INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
361
YANGI O‘ZBEKISTONDA YANGICHA TA’LIM
Xakimov Jahongir
Qarshi Davlat Texnika Uneversititi
Shahrisabz oziq-ovqat Muhandislik fakultiti katta o’qituvchisi
xakimovjahongir.0308@gmail.com
Malikova Nurgul Xudoyberdi qizi
Qarshi Davlat Texnika Uneversititi Shahrisabz oziq-ovqat muhandislik fakultiti talabasi
Annotatsiya:
Yangi O’zbekiston sharoitida talim tizimining rivojlanishi va uning zamonaviy
innovatsion yondashuvini tahlil qilish.Tugamas talimning pedagok kadrlarini tayyorlash borasida
olib borilayotgan tizimli islohot.Kelajak taqdirimizga tasir kursatayotgan yangi talim
metodikalari.
Kalit so’zlar:
pedagog kadrlar, oliy ta’lim, abituriyentlar, perdogogiya texnologiyalari,
sotsiologiya, finlyandiya pedagogika instituti, Akademik innovatsiyalar fondlar.
Bugun mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini yangi bosqichga koʻtarish, pedagog kadrlar
tayyorlash sifatini ilgʻor xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik taʼlimga
qamrov darajasini oshirish borasida qator ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirilganiga guvohmiz.
Xususan, pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan bir nechta oliy taʼlim muassasasi faoliyati
yoʻlga qoʻyildi. Mazkur taʼlim sohasi boʻyicha xorijiy davlatlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlari
tashkil etildi. Oliy pedagogik taʼlimni rivojlantirishning huquqiy-meʼyoriy asoslari mukammal
ravishda yaratildi.
Mazkur holat pedagogika sohasi uchun yuqori malakali kadrlar yetkazib berish borasida kadrlar
tayyorlash sifatiga eʼtiborni kuchaytirish, sohada ilgʻor xorijiy tajribani keng joriy etish,
pedagogik taʼlim infratuzilmasini rivojlantirishga asos boʻlmoqda. Sotsiologik tadqiqotlar shuni
koʻrsatdiki, pedagogika sohasini tubdan isloh qilish borasida oʻtkazilgan islohotlar samarasi
oʻlaroq, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda abituriyentlar orasida pedagogika universitetlariga
kirishga qiziqish bir necha marotaba oshgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻtgan
yillar davomida sohaga doir qabul qilgan qator qaror va farmonlari oliy pedagogik taʼlimni
tashkil etish va rivojlantirishning konseptual masalalarini belgilab berdi. Sohadagi oʻzgarishlar
jarayonida tarbiya va oʻqitish usullari, axborotkommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy
tillarni puxta oʻzlashtirgan, taʼlim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash
koʻnikmalariga ega professional pedagog kadrlar tayyorlash ustuvor yoʻnalish sifatida oʻz
ahamiyatini yanada oshiradi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
362
Jamiyatimizda pedagog nufuzining ortib borishi, kuchli targʻibot va ragʻbatlantirish siyosati
natijasida pedagoglik kasbiga qiziqishi yuqori boʻlgan yoshlarni aniqlash hamda ularni maqsadli
tayyorlab va tarbiyalab borishning uzluksiz tizimini joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Albatta, bu jarayon pedagoglardan koʻp mehnat va yangicha yondashuvni talab qiladi.
Xususan, pedagogik taʼlim sohasining yoʻnalish va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv reja va
dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, innovatsion oʻquvmeʼyoriy va taʼlim
resurslarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish sohasida sezilarli muvaffaqiyatlarga
erishilmoqda.
Shu bilan birga, hozir Toshkent davlat pedagogika universitetida yaratilgan taʼlim resurslarini
takomillashtirib borish boʻyicha keng qamrovli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Yurtimiz oliy pedagogik
taʼlim tizimi 19 ta oliy oʻquv yurti bilan birga oxirgi yillarda yangi ochilgan
Oʻzbekiston — Finlyandiya pedagogika instituti hamda Samarqand, Andijon, Buxoro, Termiz,
Qarshi davlat universitetlarining Pedagogika institutlari uchun tayanch boʻlgan Toshkent davlat
pedagogika universiteti bilan hamkorlikda raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlashga xizmat
qiladi.
Hozir pedagogika sohasida ham taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish uygʻunligini taʼminlash orqali
oʻqitish sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni
samarali tashkil etish bosh strategik maqsadlardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Oliy pedagogik taʼlim sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy
axborotkommunikatsiya va taʼlim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini taʼminlash
bugungi axborot va global rivojlanayotgan jahon hamjamiyatining asosiy talablaridan biri
hisoblanadi.
Mazkur sohada Toshkent davlat pedagogika universiteti ham salmoqli koʻrsatkichlarga ega.
