Авторы

  • G.S. Qosimova
    FJSTI, kafedrasi assistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107536

Ключевые слова:

fizik masala biofizika kasbiy yo‘naltirilgan masalalar integratsiyalashgan ta’lim tibbiy kompetensiyalar diagnostika ta’lim samaradorligi tovush tezligi ultratovush to‘lqini.

Аннотация

Maqolada tibbiy ta’limda fizik qonuniyatlar, hodisalarning inson organizmida sodir bo‘ladigan jarayonlar bilan bog‘liqligi, tibbiy va biologik fizika fanini kasbiy yo‘naltirilgan masalalar orqali o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan eksperimental - pedagogik tadqiqot natijalari bayon etilgan. Tadqiqot doirasida biofizika kursining asosiy bo‘limlari doirasida tibbiy amaliyot bilan bog‘langan kasbiy masalalardan foydalanish orqali talabalarning nazariy bilimlarni amaliyot bilan integratsiyalash darajasi, kasbiy kompetensiyalari va o‘quv motivatsiyasi tahlil qilindi. Eksperimental guruh va nazorat guruhi natijalari o‘rtasidagi qiyosiy tahlil kasbiy yo‘naltirilgan masalalarning o‘qitish jarayonida sezilarli ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Shuningdek, maqolada biofizika kursining asosiy bo‘limlari, tibbiyot amaliyotidagi fizik jarayonlarning o‘rni va kasbiy yo‘naltirilgan masalalarning tasnifi yoritilgan.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

430

TIBBIY TA’LIMDA KASBIY YO‘NALTIRILGAN MASALALAR ORQALI

BIOFIZIKA FANINI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

G.S. Qosimova

FJSTI, kafedrasi assistenti

qosimovagulnoza82@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada tibbiy ta’limda fizik qonuniyatlar, hodisalarning inson organizmida

sodir bo‘ladigan jarayonlar bilan bog‘liqligi, tibbiy va biologik fizika fanini kasbiy

yo‘naltirilgan masalalar orqali o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan eksperimental -

pedagogik tadqiqot natijalari bayon etilgan. Tadqiqot doirasida biofizika kursining asosiy

bo‘limlari doirasida tibbiy amaliyot bilan bog‘langan kasbiy masalalardan foydalanish orqali

talabalarning nazariy bilimlarni amaliyot bilan integratsiyalash darajasi, kasbiy

kompetensiyalari va o‘quv motivatsiyasi tahlil qilindi. Eksperimental guruh va nazorat guruhi

natijalari o‘rtasidagi qiyosiy tahlil kasbiy yo‘naltirilgan masalalarning o‘qitish jarayonida

sezilarli ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Shuningdek, maqolada biofizika kursining asosiy bo‘limlari,

tibbiyot amaliyotidagi fizik jarayonlarning o‘rni va kasbiy yo‘naltirilgan masalalarning tasnifi

yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

fizik masala, biofizika, kasbiy yo‘naltirilgan masalalar, integratsiyalashgan ta’lim,

tibbiy kompetensiyalar, diagnostika, ta’lim samaradorligi, tovush tezligi, ultratovush to‘lqini.

Kirish.

Soʻnggi yillarda tabiiy fanlar, xususan, fizika fanining tibbiy taʼlimga

integratsiyalashuviga butun dunyo boʻylab oʻqituvchilar va tadqiqotchilarning eʼtibori tobora

ortib bormoqda. Tibbiyot sohasida ayrim jarayonlar asosiy fizik qonuniyatlar bilan

chambarchas bog‘liq bo‘lib, inson tanasida sodir bo‘ladigan ko‘plab fiziologik jarayonlar ushbu

qonuniyatlarga asoslanadi. Diagnostika va davolash usullarining aksariyati fizik hodisalar

hamda jarayonlarga tayangan holda amalga oshiriladi. Yuqori sifatli tibbiy xizmatlarga va

texnologik jihatdan malakali mutaxassislarga talab ortib borayotganligi sababli tibbiyot

muassasalarida biofizika fanini o‘qitish samaradorligini oshirish ta’limning dolzarb

yo‘nalishiga aylandi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tibbiy ta’limda talabalarga biofizikani o‘qitishda “kasbiy

yo‘naltirilgan masalalarni” qo‘llash, nazariy bilimlarni tibbiy amaliyot bilan bog‘lash

talabalarning motivatsiyasini oshiradi va murakkab biofizik tushunchalarni tushunishni

