INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
412
YASHIL IQTISODIYOTDA BIG DATA VA SUN'IY INTELLEKTNING AHAMIYATI
Beknazarova Dilafruz
Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi
Sharopova Shaydo Shamsiddin qizi
Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti 3-kurs talabasi
email:shaydosharopova3@gmail.com
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotda katta ma'lumotlar (Big Data) va
sun'iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari o'rganiladi. Bugungi kunda
iqlim o'zgarishi va ekologik muammolarni bartaraf etishda zamonaviy raqamli
texnologiyalarning o'rni ortib bormoqda. Maqolada O'zbekiston va dunyo tajribasidan ushbu
holatga real misollar keltirilgan, shuningdek, mavjud statistik ma'lumotlar asosida tahlil
berilgan.
KALIT SO'ZLAR:
Yashil iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, katta ma'lumotlar, sun'iy
intellekt, ekologik monitoring, chiqindilarni boshqarish, qayta tiklanuvchi energiya.
ABSTRACT:
This article examines the possibilities of using Big Data and Artificial
Intelligence (AI) technologies in the green economy. Today, the role of modern digital
technologies in addressing climate change and environmental problems is increasing. The
article presents real examples of this situation from the experience of Uzbekistan and the world,
as well as an analysis based on available statistical data.
KEYWORDS:
Green economy, digital transformation, big data, artificial intelligence,
environmental monitoring, waste management, renewable energy.
АННОТАЦИЯ:
В данной статье исследуются возможности использования технологий
больших данных (Big Data) и искусственного интеллекта (ИИ) в зеленой экономике.
Сегодня роль современных цифровых технологий в решении проблем изменения
климата и окружающей среды возрастает. В статье представлены реальные примеры
данной ситуации из опыта Узбекистана и мира, а также проведен анализ на основе
имеющихся статистических данных.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА:
Зеленая экономика, цифровая трансформация, большие данные,
искусственный интеллект, экологический мониторинг, управление отходами,
возобновляемые источники энергии.
KIRISH:
Iqlim o'zgarishi, atrof-muhit ifloslanishi va tabiiy resurslarning kamayib borishi
butun dunyo oldida dolzarb muammo sifatida turibdi. Yashil iqtisodiyot bu barqaror rivojlanish
va ekologik muvozanatni saqlashga yo'naltirilgan iqtisodiy modeldir.
Big Data
texnologiyalari
ekologik ma’lumotlarni keng miqyosda yig‘ish, tahlil qilish va bashorat qilish imkonini beradi.
Masalan, havo sifati, suv resurslari, chiqindi miqdori va energiya iste’moli kabi ma’lumotlar
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
413
to‘planib, sun’iy intellekt orqali samarali boshqariladi. Bu esa korxonalar va davlat organlariga
ekologik siyosatni yanada samarali yuritish imkonini beradi.
Sun’iy intellekt
esa ekologik
monitoring, chiqindilarni qayta ishlash va energiyani samarali taqsimlash kabi sohalarda
inqilobiy o‘zgarishlar yaratmoqda. Masalan, aqlli tarmoqlar elektr energiyasidan foydalanishni
optimallashtirsa, AI yordamida chiqindi qayta ishlash zavodlarining samaradorligi oshirilmoqda.
So'nggi yillarda raqamli texnologiyalar, xususan Big Data va sun'iy intellektning joriy etilishi
ushbu modelni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI:
Dunyo bo‘yicha yirik davlatlar Big Data va
sun’iy intellekt texnologiyalarini ekologik boshqaruv tizimlariga faol integratsiya qilmoqda.
Masalan, AQShda energiya iste’molini optimallashtirish maqsadida Google DeepMind
kompaniyasi sun’iy intellekt asosida ishlaydigan tizimlar yaratib, server markazlarining
sovutish tizimida energiya sarfini 40% ga kamaytirishga erishgan. Yevropa Ittifoqi "Yashil
Kelishuv" strategiyasi doirasida raqamli texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlab, chiqindilarni qayta
ishlash, transport tizimlarini ekologik xavfsiz qilish, va qayta tiklanuvchi energiyalardan
foydalanish masalalariga e’tibor qaratmoqda. Xitoy esa “Yashil Shaharlar” dasturi orqali aqlli
sensorlar va SI algoritmlarini havo sifati monitoringi uchun joriy qilgan.
O‘zbekistonda 2020-yilda qabul qilingan “Yashil iqtisodiyotga o‘tish” konsepsiyasi asosida
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, chiqindilarni boshqarish tizimini
modernizatsiya qilish, va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish ishlari boshlab yuborilgan.
Shu bilan birga, SI asosida ishlovchi ekologik monitoring tizimlarini joriy etish istiqbollari ham
ko‘rib chiqilmoqda.
TADQIQOT METODOLOGIYASI:
Ushbu tadqiqotda O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga
o‘tish jarayonida Big Data va sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanilishi o‘rganildi.
Maqola quyidagi asosiy usullar asosida amalga oshirildi:
Normativ hujjatlar tahlili:
“Yashil iqtisodiyotga o‘tish konsepsiyasi” (PQ-5863) va boshqa
davlat dasturlari o‘rganildi.
