INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
337
SUN’IY INTELLEKTNING ZAMONAVIY JURNALISTIKADA QO‘LLANILISHI
Eshmirzayeva Zarnigor
O’zbekiston davlat Jahon tillari universiteti
Xalqaro jurnalistika fakulteti magistranti
Annotatsiya:
Bugungi kunda turli aqlli texnika vositalari kirib bormagan inson faoliyatini
tasavvur qilish qiyin. Aqlli mashinalar inson hayotiga har sohada kirib borib, uning ishini
yengillashtirmoqda va uning vazifalari bir qismini o’z bo’yniga olmoqda. Ushbu maqolada
zamonaviy jurnalistikada sun’iy intellektning qo’llanilishi, uning sohaga kirib kelishi, kamchilik
va yutuqlari hamda sun’iy intellektning media sohasidagi rivojlanish imkoniyatlari haqida fikr
yuritiladi. Bundan tashqari, sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarning xorij OAV da
qo’llanilishiga misollar keltiriladi: Heliograf, Quackbot, Guardian Chatbot va boshqalar.
Bugungi kunda o’tkazilayotgan tajribalar asosida yangi avlod mashinalarida emotsional spektrni
aniqlash imkoniyatlari ham ko’rib chiqildi.
Kalit so’zlar:
sun’iy intellekt, zamonaviy jurnalistika, avtomatlashgan jurnalistika, media,
algoritmlar, bot, sun’iy intellektga asoslangan yangi avlod texnologiyalari.
Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda zamonaviy yangi avlod texnologiyalari
deyarli barcha inson faoliyati doirasiga jadallik bilan kirib bormoqda. Aqlli mashinalarni biz har
daqiqada, hamma joyda, hamma vaqtda uchratishimiz mumkin. Ular bugungi barcha sohada;
ta’lim sohasi, sog’liqni saqlash, xizmat ko’rsatish, iqtisod va huquq - bularning barchasi hozirgi
kunda aqlli mashinalarga, xususan, sun’iy intellektga kam yoki ko’proq nisbatda asoslangan.
Ushbu sun’iy intellekt texnologiyalari jadallik bilan kirib kelayotgan sohalardan yana biri
ommaviy axborot vositalaridir. Media sohasiga yangi texnologiyalarning kirib kelishi bilan
jurnalistik amaliyotda katta o’zgarishlar ro’y bera boshladi: raqamli texnologiyalar hamda
internetning rivojlanib borishi, axborot texnologiyalarning globallashuvi ommaviy axborot
vositalarining ham avtomatlashuviga, sohada misli ko’rilmagan tezkorlikda ishlovchi “zamovaiy
jurnalistlar”ning paydo bo’lishiga, internet jurnalistikasi, blogsoha kabi bir qator yangi
tushunchalarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi.
Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalardan butun dunyoda keng foydalanilishining bir qator
sabablari bor bo’lib, ulardan birinchisi ushbu texnologiya insondan ko’ra bir necha barobar tez
axborotni qayta ishlaydi va tahlil qiladi, ikkinchi tomondan esa, avval faqat inson tomonidan
boshqarilgan jarayonlarni ham sun’iy intellekt bemalol bajarishi mumkin.
Bugungi kunda sun’iy intellektning paydo bo’lishi va uning sohaga kirib kelishi bilan an’anaviy
jurnalistikaning qiyofasi ham o’zgarib borar ekan, endi bu maydonda faqat ommaviy axborot
vositalari-axborot iste’molchisi emas, balki sun’iy intellekt ham paydo bo’ldi.1 Ularning
o’rtasidagi muloqot jarayonida borgan sari sun’iy intellektning ham o’rni oshib bormoqda.
