Авторы

  • Abdimurodov Doston Dilmurod o‘g‘li
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Xorijiy til nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.129797

Ключевые слова:

Ota-ona Maqol Matallar Lingvistik Madaniy Xususiyatlar Qadriyatlar An’analar.

Аннотация

Ota-ona haqida maqol va matallarda ifodalanadigan asosiy lingvistik madaniy xususiyatlar, milliy an'analar, qadriyatlar va oilaviy munosabatlarni yoritadi. Ushbu so'zlar va ifadalar, ota-ona sifatida shaxslarning ijtimoiy roli, ularning tarbiyaviy ahamiyati va farzandlar bilan munosabatlaridagi o'ziga xosliklarni aks ettiradi. Maqol va matallar orqali jamiyatning ota-ona nazariyasi, avlodlararo aloqalar va madaniy merosni saqlash kabi masalalar yoritilib, ular orqali xalqlar o'rtasida muhim axborot va qiyosiy tushuncha yaratiladi. Bu san'at asarida xalqona hikmat va bilish jarayoni, shuningdek, tarixiy kontekstda ota-ona obrazining rivojlanishi ko'rsatib o'tiladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

638

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI GENDER BELGILI FRAZEOLOGIZM VA

PAREMIYALARINING FARQI VA O‘XSHASHLIKLARI

Abdimurodov Doston Dilmurod o‘g‘li

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Xorijiy til nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi

abdimurodovdoston@302gmail.com

Annotatsiya:

Ota-ona haqida maqol va matallarda ifodalanadigan asosiy lingvistik madaniy

xususiyatlar, milliy an'analar, qadriyatlar va oilaviy munosabatlarni yoritadi. Ushbu so'zlar va

ifadalar, ota-ona sifatida shaxslarning ijtimoiy roli, ularning tarbiyaviy ahamiyati va farzandlar

bilan munosabatlaridagi o'ziga xosliklarni aks ettiradi. Maqol va matallar orqali jamiyatning

ota-ona nazariyasi, avlodlararo aloqalar va madaniy merosni saqlash kabi masalalar yoritilib,

ular orqali xalqlar o'rtasida muhim axborot va qiyosiy tushuncha yaratiladi. Bu san'at asarida

xalqona hikmat va bilish jarayoni, shuningdek, tarixiy kontekstda ota-ona obrazining

rivojlanishi ko'rsatib o'tiladi.

Kalit so‘zlar:

Ota-ona , Maqol , Matallar , Lingvistik , Madaniy, Xususiyatlar Qadriyatlar ,

An’analar.

Annotation:

Highlights the main linguistic cultural characteristics, national traditions, values

and family relationships expressed in Proverbs and sayings about parents. These words and

ifadas reflect the social role of individuals as parents, their educational significance, and the

identities in their relationships with children. Through proverbs and sayings, issues such as the

parental theory of society, intergenerational ties and the preservation of cultural heritage are

covered, through which an important information and comparative understanding is created

between peoples. This work of art shows folk wisdom and the process of cognition, as well as

the development of the image of the parent in a historical context.

Keywords:

Parent, proverb, sayings, linguistic, cultural, characteristics , values, traditions.

Hozirgi paytga kelib frazeologizmlarning milliy-madaniy xususiyatlarini namoyon

qilishda va o‘rganishda o‘ziga xos tadqiqot metodlari va asoslariga ega bo‘lgan bir necha xil

yondashuvlarning mavjudligi bu muammoning dolzarbligidan darak beradi.

Frazeologizmlar faqat til hodisasi bo‘lmay, ular ijtimoiy-tarixiy davrning mahsuli

hisoblanadi1. Shunga ko‘ra ekstralingvistik omillarni frazeologizmlarning yuzaga kelishida

muhim rolini alohida ta’kidlash zarur. Frazeologik birliklar tilning boshqa birliklaridan ikki xil

funksiyani bajarishi bilan farqlanadi:

1) kumulyativ funksiya, ya’ni frazeologik birliklar – «qayd etuvchi», «yozib qoldiruvchi

vosita» sifatida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan manba. Leksik birliklar ham shunday vazifani

bajaradi, lekin frazeologik birliklar esa katta hajmdagi axborotni saqlash va yetkazib berish

imkoniyatiga ega;

2) direktiv funksiya – tajriba hosil qilish sababini tushuntiradi. Shuningdek, shaxslarning

fe’l-atvorini tartibga solish vositasi sifatida xizmat qiladi, ya’ni so‘zlovchi tinglovchiga ma’lum

1 Маматов А.Э. Ўзбек тили фраземаларининг шаклланиш масалалари: Филол.фан.док-ри ... дис. автореф. –
Тошкент, 1999. – Б. 52


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

639

darajada ta’sir o‘tkazadi, uning fe’l-atvorini o‘zgartirishga harakat qiladi. Direktiv funksiyani

semantik va sintaktik jihatdan shakllangan maqol va matallar ham bajaradi2.