Statistik tahlil:
Davlat statistika qo‘mitasi va soha vazirliklarining ekologiya va energiya
bo‘yicha ma’lumotlari tahlil qilindi (masalan, qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish
hajmi, chiqindi statistikasi).
Holat tahlili :
“Yashil energiya”, “Toza Hudud” va ekologik
monitoring tizimlarida Big Data va SI texnologiyalarining tatbiqi misol tariqasida ko‘rib
chiqildi. O‘zbekiston tajribasi boshqa mamlakatlar — masalan, Qozog‘iston, Gruziya va
Estoniya kabi rivojlanayotgan davlatlar bilan solishtirilib, ularning Big Data va SI
texnologiyalarini yashil iqtisodiyotda qanday qo‘llayotganligi baholandi.
Ekspertlar fikri
: Soha mutaxassislari bilan suhbatlar asosida amaliy tajriba va mavjud
muammolar aniqlab olindi. Toshkentdagi bir qator OTM va ilmiy tadqiqot institutlari olimlari,
shuningdek, “Yashil energiya”, “O‘zenergoinspeksiya”, “Toza Hudud” DUK mutaxassislari
bilan suhbatlar o‘tkazildi. Ular orqali Big Data va sun’iy intellekt texnologiyalarining
amaliyotda qanday tatbiq etilayotgani, duch kelinayotgan muammolar va yechimlar haqida
ma’lumotlar olindi. Mazkur metodlar orqali O‘zbekistondagi mavjud holat real misollar va
statistik asosda yoritildi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
414
TAHLIL VA NATIJALAR:
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda yashil iqtisodiyot yo‘nalishida bir
qator raqamli texnologiyalar joriy qilinmoqda. Jumladan, 2024-yildan boshlab chiqindilarni
boshqarish va ekologik monitoringda raqamli platformalar va AI algoritmlaridan foydalanila
boshlandi. “Toza Hudud” tizimi orqali chiqindilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar markazlashtirilgan
holda boshqarilmoqda. Shuningdek, ekologik nazorat stansiyalari orqali havo sifati real vaqt
rejimida kuzatilmoqda. Ushbu tizimlar Big Data asosida ishlaydi va havo ifloslanishi bo‘yicha
prognozlar beradi. Bu esa hududiy darajada tezkor choralar ko‘rish imkonini yaratmoqda.
Qayta tiklanadigan energiya sohasida ham sezilarli o‘sish kuzatildi. 2023-yilda mamlakatda
qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish hajmi 4,2 GVtga yetdi, bu umumiy energiya ishlab
chiqarishning 12 foizini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich sun’iy intellekt orqali ishlab chiqilgan
energiya boshqaruv tizimlari samaradorligini tasdiqlaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, Big Data
va sun’iy intellekt texnologiyalari yashil iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda
va ekologik barqarorlikka sezilarli hissa qo‘shmoqda.
XULOSA VA TAKLIFLAR:
Tadqiqot natijalaridan shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonda yashil
iqtisodiyotga o‘tishda Big Data va sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanilishi sezilarli
darajada rivojlanmoqda. Ushbu texnologiyalar ekologik monitoring, chiqindilarni boshqarish,
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish kabi sohalarda muhim rol
o‘ynamoqda. Shunday qilib, quyidagi takliflar ilgari suriladi: 1.
Ekologik monitoringni
raqamlashtirish –
Big Data va sun’iy intellekt yordamida ekologik monitoring tizimlarini
takomillashtirish va havodagi ifloslanishni oldindan prognozlash.
2.Chiqindilarni boshqarishni avtomatlashtirish
– “Toza Hudud” tizimi orqali chiqindilarni
boshqarishni markazlashtirish va ularni qayta ishlashni optimallashtirish.
3.“Yashil energiya”ni rivojlantirish
– qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali
foydalanish uchun sun’iy intellekt asosida energiya boshqaruv tizimlarini joriy etish.
4.Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash
– ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish va xalqaro
hamkorlikni kengaytirish.
5.Raqamli transformatsiya dasturlarini ishlab chiqish
– davlat tomonidan raqamli
transformatsiya jarayonlarini boshqarish va rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish.
Ushbu takliflar O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtirish va ekologik
barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, PQ-5863-son. (2020). Yashil iqtisodiyotga
o‘tish konsepsiyasi.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy sayti:
3.O‘zbekiston
Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. (2024). Ekologik monitoring bo‘yicha hisobot.
4.O‘zbekiston Energetika vazirligi. (2023). Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining
rivojlanishi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
415
5.“Toza Hudud” DUK. (2023). Chiqindilarni boshqarish tizimi va raqamli platformalar.
6.Shavkatov, M, & Tashmuhammedov, N. (2021). Yashil iqtisodiyotda raqamli texnologiyalar
va sun’iy intellekt.
7.O‘zbekiston iqtisodiyoti va ekologiyasi: Xalqaro ilmiy jurnali, 8.O‘zbekiston
Respublikasining “Yashil iqtisodiyotga o‘tish” konsepsiyasiga oid ilmiy maqola. (2022).
Raqamli texnologiyalar va ekologik barqarorlik.