Авторы

  • Butunov Dilmurod Baxodirovich,Abduqodirov Sardor Asqar o‘g‘li,Toxirjonov Azizbek Murodjon o‘gli,Daminov Shahriyor Asomiddin o‘g‘li
    Toshkent davlat transport universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.129795

Ключевые слова:

Railway transport logistics transport integration environmental sustainability demographic growth tourism transport infrastructure.

Аннотация

In recent years, the growth of Uzbekistan’s economy and population has brought new challenges to the transport sector, particularly in railway transport. The role of railways in strengthening both domestic and international connections, as well as ensuring environmental sustainability, is becoming increasingly important. From this perspective, the development of logistics and the integration of railway transport with other modes of transport is crucial. The aim of this research is to study the effective application of logistics principles in passenger transport and explore the possibilities for integrating railway transport with other transport types. The article discusses the demographic and economic factors influencing the development of transport infrastructure, as well as the environmental problems arising due to the increase in population and the growing flow of transport. Additionally, it examines the necessity of implementing modern logistics approaches in the passenger transport sector and explores opportunities for improving Uzbekistan’s transport system through the integration of various transport modes.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

648

TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA YO‘LOVCHI TASHISHNI RIVOJLANTIRISHDA

LOGISTIKANING O‘RNI

Butunov Dilmurod Baxodirovich

Toshkent davlat transport universiteti professori, PhD, professor

dilmurodpgups@mail.ru

Abduqodirov Sardor Asqar o‘g‘li

Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, (PhD) dotsent

sabduqodirov588@gmail.com

Toxirjonov Azizbek Murodjon o‘gli

Toshkent davlat transport universiteti, magistratura talabasi

toxirjanovazizbek@gmail.com

Daminov Shahriyor Asomiddin o‘g‘li

Toshkent davlat transport universiteti, tayanch doktoranti

daminovshakhriyor@gmail.com

ABSTRACT:

In recent years, the growth of Uzbekistan’s economy and population has brought

new challenges to the transport sector, particularly in railway transport. The role of railways in

strengthening both domestic and international connections, as well as ensuring environmental

sustainability, is becoming increasingly important. From this perspective, the development of

logistics and the integration of railway transport with other modes of transport is crucial. The

aim of this research is to study the effective application of logistics principles in passenger

transport and explore the possibilities for integrating railway transport with other transport

types. The article discusses the demographic and economic factors influencing the development

of transport infrastructure, as well as the environmental problems arising due to the increase in

population and the growing flow of transport. Additionally, it examines the necessity of

implementing modern logistics approaches in the passenger transport sector and explores

opportunities for improving Uzbekistan’s transport system through the integration of various

transport modes.

KEYWORDS:

Railway transport, logistics, transport integration, environmental sustainability,

demographic growth, tourism, transport infrastructure.

ANNOTATSIYA:

So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi va aholining

ko‘payishi transport sohasida, ayniqsa temiryo‘l transportida yangi chaqiriqlarni keltirib

chiqarmoqda. Temir yo‘lning ichki va xalqaro aloqalarni mustahkamlashdagi, shuningdek

ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi roli tobora muhimroq bo‘lib bormoqda. Shu nuqtai

nazardan, logistika rivoji va temir yo‘l transportining boshqa transport turlari bilan

integratsiyasi katta ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi – yo‘lovchi tashish

sohasida logistika prinsiplari samarali qo‘llanilishini va temir yo‘l transportini boshqa transport

turlari bilan integratsiya qilish imkoniyatlarini o‘rganishdir. Maqolada transport

infratuzilmasining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi demografik va iqtisodiy omillar, shuningdek,

aholi sonining o‘sishi va transport oqimlarining ko‘payishi natijasida yuzaga kelayotgan

ekologik muammolar ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, yo‘lovchi tashish sohasida zamonaviy

logistika yondashuvlarini joriy etish zarurati va O‘zbekiston transport tizimini turli transport

turlarining integratsiyasi orqali yaxshilash imkoniyatlari o‘rganiladi.