Xotin olma qayin ol, borar yerga tayin ol; beware of silent dog and still water.

Frazeologizmlar asosan shaxs tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsning u yoki bu

tarzdagi tasavvurlari, xatti-harakatlari, fiziologik hamda psixik holatlarini ifodalaydi.

Shuningdek, frazeologizmlar hayvonlar obrazini gavdalantirish va muayyan kasb-korga

bog‘liqligi jihatidan ham shakllanadi.

Y.M. Vereshagin va V.G. Kostomarovning tasnifiga ko‘ra, har qanday jamiyatning

(frazeologik birliklarda) milliy va madaniy xususiyatlarining namoyon bo‘lishi uch xil yo‘l

bilan amalga oshiriladi.

1. Frazeologik birliklar milliy madaniyatni uyg‘unlashgan, butun holda tasvirlaydi.

2. Frazeologizmlar milliy madaniyatni bo‘lingan (alohida, ajralgan) holda tasvirlashi

mumkin. Masalan, frazeologizm tarkibidagi ma’lum bir so‘z (o‘zb.t. kelin, bo‘g‘cha, ing.t.da

penny, lady, Mr) aniq milliy xarakterga ega bo‘lishi mumkin3.

Milliy-madaniy hususiyatga ega bo‘lgan gender ko‘rsatkichli frazeologik birliklar

jamiyatning turmushi haqida ko‘plab ma’lumot berishi mumkin: mehnat quroli va ish faoliyati

turlari haqida: Hunari yo‘q erkakdan, ignasi bor xotin yaxshi; Ketmon chopdim – non tishladim;

a walking lady – so‘zsiz rollarni ijro etuvchi ayol; a meter maid – avtoulovlarni to‘xtash joyida

nazorat qiluvchi politsiyachi ayol; milliy taomlar va oziq ovqat mahsulotlari: Vaqtim bo‘shga

ketdi, erim go‘shtga ketdi; Tuzsiz xamir tandirda turmas; Yevery cook praises his own broth –

oshpaz o‘zining go‘shtli sho‘rvasini maqtar; bread and butter Miss – maktab yoshidagi qiz bola;

butter and egg man – pulni sovuradigan boyvachcha; hayvonlar va o‘simlik dunyosi: Ot

yigitning yo‘ldoshi; Cho‘pon bo‘lsang, qo‘y boq, moyi toshsin choradan, It boqqanda sirtlon

boq, qo‘y oldirmas qo‘radan; a rose between two thorns – ikki tikan orasidagi atirgul; hen party

– qizlar bazmi; stag party – yigitlar o‘tirishi; kiyim va oyoq kiyimlari: Boyning xotini

bo‘lguncha, kambag‘alning kovushi bo‘l; Yemayman degan kelin rapida bilan rapchani yer; be

in petticoats – zaif jins egasi, ayol; a blue stocking – ayolligini yo‘qotgan erkaksifat ayol; atoqli

otlar yordamida hosil bo‘lgan frazeologik birliklar yorqin milliy xarakterni ifodalaydi: Aql –

Hasan, odob – Husan; Mr. Clean – halol, vijdonli siyosiy arbob; Cordelia’s gift – ayolning

yoqimli, mayin ovozi; geografik nomlar: ming Makka ziyoratdan, bir ko‘ngil imorat yaxshi;

onasini Uchqurg‘ondan ko‘rsatmoq; the Mother of States – «barcha shtatlarning onasi»

(Virdjiniya shtatining nomlanishi); realiyalarni o‘z ichiga oladigan frazeologik birliklar ham

lisoniy – madaniy manzarani aks ettiradi: Manmanlagan xotinni beshikligida sina; Mother

Superior – ayollar monastirining boshlig‘i; mother Bunch – folbin.