Xususan, universitetda onlayn hujjat almashish, talabalarning amaliy mashgʻuloti, mustaqil
taʼlim, bilimni baholash toʻliq elektron taʼlim vositalari orqali bajariladi. Toshkent davlat
pedagogika universiteti tashabbusi bilan 2020-yil dekabr oyida Milliy pedagogik taʼlim
muassasalari assotsiatsiyasi tashkil qilindi. Uning asosiy maqsadi pedagogik taʼlim tizimini
rivojlantirish strategiyasini belgilash, pedagogik taʼlim xizmati samaradorligini oshirish va
pedagogik taʼlim muassasalarini xalqaro reytingga kirishi uchun tayyorlashgakoʻmaklashishdan
iborat. Assotsiatsiya tomonidan qisqa vaqt ichida ilgʻor xorijiy tajribalar tahlili asosida
oliypedagogik taʼlim sifatini oshirishga koʻmaklashish, oʻquv dasturlarini takomillashtirish va
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Shuningdek, pedagogik taʼlim muassasalarining faoliyatida shaffoflik va xolislik tamoyillari
toʻlaqonli amal qilishini taʼminlash, tizimda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini
oshirish va ularning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishlarni maqsadli tashkil
etish boʻyicha ikkita xalqaro grant bajarilmoqda. niversitetning investitsiyaviy jozibadorligini
oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini taʼminlash borasida Jahon banki
Akademik innovatsiyalar fondining “Oliy taʼlim muassasalarida pedagogika va psixologiya
fanini oʻqitish amaliyoti va ong osti sohasiga doir taʼlim berish jarayonini takomillashtirish”
nomli granti bajarilmoqda. Uning umumiy qiymati 200 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Hozir
pedagogik taʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash va takomillashtirish
boʻyicha takliflar tayyorlanmoqda. Toshkent davlat pedagogika universitetida soʻnggi yillarda
hamkorlik oʻrnatilgan xorijiy taʼlim muassasalari soni ikki barobar oshib, hozir 127 tani tashkil
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
363
qilmoqda. Ayni paytda universitetimizda pedagogikaning dolzarb muammolariga bagʻishlangan
4 ta xalqaro Erasmus loyihasi bajarilmoqda.
Oliy taʼlim muassasalariga kirish kvotalari besh yil avvalgi 9 foizdan bu yil 28 foizgacha oʻsdi.
Birgina Toshkent davlat pedagogika universitetiga qabul kvotasi soʻnggi besh yilda 65 foiz oshib,
2021-yilda davlat buyurtmasi boʻyicha talabalikka qabul qilish yuzasidan kvota 3 ming 909 tani
tashkil qildi. Shunga mos ravishda universitet bitiruvchilari soni ham yildan- yilga sezilarli
darajada oshib, 2017-yilga nisbatan 190 foizga koʻpaydi. Pedagogika sohasida ilmiy pedagog
kadrlarga ehtiyojni taʼminlash maqsadida oliy taʼlim muassasalarida maqsadli doktorantura va
doktoranturaga tayyorlov bosqichida stajyortadqiqotchi instituti vujudga keldi va doktoranturada
tahsil olayotganlar soni ikki baravar oshdi. Xususan, Toshkent davlat pedagogika
universitetining ilmiy salohiyati soʻnggi besh yilda 35 foizdan 47 foizga yetdi. Pedagogika
sohasida Scopus ilmiytexnik maʼlumotlar bazasi jurnallarida maqolalar nashri uch marotabaga
koʻpaydi. Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi bilan Digital Commons (Bepress)
platformasi negizida “Oʻzbekiston ilmiy jurnallari” portali yaratildi. Mazkur portalga
mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarining 41 ta ilmiy jurnali joylashtirilgan boʻlib, ularning
barchasida oliy pedagogika sohasida kadrlar tayyorlashga bagʻishlangan ruknlar mavjud.
Taʼlim tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri oliygohlar va taʼlim tizimining quyi boʻgʻinlari
oʻrtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy oʻquv yurtlari
tasarrufiga oʻtkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum ham oʻz yoʻnalishi boʻyicha turdosh
oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktirilishi boʻldi.
Demak, xulosa qiladigan boʻlsak, taʼlim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda oʻzining
dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi.
Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yana-da keng koʻlamda davom ettirish davr talabidir.
Axborot texnologiyalar asri deb nom olgan XXI-asrda hayotning barcha jabhalarida — sanoat,
qurilish, kimyo, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, mashinasozlik va boshqa sohalarda yuksak
taraqqiyotni yuzaga keltirish uchun ilm-fanni rivojlantirish, bu borada yangiliklar yaratish
hayotiy zaruratga aylandi. Bu jarayon endilikda dunyoda taraqqiyot yoʻlini tutgan barcha
mamlakatlarda eʼtirof etilmoqda. Respublikamizda ham ana shu jarayonga alohida eʼtibor
berilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti davlat rahbari sifatidagi faoliyatini yurtimiz akademiklari, yetakchi
olimlari, umuman, ilm ahli bilan uchrashuvdan boshlaganligi, respublikamizda ilm-fan rivojini
ishlab chiqarish taraqqiyoti bilan uygʻunlashtirishga qaratganligi bejiz emas. Davlatimiz
rahbarining shundan keyin sogʻliqni saqlash tizimi faoliyatini yaxshilash, kitob mahsulotlarini
chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitobxonlikni kuchaytirish, respublikada yangi
erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish, mamlakatni yana-da rivojlantirish boʻyicha Harakatlar
strategiyasini amalga oshirish, “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” ishlab
chiqilishi, Imom Termiziy xalqaro markazini tashkil qilish borasida va shu kabi boshqa koʻplab
qabul qilingan qarorlari, farmonlari, farmoyishlarida ilm-fanni yuksaltirish asosiy masalalardan
biri sifatida belgilanishi ham ana shu eʼtiborning amaliy ifodasi edi.
Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, ularning yutuqlarini yuqori qoʻshimcha qiymatga ega
mahsulotga aylantirish jarayonida intellektual mulkning ishonchli himoya qilinishi alohida
ahamiyat kasb etadi. Maʼlumotlarga koʻra, intellektual mulk ulushi Yevropada yalpi ichki
mahsulotning 45, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizini tashkil etadi. 2020-yilning 12-oktabr kuni
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
364
Prezidentimiz raisligida boʻlib oʻtgan yigʻilish ham “Intellektual mulkni himoya qilish –
Uchinchi uygʻonish davri uchun ishonchli poydevor boʻlib xizmat qiladi” mavzusiga
bagʻishlangan edi. Oʻshanda davlatimiz rahbari patent egalari va tadbirkorlar oʻrtasidagi
hamkorlikni taʼminlash zarurligiga alohida eʼtibor qaratdi.
Shu maʼnoda Oʻzbekistonni 2030-yilga qadar global innovatsion indeks reytingida dunyoning 50
ta yetakchi davlatlari qatoriga kiritish boʻyicha ulkan maqsadga erishishda inson kapitalini
rivojlantirishga qaratilgan strategik reja eʼlon qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy
Majlisga Murojaatnomalari va 2017-yil 7-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish boʻyicha Harakatlar
strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni, “Yoshlarga oid Davlat dasturi”, yangi tahrirdagi “Taʼlim
toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fan va ilmiy
faoliyat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-576-sonli qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-
yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
PF-6097-son Farmonlari mamlakatimizda taʼlim va ilm-fan sohasini rivojlantirishda muhim
ahamiyat kasb etdi.
Xususan, taʼlim tizimida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bu – “Taʼlim toʻgʻrisida”gi
Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi boʻldi. Mazkur Qonunga asosan taʼlim sohasidagi
asosiy prinsiplar, taʼlim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qoʻyildi. Oʼzbekiston
Respublikasida oliy taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʼnalishlarini belgilash, mustaqil
fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga
koʼtarish, oliy taʼlimni modernizatsiya qilish, ilgʼor taʼlim texnologiyalariga asoslangan holda
ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston
Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi mazkur sohadagi
yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda. Ta’lim tashkilotlari quyidagilar
vositasida tegishli xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro
hamkorlikni amalga oshiradi: ta’lim muammolari yuzasidan ilmiy-texnik hamkorlikni
rivojlantirish; qo‘shma fakultetlar, o‘quv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish;
xalqaro darajadagi birgalikdagi ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini tayyorlash;
hamkorlikda fundamental hamda amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish; ilmiy-
amaliy seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar o‘tkazish; talabalar, magistrlar, doktorantlar,
o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinishini amalga oshirish;
ikki tomonlama diplomlar . Ta’lim tashkilotlarining faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan
oldin ular Ta’lim inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va
ko‘rsatkichlari asosida o‘z faoliyatini mustaqil ravishda ichki baholashdan o‘tkazadi.
Ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan ikki oy oldin ichki baholash
natijalarini Ta’lim inspeksiyasiga taqdim etadi.
Ta’lim inspeksiyasi ta’lim tashkilotining faoliyatini ichki baholash yakunlarini o‘rganadi va
ulardan ta’lim tashkilotining faoliyatini tashqi baholash jarayonida foydalanadi. Ta’lim tashkiloti
rahbari ichki baholash natijalarining ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
365
Xulosa
qilib shuni aytish mumkinmi bizni o’rab olgan jamiyat a’zolari va muhut bizni
kelajagimizni ko’rsatib berish mumkin. Xulosamda shuni ham keltirishim mumkinki hozirgi
shartsharoitlar, qonunchilik hujjatlari bilan berilgan huquq va imtiyozlardan unumli foydalangan
holda yangi Oʻzbekistonning zamonaviy yangi avlod kadrlari sifatida shakllanishimiz, har bir
soha boʻyicha bilim, malaka va yuqori kasbiy koʻnikmaga ega boʻlgan raqobatbardosh kadr
sifatida xalqaro maydonga chiqishimiz, davlatimiz rahbarining biz yoshlarga boʻlgan
ishonchlarini oqlashimiz oliy burchimizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi", 1-ilovasi, 9- bandi.
2.
https://xs.uz/uzkr/post/kredit-modul-tizimiga-otish-nima-uchun-kerakmaqsadmohiyat-va-
afzallik
3. https://kun.uz/news/2020/07/22/oliy-talimda-kredit-modul-kelayotgan-oquvyilidatalabalarni-
nimalar-kutmoqda
4. O‘rinov V. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Muassasalarida ECTS KreditModul Tizimi:
Asosiy Tushunchalar va Qoidalar. 2020.