KALIT SO‘ZLAR:

Temir yo‘l transporti, logistika, transport integratsiyasi, ekologik

barqarorlik, demografik o‘sish, turizm, transport infratuzilmasi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

649

KIRISH

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va aholi sonining ortishi transport

sohasida yangi chaqiriqlarni yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, temir yo‘l transporti ichki va

xalqaro aloqalarni mustahkamlash, shuningdek ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim rol

o‘ynamoqda. Shuningdek, O‘zbekistonning turizm sohasidagi yuksalishi, aholi migratsiyasi va

boshqa omillar transport tizimini yanada takomillashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bu

jarayonda temir yo‘l transportining rivojlanishi va uni boshqa transport turlari bilan integratsiya

qilish masalalari ayni paytda eng dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda

transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va zamonaviy logistika yondashuvlarini joriy

etish barcha sohalarda barqaror rivojlanishning muhim tarkibiy qismlaridan biri sifatida

namoyon bo‘lmoqda.

Bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan transport bozorida yuk tashish sohasida logistika

tamoyillari keng qo‘llanilmoqda. Biroq, yo‘lovchi tashish jarayonida, ayniqsa, katta hajmdagi

tashuvlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan temir yo‘l transportida logistika

tamoyillaridan yetarli darajada foydalanilmayapti. Shu sababli, temir yo‘l transporti orqali

yo‘lovchi tashishda logistika tamoyillarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqish maqsadga

muvofiq.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Transport infratuzilmasini integratsiyalash va zamonaviy logistika yondashuvlarini joriy

etish orqali O‘zbekistonda samarali va ekologik barqaror transport tizimini yaratish

imkoniyatlari mavjud. Ushbu jarayon, ayniqsa, temir yo‘l transportining boshqa transport turlari

bilan integratsiyasi orqali yo‘lovchi tashishni samarali va qulay tarzda tashkil etishga katta hissa

qo‘shadi. Integratsiyalashgan multimodal transport tizimi yordamida yo‘lovchilar uchun eng

qulay transport variantlarini tanlash va transport oqimlarini optimallashtirish imkoniyatlari

yaratiladi, bu esa jamiyat va iqtisodiyot uchun sezilarli foyda keltiradi [1, 9-12].

Bundan tashqari, bunday tizimlarning amalga oshirilishi nafaqat ekologik toza transportni

rivojlantirishga, balki iqtisodiy samaradorlikni oshirishga ham yordam beradi. Bunday

integratsion yondashuvlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi dunyoning yirik va rivojlangan

davlatlari misolida ko‘rishimiz mumkin [2, 3]. Ushbu davlatlarning tajribasi, O‘zbekistonda

ham shu kabi tizimlarni joriy etishda samarali bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda [5, 7].

Shunday qilib, O‘zbekiston transport tizimining integratsiyasi orqali mamlakat ichidagi va

xalqaro miqyosdagi yo‘lovchi tashish imkoniyatlari yanada yaxshilanadi, ekologik

barqarorlikni saqlash va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga erishish mumkin.

NATIJA VA MUHOKAMALAR

O‘zbekiston transport tizimining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omillardan

biri aholi sonining o‘sishi va turizm sohasining jadal kengayib borayotgani hisoblanadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2015-yilda O‘zbekiston aholisi 30 mln.dan ortiq bo‘lgan bo‘lsa,

2024-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 37 mln.dan oshdi [5]. Aholi sonining barqaror o‘sishi

mamlakat ichida ham, mintaqaviy va xalqaro miqyosda ham transport xizmatlariga bo‘lgan

talabni oshirmoqda. Bundan tashqari, turizm sektori ham ijobiy dinamikani namoyon qilmoqda.

Quyidagi diagrammada 2017-2024-yillar oralig‘ida O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy

turistlar sonining o‘zgarishi aks ettirilgan [6].


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

650

1-

rasm.

