Авторы

  • Ishoqova Gulbaxor Uktam qizi,Sattorova Mohira Aminqulovna
    ATMU

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107546

Ключевые слова:

Aqliy zaiflik oligofreniya intellektual rivojlanish buzilishi endogen va ekzogen omillar genetik va tashqi ta’sirlar yengil o’rta og’ir chuqur nutq rivojlanishi buzilishi maxsus ta’lim va reabilitatsiya ijtimoiy moslashuv.

Аннотация

Ushbu maqolada aqli zaiflikning klinik shakllari haqida m’alumot beriladi. Aqli zaiflikning klinik darajalari yengil, o‘rta, og‘ir va chuqur shakllari, maxsus pedagogik yondashuv orqali oddiy bilim va ko‘nikmalarni egallash, kasbiy mehnat turlarini o‘zlashtirib, mustaqil yashashga o’rgatishdan iboratligi haqida so’z boradi.

 


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

526

AQLI ZAIFLIKNING KLINIK SHAKLLARI

Ishoqova Gulbaxor Uktam qizi

ATMU Defektologiya yo’nalishi talabasi

Sattorova Mohira Aminqulovna

ATMU pedagogika kafedrasi dotsenti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada aqli zaiflikning klinik shakllari haqida m’alumot beriladi. Aqli

zaiflikning klinik darajalari yengil, o‘rta, og‘ir va chuqur shakllari, maxsus pedagogik

yondashuv orqali oddiy bilim va ko‘nikmalarni egallash, kasbiy mehnat turlarini o‘zlashtirib,

mustaqil yashashga o’rgatishdan iboratligi haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar:

Aqliy zaiflik, oligofreniya, intellektual rivojlanish buzilishi, endogen va ekzogen

omillar, genetik va tashqi ta’sirlar, yengil, o’rta, og’ir, chuqur, nutq rivojlanishi buzilishi,

maxsus ta’lim va reabilitatsiya, ijtimoiy moslashuv.

Aqli zaif deganda bosh miyaning organik jihatdan jarohatlanishi natijasida psixik, birinchi

navbatda intellektual rivojlanishning turg’un pasayishi tushuniladi. Aqli zaif bolalar

umumta’lim maktablari dasturini o'zlashtirishga qodir bo’lmaydilar. Og’ir darajadagi aqli zaif

bolalar maktabda bilim va ko'nikmalami o’zlashtirib ololmaydilar.

Aqli zaiflikning etiologiyasi turlichadir. Aqli zaiflik homilaning ona qornidaligida,

tug'ilishda yoki ilk rivojlanish davrida markaziy nerv tizimining

gcnetik buzilishlari, jarohatlar, asfiksiya, infeksiyalar, intoksikatsiyalar oqibatida

kelib chiqadi.

Oligofreniyaning sabablari turlichadir. Etiologik belgilar bo‘yicha oligofreniya

ikkita asosiy guruhga ajratiladi:

1. Endogen (genetik) ta’sirlar oqibatida kelib chiqqan, irsiy patologiya bilan bog’langan yoki

oilada mavjud bo'lgan yoki ushbu individda birinchi marta paydo

bo'lgan oligofreniya;

2. Ekzogen ta’sirlar natijasida (homilalik yoki postnatal ontogenezning dastlabki

bosqichlaridagi infeksiyalar, intoksikatsiyalar, bosh miya travmalari) kelib chiqqan

oligofreniya.

Tekshirish metodlarining takomillashib borishi munosabati bilan nerv sistemasining genetik

jarohatlanishi sabablariga katta ahamiyat berib kelinmoqda va aqli zaiflikning kelib

chiqishidagi ko‘p hollar ana shu sabablarga bog’liq deb

ko'rsatilmoqda.

Hozirgi vaqtda genetik sabablarga ko‘ra moddalar almashinuvining buzilishi

natijasida kelib chiqadigan aqli zaiflik ko‘p kuzatilmoqda.

Oligofreniya intellektual yetishmovchilikning namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra

to‘rt darajaga ajratiladi: yengil, o‘rta, og’ir va chuqur.

Yengil darajadagi aqli zaiflik.

