Авторы

  • Shodiyeva Sevinch, Bo‘ronov Fazliddin
    Navoiy davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107509

Ключевые слова:

Navro’z bayrami an’ana va qadriyatar hayotimizdagi o’rni Sharq xalqlari UNESCO BMT urf-odat rasm-rusum mehr-oqibat yosh tarbiyasidagi o’rni zamonaviy dunyo qadimiy ildiz yangi kun.

Аннотация

Ushbu maqolada Navzo’z bayramining kelib chiqishi, uning        qadimiy ildizlari hamda zamonaviy jamiyatdagi tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyati yoritilgan.Shuningdek, milliy an’ana va qadriyatlarning yoshlar tarbiyasidagi o’rni, ularning ijtimoiy ong shaxs shakllanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada Navro’z orqali xalqning birligi, mehr-oqibati va totuvlik g’oyalari  qanday targ’ib qilinishi, qadriyatlarning jamiyat barqarorligidagi o’rni haqida fikr yuritiladi. Mazkur tadqiqot Navro’z bayramining nafaqat bayram sifatidagi balki tarbiyaviy va ma’naviy tarbiyaviy vosita sifatidagi salohiyatni ochib beradi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

308

NAVRO’Z BAYRAMINING KELIB CHIQISHI AN’ANA

QADRIYATLARNING JAMIYATDAGI ROLI

Shodiyeva Sevinch

Navoiy davlat universiteti

“Musiqa ta’lim’’ yo‘nalishi 3-kurs talabasi

Bo‘ronov Fazliddin

Ilmiy rahbar:Navoiy davlat universiteti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Navzo’z bayramining kelib chiqishi, uning

qadimiy ildizlari

hamda zamonaviy jamiyatdagi tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyati yoritilgan.Shuningdek, milliy

an’ana va qadriyatlarning yoshlar tarbiyasidagi o’rni, ularning ijtimoiy ong shaxs shakllanishiga

ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada Navro’z orqali xalqning birligi, mehr-oqibati va totuvlik

g’oyalari qanday targ’ib qilinishi, qadriyatlarning jamiyat barqarorligidagi o’rni haqida fikr

yuritiladi. Mazkur tadqiqot Navro’z bayramining nafaqat bayram sifatidagi balki tarbiyaviy va

ma’naviy tarbiyaviy vosita sifatidagi salohiyatni ochib beradi.

Kalit so’zi:

Navro’z bayrami, an’ana va qadriyatar hayotimizdagi o’rni, Sharq xalqlari, UNESCO,

BMT, urf-odat, rasm-rusum, mehr-oqibat, yosh tarbiyasidagi o’rni, zamonaviy dunyo, qadimiy

ildiz,yangi kun.

Annotation:

This article explores the origins of the Navruz holiday, its ancient roots, and its

educational and spiritual significance in modern society. It also examines the role of national

traditions and values in the upbringing of youth and their influence on social consciousness and

the formation of individual identity. The article analyzes how the ideas of unity, compassion, and

harmony among people are promoted through Navruz, as well as the role of values in ensuring

societal stability. This study reveals the potential of Navruz not only as a festive celebration but

also as an educational and moral tool. Let me know if you’d like it in a more academic or more

casual tone.

Keywords:

Navruz holiday, the role of traditions and values in our lives, Eastern peoples,

UNESCO, UN(United Nations ), customs, rituals-ceremonies, compassion and kindness, role in

youth education-upbringing, modern world, ancient roots, new day.

Navro’z bayrami – Sharq xalqlari madaniyatida chuqur ildiz otgan, ko’hna tarixiga ega bo’lgan

qadimiy bayramdir. Navro’z – qadim zamonlardan buyon Sharq xalqlari tomonidan keng

nishonlab kelinayotgan eng qadimiy va eng go’zal bayramlardan biridir. U forscha “nav” (yangi)

va “kun” so’zlaridan tarkib topgan bo’lib “yangi kun” degan ma’noni bildiradi. Navro’z bayrami

har tamonlama ilmiy asoslanib, koinoy va tabiat qonuniyatlari hisobga olingan holda joriy

etilgan.O’zbek xalqida Navro’z bayrami ming yillardan buyon urf-odat, an’ana va rasm-rusumlar

bilan uyg’un holda nishonlanib kelinmoqda. Ushbu bayram tabiat, hayot, ezgulik va yangilanish

timsoli sifatida keng nishonlangan. Shu o’rinda bizning o’lkamiz O’zbekistonda Navro’z yangi

tiklanishlar, milliy uyg’onish va madaniy merosni qadrlash bayrami sifatida katta e’tibor bilan

nishonlanadi.
Navro’zning tarixi milloddan avvali zamonlarga borib taqaladi. Navro’z bayramining qachon

vujudga kelgani haqida bizgacha yetib kelgan qadimiy manbalarlardan shu narsa ko’rinadiki u,


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

309

O’rta Osiyo, Eron va Afg’onistonda Ahamoniylar davrida (miloddan avvalgi VI asrlarda) keng

tarqalgan. Ko’plab manbalarga ko’ra, Navro’z ilk bor qadimgi Eron hududida, Zardushtliylik

e’tiqodi davrida vujudga kelgan. Bugungi kunda faqatgina Eron va Markaziy Osiyodagina emas,

balki Ozarbayjon, Turkmaniston, Afg’oniston, Pokiston, Hindistonning ayrim hududlari,

shuningdek Turkiya va kurd xalqlari orasida ham nishonlanadi. 2021- yil 23-fevralda Navro’z

bayrami UNESCO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e’tirof etilgan.