2017-2024-yillar kesimida O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy turistlar sonining

o‘zgarish dinamikasi

Grafikdan ko‘rinib turibdiki (1-rasm), 2017-2019-yillarda turistlar soni barqaror o‘sib

borgan va 2019-yilda 6,7 mln.ga yetdi. 2020-2021-yillarda esa pandemiya tufayli keskin

pasayish kuzatilgan. Shunga qaramay, 2022-yildan boshlab tiklanish jarayoni boshlangan va

2025-yil yakuniga kelib, mamlakat 12 milliondan ortiq xorijiy mehmonni qabul qilishi

kutilmoqda. Aholi sonining va turizm sohasining bu jadal rivojlanishi transport sohalari oldiga

yangi, yanada jiddiy talablarni qo‘ymoqda. Biroq, mavjud transport tarmoqlari bu talablarni

to‘liq qondira olmayapti. Bugungi kunda O‘zbekistondan faqatgina cheklangan sonli xalqaro

temiryo‘l yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ular asosan qo‘shni davlatlar bilan bog‘lanishni

ta’minlamoqda [7]. Xususan:

Tashkent-Moskva yo‘nalishi (Rossiya bilan);

Tashkent-Almata va Tashkent-Shymkent yo‘nalishlari (Qozog‘iston bilan);

Tashkent-Dushanbe yo‘nalishi (Tojikiston bilan).

Xalqaro yo‘nalishlarda atigi to‘rtta poyezd qatnovi mavjud bo‘lib, ular xorijiy davlatlar

bilan aloqani ta’minlaydi. Ichki marshrutlar mamlakat hududining aksariyat qismini qamrab

olgan bo‘lsa-da, ular tez-tez harakatlanmaydi va ko‘p hollarda “eshikdan eshikka” tamoyiliga

javob bermaydi. Bu ayniqsa qishloq va chekka hududlarda yashovchi aholiga noqulaylik

tug‘diradi, chunki bevosita temir yo‘l aloqasi mavjud emas yoki cheklangan. Ushbu

yo‘nalishlar transport oqimini qisman qamrab oladi, biroq ortib borayotgan turistlar soni va

aholi mobilligini hisobga olganda, mavjud imkoniyatlar yetarli emas. Bunga asosiy muammo

sifatida, yo‘lovchilarni manzilga etkazib berish tizimining samaradorligi bilan bog‘liqdir.

Mavjud yo‘nalishlar faqatgina chegaraviy shaharlar o‘rtasidagi bog‘lanishni ta’minlab, to‘liq

(eshikdan eshikka) xizmatni taqdim etmayapti. Bu esa, yo‘lovchilarni qulay va tezkor ravishda

ko‘zlangan manzilga yetkazish uchun kerakli qulayliklarni taqdim etishda muammolarni

keltirib chiqaradi.

Shu sababli, temir yo‘l transporti va boshqa turdagi transportlarni integratsiyalash orqali,

ya’ni ular o‘rtasida uzviy hamkorlik o‘rnatish orqali, bu muammoni yengish mumkin.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

651

Integratsiya qilish, barcha transport turlarining birlashgan tizimi orqali yo‘lovchi tashishni

yanada samarali va raqobatbardosh qilishga yordam beradi.

1-jadval

O‘zbekistonda transport turlari bo‘yicha yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlari [8]

Integratsiya orqali har bir transport turi o‘zining maxsus kuchli tomonlarini taqdim etib,

eng optimal va samarali yuk tashish hamda yo‘lovchi tashish tizimini yaratish imkonini beradi.

Ekologik jihatdan nisbatan xavfsiz bo‘lgan jamoat transportlari.

Temir yo‘l, avtobus, metro va havo transporti bir-biri bilan hamkorlik qilib, transport

oqimini taqsimlash va yo‘lovchi qismni tenglashtirish orqali tizimdagi barcha yuklamalarni

yanada samarali ravishda boshqarish imkonini yaratadi [8]. Bunday tizim faqatgina yuk

tashishda emas, balki yo‘lovchi tashishda ham samarali bo‘lishi, bir vaqtning o‘zida barcha

transport turlarini birlashtirib, maksimal qulaylik yaratadi. Shu tarzda, temir yo‘l transportining

rivojlanishi uning boshqa transport turlari bilan integratsiyasini talab qiladi, bu esa nafaqat

transport tizimining samaradorligini oshiradi, balki O‘zbekistonning xalqaro miqyosda

mustahkam transport markazi sifatida o‘z o‘rnini yanada kuchaytiradi. Bunday yondoshuv,

shuningdek, ekologik barqarorlikni ta’minlashga ham yordam beradi, chunki integratsiya

qilingan tizimda transport oqimi yanada muvozanatli va kamroq atrof-muhitga zarar etkazuvchi

bo‘ladi.

