Авторы

  • To’rayeva Gulnoraxon Nosirovna ,Mamasoliyev Muhammadsodiq
    Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107522

Ключевые слова:

Organik Kimyo Sof holdagi organik moddalar Izomeriya tuzulishi organik reaksiyalar Inson hayotida organikani ahamiayti.

Аннотация

Organik kimyoning asosiy vazifasi – organik birikmalarni sof holda olish va ularning tuzilishini aniqlash, reaksiyaga kirishishi, reaksiyalar mexanizmini, moddalarning kimyoviy tuzilishi va xossalari orasidagi bogʻlanishni oʻrganish, shuningdek, ulardan amaliyotda foydalanish yoʻllarini tadqiq qilishdan iborat. „Organik kimyo“ terminini fanga ilk bor 1827-yilda Y. Ya. Berselius kiritdi. 1828-yilda nemis kimyogari F. Vyoler laboratoriya sharoitida mochevinani sintez qildi. Nemis olimlari A. Kolbe, F. A. Kekule, shotlandiyalik kimyogar A. Kuper va boshqalar uglevodning 4 valentligini, uning atomlari halqa hosil qilish xususiyatiga ega ekanligini aniqladilar.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

366

ORGANIK KIMYONING – INSON HAYOTIDA O’RNI

To’rayeva Gulnoraxon Nosirovna

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Tibbiy va Biologiya kimyo kafedrasi assistenti

Mamasoliyev Muhammadsodiq

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Talabasi.

Kalit so’zlari

:Organik Kimyo, Sof holdagi organik moddalar, Izomeriya tuzulishi, organik

reaksiyalar, Inson hayotida organikani ahamiayti.

Annotatsiya:

Organik kimyoning asosiy vazifasi – organik birikmalarni sof holda olish va

ularning tuzilishini aniqlash, reaksiyaga kirishishi, reaksiyalar mexanizmini, moddalarning

kimyoviy tuzilishi va xossalari orasidagi bogʻlanishni oʻrganish, shuningdek, ulardan

amaliyotda foydalanish yoʻllarini tadqiq qilishdan iborat. „Organik kimyo“ terminini fanga ilk

bor 1827-yilda Y. Ya. Berselius kiritdi. 1828-yilda nemis kimyogari F. Vyoler laboratoriya

sharoitida mochevinani sintez qildi. Nemis olimlari A. Kolbe, F. A. Kekule, shotlandiyalik

kimyogar A. Kuper va boshqalar uglevodning 4 valentligini, uning atomlari halqa hosil qilish

xususiyatiga ega ekanligini aniqladilar.

Organik kimyo- uglerodning boshqa elementlar bilan organik birikmalar hosil qilishi va bu

birikmalarning oʻzgarish qonunlarini oʻrganadigan kimyoning bir boʻlimi hisoblanadi. Organik

kimyoning asosiy vazifasi – organik birikmalarni sof holda olish va ularning tuzilishini aniqlash,

reaksiyaga kirishishi, reaksiyalar mexanizmini, moddalarning kimyoviy tuzilishi va xossalari

orasidagi bogʻlanishni oʻrganish, shuningdek, ulardan amaliyotda foydalanish yoʻllarini tadqiq

qilishdan iborat. Organik birikmalar insonning Yer mavjud boʻlishi va uning amaliy faoliyatda

oʻta muhim ahamiyatga ega.

Tirik organizmlarni tashkil qiladigan barcha asosiy komponentlar – oqsillar, nuklein

kislotalar uglevodlar yogʻlar, vitaminlar, gormonlar va boshqa – organik birikmalardir. Deyarli

barcha sintetik va tabiiy tolalar, plastmassalar, pestitsidlar, boʻyoqlar va dorilar ham organik

birikmalarga taalluqli. Hozirgi vaqtda ajoyib xususiyatlarni oʻzida mujassamlashtirgan organik

birikmalar yiliga 250 mingdan 300 minggacha sintez qilinadi.
Sof holdagi organik moddalarni dastlab 900-yillarda arab alkimyogarlari hosil qildilar. Lekin

