INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
499
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MEDIAMADANIYATINI
SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI METODIK YONDASHUVLARI
Abdullayeva Barno Sayfutdinovna
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining
ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor,
pedagogika fanlari doktori professor
Bo‘riyeva Shaxnoza Inat qizi
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Boshlangʻich taʼlim fakulteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mediamadaniyatni
shakllantirish zarurati hamda bu boradagi samarali metodik yondashuvlar tahlil etilgan.
Mediamadaniyat bolalarda axborotni tanqidiy tahlil qilish, raqamli vositalardan madaniyatli
foydalanish va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Maqolada pedagogik
jarayonga integratsiyalash mumkin bo‘lgan usullar, o‘qituvchining roli, o‘quvchilarning yosh
xususiyatlariga mos metodlar hamda amaliy tavsiyalar yoritilgan. Shuningdek, ota-onalar va
maktab o‘rtasidagi hamkorlik orqali media tarbiyani tashkil etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
boshlang‘ich ta’lim, mediamadaniyat, axborot savodxonligi, tanqidiy fikrlash,
raqamli madaniyat, metodik yondashuvlar, media tarbiya, o‘quvchilarda ongli axborot iste’moli.
Raqamli axborot asrida bolalar hayotiga ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar
va internet vositalarining kirib kelishi ta’lim tizimidan ham yangi yondashuvlarni talab
qilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bu axborot oqimiga tezda tushib qolayotgan,
ammo uni tahlil qilish, to‘g‘ri anglash va undan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lmagan
qatlam sanaladi. Shu sababli ularning mediamadaniyatini shakllantirish nafaqat ma’naviy, balki
pedagogik vazifa sifatida ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Innovatsion va axborot
texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq qilishni zamonaviy axborot dunyosini
rivojlantirishidagi mantiqiy va zaruriy qadam deb xarakterlash mumkin. Global axborotlashuv
sharoitida katta hajmdagi axborotga egalik o‘quvchilarga ta’lim berish jarayonini
qiyinlashtiradi. Bu qiyinchiliklar shu bilan bog‘liqki, birinchidan, yosh avlod katta hajmdagi
“axborot maydoni” rang–barang ma’lumotlarga duch keladi. Yosh xususiyatiga ko‘ra voyaga
yetguncha, ma’lum dunyoqarashga ega bo‘lgunga qadar yosh o‘quvchi uchun mavjud
axborotlarning barchasi qiziqarli hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bu psixologik va ijtimoiy rivojlanishning muhim
bosqichidagi shaxslardir. Ular sezgir, qiziqishga moyil, taqlidga tez beriluvchi yosh guruhiga
mansub. Shuning uchun ularning media mahsulotlarga nisbatan immuniteti zaif, ular tasviriy va
emotsional axborotni tahlil qilmasdan qabul qilishadi. Bu holat, agar o‘z vaqtida zaruriy tarbiya
berilmasa, ularning axloqiy dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
So‘nggi yillarda medianing rivojlanishi va jamiyatni ekspansiya qilib olishi natijasida
turli mafkuraviy tahdidlar kuchaydi. Mafkuraviy tahdid mediatahdidga aylandi.
O‘quvchilarning mediamadaniyatini shakllantirish ularni ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri va asosli
foydalanishni anglatish bugungi kunning pedagogik muammosi hisoblanadi. Bugun yurtimizda
ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotida tutgan o‘rni tobora ortib bormoqda.
Globallashuvning insoniyat, jumladan yoshlar hayotiga ta`siri juda kuchli bo‘lib, o‘z navbatida
ularning globallashuvning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarining oldini olish
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
500
uchun mafkuraviy immunitet shakllantirish asosiy maqsadlardan biri bo‘lib mazkur sohaga oid
ilmiy tadqiqot va asarlar yaratgan olimlarning ilmiy xulosalaridan foydalanildi. Jumladan:
I.V.Malon, I.X. Fushs L. Masterman o‘zbekistonlik olimlardan M.Quronov kabilar zamonaviy
axborot texnologiyalari va ularning tasnifiga oid tadqiqot natijalari soha mutaxassislarining
asarlari asosiy manba sifatida olindi. Har qanday tirik organizmning o‘ziga xos xususiyati
shundaki, atrof-muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, atrofdagi dunyodan ma`lumot oladilar va
undan ma’lum maqsadlarda foydalanadilar, Shuning uchun axborot nazariyasida barcha xilma-
xil shakllarni elementar-ma’lumot aylanmasiga bo‘lish odatiy holdir. Ijtimoiy ma’lumotlar
hilma-xildir. Inson o‘z idrokini o‘zida aks ettiradigan, ochib beradigan, ijtimoiy ma’lumotga
aylantiradigan tabiiy ma’lumotlardan tashqari, atrofdagi hamma narsa bilan o‘zaro aloqada
bo‘lgan tafakkur qiluvchi mavjudot sifatida uni o‘zi ishlab chiqaradi - uning hajmini to‘ldiradi.
