Авторы

  • Muxiddin Toshov Jo`raboyevich ,Аbdurashidov Doniyor Azizijon o`g`li
    Oriental universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107550

Ключевые слова:

Yevropa ta’lim tizim dolzarblik globallashuv kredit-modul tizimi.

Аннотация

Mazkur maqola Yevropa mamlakatlarida ta’lim tizimini o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, uning dolzarbligi ayni globallashuv jarayoni bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqilgan.Yevropa mamlakatlarida ta`lim sohasida olib borilayotgan islohotlari, modul-kredit tizimining joriy etilishi, ta`lim-tarbiyaning ustuvor yo`nalishlari yoritlgan. SHuningdek, Germaniya va Fransiya davlatlarining ta`lim sohasida olib borilayotgan keng ko`lamdagi islohotlariga to`xtalib o`tilgan.           


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

510

YEVROPA TA’LIM TIZTMINING BUGUNGI KUNDAGI RIVOJI

Muxiddin Toshov Jo`raboyevich

Oriental universiteti “Uzluksiz ta`lim pedagogikasi”

kafedrasi dotsenti, p.f.n.

Аbdurashidov Doniyor Azizijon o`g`li

Oriental universiteti Pedagogika yo’nalishi

1

-kurs magistranti

Annotatsiya:

Mazkur maqola Yevropa mamlakatlarida ta’lim tizimini o‘z ichiga qamrab olgan

bo‘lib, uning dolzarbligi ayni globallashuv jarayoni bilan bog‘liq holda ko‘rib

chiqilgan.Yevropa mamlakatlarida ta`lim sohasida olib borilayotgan islohotlari, modul-kredit

tizimining joriy etilishi, ta`lim-tarbiyaning ustuvor yo`nalishlari yoritlgan. SHuningdek,

Germaniya va Fransiya davlatlarining ta`lim sohasida olib borilayotgan keng ko`lamdagi

islohotlariga to`xtalib o`tilgan.

Аннотация:

В данной статье рассматривается система образования в европейских

странах, рассматривается ее актуальность в связи с процессом глобализации, выделяются

приоритетные направления образования.Кроме того, обсуждались масштабные реформы

Германии и Франции в сфере образования.

Annotation:

This article discusses the education systems across European nations and;

Examines their significance within the context of globalization. The text discusses;

The reforms implemented in European education, including the introduction of the;

Module-credit system and emphasis on key educational priorities.

In addition, the large-scale

reforms of Germany and France in the field of education were discussed.

Kalit so`zlar:

Yevropa, ta’lim, tizim, dolzarblik, globallashuv, kredit-modul tizimi.

Ключевые слова:

Европа, образование, система, актуальность, глобализация, кредитно-

модульная система.

Key words:

Europe, education, system, relevance, globalization, credit-module system.

“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya asosiy qoidalarining qisqacha norasmiy bayonida

“Ta’lim bolaning shaxsi, iste’dodi, aqliy va jismoniy qobiliyatlari eng to‘la hajmda

rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Ta’lim bolani erkin jamiyatda kattalar qatori faol

yashashga tayyorlashi, o‘z ota-onasiga, madaniy o‘ziga xosligiga, til va qadriyatlariga,

o‘zgalarning madaniy an’analari va qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalamog‘i shart”ligi

belgilab qo‘yilgan. Yevropa Ittifoqining ta’lim tizimini yangilash, ijtimoiy buyurtmaga

yaqinlashtirishga qaratilgan tavsiyalarida ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mustaqil

hayotga, konstruktiv amaliy faoliyatga tayyorlik sifatini baholashga kompetentli yondashuvni

ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarda

ta`lim-tarb iya ishlarining yo`lga qo`yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o`rganish orqali 6

biz respublikamizning milliy ta`lim tizimiga olib kirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan

biridir.

Zotan, hozirgi zamon ta`limida davlat va jamiyat talabi hamda manfaatlari aks etib turishi kerak.

Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

511

ko`rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish,yosh avlodni kasb-hunarga yo`naltirish

hamda kamida ikkita xorijiy tilni biliish ham bugungi kunning eng dolzarb talabidir. Xususan,

Yevropa davlatlarida ta`limning, mamlakat ichki siyosatiga faol ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon

ekanligi e`tirof qilingani haqiqatdir.

1997 yilda XTSK (Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi) yangilandi. Unda yеttita bosqich

ko’rsatilgan.

0 – maktabgacha ta’lim;

1 – boshlang’ich ta’lim;

2 – o’rta ta’limning birinchi bosqichi;

3 – o’rta ta’limning ikkinchi bosqichi;

4 – o’rta ta’limdan keyingi ta’lim (oliy ta’lim emas);

5 – oliy ta’limning birinchi bosqichi;

6 – oliy ta’limning ikkinchi bosqichi – oliy ta’limdan keyingi ta’lim.

Jahon ta’lim tizimining ko’p omilli ko’rinishga egaligi metablokli, makroregional va alohida

davlatlardaga ta’lim tizimini tahlil etishga imkon beradi. Yevropa davlatlaridan birgina misol

sifatida boshlang’ich sinflar umumta’lim asoslari- o’qish,yozish,hisob malakalarini

shakllantiradi. O’quv soatlarining yarmi ona tiliga, chorak qismi matematikaga ajratiladi.

Qisman tabiatshunoslik va tarixga doir ilmlar beriladi. Shunga qaramasdan boshlang’ich ta’lim

muddatlari turlicha

(Germaniya-3yil, Chexiya - 4 yil) Bolgariya, Vengriya davlatlarida

boshlang’ich sinf o’quvchilari to’garaklar (raqs, harakatli o’yinlar)ga ham jalb qilinadi.

Germaniyada

bolalar 5-6 yoshdan boshlang‘ich maktabga qatnaydi. Maktablarda birinchi,

ikkinchi sinf davomida o‘quvchilarga baho qo‘yilmaydi. O‘qituvchilar baho o‘rniga bolaning

individual, psixologik rivojlanish holati xususida hisobot tayyorlaydi.

Yevropaning boshqa davlatlariga qaraganda Germaniyada bepul oliy taʼlim olish imkoniyati

ko‘proq. Nodavlat jamg‘armalar hamda hukumat grantlari asosida xorijliklar ham nemis

universitetlarida tahsil olishi mumkin. Mahalliy gimnaziyalarni bitirib, imtiyozli

shahodatnomani olgan yoshlar universitetlarga imtihonsiz kiradi. Chet elliklar esa o‘qishga

kirish uchun nemis tili bo‘yicha imtihondan o‘tadi. Universitetlarda bakalavr bosqichi to‘rt

yarim yilgacha, magistratura bir yildan to‘rt yilgacha, doktorantura ikki yildan besh yilgacha

davom etadi. Odatda, bakalavriat va magistratura talabalari o‘qish yakunida davlat imtihoni

topshiradi va dissertatsiya himoya qiladi. Talaba o‘qish uchun qishki yoki yozgi o‘quv

mavsumini tanlash huquqiga ega. Nemis pedagoglari isteʼdodsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q, deb

hisoblashadi. Shunga ko‘ra ular o‘quvchining ochilmagan qirralarini kashf etish, ularni yangilik

va ixtirolar ruhida tarbiyalashga intiladi. "Fikrlayapmanmi, demak, yashayapman!" deydi

mashhur faylasuf

Rene Dekart. Olmon maktablarida ana shu naql oltin qoida sifatida qabul qilingan. Pedagoglar

birinchi navbatda o‘quvchining, hatto xato bo‘lsa-da, mustaqil fikri bo‘lishiga erishishni

maqsad qiladi. Taʼlim jarayoni esa ota-ona va o‘qituvchi o‘rtasidagi uzviy hamkorlikka

tayanadi.

Fransiyada esa taʼlim juda koʻp boʻlinmalarga ega boʻlgan yuqori markazlashtirilgan tarzda

tashkil etilgan. U boshlangʻich taʼlim, oʻrta taʼlim va oliy taʼlim kabi uch bosqichga boʻlingan.

