Авторы

  • Teshayeva Mehrangiz Jamshid qizi
    Buxoro davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107534

Ключевые слова:

Ota hikoya bola Bo'ynoq dev obraz ona obrazi g'oya

Аннотация

Ushbu maqolada adabiyotimizning atoqli yozuvchisi Isajon Sultonning "Otamga nimadir bo'ldi" hikoyasidagi ota obrazi haqida fikr yuritiladi. Dastavval, hikoyadagi har bir obraz va voqealar va uning boshqa asarlar bilan chog'ishtirish tahlilga tortiladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

439

ISAJON SULTONNING "OTAMGA NIMADIR BO'LDI" HIKOYASIDAGI OTA

IZTIROBLARI VA BOLA KO'NGLIDAGI AKS-SADO

Teshayeva Mehrangiz Jamshid qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti

O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1-kurs magistranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada adabiyotimizning atoqli yozuvchisi Isajon Sultonning "Otamga

nimadir bo'ldi" hikoyasidagi ota obrazi haqida fikr yuritiladi. Dastavval, hikoyadagi har bir

obraz va voqealar va uning boshqa asarlar bilan chog'ishtirish tahlilga tortiladi.

Kalit so'zlar:

Ota, hikoya, bola, Bo'ynoq, dev, obraz, ona obrazi, g'oya

Kirish

Ota... Bu so’zni eshitganda har bir inson ko’z o’ngida farzandi uchun onasidan kam jon

kuydirmaydigan, hattoki farzandlari uchun jonini fido qilishga tayyor,ammo uning bu

qahramonligi, bu yashirin mehri qalbining tub-tubida faqatgina ko'zlarida, harakatlarida,

g'amxo'rligi-yu,mehribonligida aks etadi. Aynan, O’zbek tilining “ 5 tomli izohli lug’at” ida

ham ota so'zi shunday izohlanadi: “Ota” farzandli, bola-chaqali er kishi. (o’z bolalariga

nisbatan). Misol:Ota bo’lmay, ota qadrin bilmas.[1;151]
Darhaqiqat, ota nasihati sababidan farzand kamolotga yetibgina qolmay, ulug’ martabalarni

egallaydi, zafar quchib, baland cho'qqilarni zabt etadi."Ota rozi bo’lgan farzand ikki dunyo

saodatiga erishadi",- deydi dono xalqimiz. Zero “Ota rozi - Xudo rozi”. Badiiy so’z san’ati

yaralibdiki, yozuvchilar, shoirlar, adiblar ona mavzusiga qayta- qayta murojaat qilib, urg'u

ko'proq shu mavzuga berilmoqda.Lekin o'ylab qaralsa azaldan, tarixdan farzandlar kamoli,

baxti uchun jonini fido qiladigan qahramon otalar ham kam emas.Hattoki xalq og'zaki ijodining

deyarli barcha namunalarida ota obrazi va undagi o'zgacha ta'riflar uchraydi. Demak azaldan bu

mavzu qalamga olinib, hattoki bugungi zamonaviy adabiyotimizning dolzarb mavzusiga

aylanib ulgurdi. Bugun ham shunaday hikoyalardan biri haqida keng mushohada yuritamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Zamonaviy o'zbek adabiyotimizda bugungi kecha-kunduzda yozuvchilarimiz turli dolzarb

mavzularga qo'l urishmoqda.Shunday ilg'or mavzulardan biri bu - ota obrazini bosh qahramon

roliga ko'tarishdir.Negaki avvaldan ona obrazi yozuvchilarimiz uchun bosh g'oyalardan biri

bo'lgan bo'lsa, endilikda ota siymosi to'g'risidagi asarlar ham kam emas.Masalan shunday

yorqin vakillarimizdan biri Isajon Sulton ijodidagi "Otamga nimadir bo'ldi" hikoyasiga

to'xtaladigan bo'lsak.Ushbu hikoya otasiga juda-juda bog'lanib qolgan bola tilidan

aytiladi.Bolakayning mehribon otasi, oila a'zolari, ahil va kamtarona hayot tarzi bo'ladi.Lekin

ota bunga qanoat qilmay uzoq yurtlarga ishlash uchun boradi.Negaligi hikoyada aytilmagan-u,

faqatgina bolaning onasining tilidan "Otang ketmasa, bo'lmaydida, toyim" degan degan sabab

keltirilgan. Endi hikoyadagi har bir obraz va voqealarni birma - bir tahlil qilamiz. Avvalo bola

obraziga to'xtaladigan bo'lsak.E'tibor bilan qaralsa, yozuvchi bolani hech qanday ism bilan

atamaydi, shuningdek hikoyadagi hech qaysi obrazni nomlamaydi.Hikoya bola tilidan aytilgani