2-

rasm.

O‘zbekistoning bugungi kundagi ekologik holati va ko‘rsatkichlari

Yillar Avtomobil

trasporti (%)

Metropoliten

transporti (%)

Temir yo‘l

transporti (%)

Havo

transporti (%)

2020 99,0

0,7

0,1

0,2

2022 97,9

1,9

0,1

0,1

2024 95,6

4,1

0,2

0,1


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

652

So‘nggi yillarda O‘zbekiston jahon miqyosida ekologik jihatdan havosi eng iflos

davlatlar sirasiga ko‘p bor kiritildi [9]. Bu holat, mamlakatda sanoat rivojlanishi, transport

tizimining ortib borishi va suv resurslari tanqisligi kabi bir qator omillarga bog‘liq.

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti” (JSST) bayonotiga ko‘ra, o‘tgan yillarda

O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng iflos havo indeksiga ega davlat sifatida bir necha bor birinchi

o‘rinni egalladi [9]. Partikulyar moddalar (PM2.5) miqdori JSST tomonidan belgilangan xavfsiz

me’yordan (5 mkg/m³) o‘nlab marta yuqori bo‘ldi.

21-fevral 2024-yil: PM2.5 darajasi – 196 mkg/m³, bu JSST me’yoridan 39,2 baravar

yuqori.

15-mart 2024-yil: PM2.5 darajasi – 224 mkg/m³, bu JSST me’yoridan 44,8 baravar

yuqori.

27-dekabr 2024-yil: PM2.5 darajasi – 224 mkg/m³, bu JSST me’yoridan 44,8 baravar

yuqori.

22-oktabr 2024-yil: PM2.5 darajasi – 166 mkg/m³, bu JSST me’yoridan 33,2 baravar

yuqori.

29-sentabr 2024-yil: PM2.5 darajasi – 166 mkg/m³, bu JSST me’yoridan 33,2 baravar

yuqori.

Joriy yilda ham bir necha bor dunyo shaharlari orasida havo iflosligi bo‘yicha birinchi o‘ringa

chiqdi:

28-yanvar 2025-yil: PM2.5 darajasi – 184 mkg/m³, bu JSST me’yoridan 36,8 baravar

yuqori.

6-mart 2025-yil: PM2.5 darajasi – 16 mkg/m³, bu normal darajadagi ifloslanishga mos

keladi.

3-

rasm.

O‘zbekistoni turli transport turlari tomonidan issiqxona gazlarining chiqindilari ulushi

[10]

Aholi sonining tez o‘sishi, shuningdek, avtomobillar sonining ko‘payishi natijasida

havoning ifloslanishi jiddiy darajaga yetgan. Ayniqsa, Toshkent shahri kabi yirik

metropolislarda havodagi zararli moddalar, asosan, avtomobillar va sanoat korxonalaridan

chiqayotgan ifloslanishlar sababli doimiy ravishda normani oshib ketmoqda.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

653

O‘zbekistonda aholi soni oshgani sari, transport sektorlarida ham ortiqcha yuklanishlar

yuzaga kelmoqda. Shuningdek, ichki va tashqi migratsiya jarayonlarining kuchayishi o‘z

navbatida avtotransportda xarajatlar va ifloslanishning oshishiga olib kelmoqda. Yuqoridagi

diagrammadan ko‘rish mumkin (3-rasm) eng ko‘p issiqxona gazlarini (CO2) avtomobil

transportlari ishlab chiqarmoqda, eng kam ifloslanish darajasi esa temir yo‘l transportiga

tegishli. Yurtimizdagi hozirgi ekologik muammolarni yengillashtirish uchun davlat rahbari

tomonidan jamoat transporti va ekologik toza transport tizimlarini rivojlantirishga alohida