1
Суходолов Ф.П., Бычкова А.М., Ованесян С.С. Теория журналистики и средств массовой информации. Вопросы
теории и практики журналистики.2019, №4
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
338
“Sun’iy intellekt” iborasining muallifi aslida Jon Makkarti hisoblanadi. 1956-yilda Fond
Rokfellerning moliyaviy yordami bilan Jon Makkarti tomonidan tashkil etilgan Dartmund yozgi
oromgohida yig’ilgan matematik olimlar tomonidan yangi texnologiyaga qanday nom berish
bo’yicha takliflar o’rtaga tashlanadi va shu tariqada “sun’iy intellekt” atamasi paydo bo’ladi.
“Ushbu “sun’iy intellekt” atamasining o’zi ikki yuzta rasmiy ta’rifga ega, -deydi
S.V.Karelov2,bu sohadagi rus mutaxassislaridan biri. Texnologiyaning keng doirasida, biznes
sohasi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar uchun qo’llaniladigan ushbu konsepsiya turli mazmun bilan
to’ldiriladi”.
Hozirgi davrda sun’iy intellektning turli ko’rinishlari mavjud bo’lib, ulardan media sohasida ham
turlicha shaklda foydalanilmoqda. Shunday zamonaviy texnologiyaga asoslangan
jurnalistikaning bir ko’rinishi bu kompyuter algoritmlari yordamida yaratilgan sun’iy intellektga
ega bo’lgan yordamchi botlardir. Biz sun’iy intellektga asoslangan ushbu texnologiyalarning
jurnalistikada qo’llanilishiga doir bir nechta misollarni keltirib o’tdik.
Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarga misollar va ularning
jurnalistikada
qo’llanilish doirasi3
Ishlab chiqaruvchi
Ushbu
texnologiyalardan
foydalanuvchi OAV
Texnologiyalarning
qo’llanilish doirasi
Reuters News Tracer /
Thomson Reuters
Reuters
Ijtimoiy
tarmoqlardagi
asosiy kun yangiliklarini
kuzatish va Twitterdagi4
ma’lumotlarning
ishonchliligini tekshirish
Wordsmith
/
Automated
insights5
Associated Press
Moliyaviy
ma’lumotlarga
asoslangan
hisobotlarni
yaratish
Heliograf / The
Washington Post6
The Washington Post
Sport tadbirlari va saylov
kampaniyalarini yoritish7
2 Гурова Т. Хакнуть человечество / Т. Гурова // Эксперт. — 2019. — № 3. — С. 40–48.
3 Суходолов Ф.П., Бычкова А.М., Ованесян С.С. Теория журналистики и средств массовой информации. Вопросы
теории и практики журналистики.2019, №4
4 The making of Reuters News Tracer // Thomson Reuters. 2017. URL: https://blogs.
thomsonreuters.com/answerson/making-reuters-news-tracer
.
5
Automated Insights. URL: https://automatedinsights.com. Известно, например, что в 2014 г.
Wordsmith написал и опубликовал миллиард заметок
6
Arc Publishing. URL: www.arcpublishing.com.
7
The Washington Post leverages automated storytelling to cover high school football // The
Washington Post. URL: https://www.washingtonpost.com/pr/wp/2017/09/01/the-washington-postleverages-
heliograf-to-cover-high-school-football/?utm_term=.9779d899278e.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
339
Ilova interfeysini dasturlash
Perspective / Jigsaw
(Alphabet / Google)8
The New York Times
O’quvchilarning fikrlarini
moderatsiya qilish
Reuters Connect9
Reuters
Platforma
Reutersning
barcha
kontentini,
shu
jumladan,
arxivini,
shuningdek,
media
hamkorlar kontentini real
vaqt rejimida butun dunyo
bo’ylab namoyish etadi.