organik kimyo fan sifatida 19-asrning 2-yarmida shakllandi. „Organik kimyo“ terminini fanga

ilk bor 1827-yilda Y. Ya. Berselius kiritdi. 1828-yilda nemis kimyogari F. Vyoler laboratoriya

sharoitida mochevinani sintez qildi. Nemis olimlari A. Kolbe, F. A. Kekule, shotlandiyalik

kimyogar A. Kuper va boshqalar uglevodning 4 valentligini, uning atomlari halqa hosil qilish

xususiyatiga ega ekanligini aniqladilar.

Organik kimyo A. M. Butlerovning organik birikmalarning tuzilish nazariyasi (1861) asosida

rivojlanadi. F. Kekule benzolning zamonaviy siklik formulasini taklif qildi. (1865). Ya. X.

Vant-Goff va fransuz kimyogari J. Le Bel atomlarning molekulada fazoviy joylashish

nazariyasini olgʻa surishdi. Elektron va, ayniqsa, kvant-mexanika tasavvurlarining rivojlanishi

natijasida kimyoviy bogʻlarning fazodagi yoʻnalishi, toʻyingan va toʻyinmagan birikmalarning


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

367

xossalari orasidagi tafovut, benzolning aromatikligi, organik birikmalar molekulalaridagi

atomlarning oʻzaro taʼsiri tushuntirib berildi.

Har bir uglevodoroddagi vodorod atomlarini turli funksional guruhlarga almashtirish yoʻli

bilan genetik qator keltirib chiqarish mumkin, masalan, etan – etilxlorid – etanol – sirka

aldegidi – sirka kislotasi va h.k. Bular uglevodorodlar RH (funksional guruhi yoʻq),

galogenalmashgan hosilalar RHal, spirtlar ROH, aldegidlar RCHO, ketonlar R,COR2, karbon

kislotalar RCOOH, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlar RNH2, R2NH va RN

nitrobirikmalar RNO2, tiollar (markeptanlar) RSH, sulfidlar R2S va boshqa Uglerod – uglerodli

qoʻshbogʻlar ham funksional guruxlar qatoriga qoʻshiladi.

Organik kimyoning rivojlanishida Oʻzbekiston kimyogarlarining ham katta hissa-si bor.

20-asrning 20-yillarida Oʻrta Osiyo universiteti kimyo fakultetida professor S. N. Naumov

boshchiligida xinon va toluxinon – dibromidlar tuzilishini aniqlash ustida kuzatuvlar amalga

oshiriddi (1933). 2, 3-siklogeksandion 1,4-dikarbon efiri tuzilishi oʻrganildi.

40-yillarda O. S. Sodiqov boshchiligida organik kislotalar, biologik stimulyatorlar, RR

vitamini, xinozidin va boshqa olish yoʻlga qoʻyildi. 50-yillarda S. Yu. Yunusov Oʻzbekiston

oʻsimliklari tarkibidagi noyob organik moddalarni ajratib olish va tarkibini oʻrganishga kirishdi.

Aromatik birikmalarni alkillash va alsillash amalga oshirildi (I. P. Sukervanik va boshqalar).

Ortotsiklogeksilfenol sintez qilindi (professor A. R. Abdurasulova). Turli organik birikmalarni

alkillash reaksiyalari, gumin kislotalari hosilalari oʻrganildi (professor A. B. Qoʻchqorov).

A. S. Sultonov neftni qayta ishlash sohasi uchun samarali katalizatorlar sintez qilib amaliyotda

qoʻlladi. Uning shogirdlari M. F. Obidova bilan professor A. Abduqodirov ham organik kataliz

rivojiga katta hissa qoʻshdilar.