e’tibor qaratilmoqda. Aholi sonining ortishi va shaxsiy avtomobillar sonining ko‘payishi

natijasida yo‘l transporti tizimida, ayniqsa, havoning ifloslanishi, tirbandliklar va yo‘l-transport

hodisalari ko‘payishi kabi jiddiy ekologik va ijtimoiy muammolar yuzaga kelmoqda. Ushbu

omillar nafaqat aholining sog‘lig‘iga, balki iqtisodiyotga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning oxirida yangi ijtimoiy

infratuzilma loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi qarorlar qabul qilindi. Ushbu

qarorlarga ko‘ra, (20.03.2025) Toshkent shahrida metro tizimining kengaytirilishi

rejalashtirilgan [11]. Xususan, metro liniyasining Tashkent (Pushkin metro bekatidan) –

Toshkent shahri (Toshkent traktor zavodi) bo‘yicha to‘liq uzaytirilishi va yangi 10 ta bekatning

qurilishi natijasida, bu tizim 148 mingga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatish imkonini yaratadi.

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi, shahar ichidagi transport oqimlarini yengillashtirib, aholi

uchun qulay va ekologik toza transport imkoniyatlarini taqdim etadi. Shuningdek, Toshkentning

janubiy temir yo‘l vokzaligacha metro liniyasining uzaytirilishi rejalashtirilmoqda, bu esa

xalqaro va ichki yo‘lovchi tashish imkoniyatlarini yanada rivojlantiradi. Yaqinda (12.03.2025)

Prezidentning Fransiyaga qilgan rasmiy tashrifi doirasida yangi tramvay tarmog‘ini qurish

bo‘yicha muzokaralar olib borildi [12]. Ushbu loyiha, shuningdek, shahar transportining

ekologik tozalikni ta’minlashga va aholi uchun ko‘proq qulay transport imkoniyatlarini

yaratishga qaratilgan.

Tramvay tizimi, o‘zining energiya samaradorligi va past ifloslanish darajasi bilan

ekologik jihatdan muvofiq keladi. Bundan tashqari, so‘nggi vaqtlarda elektrobuslarni sotib olish

bo‘yicha ham muzokaralar olib borildi, bu esa jamoat transportining ekologik barqarorligini

oshirishga, transport tarmoqlarining modernizatsiyasiga yordam beradi. Elektrli transport

vositalari, o‘zining energiya samaradorligi va atrof-muhitga zararli chiqindilarni kamaytirish

xususiyatlari bilan transport tizimining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Shu

jumladan, Toshkent-Xodjikent o‘rtasida yangi tez yuruvchi elektro poyezd xarid qilindi va

yo‘nalishi qo‘yildi. Bu hududlarda joylashgan dam olish maskanlari va sihatgohlardan

foydalanuvchi mahalliy aholi, balki turistik oqimlarni jalb qilishda ham muhim rol o‘ynamoqda.

Ushbu yo‘nalish, kundalik ravishda 6 marta qatnovni amalga oshirishi va sayohatni qulay va

hamyonbobligi bilan ajralib turadi [13]. Bu kabi transport sohasidagi jadal islohotlar

yo‘lovchilar oqimining oshishiga, ayniqsa, ichki va tashqi migratsiya jarayonlarining

kuchayishiga, O‘zbekistonda yanada samarali va qulay transport tizimini yaratish zaruratini

keltirib chiqaradi. Yechim sifatida barcha transport turlarini (havo, temir yo‘l, avtobus va

metropoliten) yagona multimodal tarmoqda birlashtirishni taklif qilmoqdamiz. Bu tizim

yo‘lovchilarni manzilga yetib borish uchun eng qulay va samarali transport turlarini tanlash

imkonini beradi. Bunday tizim sayohat jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi, iqtisodiy

samaradorlikni oshiradi va yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratadi.

Tizimning ishlash mexanizmlari va asosiy tamoyillari. Taklif etilayotgan tizim yagona

raqamli platforma asosida quriladi. Ushbu platforma orqali yo‘lovchilar butun safar davomida

yagona chipta harid qilib olish orqali har xil transport turlaridan foydalanib, o‘z manziliga yetib

borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Misol uchun, Janubiy Koreyadan kelgan bir sayyoh


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

654

Samarqandga borishni istasa, u ushbu platforma orqali o‘z yo‘nalishini rejalashtirishi mumkin.