yaxshilaydi. Masalan, R. M. Nurlanova tibbiy fizika bo‘yicha ma’ruzalarga tibbiy misollar va

diagnostika uskunalari misollarini kiritish talabalarning faolligi va eslab qolishini sezilarli

darajada yaxshilashini ta’kidladi. Xuddi shunday, E.V. Shevchenko va A.V. Korjuyev

ta’kidlaganidek, tibbiy fizikani o‘qitishda fizika fanini kasbiy faoliyatga bog‘lashdagi

bo‘shliqlar motivatsiyaning pasayishiga va tibbiyot talabalari tomonidan o‘zlashtirilish

pasayishiga olib keladi[1,2].

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida tibbiy va biologik fizika fanini

o‘qitishning integratsion mashg‘ulotlar, jumladan, tibbiyot muassasalari markazlarida amaliy

darslar tashkillash, raqamli platformalar va klinik vaziyatlarga yo‘naltirilgan fanlararo

muammolarni yechish masalalaridan foydalanish joriy etildi. Ushbu mashg‘ulotlar shifokor

uchun zarur bo‘lgan fizika masalalari tibbiyotda amaliy qo‘llaniladigan diagnostika va davolash

usullari bilan bog‘liq bo‘lib, talabalarda inson organizmidagi biologik va fizikaviy jarayonlarni

ilmiy asosda tushunish, turli diagnostik qurilmalarning ishlash prinsiplari bilan tanishish,

nafaqat nazariy bilimlarni egallash, balki amaliy muammolarni hal qilish va tahliliy


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

431

ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy kompetensiyaga asoslangan ta’lim

modellari bilan mos keladi[5,6].

Metodologiya.

Tadqiqotda kasbiy yo‘naltirilgan masalalar orqali biofizika fanini o‘qitish

samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik yondashuvni baholash maqsad qilingan.

Tadqiqot eksperimental-pedagogik yo‘nalishda olib borilgan bo‘lib, sifat va miqdoriy tahlil

usullarida amalga oshirildi. Tadqiqot ob’yekti sifatida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot

instituti tibbiy va biologik fizika kursini o‘zlashtirayotgan birinchi bosqich “Pediatriya ishi”

yo‘nalishidagi 90 nafar talabalar tanlandi va ular nazorat hamda eksperimental guruhlarga

taqsimlandi.

Eksperimental guruhda o‘qitish jarayonida kasbiy yo‘naltirilgan fizik masalalardan

foydalanildi. Bunday masalalar tibbiy-biologik muhitdagi real sharoitlar, klinik holatlar,

diagnostik uskunalar va fiziologik jarayonlar bilan bevosita bog‘langan.

Tadqiqot davomida biofizika kursining asosiy “Mexanik tebranishlar va to‘lqinlar”,

“Optika”, “Termodinamika”, “Elektromagnit maydon” kabi bo‘limlari asosida fanlararo

integratsiyalashgan darslar tashkil etildi. Biofizik kattaliklarni aniqlash usullari bo‘yicha

masalalar - masalan, yurak urish chastotasi, qon bosimi, harorat o‘lchovi, fiziologik

jarayonlarning biofizik asoslarini yorituvchi masalalar - masalan, eshitish biofizikasi,

ultratovush to‘lqinlarning to‘qimalarga ta’siri, tibbiy asbob-uskunalarning ishlash prinsipi

asosidagi masalalar - fonendoskop, audiometr, elektrokardiograf kabi o‘rganilayotgan nazariy

bilimlar tibbiy faoliyatga aloqador masalalar bilan mustahkamlandi[3,4].

1) Tovush tezligini aniqlash orqali eshitish tekshiruvini baholash.

Masala: Shifokor bemorning qulog‘i bilan tovushni eshitish masofasini 10 metr ekanini aniqladi.

Bemor tovushni 0,03 soniyadan keyin eshitdi. Havodagi tovush tezligini hisoblang.
Yechish:

ϑ =

S

t

=

10 m

0,03 s

= 333,3

m

s

Bu qiymat odatdagi sharoitdagi tovush tezligiga yaqin. Bunday masalalar eshitish tekshiruvi

jarayonidagi fizikani anglashga yordam beradi.

2) Ultratovush to‘lqinining to‘qimaga kirish chuqurligini baholash.