Newswhip
Associated Press
Dastur
har
qanday
kontentning yettita eng yirik
ijtimoiy
platformada
tarqalishini bir necha daqiqa
ichida e’lon qilingandan
keyin kuzatib boradi va
yaqin
kelajakda
tomoshabinlarni
nima
hayajonlantirishi
haqida
bashorat qilish imkonini
beradi
Quackbot10
Dunyo
bo’ylab
1650
dan
yangiliklar
bo’limlarida
qo’llaniladi, 8000 dan ortiq
foydalanuvchilari bor
Bot istalgan veb-sahifaning
skrinshotlarini
olishi
mumkin,
tadqiqot
mavzusini hisobga olgan
holda ishonchli ma’lumotlar
manbalarini taklif etishi
mumkin, PDF hujjatlarni
DocumentCloudga yuklash,
PDF hujjatlardan matn va
diagrammalarni
chiqarib
olish,
veb-saytlardagi
o'’garishlarni
kuzatish,
tezkor
diagrammalar
yaratish va boshqalar
Guardian Chatbot11
Guardian
Bot
o’quvchilar
bilan
yangiliklar
haqida
suhbatlashish, eng mashhur
sarlavha yoki hikoyalarni
keltirish orqali muloqot
8
Perspective. URL: https://www.perspectiveapi.com/#.
9
Reuters Connect. URL: https://agency.reuters.com/en/reuters-connect.html.
10
Bot Studio. URL: https://bots.qz.com.
11
The Guardian Chatbot // Product Hunt. URL: https://www.producthunt.com/posts/theguardian-
chatbot.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
340
qiladi12
Wibbitz13
Reuters, USA Today,
Bloomberg, Forbes, NBC
Avtomatik tarzda olingan
videomaterialdan
kesib
olish orqali qisqa videolarni
tayyorlash
Lynx Insight / Reuters
Reuters
Ma’lumotlarni tahlil qilish,
hikoyalar uchun g’oyalarni
taklif etish, matnning bir
qismini avtomatik yozish
Factmata14
Joriy
tendensiyalarni
kuzatish, yaqin kelajakda
dolzarb
bo’ladigan
mavzular bo’yicha bashorat,
zararli
elementga
ega
bo’lgan kontentni aniqlash
2015-yilning oxirida Automated Insights o’zining yangi Wordsmith deb nomlangan
platformasini ishlab chiqdi, ushbu platforma orqali har bir professional malakaga ega
foydalanuvchi o’zining ma’lumotlarini kiritish orqali avtomatik tarzda o’zlarining matnlarini
yaratish imkoniga ega bo’ldi. Assosiated Press yuzaga kelgan vaziyatdan birinchi bo'lib
foydalangan kompaniya edi. AQShda har kvartalda kompaniyalar o'zlarining daromadlari va
zararlari bo'yicha hisobotni chop etib borishadi. Associated Press jurnalistlari har kvartalda
ushbu hisobotlarni kuzatib borishadi va shu raqamlarga asoslanib o'zlarining ma'lumotlarini
tayyorlab borishadi.Wordsmith ma'lumotni oddiy tilda yozma hikoyaga aylantirish uchun tabiiy
til generatsiyasidan foydalanganligi sababli, platforma Zacks Investment Research
kompaniyasidan olingan daromad ma'lumotlarini bir soniyaning ichida Associated Press
tomonidan chop etilgan hikoyaga aylantiradi. Shunday qilib, Wordsmith jamoasi Associated
Press uslubida maqolalar yozish uchun tabiiy tillar generatsiyasi mexanizmini o'rnatdi. Natijada
Associated Press har kvartalda 4400 dan ortiq daromadlar bo'yicha hisobotni tayyorlamoqda- bu
soha jurnalistiga nisbatan 15 barobar tez degani.