U Koreyadan Toshkentga aviabilet sotib oladi, so‘ngra Samarqandga borish uchun transport

variantlarini tanlashi mumkin: poyezd, avtobus, taksi yoki samolyot.

Yo‘lovchi, Toshkentdan Samarqandga poyezd orqali borishni tanlagan bo‘lsa, u temir yo‘l

stantsiyasiga borish uchun avtobus, taksi yoki metro kabi variantlardan birini tanlashi mumkin.

Barcha transport variantlari, ularning narxlari va umumiy safar qiymati platformada ko‘rsatiladi.

Yo‘lovchi o‘ziga qulay variantni tanlab, safar narxini bilib oladi. Keyin to‘lov tizimi ilova

orqali ammalga oshirilib elektron tarzda chipta yuklab olinadi. Bundan tashqari, platformada

mehmonxona broni, avtomobil ijaraga olishi, turistik yo‘l-yo‘riqchi xizmatlari ham mavjud

boladi.

Tizim mobil ilova ko‘rinishida bo‘lib, barcha tillarda foydalanish imkoniyatini beradi,

bu esa uning keng auditoriyaga xizmat qilishiga imkon yaratadi. Ilova orqali foydalanuvchilar

real vaqt rejimida mavjud yo‘l holatlari, havoning o‘zgarishi, ta’mirlanayotgan yo‘llar yoki

yuqori tirbandlikka ega bo‘lgan yo‘nalishlar haqida ma’lumot olishi mumkin. Bu ma’lumotlar

asosida foydalanuvchi eng optimal va qulay yo‘lni tanlashi mumkin. Shunday qilib, tizim

nafaqat sayohat qilishni soddalashtiradi, balki mahalliy aholi uchun ham ko‘plab qulayliklar

yaratadi.

Real vaqt rejimida taqdim etilayotgan axborot sayohat qilishni ancha samarali va xavfsiz

qilishga yordam beradi, ayniqsa, ichki turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

655

Ushbu tizimning integratsiyasi orqali, aholi va turistlar bir xil platformadan foydalangan holda,

o‘zlarining sayohatlarini optimallashtirishi va shu bilan birga, transport tizimining

samaradorligini oshirishi mumkin. Bundan tashqari imkoniyati cheklangan shaxslar, talabalar,

harbiy xizmatchilar va boshqalar imtiyozli yoki chegirmali biletlarga haqli bo‘lgan fuqarolar

o‘zlarining imtiyozga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar, ma’lumotnomalar yoki

guvohnomalar ilovaga yuklash orqali imtiyozli chiptalarni xarid qilish imkoniyatiga ega

bo‘lishlari mumkun. Bunday tizim, imtiyozli shaxslarning chipta xarid qilish jarayonini

soddalashtiradi, shuningdek, bekatlar va chipta kassalari oldida vujudga keluvchi uzun

navbatlar va noqulayliklarni kamaytirishga va jarayoni shafoflashtirishga yordam beradi.

Transport infratuzilmasining rivojlanishi va iqtisodiy foydalari. Ushbu tizim nafaqat

yo‘lovchilarga, balki barcha transport turlari uchun ham foydali bo‘ladi. Transport turlari

o‘rtasidagi integratsiyani joriy etish temir yo‘lni, shuningdek, boshqa jamoat transportlarini

rivojlantirishga yordam beradi va ularni teng sharoitda ishlashini ta’minlaydi. Turli transport

turlari o‘zlarining harakat jadvalini va yo‘lovchilar sonini bir-biri bilan almashish imkoniyatiga

ega bo‘ladilar, bu esa harakatni optimallashtirish va tirbandlikni kamaytirishga yordam beradi.