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

440

uchun "otam" , "onam", "akam", "opam", "ukam" deb murojaat qilingan.Xo'sh, endi hikoyadan

kelib chiqib bolaning shaxsiga ta'rif beradigan bo'lsak.Qahramonimiz tabiatan tirishqoq, ota-

onasi va har bir oila a'zolariga juda mehribon, aqlli shu bilan birga e'tiborli va irodali

hamdir.Negaki otasi safarga jo'nar ekan, bolakay otasiga o'zining sevimli itini bog'lab, oldiga

bir kosa suv qo'yishini agarda shu suv ayniganda otasiga nimadir bo'lgani fahmlashini va uni

qutqarishga borishini aytadi.Uning bu gaplariga otasi etiroz qilmay shunchaki kulib qo'yadi.Ota

safarga ketgandan keyin uyda quyidagi bir qancha o'zgarishlar bo'la boshlaydi. Lekin afsuski,

bu o'zgarishlarni boladan boshqa hech kim payqamaydi.Avvalo,Bo'ynoq itni yonidagi suv aynib

qoladi va nimagadir kuchugi sababsiz g'inshib yer timdalay boshlaydi, jo'xorilarni yovvoyi

qushlar yeb ketadi, yerdagi sho'ra va burgablar bir kunda o'sib ketadi, behi daraxti meva solgan

joyida bujmayib qoladi, shaftoli daraxti mevalarini to'kib yuboradi, uzumlar chiriydi. Yana

opasi siniq oynaga qarab, siniq taroq bilan soch taraydi,qo'shni bularga suv bermay,o'ziga burib

qo'yadi, makkalari suv icholmay rangi ketib qoladi, eshiklarini oldiga kimdir po'choq tashlab

ketadi, uyning suvog'i tushib, sho'rlashib ko'chib tushadi, uyni oldida sho'ralar o'sib chiqadi,

etakdagi bobosi ekkan nok qurib qoladi, yuz yildan beri meva solib turgan daraxtlar shu bir-

ikki kun ichida barcha barglarini to'kib, novdalari qoladi, xolos. Onasi non yopsa nonlari

qiyshayib, ovqatning tuzi sho'r bo'lib qoladi,ovqatlarda lazzat yo'q, kir yuvsa ko'pirmaydi,

hovlini supursa yana qayta xas bosib, yovvoyi o'tlar chiqadi, makkalar esa o'smay, qurib qoladi,

imorat cho'kib qoladi. Eng asosiysi bola bir tush ko'radi. Tushuda sigirlarining biri och, biri to'q

emish.Och sigir to'q sigirni yermish. Dalalar tap-taqir, bittagina boshoq o'sib chiqqanmish.

Uylaridan esa baland- baland, yollari hilpiragan, ammo egarlari bo'm- bo'sh otlar chiqib

ketayotgan emish. To'g'ri, bularning barchasi boshqa oila a'zolari uchun oddiy holdek

tuyiladi.Lekin bola ko'ngli sezadiki, otasiga aniq nimadir bo'lgan. Fikrimcha, bu ota- bola

o'rtasidagi mustahkam rishta va bolaning otasiga bo'lgan sof sevgisi sababidan. Chunki ayni shu

sevgi sabab bola otasini izlab yo'lga tushadi. Olti yoshga to'lar- to'lmagan bola uchun bu katta

jasorat, mardlikdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Endi hikoyaning boshqa obrazlariga ta'rif beradigan bo'lsak. Bolaning akasi undan katta

bo'lishiga qaramay ancha beparvoroq va mas'uliyatsizroq.Negaki, bola keltirgan sabablarning

birortasiga ham ishonmaydi v ahattoki e'tibor ham bermaydi.Lekin blla aytgan gaplarning

barchasi rost bo'lib, ota uzoq yurtlarda sovuq sabab qattiq shamollagan va hattoki o'rnidan

turishga holi ham yo'q. Lekin ko'ngli taskin topmagan bola otasiga bodi sabo orqali xabar

yuboradi. Shunda ota tushunadiki, farzandlariga uning mehri, e'tibori, ularning har doimo

yonida bo'lishi kerak,pullar emas. Chunki bola hikoya davomida aytadiki, "Otamni yelkasiga

chiqsam qo'lim bemalol yulduzlarga yetadi",- deb. Shundan ko'rinib turibdiki, bola uchun otasi

katta to'g' va bola shu to'g'ga bemalol suyana oladi. Lekin zamon sababmi, turmush sababmi,

qarz sababmi ota o'z oilasidan uzoqqa ketishga majbur bo'ladi. Lekin hikoyada tasvirlangan ota

obrazida og'ir - bosiqlik, sabr -bardoshlilik, oilaparvarlik, mahribonlik, jiddiylik sifatlari barq

urib turadi. Negaki u o'g'lining barcha bolalarcha qiliqlariga vazminlik bilan jilmayib javob

beradi. Ota oila mas'uliyatini to'liq zimmasiga olgani hikoya davomida ifodalangan. Hikoyada

o'zinibg samimiy va mehribonligi bilan ajralib turadigan obraz bu ona siymosidir. Nimagadir,

shu hikoyani o'qirkanman undagi avvalo boshlanma qismi, so'ngra oilaviy muhit, ayniqsa, ota

va ona obrazlari, bola tilidan hikoya qilinishi taniqli yozuvchi O'tkir Hoshimovning "