A. Mamatovning ko‘rsatishicha: «Frazeologizmlarning paydo bo‘lishi va shakllanishi,

birinchidan, tarixiy jarayonlar, ijtimoiy muhit, ijtimoiy-siyosiy hayot, siyosiy-ma’naviy

qarashlar, ikkinchidan lisoniy, ya’ni tilning pragmatik qonun-qoidalari kabi omillar bilan uzviy

aloqadordir»4. Shunga ko‘ra gender ko‘rsatkichli frazeologik birliklarning kommunikativ-

pragmatik ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tamiz.

2 Верещагин Е.М., Костомаров В.Г. Язык и культура: Лингвострановедение в преподавании русского языка
как иностранного. – 3-е изд., испр. и доп. – М., 1983. – С. 97
3 Верещагин Е.М., Костомаров В.Г. Язык и культура: Лингвострановедение в преподавании русского языка
как иностранного. – 3-е изд., испр. и доп. – М., 1983. – С. 94-98
4 Маматов А.Э. Ўзбек тили фраземаларининг шаклланиш масалалари: Филол.фан.док-ри ... дис. автореф. –
Тошкент, 1999. – Б. 53


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

640

Bu tasvirlash ayni paytda pragmatik hamdir, zero so‘zlovchi, matn yaratuvchi subyekt

sifatida kutilgan pragmatik ta’sirga erishish (ya’ni tinglovchi tomonidan nutqiy yoki biron bir

harakatni keltirib chiqarish) maqsadida tinglovchiga olamni, predmet va voqea-hodisalarni,

ularning mohiyati hamda o‘zaro ta’sirini anglab, idrok etayotganini yetkazishga harakat qiladi.

«Pragmatik ma’no faqatgina predmet va uning xususiyatlarini tasvirlabgina qolmay, ayni

paytda so‘zlovchining (tinglovchiga qaratilgan) ichki va tashqi dunyosida sodir bo‘layotgan

hissiyotlarini, fikr-mulohazalarini ifodalovchi vosita hamdir. Boshqacha aytganda, pragmatik

ma’no so‘zlovchining ijtimoiy va psixologik holatidan kelib chiqqan holda, tinglovchiga

nisbatan hissiy va intellektual imkoniyatlarini yetkazib beruvchi nutq va til birliklari

yig‘indisidir. Pragmatik ma’no doimo tinglovchiga qaratilgan bo‘lib, tinglovchining fe’l-

atvoriga, shaxsiyatiga ijobiy yoki salbiy tarzda ta’sir ko‘rsatadi»5. Shunga ko‘ra A.M. Emirova

pragmatik ma’noni – «so‘zlovchi-tinglovchi» munosabatlari sifatida ta’riflaydi.

Frazeologik birliklarning pragmatik ma’nosi ekspressiv, apellyativ, fatik va estetik

komponentlar orqali namoyon bo‘lishi mumkin. Pragmatik ma’noning ekspressiv komponenti

so‘zlovchining

his-tuyg‘usini,

bahosini

tasvirlashdan

iborat

bo‘lib,

lug‘atlarda

frazeologizmlarning ekspressiv komponenti shutl, neodobr, prezr, prenebr. va h.k belgilar bilan

beriladi. Masalan: «old geezer – (prezr.) aljiragan chol» frazeologizmlari so‘zlovchining nutq

obyektiga nisbatan hurmatsizlik munosabatini bildiradi. Odatda bunga o‘xshash birliklar

mensimaslik ohangi, ya’ni emfatik (ifodali) urg‘u bilan bilan aytiladi. Bunday nutq ayni paytda

paralingvistik vositalar – imo-ishora, mimika, ko‘z harakati va h.k. lar yordamida amalga

oshishi mumkin. O‘zbek frazeologik birliklarida ekspressiv komponent asosan ayollar nutqida

yorqin ifodalanadi: yer yutkur, baloga yo‘liqsin va h.k.

Frazeologizmlarning ekspressiv komponenti apellyativ komponent bilan birgalikda

amalga oshadi. «Apellyativ komponent tinglovchiga nisbatan aqliy, hissiy, xatti – harakatli

ta’sir o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lib, bu ta’sir ham lingvistik, ham paralingvistik vositalar

yordamida o‘tkaziladi»6. Masalan, tinglovchi va so‘zlovchi ko‘z o‘ngida yig‘layotgan, qo‘rqoq,

erkaklarga nomunosib xatti-harakatli qiyofaning gavdalanishi, har ikkalasining xayolida play

the woman; xotinlarning xolasi, qizlarning yangasi frazeologik birligining paydo bo‘lishiga

turtki bo‘ladi. Uning nutqda qo‘llanilishi esa tinglovchi tomonidan nutq jarayoni mazmuniga

mos bo‘lgan hissiy va xatti-harakatli munosabatni keltirib chiqarishi mumkin.