Izomeriya (izo va yun. meros — qism, boʻlakcha) — tarkibi va

molekulyar massasi

bir xil

boʻlib, tuzilishi, fizik hamda kimyoviy xossalari har xil birikmalar mavjudligi. Asosan, organik

birikmalarda uchraydi. Strukturaviy va fazoviy izomeriyalar farq qilinadi. Strukturaviy

izomeriya molekulada atomlarning bogʻlanish tartibi bilan ajralib turadi. Turlari:

1)

uglerod

skeleta izomeriyasi — tarkibi va molekulyar massasi bir xil

boʻlgan

molekula

skeletini hosil qiluvchi uglerod atomlari orasidagi bogʻlarning turli tartibiga

bogʻliq, masalan, pentanning 3 ta izomeri bor: normal pentan (I), izopentan (II) va

tetrametilmetan (III)

Izomerlar kimyoviy tuzilishi har xil boʻlganidan fizik va kimyoviy xossalari bilan farq

qiladi. Oddiy organik birikmalar, toʻyingan va toʻyinmagan uglevodorodlarning izomerlari,

avvalo fizik xossalari (qaynash, suyuqlanish turlari va b.) bilan farq qiladi, funksional guruhari

bor murakkabroq organik birikmalarning izomerlari fizik xossalari bilan ham, kimyoviy

xossalari bilan ham farq qiladi. Optik izomerlarning kimyoviy xossalari, shuningdek,

polyarizatsiyalangan yorugʻlikni burish xossasidan boshqa deyarli hamma fizik xossalari bir xil.

Izomeriyani ilk bor nemis kimyogarlari Yu. Libix va F. Vyoler kuzatgan (1823); bu

terminni Berselius taklif etgan. (1830). Kimyoviy tuzilish nazariyasi hali nomaʼlum izomerlar

muvjudligini oldindan bilishga imkon berdi, buni A. M. Butlerov isbot etdi. (1864)

Inson hayotida organikani ahamiayti. Oziq-ovqat sanoati

Organik kimyo oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, sifatini oshirish va yangi ta’m beruvchi

moddalarni yaratishda qo‘llaniladi. Masalan, tabiiy konservantlar, vitaminlar va oziq-ovqat


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

368

qo‘shimchalari organik kimyoning mahsulotlaridir.Dori-darmonlar va farmatsevtika.

Tibbiyotda qo‘llaniladigan aksariyat dori vositalari organik kimyo asosida yaratiladi.

Antibiotiklar, vitaminlar, analgetiklar va boshqa dorilar inson salomatligini saqlash va

kasalliklarni davolash uchun zarur.Yoquv va energetika.Neft va gaz sanoati organik kimyoning

asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Benzin, dizel, plastmassalar va boshqa yoqilg‘i mahsulotlari

organik moddalar asosida olinadi. Shuningdek, bioyoqilg‘ilar ekologik toza energiya manbai

sifatida ahamiyatga ega.Polimerlar va plastmassalar Kundalik hayotimizda keng ishlatiladigan

plastik buyumlar, sintetik matolar, bo‘yoqlar va qoplamalar organik kimyo yutuqlaridir.

Polietilen, polipropilen va polivinilxlorid kabi materiallar sanoat va maishiy hayotda katta rol

o‘ynaydi.Ekologiya va biologiyaOrganik kimyo atrof-muhit muammolarini hal qilishda ham

muhim ahamiyatga ega. Bioorganik kimyo chiqindilarni qayta ishlash, ekologik xavfsizlik va

atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ishlatiladi.

Oksalat kislotasi (otquloq), fitin va fosfatlar va boshqa ba'zi sabzavotlar temirning so'rilishiga

to'sqinlik qiladi, chunki ular bilan erimaydigan tuzlar hosil qiladi. Fosfor kislotasi qoldig'I

ko'rinishidagi fosfor ionlari fosfatidlar, fosfoproteinlar, fosfolipidlar tarkibiga kiradi,

shuningdek adenozin trifosfor, kreatin fosfor kislotasi va asab, endokrin, gematopoetik, yurak-

qon tomir tizimlarining normal faoliyati uchun muhim bo'lgan boshqa birikmalar kabi

energiyaga boy birikmalar tarkibiga kiradi, ayniqsa metabolizm uchun.