2016 yilning may oyida Financial Times gazetasining jurnalisti Sara Okonnor rasmiy
ma'lumotlarga asoslangan holda Buyuk Britaniyadagi bandlik to'g'risida maqola yozish bo'yicha
sun'iy intellekt bilan bellashadi. Mashina jurnalistga nisbatan ishni tez bajaradi: Sara Okonnor 35
minutda maqolani yozib tugatgan bo'lsa, sun'iy intellekt 12 daqiqada maqolani tugatadi,
shuningdek, mashina tomonidan tayyorlangan matn ishonchli dalillarga to'la edi. Ammo sun'iy
intellektga eng kerak jihat unda yo'q edi- bu yangilikning muhimligini aniqlash va muhim
yangiliklarni boshqa ahamiyatsiz, zerikarli ma'lumotlardan ajratib olish. Vaholanki, sun'iy
12
Introducing the Guardian Chatbot // Support The Guardian. URL: https://www.theguardian.
com/help/insideguardian/2016/nov/07/introducing-the-guardian-chatbot
13
Wibbitz. URL: https://www.wibbitz.com.
14
Factmata. URL: https://factmata.com.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
341
intellekt ushbu davrda ishsizlik bo'yicha hech qanday o'zgarish bo'lmaganligini to'g'ri ko'rsatib
bera olgan, ammo shu yilda arizachilar soni oshganligini nazardan qochirgan.
S. Karelov IBM Debater dasturi bilan o'tkazilgan tajribani tahlil qiladi, ushbu tajribada IBM
Debater munozara bo'yicha jahon chempioni angliyalik Harish Nataray bilan oldindan o'zlari
shug'ullanmagan mavzu bo'yicha munozara o'tkazish borasida bellashishadi. Raqiblarning har
biriga mavzu bo'yicha tayyorlanish uchun 15 minutdan vaqt beriladi. Bunda Nataray davlat
maktablarni moliyaviylashtirmasligi kerak degan fikrni beradi, IBM Debater shu fikrning
qarama-qarshisini himoya qiladi, e'tiborlisi u 15 minut davomida 4 mlrd dan ortiq hujjatlarni
tahlil qiladi va 72 davlatning oxirgi oltmish yillik tajribasini o'rgangan holda ma'lumotlarni
raqamlarda va grafiklarda umumlashtirgan holda mukammal nutqni namoyish etadi. Shunga
qaramasdan, electron ovoz berishda Harish Nataray g'olib bo'ladi, musobaqa oxirigacha
ko'pchilik mashinaning fikrlarini qo'llab-quvvatlagan bo'lsa, yakuniy qismda ko'pchilik
maktablarni davlat tomonidan moliyaviylashtirishga qarshi chiqishdi. Buning sababi esa, Nataray
o'z fikrlarini berishda emotsiyalardan foydalanadi, uning nutqi emotsiyali bo'lganligi sababli
ko'proq ta'sirga ega bo'ldi, ammo sun'iy intellekt emotsiya yo'q va shu jihatdan mashinaning
yutqizishi aniq edi, deydi Karelov.
Lekin hozirgi davrda IBM da allaqachon emotsiyalarni farqlovchi dastur mavjid bo'lib, u kinoya
nima ekanligini ham biladi. Expressive Text to Speech kognitiv tizimi nafaqat nutqni o'qiy oladi,
balki uning matnidagi tagma'no va emotsion rang-baranglikni ham aniqlay oladi.
Bugungi davrda sun'iy intellekt va algoritmlar zamonaviy jurnalistikaning ajralmas bir qismiga
aylanib ulgurdi, demak, yangi avlod texnologiyalarini o'rganish va shu asosida faoliyat yuritish
zamonaviy jurnalistning asosiy vazifalaridan biri bo'lishi kerak. Turli mutaxassislar tomonidan
sun'iy intellektning inson o'rnini batamom egallashi, bu insonlarning ommaviy ishsizligiga olib
kelishi mumkinligi to'g'risidagi firklarni ham to'lig'icha to'g'ri deb bo'lmaydi. Chunki, o'tgan davr
mobaynida zavod va fabrikalar faoliyatiga avtomatlashgan texnikalar joriy qilindi. Ammo
ulardan foydalanishda ham inson omili muhim hisoblanadi. Zamonaviy jurnalistikada ham sun'iy
intellekt media sohasini tezlashtirib, budjet bilan bog'liq bir qator muammolarni hal qilgan
hamyonbop element bo'lsa-da, u jurnalistning o'rnini to'liq egallay olmaydi. Ammo
texnologiyalarning jadal rivojlanishi kuchli raqobatni yuzaga keltirganini biz inkor eta olmaymiz.