Pragmatik ma’noning fatik komponenti, aloqa o‘rnatuvchi komponent sifatida

kommunikantlarga ularning ijtimoiy-psixologik maqomi haqida ma’lumot berib, ular orasidagi

aloqaning o‘rnatilishi yoki to‘xtatilishiga sabab bo‘ladi. «Bu turdagi komponentlar genetik

jihatdan Injil va afsonaga xos matnlarda uchraydi va asosan, oddiy nutq va kitobiy

frazeologiyada namoyon bo‘ladi hamda ma’lum bir guruh vakillari nutqida qo‘llaniladi»7.

Masalan: the prodigal son – noqobil farzand, oqpadar [bibl. Luke XV, 11-12].

Va, nihoyat,

frazeologizmlar pragmatik ma’nosining estetik komponenti

so‘zlovchilarning estetik zavqlanishini ta’minlovchi komponent bo‘lib, gapiruvchining til

xazinasidagi eng mazmunli, jonli til birliklaridan tanlab, ularni o‘zgartirib yoxud birlashtirib,

tinglovchida ham zavq tug‘dirish qobiliyatidir. Ushbu komponent asosan so‘z o‘yinlarida,

badiiy va shoirona nutqlarda juda yorqin namoyon bo‘ladi.

Jinsning ijtimoiy-madaniy xususiyatlarining shakllanishi, tilda u yoki bu gender

andozalarining namoyon bo‘lishi, har bir jinsga muayyan madaniyatda bir qator me’yor va

5 Эмирова А.М. Русская фразеология в коммуникативном аспекте. – Ташкент: Фан, 1988. – С. 15
6 Эмирова А.М. Русская фразеология в коммуникативном аспекте. – Ташкент: Фан, 1988. – С. 17
7 Эмирова А.М. Русская фразеология в коммуникативном аспекте. – Ташкент: Фан, 1988. – С. 19


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

641

baholar biriktirilishi natijasidir. Bu me’yor va baholar individual olam tasvirini yaratar ekan,

shaxsning olamga, tabiatga, jamiyatiga va o‘ziga bo‘lgan munosabatga qarab shakllanadi va

natijada ma’lum bir jamiyatning o‘ziga xos olam tasviri vujudga keladi.

Quyida biz o‘zbek tili vakillarida olamning lisoniy tasviri o‘zbek frazeologiyasi

materiallari asosida namoyon bo‘lish jarayonini kuzatamiz.

O‘zbek frazeologik birliklari va paremiyalarida gender ko‘rsatkich ularning faqat leksik-

semantik jihatida namoyon bo‘ladi. Bunga sabab

o‘zbek tilida

rod

grammatik

kategoriyasining mavjud emasligidir. «Turkiy tillarida rod grammatik kategoriyasining mavjud

emasligi tabiiy jins va rod kategoriyasi o‘zaro munosabatlari muammosini yo‘qotsa-da, biroq

o‘zbek tili animativ semantikani uzatib bera olmasligi uchun sabab bo‘la olmaydi, chunki tabiiy

jins tushunchasi leksik va sintaktik vositalar orqali ifodalanadi8. Tahlil manbasi sifatida Sh.

Rahmatullayevning «O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati» (1992) xizmat qildi. O‘zbek

frazeologik birliklarining gender nuqtayi nazaridan tahlil natijalari quyidagilarni ko‘rsatdi:

1. Iboralarning ko‘p qismi jins bo‘yicha ajratilmagan. Ular deyarli shaxs nominatsiyasini

ko‘rsatmagan holda, asosan, fe’lli frazeologik birliklardan tashkil topgan.

2. Birikmalarning ko‘p qismini inson tanasiga oid metaforalar tashkil qiladi – bosh egmoq,

og‘ziga urmoq, oyog‘iga yiqilmoq, ya’ni bu birikmalarning ichki formasi, jinsidan qat’i nazar,

barcha shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.

3. Frazeologik birliklarning bir qismi faqat erkaklarga xosdir: Qarib quyulmagan, achib

suyulmagan.