Bundan tashqari, barcha transport tizimlari o‘zaro ma’lumot almashish orqali

stantsiyalardagi yuklanish vaqti, fasllar va kunning turli vaqtlaridagi yo‘lovchilar oqimini

oldindan bilib, optimallashtirilgan reyslar va yo‘lovchilar oqimini ta’minlash imkoniyatini

yaratadi. Shuningdek, yangi tizim yo‘lovchi transport vositalarining bo‘sh yurishlarini oldini

oladi, masalan, avtobuslar, poyezdlar yoki taksilarni. Bu esa transportni boshqarishda

samaradorlikni oshiradi va narxlarni kamaytiradi. Bunday tizimni amalga oshirish uchun yangi

texnologiyalar, masalan, suniy intellekt yordamida yo‘lovchilar oqimini boshqarish va katta

ma’lumotlar tahlili orqali transport tarmog'ining samaradorligini oshirish kerak bo‘ladi. Bu,

ayniqsa, tirbandlikni oldindan bilish, ko‘rsatkichlarni prognoz qilish va eng samarali boshqaruv

usullarini ishlab chiqishda muhim o‘rin tutadi. Tizim doimiy ravishda yangilanadigan

ma’lumotlarga asoslanadi, bu esa aniq prognozlar va optimallashtirilgan reyslar rejalashtirishga

imkon beradi. Bu kabi integratsiyalar dunyoning rivojlangan davlatlarida, masalan, Chexiya,

Norvegiya va Rossiya [2-4] ko‘lamida foydalanib kelinmoqda.

XULOSA

O‘tkazilgan tahlil natijalari va ishlab chiqilgan takliflarga ko‘ra, temir yo‘l transportida

yo‘lovchi tashishni rivojlantirishda logistika muhim ahamiyatga ega. Transport infratuzilmasini

integratsiyalash va zamonaviy logistika yondashuvlarini joriy etish orqali O‘zbekiston yanada

samarali, ekologik barqaror va raqobatbardosh transport tizimini yaratishi mumkin. Bu nafaqat

yo‘lovchilar qoniqishini oshiradi, balki mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir

ko‘rsatadi. Ushbu yondashuv O‘zbekistonni xalqaro transport markazi sifatida

mustahkamlashga, shuningdek, ekologik muammolarni bartaraf etishning muhim qismi sifatida

qabul qilinadi. Shu bilan birga, bunday integratsiya yo‘lovchilar oqimlarini va tashishni yanada

soddalashtirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR/ REFERENCES:

1. Gazeta.uz. (2023). O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi: 2022-yilda 4 mln yo‘lovchi tashildi.

https://www.gazeta.uz/uz/2023/02/24/passengers/


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

656

2. Jin Qin, Xiqiong Li , Kang Yang, Guangming Xu, “Joint Optimization of Ticket Pricing

Strategy and Train Stop Plan for High-Speed Railway: A Case Study”. Study. Mathematics

2022, 10, 1679.

https://doi.org/10.3390/math10101679

3. Малахова Т.А. Методика оcенки sелесообразности назначениya мультимодальной

пассажирской перевозки / Т. А. Малахова, О. Д. Покровскаya, В. В. Shербаков //

Бyuллетен результатов научнiх исследований. – 2022. – № 3. – С. 39-52. – DOI

10.20295/2223-9987-2022-3-39-52

4. StatBase.uz. (2024). O‘zbekiston temir yo‘llarida yo‘lovchi tashish statistikasi.

https://statbase.ru/data/uzb-railways-passengers/

5. Yuz.uz. (2023). Toshkent–Samarqand yuqori tezlikdagi alohida yo‘lovchi temir yo‘lini

qurish loyihasi.

https://www.yuz.uz/news/toshkent--samarqand-yuqori-tezlikdagi-alohida-

yolovchi-temir-yolini-qurish-loyihasining-tialarini-ishlab-chiqish-jarayoniga-start-berildi

6. Butunov Dilmurod Baxodirovich, Shukurov Murodulla Sulaymon o‘g‘li, Pardayeva Umida

Norbayevna, Bo‘riyev, Shuxrat Xamroqul o‘g‘li yo‘lovchilarga chipta sotish jarayonini

takomillashtirish // orienss. 2022. №4. url: https://cyberleninka.ru/article/n/yo-lovchilarga-

chipta-sotish-jarayonini-takomillashtirish (дата обращения: 13.05.2025).