Ushbu raqobatda ustunlikka erishish uchun jurnalistdan ijodkorlik va yangicha fikrlash talab
etiladi. Sun'iy intellekt axborotlarni tezkorlik bilan qayta ishlaydi, ammo u axborot ostidagi
yashirin ma'noni o'quvchiga to'liqligicha yetkazib berolmaydi, unda o'ziga xos yondashuv yo'q.
Shu sababdan sun'iy intellektdan asosan bir tipdagi shablonga solingan kunlik yangiliklarni
tayyorlashda foydalanilmoqda. Bu jarayonda ortda qolib ketmaslik uchun OAV o'zlari
chiqarayotgan kontentga original yondashishi, jurnalistdan esa voqea-hodisalarning asl
motivlarini aniqlagan holda o'quvchiga yetkazish talab etiladi. Shuni unutmaslik kerakki, sun'iy
intellekt bu inson qo'lidagi asbob, undan qanday foydalanish ham insonning o'ziga bog'liq.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Dadaxonov A.O. Avtomatlashgan jurnalistika: soha ta’limi va amaliyotining
kelajagi.“O'zbekistonda xorijiy tillar” ilmiy-metodik elektron jurnal. № 6 /2019. — URL:
https://journal.fledu.uz/uz/avtomatlashgan-zhurnalistika-so%d2%b3a-talimi-va-
amaliyotining-kelazhagi/— 153–172 b.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
342
2. Суходолов Ф.П., Бычкова А.М., Ованесян С.С. Теория журналистики и средств
массовой информации. “Вопросы теории и практики журналистики” ilmiy-metodik
elektron
jurnal.
№4/2019.-
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/zhurnalistika-s-
647-667-b.
3. Чертовских О.О., Чертовских М.Г. Искуственный интеллект на службе современной
журналистики: история, факты и перспективы развития. “Вопросы теории и практики
журналистики”
ilmiy-metodik
elektron
jurnal.
№3/2019.-
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/iskusstvennyy-intellekt-na-sluzhbe-sovremennoy-
zhurnalistiki-istoriya-fakty-i-perspektivy-razvitiya/viewer/-555-568-b
.
4. Курпатов А.В. Четвертая мировая война. Будущее уже рядом! / А.В. Курпатов. —
Санкт-Петербург, 2019. — 400 с.
5. Гурова Т. Хакнуть человечество / Т. Гурова // Эксперт. — 2019. — № 3. — С. 40–48.
6. Colford P. A leap forward in quarterly earnings stories / P. Colford // Definitive Source. —
2014. — URL: https://blog.ap.org/announcements/a-leap-forward-in-quarterlyearnings-
stories.
7. Adams C.J. New York Times: Using AI to host better conversations / C.J. Adams // The
Keyword. — 2018. — URL:
https://www.blog.google/technology/ai/new-york-times-using-
conversations.
8. Мария Тереза Рондерос. Как использовать искуственнқий интеллект в журналистике:
опыт редакций всего мира. “Global Investigative Journalism Network” ilmiy elektron
jurnal.
2019.-URL:
https://gijn.org/ru/istorii/kak-ispolzovat-iskusstvennyj-intellekt-v-
zurnalistike-opyt-redakcij-vsego-mira/
9. Степан Ботарев. Искуственный интеллект в журналистике: помощник или конкурент?
2021 yil 8 iyun.-URL: https://supernova.is/editorial/iskusstvennyj-intellekt-v-zhurnalistike