4. Ayollarga xos birliklar: Onasining boshiga yostiq bo‘lmoq.

5. Ekspressiv-pragmatik komponent ayollar nutqida juda yorqin tasvirlangan: Tilingga

kuydirgi chiqqur.

6. Har ikki jinsga tegishli bo‘lgan frazeologik birliklar: Balog‘atga yetmoq, don olishmoq,

muhabbat qo‘ymoq, ko‘ngil qo‘ymoq.

7. Ayollarga xos faoliyat bilan bog‘liq bo‘lishiga qaramasdan erkaklarga nisbatan

qo‘llanilishi: Xotinlarning xolasi, qizlarning yangasi. Ushbu misolga e’tibor beradigan bo‘lsak,

erkaklarni tasvirlashda ayollik stereotiplardan foydalanish orqali erkaklarning salbiy xususiyati

ifodalanayapti. Umuman, ayollarga xos salbiy tasvir to‘g‘risidagi masala munozarali bo‘lib,

ularni erkaklar tasviri bilan qiyoslaganda sezilarli nomutanosiblik ko‘rinmaydi. Bular quyidagi

holatlarda namoyon bo‘ldi:

1. Ayollarga xos bo‘lgan go‘zallik, iffat, poklik: zeb bermoq; oy desam og‘zi bor, kun

desam ko‘zi bor.

2. Ayollarni reproduktiv vazifasi ko‘p miqdordagi birliklarda aks etgan: vaqt-soati

yetibdi; ko‘zi yoridi; bola ko‘rmoq; oy kuni yaqin.

3. Ayollar ko‘nglini ovlashdagi sa’y-harakatlar: ko‘nglini ovlamoq; oshiqi beqaror

bo‘lmoq.

4. Ayollarga nisbatan qo‘llanilib, erkaklarning xislati bilan tenglasha olishi ifodalanadi:

Qirq yigitga bosh bo‘ladigan.

Inson lisoniy manzarada, avvalo, harakatlanuvchi shaxs sifatida gavdalanadi. U har xil

faoliyatlarni bajaradi: jismoniy, aqliy, nutqiy. Ushbu harakatlar esa insonga xos ma’lum bir

xususiyatlar – xohish-istak, hissiyot, fikrlash, ruhiy kechinmalar, fiziologik, nutqiy holat va h.k.

lar yordamida amalga oshadi.

Yuqorida zikr etilgan holatlar va xususiyatlarning qay biri erkaklarga va qay biri ko‘proq

ayollarga xosligini qo‘rib chiqamiz.

8 Расулова М.И. Основы лексической категоризации в лингвистике. – Ташкент: Фан, 2005. – С. 74


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

642

1. Nutqiy holatga tegishli maslahat berish, arz qilish, maqtash, qarg‘ash kabi xususiyatlar

o‘zbek frazeologiyasida aynan ayollar nutqiga xos ekanligi ravshan ifodalangan.

Maqtash: jonimni qoqay.

Qarg‘ash: yer yutkur, aftini yel yopsin.

Qo‘rquv: voy, o‘lmasam.

2. Ayollar ba’zan erini o‘z izmiga yuradigan, itoatkor qilib olishi mumkin: Burnidan ip

o‘tkazib olmoq.

3. Ayolning o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan yoki xohlaganda voz kechsa bo‘ladigan narsa

sifatida tasvirlanishi: Taningizni bag‘ishladingizmi?; pattasini qo‘liga bermoq; javobini bermoq;

boshini bog‘lamoq.

4. Ayollarning yoshiga berilgan salbiy baho: O‘ttizga kiriboq o‘tin bo‘lmoq.

5. Ayollar nominatsiyasi: o‘tin, ola xurjun, egov, qari qiz, nosqovoq:

Otang kim – osh qovoq, onang kim – nosqovoq.

6. Erkaklarga nisbatan salbiy nominatsiya: xotinlarning xolasi, qizlarning yangasi; qarib

quyulmagan, achib suyulmagan; ammamnng buzog‘i.

7. «Ota», «ona» komponentli frazeologik birliklar ko‘pchilikni tashkil etdi: otang yaxshi,

onang yaxshi deb.

8. Erkaklarga xos bo‘lgan, tez-tez uchraydigan kulturema sifatidagi nominatsiyalar:

do‘ppi, belbog‘, yaxtak, soqol kabilar.