Masala: Shifokor 5 MHz chastotali ultratovush to‘lqini yuboradi. To‘lqin to‘qimada 1540 m/s

tezlikda harakatlanadi. To‘lqin 5 sm chuqurlikdagi o‘simtaga yetib borib qaytdi. To‘lqinning

orqaga qaytishi qancha vaqt oladi?

Yechish: To‘lqin borib va qaytadi → Yo‘l = 2 × 5 sm = 0,1 m

t = S ∙ ϑ = 0,1 m ∙ 1540 m/s ≈ 6,49 ∙ 10

−5

s

Bunday masalalar ultratovush tekshiruvining fizik asoslarini amaliy o‘rganishga yordam beradi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

432

Nazorat guruhi esa an’anaviy, nazariy ma’ruzalar va laboratoriya mashg‘ulotlari asosida

o‘qitildi.

Tadqiqotning samaradorligini aniqlash maqsadida quyidagi vositalardan foydalanildi:

1) Boshlang‘ich va yakuniy nazorat ishlari – talabalar bilim darajasining o‘zgarishini aniqlash

uchun;

2) Amaliy topshiriqlar – tibbiy uskunalar va fizik hodisalarni tahlil qilishga oid masalalarni

yechish orqali;

3) O‘qituvchilar kuzatuvi – dars jarayonidagi faollik, motivatsiya va ishtirok sifatini tahlil qilish

uchun.

Miqdoriy ma’lumotlar statistik tahlil asosida, sifat jihatidan olingan fikr, mulohazalar

esa tematik tahlil asosida guruhlarga ajratilib umumlashtirildi.

Natijalar va muhokama.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra eksperimental guruhda biofizika fanining kasbiy

yo‘naltirilgan masalalar asosida o‘qitilishi samaradorligini aniqlash maqsadida tashkil etilgan

sinov natijalari quyidagicha bo‘ldi:

Yakuniy test baholashida eksperimental guruhda 82% talaba 70 balldan yuqori natija

ko‘rsatdi, bu esa nazorat guruhidagi 59% talabaga nisbatan yuqori ko‘rsatkichdir.

Kasbiy masalalarni mustaqil hal qilish bo‘yicha topshiriqlarda eksperimental guruh

talabalarining 75% to‘liq va to‘g‘ri yechim taklif qildi, nazorat guruhida esa bu ko‘rsatkich

58%ni tashkil etdi.

Kuzatuv natijalari asosida aniqlanishicha, kasbiy yo‘naltirilgan masalalar taqdim

etilgan darslarda talabalar o‘zlashtirish darajasi, darsdagi ishtiroki va savol-javoblarda faol

qatnashuvi ancha yuqori bo‘lgan.

Bo‘lajak shifokorlarni o‘qitishda kasbiy yo‘naltirilgan fizik masalalardan integratsion

foydalanish talabalar bilimlarini o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatib,

ularning shaxsiy, ijodiy sifatlarini shakllanishiga yordam beradi. Ayniqsa, klinik amaliyotda

qo‘llaniladigan

asbob-uskunalar,

masalan,

ultratovush

apparatlari,

audiometrlar,

fonokardiografiya qurilmalarining fizik asoslari bilan bog‘liq masalalarni tahlil qilish, talabada

tibbiy tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi. Bunday yondashuv ilgari olib borilgan

tadqiqotlar, jumladan E.V. Shevchenko va A.V. Korjuev, D. Z. Xojayeva, balki mahalliy oliy

ta’lim muassasalarining so‘nggi yillarda ishlab chiqqan metodik ishlanmalarini amalda

tasdiqlaydi.

Xulosa.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

433

Tadqiqot yakunlari shuni ko‘rsatdiki, biofizika fanini kasbiy yo‘naltirilgan masalalar

asosida o‘qitish tibbiy ta’lim sifatini oshirishda muhim pedagogik usuldir. Bu yondashuv

talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlab, biofizik tushunchalarni real tibbiy holatlar

bilan bog‘lash imkonini beradi. Kasbiy kompetensiyalar - tahliliy fikrlash, diagnostik uskunalar

ishlashini tushunish, amaliy masalalarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi, hamda

mustaqil ta’limga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi. Bundan tashqari, biofizik masalalardan

foydalanish ta’lim jarayonini integratsiyalash imkoniyatini yaratib, tibbiy va tabiiy fanlar

o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlashga yordam beradi. Tavsiya sifatida, ushbu metodikani

tibbiyot oliygohlarining barcha yo‘nalishlarida keng qo‘llash, kasbiy yo‘naltirilgan masalalar va

ularni laboratoriya mashg‘ulotlari hamda amaliy darslar bilan integratsiyalash taklif etiladi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. Hojayeva, D. (2020). The subject of physics – as a professionally orientational tool in the

formation of the professional activity of a doctor. Magyar Tudományos Journal, (38).

