorijiy tillarni bilish orqali yuqori

maoshli ish o‘rinlariga ega bo‘lish, chet elda ta’lim olish yoki biznes yuritish imkoniyati oshadi.

Ikkinchidan, Ilm-fan va texnologiyadan xabardor bo‘lish imkoniyati jihatidan qaralganda

ko‘plab ilmiy tadqiqotlar, maqolalar va texnologik yangiliklar asosan, ingliz yoki boshqa xalqaro

tillarda nashr etiladi. Agar chet tilini bilsangiz, yangi bilimlarni o‘z vaqtida o‘rganish va o‘z

sohangizda oldinda bo‘lish imkoniga ega bo‘lasiz. Uchinchidan esa, sayohat qilish va yangi

madaniyatlarni o‘rganishdir. Chet tilini bilish sayohatlarni osonlashtiradi. Yangi joylarga

borganingizda mahalliy aholi bilan bemalol muloqot qilishingiz, ularning madaniyati va urf-

odatlarini chuqurroq o‘rganishingiz mumkin.

To’rtinchi navbatda, aqliy rivojlanish va xotira mustahkamligini aytish o’rinlidir. Chunki, ilmiy

tadqiqotlarga ko‘ra, chet tilini o‘rganish inson miyasi uchun ajoyib mashq hisoblanadi. Bu

xotirani mustahkamlash, mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish va muammolarni hal qilish

ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi va so’ngi yoshlar uchun eng foydali taraflaridan

biri bu- xalqaro ta’lim grantlari va almashinuv dasturlaridir. Ya’ni yoshlar chet tillarini o'rgatish

orqali xalqaro grandlarni qo’lga kiritish imkoniyatiga ham egadirlar. Xususan, ingliz tilini


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

290

o'rganib, almashinuv dasturlari orqali eng nufuzli chet el universitetlarida ta’lim olishi mumkin.

Xususan, Erasmus+, UGRAD (Global Undergraduate Exchange Program), SUSI (Study of the

U.S. Institutes) NSP( National Scholarship Program) grand loyihalari shular jumlasidandir.

Davlatimiz prezidenti: "Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun

mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh

davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib o‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej

va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qat’iy

talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim" [2], – deb

ta’kidlab o’tgani bejiz emas. Chunki kundan kunga chet tillarini o'rganishga bo'lgan e'tibor

kuchaytirilib "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarini o'rganishni ommalashtirish faoliyatini

sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qonun ham qabul

qilingan va qonunda quyidagi jihatlar alohida e'tibor qaratilgan: o‘rganish uchun zarur

sharoitlarni yaratish, xalqaro tajriba asosida ta’lim tizimini takomillashtirish, bozor ehtiyojlariga

asoslangan til o‘qitish, uzviy ta’lim zanjirini yo‘lga qo‘yish, til o‘rganish uchun interaktiv

kontent yaratish, tarjimonlik faoliyatini rivojlantirish, monitoring va tahlil ishlari. Bunga

qo’shimcha tarzda xorijiy tillarda yuqori ko’rsatkichli(C1) sertifikatiga ega yoshlar 3-4 kurs

talabasi bo’lishiga qaramasdan umumta’lim maktablarida ishlash imkoniyatiga, IELTS 7+

natijaga erishgan yoshlar imtihon xarakatlarini qaytarib olish huquqiga ham ega bo’lishgan.

Bularning hammasi biz yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlarning hali

boshlanishi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Chet tillarni bilish – zamonaviy jamiyatda muvaffaqiyat

kalitlaridan biridir va bizga yaratilayotgan imkoniyatlardan to’g’ri va unumli foydalanish, xorijiy

tillarini mukammal o’rganib yurtimiz ravnaqi uchun o’z hissamizni qo’shishimiz bu

imkoniyatlardan keng ko’lamda foydalanib O’zbekiston yoshlarini dunyoga tanitishimiz bizning

maqsad va burchimizga aylanishi lozim. Shunday ekan, hozirdan til o‘rganishga jiddiy kirishib,

xalqaro imkoniyatlardan foydalanish va kelajak uchun mustahkam poydevor qurish vaqti keldi!

REFERENCES:

1. https://m.aniq.uz

2. O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitish bo‘yicha tizim

3. yangilanadi//https://oz.sputniknews.uz/20210507/ozbekistonda-chet-tillarini-oqitish-

bo'yicha-tizim-yangilanadi--mirziyoyev-qarori-18634349.html

4. NOSIROVA D.2023. YANGI O'ZBEKISTONDA XORIJIY TILLARNI MUKAMMAL

BILISH ERTANGI KUN KELAJAGIMIZ POYDEVORIDIR CENTRAL ASIAN

JOURNAL

OF

EDUCATION

AND

INNOVATION,

https://doi.org/10.5281/zenodo.8267748

5.

https://grandgo.uz

6.

https://lex.uz

7. Ravshanova O, O'razaliyeva R.2024, "Chet tillarini O'rganishning Imkoniyatlari Va Buning

Uchun Yurtimizda Yaratilgan Sharoitlar", Journal of Innovation in Volume: 2 Issue: 8 Year:

2024

8. Educational and Social Research ISSN: 2992-894X

http://journals.proindex.uz201

Библиографические ссылки

O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitish bo‘yicha tizim

NOSIROVA D.2023. YANGI O'ZBEKISTONDA XORIJIY TILLARNI MUKAMMAL BILISH ERTANGI KUN KELAJAGIMIZ POYDEVORIDIR CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION, https://doi.org/10.5281/zenodo.8267748

Ravshanova O, O'razaliyeva R.2024, "Chet tillarini O'rganishning Imkoniyatlari Va Buning Uchun Yurtimizda Yaratilgan Sharoitlar", Journal of Innovation in Volume: 2 Issue: 8 Year: 2024

Educational and Social Research ISSN: 2992-894X http://journals.proindex.uz201