9. Erkaklarning mardligi, g‘ururini ifodalovchi frazeologik birliklar: o‘g‘il bola, haqiqiy

erkak.

Umuman, kuzatilgan frazeologik birliklar lug‘atida gender aspektining tahlili yetarlicha

ma’lumot bermadi. Bu holatni tarkibini asosan shaxsni emas, ish-harakatni tasvirlovchi

frazeologik birliklar tashkil etishi bilan bog‘lash mumkin.

Folklor tadqiqotchisi V.P. Anikinning yozishicha: «Tarixchi maqol va matallardan uzoq

o‘tmish va qadimgi muhim voqealarni o‘rganadi, huquqshunos maqol va matallarni jamiyat

hayotida odat tusiga kirgan qonunlar sifatida qadrlaydi, etnograf xalq hikmatlari va obrazli

xarakterlarda yo‘q bo‘lib ketayotgan urf-odatlar va me’yorlarni ko‘radi. Faylasuf esa maqol va

matallarda xalq tafakkurini o‘rganishga harakat qiladi»9. V.P. Anikinning ushbu fikrlariga

to‘laqonli qo‘shilib, shuni aytish mumkinki, tilshunos boshqa tadqiqotchilardan farqli o‘laroq til

tadqiqotchisi sifatida yuqorida aytib o‘tilgan barcha jabhalarni tilda namoyon bo‘lishini tadqiq

etish imkoniyatiga ega.

Tadqiqot uchun 2003-yilda chop etilgan «O‘zbek xalq maqollari» nomli akademik

nashrga murojaat etdik. Lug‘atning xalq maqollarini to‘plash va o‘rganishdagi katta tajriba

asosida paydo bo‘lganligi uni tanlash imkonini berdi. Ushbu lug‘at tematik jihatdan ajratilgan

10000ga yaqin maqollarni o‘z ichiga oladi. Maqol va matallarda aks ettirilgan xalq

donishmandligi nafaqat madaniy tarixiy haqiqat sifatida, balki nutqda qo‘llaniladigan iboralar

sifatida ham faoldir. Asrlar davomida bilim va tarbiya jarayoni gender tadqiqotlarining asosi

sifatida tilning frazeologik qatlami orqali kundalik turmushda ayollik va erkaklikning yashirin

jihatlarini ko‘rish imkonini beradi.

Tadqiqotimiz vazifasi ayol va erkak olamlarini tasvirlovchi til vositalarining ma’no-

mohiyatini aniqlashdan iborat ekan, ifoda plani gender ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan maqollar

erkaklar va ayollar mavzusi bo‘yicha tematik prinsip asosida tanlandi va tasnif qilindi.

Bir qator maqollarning semantik jihatdan ko‘p qirraliligi qiyinchilik tug‘dirdi. Ularning u

yoki bu guruhga taalluqliligi leksik jihatdan emas, balki semantik jihatdan aniqlandi.

9 Аникин В.П. Мудрость народов // Пословицы и поговорки народов востока. – М.: Наука, 1961. – C. 7


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

643

Ushbu maqolni qanday tematik guruhga mansub ekanligini aniqlash qiyin. Bunga

o‘xshash maqollarning ma’nosi umumlashgan xarakterga ega bo‘lib, asosiy o‘rinni erkak yoki

ayol jinsiga mansublilik emas, balki shaxsning jamiyatdagi rolini ifodalaydi. Ko‘p hollarda bu

turdagi maqollarda androtsentrizm muhim hisoblanadi, ya’ni erkak kishi nazarda tutiladi.

Maqollarni o‘rganish va tasniflash davomida ma’nodosh bo‘lmagan tasnif muammosiga

ham duch keldik. Lekin semantik jihatdan gap erkak haqida ketayotganligini anglash mumkin.

Bu maqollar erkaklarga taalluqligini anglagan holda ularni erkaklar guruhiga kiritish mumkin.

Quyidagi maqol ham xuddi shunday, mazmun va ohangiga ko‘ra gap ayol haqida

ketayotganligini anglash mumkin: O‘ynashga ishonib, Ersiz qolma.

Quyidagi maqollarni esa semantik jihatdan ona guruhiga kiritdik:

Qizil tilim tiyolmadim,

Qizimnikiga borolmadim.

Shu tariqa barcha maqollar ikki katta guruhga: erkak va ayol olamlarini tasvirlovchi

guruhlarga bo‘linadi. Ular tarkibidagi maqollar esa yanada kichikroq bo‘lgan tematik

guruhlarga bo‘linadi.