Axborot olish madaniyati, ya’ni axborot savodxonligi bo‘yicha xorijiy mamlakatlarga nazar
solinsa, kutubxonalar uyushmasida axborot savodxonligi masalasiga alohida e`tibor qaratiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchlarning mediamadaniyatini shakllantirish bugungi
kunning muhim muammosi hisoblanadi.
XXI asr yoshlari o‘z navbatida shuning ichida katta bo‘lmoqda va shu sababli ularning
hayotini media dunyo, yoki virtual olamsiz tasavvur qilish qiyin. Shuning uchun bugungi kun
pedagogikasida ularni media va virtuallilkdan cheklash emas balki undan to‘g‘ri foydalanish
xususiyatini shakllatirishga e`tibor qaratmoqda. Jahon ta’lim berish tizimiga nazar solsak,
Avstriyada mediata’lim sohasida dars ishlanmalar tayyorlanib 1973- yildan buyon boshlang‘ich
va o‘rta maktablarda majburiy fan sifatida o‘qitiladi. Germaniya o‘qitish tizimida
mediapedagogika (mediatarbiya, medididaktika, mediatadqiqot) mustahkam o‘rin olgan.
Shuningdek Finlandiya, Norvegiya, Shvessiya, Yevropa va Amerikaning barcha
mamlakatlarida XX asrning 80-yillardan boshlab mediata’lim milliy o‘quv reja sifatida kiritildi.
O‘zbekistonda ham mediapedagogika, mediata’lim rivojlanishiga e’tibor berilmoqda. Xalq
ta’limi vazirligi huzurida 2006-yilda umumta’lim multimedia dasturlarini joriy etish va
rivojlantirish markazi tashkil etildi. Ushbu markaz respublika miqyosida mediamadaniyat
mediata’lim
tizimini
rivojlantirishga
o‘z
hissasini
qo‘shdi.
Ta’lim
tizimini
modernizatsiyalashda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida tobora faol qo‘llanilayotgan ilg‘or
pedagogik texnologiyalarning turli yo‘nalishi o‘quvchilarning ma’naviy kuchi, qobiliyatlarini
ochish uchun maqbul sharoit yaratib bermoqda.
Butun dunyoda bo‘lgani kabi mamlakatimizda ham ta’lim sohasiga zamonaviy qarash va
texnologiyalarning keng jalb qilinishi rivojlanib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida ta`lim
sohasida ham axborot iste`moli xususiyatlarini ilmiy tadqiq qilish va uning yoshlarga ta`sirini
har tomonlama chuqur tahlil qilingan xulosalar shakllantirishni talab etmoqda. Aynan
malakatimizda ham axborot olami aynan internet va kommunikatsiya sohasi texnologiyalaridan
foydalanish ko‘lami ham kun sayin oshib borib, kundalik zaruriy ehtiyoj sirasiga kirib
bormoqda. O‘zbekistonda
ta’lim sohasida mediamadaniyatni shakllantirishga doir turli chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 7-
fevralda “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi”
to‘g‘risidagi farmonida Uzliksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim tizimini
xizmatlari, imkoniyatlarini oshirish, maqsadida dars jarayonida mediamahsulotlardan erkin
foydalanish yo‘lga qo‘yilishini kerakligi ma’lum qilindi.
Dars mavzusiga oid multemidiya,
animatsiya, grafika, diafilm va vidiofilmlardan foydalanish dars jarayonini yanada qiziqarli
bo‘lishiga ko‘mak beradi. O‘quv mashg‘ulotlari davomida pedagogik jarayon o‘z navbatida,
o‘qituvchi darsni zamonaviy tashkil etishi, takomillashtirishi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga,
axborotlarni to‘g‘ri va asosli qidirib ularni tahlil qilishi o‘quvchilarni fikrlashga va muammoli
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
501
vaziyatlardan chiqishga asosiysi xulosa qilishni o‘rgatadi. Axborot komunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri
rivojlanishiga katta ta’sir etadi.[5;12-13] Shuningdek, o‘quvchilar sifatli ta’limni va bir qatorda
mediamadaniyatni ham rivojlantirishlari muhim hisoblanadi. Mediataʼlim orqali maʼlum
fanlarni oʻqitishning dunyodagi eng yaxshi dars namunalari, tayyor kurslar dasturlarini internet
tarmogʻi orqali oʻrganish mumkin. Bu har qanday o‘quvchining oʻz ustida ishlab, oʻzi qiziqgan
sohani mukammal oʻrganishga imkoniyatdir.
