INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
673
KO‘ZI OJIZ SPORTCHILAR UCHUN PARA DZYUDO MASHG‘ULOTLARINING
BIOMEKANIK VA FUNKSIONAL ASOSLARI
Amondavlatov Tashmamat
Termiz davlat pedagogika instituti
Jismoniy madaniyat kafedrasi o`qituvchisi
ANNOTATSIYA.
Ushbu maqola ko‘zi ojiz sportchilar uchun para dzyudo mashg‘ulotlarining
biomekanik va funksional asoslarini yoritishga bag‘ishlangan. Unda harakat koordinatsiyasi,
tananing statik va dinamik muvozanatini saqlash, tayanch-harakat tizimining moslashuvi,
shuningdek, sensor kompensatsiya mexanizmlari tahlil qilinadi. Muallif amaliy biomekanik
yondashuvlar, dzyudo uslublarining ko‘zi ojiz sportchilar uchun moslashtirilgan variantlari
hamda ular uchun samarali mashg‘ulot rejimlarini ishlab chiqish bo‘yicha metodik tavsiyalarni
taqdim etadi.
KALIT SO‘ZLAR:
para dzyudo, ko‘zi ojiz sportchilar, biomekanika, harakat koordinatsiyasi,
sensor kompensatsiya, adaptiv jismoniy tayyorgarlik
АННОТАЦИЯ .
В статье рассматриваются биомеханические и функциональные основы
тренировок по парадзюдо для спортсменов с нарушением зрения. Анализируются
особенности координации движений, поддержания постурального и динамического
равновесия, адаптация опорно-двигательного аппарата, а также сенсорные механизмы
компенсации. Автор предлагает практические рекомендации по использованию
адаптивных биомеханических подходов и методик подготовки, соответствующих
возможностям слепых и слабовидящих дзюдоистов.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА:
парадзюдо, незрячие спортсмены, биомеханика, координация
движений, сенсорная компенсация, адаптивная физическая подготовка
ABSTRACT.
This article explores the biomechanical and functional foundations of para-judo
training for visually impaired athletes. It examines movement coordination, postural and
dynamic balance, musculoskeletal system adaptation, and sensory compensation mechanisms.
The author provides methodological recommendations for implementing adaptive biomechanics
and training strategies specifically tailored to the needs of blind and visually impaired judokas.
KEYWORDS:
para-judo, visually impaired athletes, biomechanics, movement coordination,
sensory compensation, adaptive physical training
KIRISH
Zamonaviy sportda imkoniyati cheklangan shaxslarning faol ishtiroki, xususan, para sport
turlarining rivojlanishi, ularni jismoniy, ruhiy va ijtimoiy salohiyatini ochish imkonini
bermoqda. Para dzyudo — bu ko‘zi ojiz va ko‘rishida nuqsoni bor sportchilar uchun maxsus
moslashtirilgan kurash sport turi bo‘lib, u nafaqat musobaqaviy faoliyat, balki sportchilarning
hayot sifatini oshirishga xizmat qiluvchi reabilitatsion vosita sifatida ham qaralmoqda. Para
dzyudo mashg‘ulotlari oddiy dzyudo elementlariga asoslangan bo‘lsa-da, bunda ko‘rish
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
674
qobiliyatining yo‘qligi yoki chegaralanganligi sababli harakatlarni idrok etish, muvozanatni
saqlash, qaror qabul qilish va fazoviy yo‘naltirilishni amalga oshirish tamoyillari tubdan farq
qiladi. Shu sababli, mashg‘ulot tizimi faqat umumiy jismoniy tayyorgarlik emas, balki tananing
kompensator imkoniyatlariga asoslangan maxsus biomekanik va funksional yondashuvlarni
ham o‘z ichiga olishi zarur. Ko‘zi ojiz sportchilarda harakatni boshqarishda eshitish, sezgi,
vestibulyar va taktil tayanish mexanizmlarining ahamiyati ortadi, bu esa ularning tayanch-
harakat tizimini turlicha faollashtirishni talab qiladi. Biroq mavjud o‘quv-uslubiy adabiyotlar
ko‘proq umumiy yondashuvlarga asoslangan bo‘lib, nogironligi bo‘lgan sportchilar, ayniqsa,
ko‘zi ojizlar uchun amaliy mashg‘ulot rejimlari, individual biomekanik strategiyalar,
muvozanat va postural boshqaruv bo‘yicha ilmiy asoslangan materiallar yetarli emas. Shu
sababli, ushbu maqola para dzyudo sportchilari uchun mashg‘ulotlarni ishlab chiqishda ularning
anatomik-funksional va sensor imkoniyatlarini hisobga olgan holda amaliy biomekanik va
funksional asoslarni yoritishga qaratiladi. Maqola doirasida koordinatsiya, muvozanat, holat
barqarorligi va harakatlar aniqligini ta’minlovchi mashq komplekslari, sensor kompensatsiyani
faollashtiruvchi yondashuvlar hamda ularni o‘qitishning samarali uslublari ilmiy asosda tahlil
qilinadi.