Fransiyada bolaning maktabga kirishining asosiy yoshi 2 yoshdir. Ikki yoshli bolalar

boshlangʻich maktabni boshlamaydilar, ular maktabgacha taʼlimni boshlaydilar. Keyin, olti

yoshga kelib, Fransiyadagi bola boshlangʻich maktabni boshlaydi. Fransiyaning oʻrta maktab

darajasida matematika va fan boʻyicha koʻrsatkichlari 1995

23-oʻrinni egalladi. 2019-yilda Fransiya TIMSS Science

umumiy reytingida 21-oʻrinni egalladi . Davlat boshlangʻich va oʻrta maktablarining barcha


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

512

oʻqituvchilari davlat xizmatchilari boʻlib, vazirni mamlakatdagi eng yirik ish beruvchiga

aylantiradi.

Fransiya universitetlarida

va tadqiqotchilar ham davlat tomonidan ishlaydilar. 2015-

yil yanvar oyi holatiga koʻra, Xalqaro maktablar boʻyicha konsultansiya Fransiyani 105 ta

xalqaro maktablar roʻyxatiga kiritgan. Fransiyada oʻzining xalqaro maktab regulyatori —

AEFE (Agence pour l’enseignement français à l'étranger) mavjud. Fransiyadagi oliy taʼlim

xalqaro mobillikni osonlashtiradigan boshqa Yevropa mamlakatlari darajasiga mos keladigan

uchta darajada tashkil etilgan:Litsenziya Professionnelle (

tashkil etiladi: Litsenziya uchun 6 ta

va magistratura uchun 4 ta semester o’qishadi.

1999-yilda 29 ta davlat Yevropa davlatlarining ta’lim vazirlari Bolonya Deklaratsiyasini

imzolashdi,unda asosiy e’tibor ECTS va umumyevropa diplom ilovasiga qaratildi. Bunda ECTS

ning asosiy vazifasi 2010-yilda yagonalashtirilgan oliy ta’lim tizimini yaratish emas, balki

xalqaro shaffoflikka erishish va mavjud ta’lim tizimlarini va malakalarini davlatlar va oliy

o’quv yurtlarining ta’lim siyosati sohasidagi avtonomligini saqlagan holda moslashtirish

belgilandi. Bolonya jarayoni-bu Yevropa mamlakatlari orasida oliy ta’limni uyg’unlashtirish

jarayonidir.U tushunish oson bo’lgan va o’xshash oliy ta’lim darajalar tizimini yaratishni,

ta’limda kredit-modul tizimiga o’tishni , ta’lim sifatini ta’minlashda erkin akademik

harakatlanishni va Yevropadagi ta’lim hamkorligini o’z ichiga oladi. Qisqa qilib aytganda, bu

Yevropa mamlakatlarining oliy ta’lim tizimlarini uyg’unlashtirish, har bir kishi uchun teng

ravishda ta’limni ta’minlash , intellektual, madaniy, ijtimoiy, ilmiy va texnologik salohiyatni

shakllantirish va mustahkamlash, ta’lim sifatini takomillashtirish jarayonidir.

Bolonya deklaratsiyasida koʻzda tutilganidek, kredit-modul tizimi aynan mustaqil taʼlimga

urgʻu qaratgani holda, asosan, ikkita funksiyani bajarishga xizmat qiladi:

birinchisi,

talabalar va oʻqituvchilarning mobilligini, yaʼni bir oliy taʼlim muassasasidan

boshqa OTMga toʻsiqlarsiz, erkin ravishda oʻtishini (oʻqishni yoki ishni koʻchirish)ni

taʼminlaydi;

ikkinchisi,

talabaning tanlagan taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligi boʻyicha barcha oʻquv va

ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama — kredit aniq hisoblab boriladi. Kredit yigʻindisi

talabaning tanlagan dasturi boʻyicha nimani qancha oʻzlashtirganligini namoyon etadi. Kredit-

modul tizimi, bu — taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari

jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib

borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy

masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini

reyting asosida baholash.