Dunyoning ishlari" asarini eslatib yuboradi. Undagi obrazlar, oilaviy muhit ham bir -biriga juda

o'xshash.Har ikkala asarda ham oilaviy qadriyatlar, an' analar ahamiyati ta'kidlangan. Hikayada

bolaning otasini uzoqqa ketishini qabullana olishligi juda qiyin kechadi va, albatta, bu ota


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

441

uchun ham oson kechmaydi. Lekin bolakay oilasining munosabatlarini mustahkam saqlab

qolishi, otasining qaytishi, hovlidagi o'zgarishlarning yana o'z holiga qaytishini jon - joni bilan

xohlaydi.Buning uchun bola beg'ubor qalbi bilan yonidagi bo'ynoqqa ishonib juda uzoq yo'lga

chiqadi, lekin bolaning keyingi taqdirini yozuvchi mavhumligicha qo'ya qolgan.

Xulosa.

Isajon Sultonning “Otamga nimadir bo‘ldi” hikoyasi inson qalbidagi eng nozik

tuyg‘ular — mehr, sog‘inch, ajralish og‘rig‘i va oilaviy bog‘liqlik, oilaviy iliq munosabatlar

kabi holatlarni juda samimiy, sof tarzda tasvirlagan hikoyadir. Hikoya voqealari bolaning

nigohi orqali yoritilganligi sababli o‘quvchiga voqealarga bola qalbi va tushunchasi bilan

qarash imkonini beradi. Bu uslub hikoyaning ta’sirchanligini yanada oshirishga xizmat

qilgan.Hikoya orqali muallif zamonaviy oilalarning muammolaridan birini qalamga olgan.

Ya'ni tirikchilik yoki boshqa oilaviy sabablarga ko‘ra otalarning uzoq muddatga oiladan

uzoqlashib ishlash maqsadida begona yurtlarga borishi va buning bolalar ruhiyatiga, oilaviy

muhitga bir qancha salbiy ta’sirini ochib beradi. Bola otasining ketishini anglab yetgan bo‘lsa

ham , uning qalbidagi og‘riq, ichki iztirob va tushunarsiz bo‘shliq yurakni larzaga keltirib,

otani qo'yib yuborgisi kelmaydi. Muallif hikoya orqali nafaqat oilaviy bog‘liqlikni,

qadriyatlarni balki inson ruhiyatining murakkab qatlamlarini ya'ni sog'inch, chorasizlik,

majburiyat kabilarni ham ochishga harakat qiladi. Hikoyadagi ota sog‘inchi — bu nafaqat bir

shaxsga, balki mehr, e’tibor, xavfsizlik va iliqlikka bo‘lgan kuchli sog‘inchdir. Bola uchun ota

— bu faqatgina oilaning boquvchisi emas, balki uning himoyachisi, qo'rg'oni hamdir. Uning

hayotining ajralmas, mustahkam tayanchi otasi hisoblanadi. Hikoya yakunida esa kitobxon bir

haqiqatga amin bo‘ladi: bola qalbida otaga nisbatan yuzaga kelgan bo‘shliqni hech qanday

moddiy ne’mat bilan to‘ldirib bo‘lmaydi. Ota mehrining o‘rni faqat va faqat otaning o‘zi bilan

to‘ldira oladi. Bu esa har bir ota-onani oilaviy munosabatlar, farzandlar ruhiyati haqida jiddiy

o‘ylantiradi, ularni yanayam mas'uliyatli va farzandlariga javobgar qilib qo'yadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. “O‘zbek badiiy adabiyotida ota obrazi”. Mushtariy Bozorboyeva Maxammatjon qizi.
2.O’zbek tilining izohli lug’ati. Besh jildli, 3-jild.--- Toshkent: O’zbekiston milliy

ensiklopediyasi, 2008.
3..O’zbek xalq maqollari. --- Sharq. 2005
4."BADIIY ADABIYOTDA OTA TIMSOLI" G‘ofurova Madinaxon Odiljon qizi,

O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR

JURNALI. 31-son. 20.06.2024
5.Isajon Sulton "Otamga nimadir bo'ldi hikoyasi.

Библиографические ссылки

“O‘zbek badiiy adabiyotida ota obrazi”. Mushtariy Bozorboyeva Maxammatjon qizi.

O’zbek tilining izohli lug’ati. Besh jildli, 3-jild.--- Toshkent: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008.

.O’zbek xalq maqollari. --- Sharq. 2005

"BADIIY ADABIYOTDA OTA TIMSOLI" G‘ofurova Madinaxon Odiljon qizi, O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI. 31-son. 20.06.2024

Isajon Sulton "Otamga nimadir bo'ldi hikoyasi.