Temir tanqisligi kamqonlik, metabolik kasalliklar, zaiflik, teri, soch va tirnoqlarda

o'zgarishlarga olib keladi. S vitamini, limon kislotasi va fruktoza temirning yaxshi so'rilishiga

yordam beradi.
Xulosa: Organik kimyo inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, oziq-ovqat, tibbiyot, energetika,

sanoat va ekologiya kabi ko‘plab sohalarda katta ahamiyat kasb etadi. Uning yutuqlari tufayli

kundalik hayotimiz ancha qulaylashgan, salomatlikni saqlash va muhitni muhofaza qilish

imkoniyatlari kengaygan. Kelajakda organik kimyoning rivojlanishi insoniyatga yanada

ekologik toza va samarali texnologiyalarni taqdim etishga xizmat qiladi..Shunday qilib, so'nggi

o'n yilliklarda mineral moddalarning va organik moddalarning biologik xususiyatlarini

o'rganish sohasida erishilgan yutuqlar meva, sabzavot va o'simlik mahsulotlari tarkibidagi

makro va mikroelementlar bir qator fermentlarning shuningdek organik mineralarni

faollashtiruvchisi bo'lib, ularning o'sishi va ko'payishi jarayonida ishtirok etishini, tanada

to'qimalarning nafas olishida va metabolik jarayonlarda, qon ivishi, neyroendokrin sistemasini

tartibga solish, yurak-qon tomir tizimi, jigar, ovqat hazm qilish organlari faoliyati, himoya va

immun tizimini, shuningdek, tananing boshqa hayotiy fiziologik funksiyalarida ishtirok etishi

isbotlanib kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Хасанова, Г. Р., & Усмонова, М. Б. (2022). Применение фасоли (phascolus) в

медицине. Science and Education, 3(11), 117-125

2. . Sh, A., Kuylieva, M. U., & Usmanova, M. B. (2022). Application of phytotherapy in the

treatment of chronic prostatitis. Web of Scientist: International Scientific Research Journal,

3(5), 466-470.

3. .Sh, A., Kuylieva, M. U., & Usmanova, M. B. (2022). Application of phytotherapy in the

treatment of chronic prostatitis. Web of Scientist: International Scientific Research Journal,


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

369

3(5), 466-470. Имамова, Ю. А., & Усманова, М. Б. (2022). РОДИОЛЫ РОЗОВАЯ ДЛЯ

ПОВЫШЕНИЯ

4. РАБОТОСПОСОБНОСТИ ОРГАНИЗМА. Oriental renaissance: Innovative, educational,

natural and social sciences, 2(Special Issue 4-2), 901-904. 5. Имамова, Ю. А., Усманова,

М. Б., & РОДИОЛЫ, Р. ORIENSS. 2022. № Special Issue 4-

5. Усманова, М. Б., & Имамова, Ю. А. (2022). ЛУК РЕПЧАТЫЙ– ПРИМЕНЕНИЕ В

Библиографические ссылки

Хасанова, Г. Р., & Усмонова, М. Б. (2022). Применение фасоли (phascolus) в медицине. Science and Education, 3(11), 117-125

. Sh, A., Kuylieva, M. U., & Usmanova, M. B. (2022). Application of phytotherapy in the treatment of chronic prostatitis. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(5), 466-470.

.Sh, A., Kuylieva, M. U., & Usmanova, M. B. (2022). Application of phytotherapy in the treatment of chronic prostatitis. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(5), 466-470. Имамова, Ю. А., & Усманова, М. Б. (2022). РОДИОЛЫ РОЗОВАЯ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ

РАБОТОСПОСОБНОСТИ ОРГАНИЗМА. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 4-2), 901-904. 5. Имамова, Ю. А., Усманова, М. Б., & РОДИОЛЫ, Р. ORIENSS. 2022. № Special Issue 4-

Усманова, М. Б., & Имамова, Ю. А. (2022). ЛУК РЕПЧАТЫЙ– ПРИМЕНЕНИЕ В