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy portali. (2024). Temir yo‘l infratuzilmasini

modernizatsiya qilish bo‘yicha qarorlar.

https://admin.portal.gov.uz/uz/news/view/11653

8. O‘tkir O‘ktamjon o‘gli Xusenov, Dilmurod Boxodirovich Butunov, Shuxrat Xamroqul o‘gli

Bo‘riyev shahar atrof poyezdlari to‘xtash punktlarining oraliq masofalarini aniqlash

tartiblari // Academic research in educational sciences. 2021. №3. URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/shahar-atrof-poyezdlari-toxtash-punktlarining-oraliq-

masofalarini-aniqlash-tartiblari (дата обращения: 13.05.2025).

9. Sanoat, logistika va investitsiyalar bo‘yicha axborot byulleteni (SLIB.UZ). (2023). Temir

yo‘l orqali yo‘lovchi tashishni rivojlantirishda xizmatlar sifati va marketing strategiyalari.

https://www.slib.uz/en/article/view?id=28387

10.

https://www.gazeta.uz/ru/2023/02/24/passengers/

11.

https://stat.uz/img/chorak_natijalar/yanvar-iyun/ru/6_transport-isvyaz

12.

https://statbase.ru/data/uzb-railways-passengers/

Библиографические ссылки

Gazeta.uz. (2023). O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi: 2022-yilda 4 mln yo‘lovchi tashildi. https://www.gazeta.uz/uz/2023/02/24/passengers/

Jin Qin, Xiqiong Li , Kang Yang, Guangming Xu, “Joint Optimization of Ticket Pricing Strategy and Train Stop Plan for High-Speed Railway: A Case Study”. Study. Mathematics 2022, 10, 1679. https://doi.org/10.3390/math10101679

Малахова Т.А. Методика оcенки sелесообразности назначениya мультимодальной пассажирской перевозки / Т. А. Малахова, О. Д. Покровскаya, В. В. Shербаков // Бyuллетен результатов научнiх исследований. – 2022. – № 3. – С. 39-52. – DOI 10.20295/2223-9987-2022-3-39-52

StatBase.uz. (2024). O‘zbekiston temir yo‘llarida yo‘lovchi tashish statistikasi. https://statbase.ru/data/uzb-railways-passengers/

Yuz.uz. (2023). Toshkent–Samarqand yuqori tezlikdagi alohida yo‘lovchi temir yo‘lini qurish loyihasi. https://www.yuz.uz/news/toshkent--samarqand-yuqori-tezlikdagi-alohida-yolovchi-temir-yolini-qurish-loyihasining-tialarini-ishlab-chiqish-jarayoniga-start-berildi

Butunov Dilmurod Baxodirovich, Shukurov Murodulla Sulaymon o‘g‘li, Pardayeva Umida Norbayevna, Bo‘riyev, Shuxrat Xamroqul o‘g‘li yo‘lovchilarga chipta sotish jarayonini takomillashtirish // orienss. 2022. №4. url: https://cyberleninka.ru/article/n/yo-lovchilarga-chipta-sotish-jarayonini-takomillashtirish (дата обращения: 13.05.2025).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy portali. (2024). Temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha qarorlar. https://admin.portal.gov.uz/uz/news/view/11653

O‘tkir O‘ktamjon o‘gli Xusenov, Dilmurod Boxodirovich Butunov, Shuxrat Xamroqul o‘gli Bo‘riyev shahar atrof poyezdlari to‘xtash punktlarining oraliq masofalarini aniqlash tartiblari // Academic research in educational sciences. 2021. №3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/shahar-atrof-poyezdlari-toxtash-punktlarining-oraliq-masofalarini-aniqlash-tartiblari (дата обращения: 13.05.2025).

Sanoat, logistika va investitsiyalar bo‘yicha axborot byulleteni (SLIB.UZ). (2023). Temir yo‘l orqali yo‘lovchi tashishni rivojlantirishda xizmatlar sifati va marketing strategiyalari. https://www.slib.uz/en/article/view?id=28387