Diqqatini jamlay oladigan va yaxshi mexanik xotiraga ega bo’lgan yengil darajadagi aqli zaif

bolalar maxsus (korreksion) dastur bo’yicha ta’lim olishlari

mumkin. Bu dastur aniq ko’rgazmali metodlarga asoslangan bo’lib, matematika, yozuv, o‘qish

va boshqa fanlarni o‘zlashtirishni ancha yengillashtiradi, shuning

uchun bola uni 9 yil davomida egallay oladi. Keyinchalik bola kasbiy bilimlarni

egallab, o‘zi mustaqil ravishda mehnat qila oladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

527

Yengil darajadagi aqli zaif bolalarda nutq malakalarini biroz kechikib o‘zlashtiradilar,

ularning ko'pchiligi nutqdan kundalik maqsadlarda foydalinish,

suhbatni qo’llab turish va unda ishtirok etish ko’nikmalarini egallashga qodir

bo'ladilar. Biroq ularning nutqiga fonetik buzilishlar, so‘z boyligining cheklanganligi, so'zlarni

yaxshi tushunmaslik, qo’llaniladigan so'zlarning ma’nosi

aniq bo‘lmasligi xos bo‘ladi. So‘zlar muloqot vositasi sifatida to’liq qo‘llanilmaydi.

Faol lug’at passiv lug‘atdan ortda qolishi kuzatiladi. Aqli zaif odam o’zi gapirgandan ko'ra

ko‘proq tushunadi. Ko’rish, eshitish, kinestetik, taktil, hid sezish va ta’m bilish hislari (sezish)

cheklanganligi va sekinlashgani atrof-muhitda mos oriyentikrovkani qiyinlashtiradi. Idrokning

yaxshi rivojlanmaganligi aqli zaif odamga uning o‘zi va uni qurshab turgan narsalar haqida

to’g‘ri tasavvur hosil qilishga halaqit beradi.

Yengil darajadagi aqliy zaiflik (intellektual kamchilik) odamning intellektual qobiliyatlari va

moslashish qobiliyati o'rtacha darajadan past bo'lgan holatni anglatadi. Bu holat odamning

o'qish, yozish, hisoblash, mantiqiy fikrlash va ijtimoiy ko'nikmalar kabi sohalarda

qiyinchiliklarga duch kelishiga olib keladi. Yengil darajadagi aqliy zaiflik odatda bolalik

davridanoq sezilib, rivojlanishning kechikishi yoki o'qish va o'rganish qobiliyatining pastligi

orqali namoyon bo'ladi.

Sabablariga keladigan bo’lsak yengil darajadagi aqliy zaiflikning sabablari genetik omillar

(masalan, Down sindromi), tug'ma nuqsonlar, homiladorlik davridagi infektsiyalar, tug'ruq

paytidagi muammolar yoki bolalikdagi jiddiy kasalliklar bo'lishi mumkin.

Alomatlari:

- O'qish, yozish va hisoblashda qiyinchiliklar.

- Mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatining pastligi.

- Ijtimoiy munosabatlarda qiyinchiliklar (masalan, do'stlik qilish yoki guruhda ishlash).

- Kundalik hayotda mustaqil ravishda qaror qabul qilishda qiynalish.

Yordam va olib boradigan ishlarimiz: Maxsus ta'lim: Bolalarga moslashtirilgan o'quv dasturlari

va yordamchi pedagoglar orqali yordam berish.

Psixologik yordam: Psixologlar va terapevtlar bilan ishlash orqali ijtimoiy va hissiy

ko'nikmalarni rivojlantirish.

Ota-onalar yordami: Oilada qo'llab-quvvatlovchi muhit yaratish va bolaning qobiliyatlarini

rivojlantirishga yordam berish.

Ijtimoiy moslashuv: Bolani jamiyatga moslashtirish uchun maxsus dasturlar va faoliyatlar

tashkil etish.

Yengil darajadagi aqliy zaiflik odamning hayot sifatini pasaytirishi mumkin, ammo to'g'ri

yondashuv va yordam bilan bunday odamlar mustaqil hayot kechirish va ijtimoiy hayotda faol

ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishlari mumkin.

O’rta darajadagi aqli zaiflik.