1. Erkak va ayolning ijtimoiy maqomi.

2. Oilaviy munosabatlar, shuningdek, oila va er-xotin rollari haqidagi qarashlar.

3. Qarindoshlik munosabatlari (ota-ona, amaki, tog‘a va h.k. qarindoshlarning o‘zaro

munosabatlari).

Ko‘p maqollarda erkaklarning xarakterli jihatlari antonim sifatlar orqali aks ettirilib,

shaxsning baholash xarakteristikasi oshadi va

ijobiy ma’no kuchaytirib beriladi. Natijada

erkakning ijobiy identifikatsiyasi ustunlik qiladi:

Mard yigit izini sotar,

Nomard yigit – o‘zini.

Statistik kuzatuvlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, ayollarni asosan oilaviy munosabatlarda

ifodalovchi leksemalardan xotin, qiz, kelin, qaynona ko‘p qo‘llaniladi. Ba’zi hollarda

ayollarning «sumbul», «sanam», «yor» kabi ot va sifatlar bilan ifodalangan variantlari ham

uchraydi. Ammo ular erkaklar guruhiga qaraganda birlamchi xarakterga ega:

Sumbul taqimda,

Yigit ko‘zi unda.

«El» leksik birligining qo‘llanilishi xususida ham qiziqarli ma’lumot oldik. «El»

leksemasi ishtirok etgan 60 ta maqoldan 56 tasi semantik jihatdan faqat erkaklar bilan bog‘liq.

Masalan:

El bo‘lmasa er bo‘lmas;

El suygani – er suygani;

Erning so‘zi – elning so‘zi.

Ayollarga oid guruhda esa «el» leksik birligi bilan bog‘liq to‘rtta hol qayd etildi. Ammo

ularda ham androtsentrizm ustunlik qilayotganini kuzatish mumkin:

Er sevmasa – el sevmas.

Ayollarga tegishli to‘rtta maqoldan faqat bittasida ijobiy xarakteristika uchradi:

Gul o‘ssa – yerning ko‘rki,

Qiz o‘ssa – elning ko‘rki.

Gender muammosini aniqlashda metafora bilan ifodalangan leksemaning qo‘llanilishi

katta ahamiyatga ega. Masalan, «sher» ot so‘z turkumi maqollarda erkaklarni tasvirlashda tez-

tez uchraydi. Yashirincha sherga qiyoslash ziyraklik, oliyjanoblik, botirlik ramzlarini bildirib-

gina qolmay, shu bilan birga erkaklarga xos xususiyatlarni ifodalaydi:

Erga navbat – sherga navbat;


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

644

O‘ttizida er atangan,

Qirqida sher atanar.

Yuqorida keltirilgan birliklarning har biri o‘zining aniq ma’nosiga ega bo‘lgan holda

erkaklarga xos xarakterni ifodalaydi. Garchi ijobiy guruhdagi leksik birliklar umuminsoniy

xislatlarni yoritib bersa-da, bu leksemalar erkaklarga tegishli ekanligini anglatadi. Salbiy

baholashda ham shu tendensiya kuzatiladi. Ayni paytda tom ma’noda qo‘llanilgan so‘z

birikmalari ham mavjud.

Erkaklarning qiyosiy xarakteristikasi «qora yer» leksemasi orqali ifodalangan:

Tirishgan – er,

Tirishmagan – qora yer;

Ba’zi bir maqollarda erkaklar identifikatsiyasi «tentak», «ahmoq» leksik birliklari orqali

ifodalanganligiga qaramasdan ularda androtsentrizm namoyon bo‘lganligini kuzatish mumkin:

Aqlli otini maqtar,

Ahmoq – xotinini;

Ahmoq o‘zini maqtar,

Tentak qizini.

Garchi bu misolda «ayol» leksemasi bilan bog‘liq bo‘lgan birliklar ko‘rsatilgan bo‘lsa-da,

mulohaza obyekti «er» hisoblanadi.

Bir qator maqollarda erkak – «o‘g‘ri» leksemasi bilan, ayol esa «g‘ar» leksemalari

yordamida ifodalanadi. Biroq ayolning identifikatsiyasi erkakka nisbatan qo‘polroq tuyuladi:

Bu turdagi maqollarni quyidagi maqollar bilan izohlasa bo‘ladi:

Er-xotin – qo‘sh ho‘kiz;

Er-xotin – qo‘sh qanot.