Tashkent State Dental Institute, Republic of Uzbekistan.

2. Коржуев, А. В., & Шевченко, Е. В. (2000). Медицинская физика: общенаучный и

гуманитарный контекст. Москва: Янус-К.

3. Soyibjonovna, Q. G. (2025). Jismoniy salomatlik darajasini baholash usullari va uni

nazorat qilishning asosiy bosqichlari. Models and Methods for Increasing the Efficiency of

Innovative Research, 4(41), 129-134.

4.

https://interoncof.com/index.php/germany/article/view/7493

5.

Karabaev, M., K., Kosimova, G., S., & Sidikov, A., A. (2023). Логико-математические

модели количественной оценки интегрального уровня индивидуального физического

здоровья на основе адаптационного потенциала организма. Klinik va profilaktik

tibbiyot jurnali.

https://bit.ly/3GGDBWl

6. Karabaev, M., & Qosimova, G. (2023). Logical - mathematical models of quantitative

assessment of the integral level of individual physical health based on the adaptive

potential of the div. E3S Web of Conferences, 452, 07004.

7.

https://doi.org/10.1051/e3sconf/202345207004

8. Karabayev, M., Gasanova, N., Batirov, M., & Kosimova, G. (2022). Principles and

constants of the golden proportion as a criterion in donosological diagnostics of the

functional states of the div and in the assessment of the probability of their

changes. Norwegian Journal of Development of the International Science, (77-1), 19-27.

https://doi.org/10.24412/3453-9875-2021-77-1-19-27

9. Гасанова, Н. М. (2025). Изменение морфологической текстуры слюны при грыжах

позвоночного диска до и после применения гирудина. Multidisciplinary Journal of

Science and Technology, 5(2), 564-569.

10.

https://www.mjstjournal.com/index.php/mjst/article/view/2710

11. Qosimova, G. S. (2025). Tibbiy ta’limda matematik modellashtirish orqali organizmning

funksional holatlari va himoya-moslashuv jarayonlarini o‘qitish usullari. FarDU. Ilmiy

xabarlar – Scientific Journal of the Fergana State University, 31(2), 112–116.

https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss2/a24

Библиографические ссылки

Hojayeva, D. (2020). The subject of physics – as a professionally orientational tool in the formation of the professional activity of a doctor. Magyar Tudományos Journal, (38). Tashkent State Dental Institute, Republic of Uzbekistan.

Коржуев, А. В., & Шевченко, Е. В. (2000). Медицинская физика: общенаучный и гуманитарный контекст. Москва: Янус-К.

Soyibjonovna, Q. G. (2025). Jismoniy salomatlik darajasini baholash usullari va uni nazorat qilishning asosiy bosqichlari. Models and Methods for Increasing the Efficiency of Innovative Research, 4(41), 129-134.

Karabaev, M., K., Kosimova, G., S., & Sidikov, A., A. (2023). Логико-математические модели количественной оценки интегрального уровня индивидуального физического здоровья на основе адаптационного потенциала организма. Klinik va profilaktik tibbiyot jurnali. https://bit.ly/3GGDBWl

Karabaev, M., & Qosimova, G. (2023). Logical - mathematical models of quantitative assessment of the integral level of individual physical health based on the adaptive potential of the body. E3S Web of Conferences, 452, 07004.

Karabayev, M., Gasanova, N., Batirov, M., & Kosimova, G. (2022). Principles and constants of the golden proportion as a criterion in donosological diagnostics of the functional states of the body and in the assessment of the probability of their changes. Norwegian Journal of Development of the International Science, (77-1), 19-27. https://doi.org/10.24412/3453-9875-2021-77-1-19-27

Гасанова, Н. М. (2025). Изменение морфологической текстуры слюны при грыжах позвоночного диска до и после применения гирудина. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 5(2), 564-569.

Qosimova, G. S. (2025). Tibbiy ta’limda matematik modellashtirish orqali organizmning funksional holatlari va himoya-moslashuv jarayonlarini o‘qitish usullari. FarDU. Ilmiy xabarlar – Scientific Journal of the Fergana State University, 31(2), 112–116. https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss2/a24