Shuningdek, 21-mart kuni Xalqaro Navro’z kuni sifatida BMT tomonidan rasman tan olingan.

Navro’z bayrami bizning o’lkamiz

qadriyat va

an’analarimizni

ko’rsatuvchi milliy

bayramlarimizdan biri hisoblanadi.Shu o’rinda bizning milliy an’ana va qadriyatlarimizning

bugungi kunda jamiyat hayotimizdagi o’rni beqiyos.

An’ana va qadriyatlar jamiyatda birligi, totuvligi va barqarorligini ta’minlaydi. Inson

jamiyatda yashar ekan, u muayyan ijtimoiy normalar, qadriyatlar va an’analar tizimiga

asoslanadi. An’ana va qadriyatlar yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash katta rol o’ynaydi. Ular

orqali ota-onaga hurmat, yurtga muhabbat, halollik va insoniylik fazilatlari shakllanadi. Biroq

zamonaviy dunyoda globallashuv jarayonlari tez ketmoqda. Shu sharoitda milliy an’analar va

qadriyatlar o’zlikni yo’qotmaslik, madaniy mustaqillikni saqlashda muhim vosita bo’ladi.

Ba’zida an’anaviy qadriyatlar bilan zamonaviylik o’rtasida qarama-qarshiliklar yuzaga kelishi

mumkin. Biroq to’g’ri yondashuv orqali har ikki tomon uyg’unlashtirilsa, ular bir –birini

boyitadi. Har qanday jamiyat ijtimoiy tizim sifatida o’ziga xos qadriyatlar, urf-odatlar va

an’anaviy normalar tizimiga ega.

An’ana va qadriyatlar- bu oddiygina tarixiy xotira emas, balki jamiyatning ijtimoiy-

madaniyat barqarorligini, o’zligini anglash va ijtimoiy institutlar bilan muvofiqlashgan holda

yashash imkoniyati hamdir. Milliy

an’ana va qadriyatlar nafaqat taxiriy meros, balki

jamiyatning ma’naviy tayanchi, yosh avlod tarbiyasida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qiladi.
Bugungi globallashuv davrida yoshlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ularning ongiga

ajdodlar merosini singdirish katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois, an’ana va qadriyatlarni asrab-

avaylash va ularga hurmat bilan qarash - jamiyat taraqqiyoti, barqarorligi va ma’naviy kamolot

uchun muhim shartlardan biridir. Nafaqat o’zbek xalqining an’anaviy urf-odatlari, qadriyatlari

va madaniy merosi aynan Navro’z kabi bayramlar orqali avloddan – avlodga o’tib,

mustahkamlanib boradi. Navro’z jamiyatda birdamlikni mustahkamlash, milliy o’zlikni anglash

va yosh avlodni ma’naviy tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi. Shunday qilib, Navro’z

bayramining tarixiy ildizlari va zamonaviy jamiyatdagi roli uni nafaqat

milliy, balki

umuminsoniy ahamiyatga ega madaniy hodisaga aylantiradi.

Adabiyotlar ro’yxati:

1. Karimov I.M Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. -Toshkent: Ma’naviyat, 2008
2. G’aniyeva N. O’zbek xalqining an’anaviy bayramlari. – Toshkent: O’zbekiston, 2012
3. Boymurodov A. O’zbek xalq urf-odatlari va marosimlari. – Toshkent: Sharq, 2006
4.

Rashidov S. Navro’z bayramining tarixiy ildizlari va hozirgi jamiyatdagi ahamiyati. //

O’zbek madaniyati, 2021
5.

UNESCO. Navruz: traditions and culture of peace. – Paris: UNESCO Publishing, 2010

Библиографические ссылки

Karimov I.M Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. -Toshkent: Ma’naviyat, 2008

G’aniyeva N. O’zbek xalqining an’anaviy bayramlari. – Toshkent: O’zbekiston, 2012

Boymurodov A. O’zbek xalq urf-odatlari va marosimlari. – Toshkent: Sharq, 2006

Rashidov S. Navro’z bayramining tarixiy ildizlari va hozirgi jamiyatdagi ahamiyati. // O’zbek madaniyati, 2021

UNESCO. Navruz: traditions and culture of peace. – Paris: UNESCO Publishing, 2010