Ushbu tizimni yaratish uchun oʻtgan asrning 70-yillaridan Yevropadagi barcha oliy taʼlim

muassasalarining integratsiyasini taʼminlash, oliy taʼlimning yagona standartini yaratish,

talabalar va oʻqituvchilar mobilligini yoʻlga qoʻyish, diplomlarni tan olish, talabalar bilimi,

malakasi hamda koʻnikmasiga qoʻyiladigan ballarni unifikatsiya qilish bilan bogʻliq bir qator

muammolarni yechishga qaratilgan saʼy-harakatlar boshlab yuboriladi. ugungi kunga kelib,

Bolonya jarayonida 48 ta mamlakat ishtirok etadi. Ularning orasida MDH mamlakatlaridan

Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova, Armaniston, Gruziya, Qozogʻiston va Belarus

Respublikasi ham bor. Bolonya tizimi boʻyicha oliy malakali kadrlarni tayyorlash ikki

bosqichda amalga oshiriladi. Odatda uch yildan kam boʻlmagan bakalavrlar tayyorlash hamda

1-2 yillik magistratura bosqichi.

Maʼlumotlarga koʻra, mamlakatimiz Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi kredit tizimini joriy

etishda Yevropaning ECTS tizimidan foydalanishga ustuvorlik qaratyapti. Shu bois uning afzal


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

513

jihatlari, qulayliklari, yutuq va kamchiliklari haqida ham toʻxtalib oʻtish maqsadga muvofiq,

deb hisoblaymiz.

Bolonya deklaratsiyasining eng muhim jihatlaridan biri oliy taʼlim muassasalarining yagona

“kredit tizimi”dan foydalanish (ECTS)ga asoslanadi. Kredit yoki kredit birligi — oʻquv rejasida

hisobga olingan har qanday oʻquv faoliyatining qiymat koʻrsatkichi hisoblanadi.

ECTS tizimi boʻyicha talabalarning bir yilda toʻplashi lozim boʻlgan kredit miqdori 60 ni

tashkil etadi. Bir oʻquv yili ikki semestrdan iborat boʻladi deb olsak, talaba har semestrda 30

kredit toʻplab borishi lozim.

Bakalavriat dasturi 3-4 yillik boʻlsa, talaba bakalavr darajasini qoʻlga kiritishi uchun jami 180

— 240 kredit, 1-2 yillik magistratura dasturini tugallashi uchun esa, 60 — 120 kredit toʻplashi

majburiyat hisoblanadi. Taʼlimning kredit tizimi talabalar almashinuvini oshiradi.

Chunki bitta universitetda olingan kreditlar ikkinchisida hisobga olinadi va talabalar kredit

yoʻqotmasdan bir universitetdan boshqasiga oʻtishi mumkin.

Aynan ushbu tizim oʻzbekistonlik talabalarning ilgʻor xorijiy universitetlarda oʻqishini davom

ettirishiga hamda murakkab byurokratik toʻsiqlarni olib tashlashga imkoniyat yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Вулфсон Б.Ф. Сравнительная педагогика. Учебное пособие-М.: «Просвехение».2004.

2. Yo`ldashev J.G`. Xorijda ta`lim.T.Sharq.1995

3. M.Toshov,

N.Turg`unboyeva,

G.To‘laganova.Rivojlangan

mamlakatlar

ta`lim

tizimi.Uslubiy qo‘llanma-T: “Effekt-D” nashriyoti -2023 ISBN:978-9943-9536-4-2 115-

bet

Библиографические ссылки

Вулфсон Б.Ф. Сравнительная педагогика. Учебное пособие-М.: «Просвехение».2004.

Yo`ldashev J.G`. Xorijda ta`lim.T.Sharq.1995

M.Toshov, N.Turg`unboyeva, G.To‘laganova.Rivojlangan mamlakatlar ta`lim tizimi.Uslubiy qo‘llanma-T: “Effekt-D” nashriyoti -2023 ISBN:978-9943-9536-4-2 115-bet