O‘rta darajadagi aqli zaiflik bilish jarayonlarining shakllanmaganligi bilan

tavsiflanadi. Tafakkur konkret, ketma-ketlik yo‘q. Bu kategoriyadagi shaxslarda

nutqni tushunish va undan foydalanish orqada qolib (3-5 yilga kechikib) rivojlanadi, bu sohada

to‘liq rivojlanish esa cheklangan. Ko'pincha nutq qo'pol nuqsonlar bilan kechadi. So‘z boyligi

kam, u ko‘prok kundalik hayotda qo'llaniladigan so‘z va iboralardan iborat. Aqli zaiflikning bu

darajasidagi bolalarning deyarli barchasida harakatlar koordinatsiyasi, aniqligi va su’rati

buzilgan bo'ladi. Harakatlar sekinlashgan, no’noq, bu narsa yugurish mexanizmining

shakllanishiga va sakrashni o'rganishga to'sqinlik qiladi.

O‘ziga-o‘zi xizmat ko'rsatish ko‘nikmaIari yaxshi rivojlanmagan. Motorika


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

528

rivojlanishning qo‘pol nuqsonlarida bu ko‘nikmalar shakllana olmaydi. Ko'pincha

barmoqlarning differensiyalangan nafis harakatlarini talab qiluvchi ko'nikmalar:

oyoq kiyim ipini bog’lash, tugmalarni qadash, kiyimdagi bog‘ichlarni bog’lashni

o'zlashtirish qiyinchiliklar tug‘diradi. O‘rta darajadagi aqli zaif shaxslarda ma’lumotlar va

tasavvurlar zahirasi juda kam. Tarqoq tushunchalar hosil bo’lishi umuman yo’q yoki keskin

chegaralangan. Idrok va xotiraning rivojlanganligi kuzatiladi.

Oʻrta darajadagi aqliy zaiflik (intellektual kamchilik) yengil darajadagiga qaraganda

jiddiyroq boʻlib, odamning intellektual qobiliyatlari va moslashish qobiliyati sezilarli darajada

past boʻladi. Bu holat odamning kundalik hayotda mustaqil ravishda yashashi va ijtimoiy

faoliyatini amalga oshirishi uchun qoʻshimcha yordam va qoʻllab-quvvatlashni talab qiladi.

Buning sabablari: genetik omillar, tugʻma nuqsonlar, homiladorlik davridagi infektsiyalar,va

toksik moddalarga taʼsirlanish natijasida kelib chiqadi.

Tugʻruq paytidagi esa kislorod yetishmovchiligi yoki tugʻruq paytidagi jarohatlar sababli

yuzaga keladi.

Bolalarda bolalikdagi kasalliklardan ham masalan, meningit yoki qattiq bosh jarohatlaridan

kelib chiqadi.

Alomatlari esa intellektual qobiliyatning pastligi masalan, mantiqiy fikrlash, hisoblash va

oʻrganish qobiliyati cheklangan. Nutq va til rivojining kechikishi, oddiy gaplarni tushunish va

ifodalashda qiyinchiliklar yuza kelishi bilan farqlanadi.

Oldini olishda esa maxsus taʼlim dasturlari ya’ni bolalarga moslashtirilgan oʻquv dasturlari va

yordamchi pedagoglar orqali yordam berish. Psixologik yordam, terapevtlar bilan ishlash orqali

hissiy va ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish.

Oilada va jamiyatda qoʻshimcha yordam koʻrsatish (masalan, qarovchi yoki hamroh tayinlash).

Kasbiy mahoratni rivojlantirish ya’ni oddiy kasbiy koʻnikmalarni oʻrgatish orqali ijtimoiy

hayotga moslashishga yordam berish.

Oʻrta darajadagi aqliy zaiflik odamning hayot sifatini sezilarli darajada cheklashi mumkin,

ammo toʻgʻri yondashuv va yordam bilan bunday odamlar oʻzlarining qobiliyatlarini

rivojlantirib, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishlari mumkin. Oilaning qoʻllab-quvvatlovchi

muhiti va jamiyatning eʼtibori bunday odamlar uchun juda muhimdir.

Og’ir darajadagi aqli zaiflik.