Mediataʼlim orqali dunyo kutubxonalari fondlari, axborot maʼlumotlar bazalari,
eksperimental jihozlar va etakchi laboratoriya va institutlarning ilmiy natijalarining haqiqiy
bitmas-tuganmas resurslariga masofadan kirish imkoniyati yuzaga keladi. Bu dunyo
bolalarining deyarli bir xil imkoniyatga egaligini ham koʻrsatib beradi. Mediataʻlim jarayonida
oʻquvchilarda mediasavodxonlikka urgʻu beriladi.[2;3-4] Taʼlim jarayoni samaradorligini
oshirishga taʼlim ehtiyojini shakllantirishga xizmat qiluvchi asosiy vositalardan biri axborot
kommunikatsion texnologiyalari oʻzining koʻplab qulay jihatlari bilan muhim ahamiyatga ega.
Umuman olganda, har qanday koʻrgazmali vosita berilgan bilimning oʻquvchi ongida toʻliq aks
etishi, tasavvurlarini paydo qilishi, xotirasida uzoq vaqt qolishiga sabab boʻladi. Boshlang‘ich
sinfda mediamadaniyatni shakllantirish bu zamonaviy ta’limning ajralmas qismi bo‘lib,
bolalarning raqamli dunyoda ongli, axloqiy va tanqidiy fikrlovchi shaxs sifatida shakllanishiga
xizmat qiladi. Bu boradagi metodik yondashuvlar esa o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos,
didaktik jihatdan to‘g‘ri tanlangan, interaktiv hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantiruvchi
bo‘lishi zarur. O‘qituvchi va ota-onalar hamkorligi esa bu jarayonning barqaror va samarali
yo‘lga qo‘yilishiga xizmat qiladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kun yoshlari taraqqiy etgan
texnologiyalar olamida cheksiz takliflar chegarasida mavjuddir. Ularning axborot sintez
xususiyati mavjudlik darajasiga ko‘ra axborotdan foydalanish doirasini belgilaydi. Mazkur
tanlov ularning hayotiga ta`sir o‘tkazishidan tashqari jamiyat hayotiga ham ta`sirini o‘tkazadi.
Jahon bo‘ylab jadal tus olayotgan axborot asrining globallashuv jarayoniga xos bo‘lgan
g‘oyalar kurashi, axborot xuruji avj olgan bir davrda mamlakatimizda o‘sib kelayotgan avlod,
yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash yanada dolzarb hamda muhim masala bo‘lib
hisoblanadi. Mazkur masalani hal etishda o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga alohida
e’tibor qaratilishi lozim deb o‘ylayman so‘z o‘rnida shuni ta’kidlash joizki “Ogohliki davr
talabi”. O‘quvchi yoshlarni ogohlikga chqirish har bir pedagogning burchi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi ,,Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonun _2018 yangi
tahrir
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 7 fevralda ,,O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi
farmonida_2017 PF-4947sonli
3. Axborot texnologiyalari _ Samarqand 2020 Aminov.I.B Bustonov.X,A
4. Axborot texnologiyalari o‘quv jarayoniga kiritish,,boshlang‘ich maktab jurnali” Zaxarova
N.I
5. Ijodkor o‘qituvchi ilmiy uslubiy jurnal _2022 yil 17 son Maqsudov U.
6. O‘quvchi yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi _2016
Toshkent.
7. Ziyouz. Com kutubxonasi
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
502
8. Mediata’lim va media madaniyat:nazariyasi va amaliyot 2019
9. Boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy pedagogic va axborot texnologiyalaridan
qo‘llash_ toshket2017 M.Inoyatova
10. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida modulli o‘qitish jarayonlarini texnologik ta’minlashning
nazariy metodologik asoslari_ G‘.G‘ulom2016
11. Internetdagi tahdidlardan himoya_2020
12. Ta’limda axborot texnologiyalari_toshkent 2010.
13. Boshlang‘ichta’lim pedagogikasi innovatsiya va integratsiya_Toshkent2021
14. O‘zbek tilining izohli lug‘ati_ Targ‘ibot 5jildli
15. O‘zbekiston milliy insiklopediyasi _davlat milliy nashriyoti2002