Og‘ir darajadagi aqli zaiflikda umulashtirishdan qobiliyat umuman shakllanmaydi. Ularning

ko‘pchiligida motor funksiyalarining rivojlanmaganligi, koordinatsiya buzilishi va boshqa

birgalikda kechuvchi patologiyalar yaqqol namoyon bo‘lishi kuzatiladi. Bu shaxslar o‘ziga-o’zi

xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini katta qiyinchiliklar bilan o‘zlashtiradilar. Ularning bir qismi

xatto tugma qadash va bog‘ichlarni bog’lashni ham o‘rganaolmaydilar. Og‘ir darajadagi aqli

zaif bolalarning ta’limiga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini mashq qilish va atrof-muhitda

mo‘ljal olishni o‘rganish, muloqotni rivojlantirish bilan cheklanib qoladi. Shuni yodda saqlash

muhimki, rivojlanish ortda qolishining og‘ir ko‘rinishi

bilan xastalangan bolalar keyinchalik o‘xshash vaziyatlarda qo'llashlari mumkin

bo'lgan ko'nikmalarni tushunishlari va rivojlantirishlari uchun ularga o’rgatilayotgan narsani bir

necha bor takrorlash kerak. Odatda intellektual buzilishlar yaqqol nevrologik patologiyalar:

falajlik, parezlar bilan birga kechadi. Ularda skelet, bosh suyagi, qo‘l-oyoq, teri va ichki

a’zolarning rivojlanishini buzilishi, displastik tana tuzilishi kuzatiladi. Bu patologiyaga ega

odamlarga doimiy yordam va qo’llab-quvvatlash talab qilinadi.

Chuqur darajadagi aqli zaiflik.

Bu bolalarda qo'yiladigan talablar yoki ko‘rsatmalarni tushunish yoki bajarish

qobiliyati cheklangan. Ularda diqqat, idrok, xotira rivojlanmagan. Tafakkurning


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

529

elementar jarayonlari mavjud emas. Ko‘pincha nutq o‘rniga alohida tushunarsiz

tovushlar yoki o‘zlari ma’nosini tushunmaydigan so‘zlarni qo’llaydilar.

Bunday bolalarning ko‘pchiligida motorikaning og‘ir buzilishlari kuzatiladi, ular

butkul harakatsiz yoki harakatlari keskin chegaralangan bo'ladi, siydik va axlatni

ushlab tura olmaydilar, ular bilan faqat rudimentar shaklda muloqot qilish mumkin. Ular

o‘zlarining asosiy extiyojlari haqida qayg‘ura olmaydilar yoki bu xususiyat juda sust va doimiy

yordam va qo‘llab-quvvatlashga muhtojlar.

Extiyoj va harakatlar juda sodda, harakat reaksiyalari - tartibsiz, maqsadga

yo‘naltirilmagan, stereotip u yoqdan bu yoqqa qimirlash, tashqi sababsiz qo‘zg‘alish kuzatiladi.

Bulardan eng og‘irlari yig'lamaydi, kulmaydi, atrofdagilarni tanimaydi. Hech narsa e’tiborlarini

torta olmaydi. Ular fazoda mo‘ljal olishga qiynaladilar. Faqatgina og‘riqdan ta’sirlanadilar. Yuz

ifodasi ma’nosiz. Iste’mol qilsa bo’ladigan va iste’mol qilsa bo'lmaydigan narsalarni ajrata

olmaydilar. Nutq va imo-ishorani tushunmaydilar. G’azab affektlari, o‘ziga zarar yetkazishga

intilish kuzatiladi. Biroq, bunday bolalar bilan ishlansa, ularda tovushga, yorqin yorugliq va

rangga, harakatlanayotgan obyektlar va boshqa ta’sir qiluvchilarga e’tiborni

tarbiyalashda ba’zi yutuqlarga erishish mumkin.

Aqli zaiflikning klinish shakllari.

Aqli zaiflik deganda bosh miyaning erta jarohatlanishi yoki organik rivojlanmaganlik bilan

bog‘liq bo'lgan ruhiy va birinchi navbatda aqliy buzilishni

tushunish kerak. Og‘ir darajadagi aqli zaif bolalar umuman maktab bilimlarini va

malakalarini egallay olish qobiliyatiga ega emaslar. Aqli zaiflikning klinik-psixologik

ko‘rinishida asosiy buzilishi bo’lib bilish faoliyatining yaqqol yetishmasligi hisoblanadi. U

ongning pastligi, umumlashtirish jarayonining shakllanmaganligi, psixik jarayonning marg‘un

bo’lmaganligi, xotiraning yetarli bo’lmasligi, diqqat va boshqa qator funksiyalardagi

kamchiliklar borligi bilan xarakterlidir. Aqli zaiflik uchun nutqning rivojlanmaganligi

xarakterlidir. Aqli zaiflik turli etiologiyaga ega, u markaziy nerv sistemasining genetik

jaroxatlanishi, ichki patogen ta’sirlar, tug‘ruq paytidagi jarohatlar, asfiksiya, infeksiyaning bola

miyasiga ta’siri, jarohat va boshqalar bilan belgilanadi. Aytilganlardan kelib chiqqan holda aqli

zaiflikka og‘ir pedagogik qarovsizlikni kirgizish mumkin emas. Chunki uning ko'rinishlari

yuqorida ko'rsatilgan mezonlarga o‘xshab aqli zaiflikka olib kelmaydi (aqliy nuqsonning

mavjudligi, bilish qobiliyatining pasayishi, aqliy

funksiyalarning organik yetishmasligi hamda rivojlanishning biologik etiologiyasi). Shuningdek,

aqli zaiflikka samotogen, psixogen, serebral, konstitusional ko’rinishdagi psixik rivojlanishning

orqada qolishini kiritib bo’lmaydi. Chunki bu shakllarning ijobiy dinamikasi xuddi yuqoridagi

kabi aqli zaiflikning mezonlariga javob bermaydi. Aqli zaiflikning asosiy shakllarining keng

tavsifi jarohatlanishning patogenezi va zararning vaqtinchalik ta’siri bilan uzviy bog‘liq.

Ontogenezning erta bosqichida (1,5-2 yoshgacha) markaziy nerv tizimining zararlanishida

birinchi navbatda qobiq sistemasining shakllanishi zararlanadi. Zararlanishning morfologik

ko'rinishida va nuqsonning klinik ko'rinishida rivojlanmaganlik ustunlik qiladi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, aqliy zaiflikning klinik shakllari bemorning intellektual va

ijtimoiy moslashuv darajasiga qarab farqlanadi. Eng yengil shaklida bemorlar mustaqil hayot

kechira olsa, og‘ir shakllarda ularga doimiy yordam va nazorat talab etiladi. Erta tashxis va

reabilitatsiya muolajalari bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

530

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova “Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar diagnostikasi”

Toshkent 2016

2. Xasanov, M. A. (2015). Oligofreniya va aqli zaiflik: Teoriya va amaliyot. Toshkent: Fan va

texnologiya nashriyoti.

3. Mirzayeva, D. R. (2017). Maxsus ta’lim va defektologiya. Samarqand: Samarqand davlat

universiteti nashriyoti.

4. Abdullaeva, M. S. (2020). Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarga oid

metodik qo‘llanma. Toshkent: Ma’naviyat va ma’rifat nashriyoti.

5. Ismoilova, G. A. (2018). Defektologiyaning asosiy yo‘nalishlari. Buxoro: Buxoro davlat

pedagogika universiteti nashriyoti.

6. Hoshimov, U. Z. (2016). Aqli zaif bolalar uchun maxsus o‘quv dasturlari. Tashkent: Milliy

universitet nashriyoti

Библиографические ссылки

D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova “Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar diagnostikasi” Toshkent 2016

Xasanov, M. A. (2015). Oligofreniya va aqli zaiflik: Teoriya va amaliyot. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.

Mirzayeva, D. R. (2017). Maxsus ta’lim va defektologiya. Samarqand: Samarqand davlat universiteti nashriyoti.

Abdullaeva, M. S. (2020). Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarga oid metodik qo‘llanma. Toshkent: Ma’naviyat va ma’rifat nashriyoti.

Ismoilova, G. A. (2018). Defektologiyaning asosiy yo‘nalishlari. Buxoro: Buxoro davlat pedagogika universiteti nashriyoti.

Hoshimov, U. Z. (2016). Aqli zaif bolalar uchun maxsus o‘quv dasturlari. Tashkent: Milliy universitet nashriyoti