Oila va qarindoshlik mavzulariga daxldor maqollarni tadqiq qilish natijasida qiziqarli

xulosalarga kelish mumkin.

Ijobiy baho ko‘p hollarda ona tomonidagi qarindoshlar bilan moslashadi. So‘z ota

tomondagi qarindoshlar haqida borganda, ko‘pincha salbiy assotsiatsiya paydo bo‘ladi.

Maqollarda «tog‘a» so‘zi besh marta uchragan, «amaki» so‘zi esa umuman uchramadi:

Otangni sog‘insang tog‘angni ko‘r.

Maqol mazmunida qarindosh sifatida tog‘aning yaqinligi va javobgarlik xislati ko‘rinib

turadi. Xolaning roli ham shunday e’tirof etiladi. Biroq «amma» leksik birligi maqollarda salbiy

xarakterga ega.

«Ota» va «ona» tushunchasi bilan bog‘liq leksik maydonning tahlili shuni ko‘rsatdiki,

«ota» tushunchasi bilan bog‘liq maqollar «ona»ga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etdi, ya’ni

129:83. «Ota» va «ona» so‘zlarining qo‘llanilish miqdori nisbati 37:19. Har ikki tushuncha ham

aks etgan maqollar 47 tani tashkil etdi. Masalan:

Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi, Onalar so‘zi – baxtning o‘zi kabi.

Ona – ezgulik timsoli. U himoya qiladi, avaylaydi. Lekin ba’zi hollarda

androtsentrizmning quyidagi belgilarini ham kuzatish mumkin.

1. Ota oila boshlig‘i sifatida namoyon bo‘ladi va hal qiluvchi yakuniy so‘z faqat unga

tegishlidir:

Ota so‘zi – pichoq,

Ona so‘zi – qumaloq.

2. Onaning otaga nisbatan bahosi:

Farzand boqqan ota,

Jonni qoqqan ona.

3. Ona va o‘g‘ilning o‘zaro munosabati:


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

645

O‘g‘limning iliq oshidan,

Erimning urgan toshi yaxshi;

Erimning topganini o‘ynab yeyman,

O‘g‘limning topganii o‘ylab yeyman.

«Ona» timsoli ijobiy xarakterlanadi. Otaga nisbatan ona bilan qolish afzalligi 5ta holatda

uchradi:

Otangning chorvog‘ida qolguncha,

Onangning uymog‘ida qol;

Otaning o‘rni:

Qo‘zi qo‘chqordan nishon,

O‘g‘il otadan;

Ota g‘ayratli bo‘lsa,

Bola ibratli bo‘lar.

Mazkur tahlil «ota» va «ona» tushunchalari bilan bog‘liq leksik maydonni o‘rganar ekan,

shuni ko‘rsatadiki, «ota» tushunchasi bilan bog‘liq maqollar soni «ona»ga qaraganda ko‘proq.

Bu ko‘rsatkichlar, xususan, o‘zbek tilidagi androtsentrizm (erkaklar markaziy mavqeda ekanligi)

holatini ko‘rsatadi, chunki otaning oila va jamiyatdagi o‘rni ustunroq ekanligini ifoda etuvchi

maqollar ko‘proq uchraydi. Shuningdek, otaning so‘zi hal qiluvchi va oila boshlig‘i sifatida

qabul qilinganligini aks ettiruvchi maqollar ham mavjud.

Biroq, «ona» tushunchasi ko‘pincha ezgulik, himoya va mehr-muhabbat timsoli sifatida

ijobiy xarakterlanadi. Ona bilan qolish afzalligi ayrim maqollarda ko‘zga tashlanadi, bu esa

onaning farzand tarbiyasidagi muhim o‘rnini ta’kidlaydi. Maqollarda ota va onaning bola

tarbiyasidagi roli teng taqsimlanganligi kuzatiladi: ona bolani erkalatib yoki to‘g‘ri tarbiyalab,

uni jamiyatga foydali shaxs etib yetishtiradi; ota esa bola uchun ibrat va namuna bo‘lib xizmat

qiladi.

Ota va ona obrazlari o‘zbek xalq maqollarida o‘ziga xos tarzda ifodalanadi. Ota oilada hal

qiluvchi mavqega ega bo‘lgan holda, ona mehr-muhabbat va himoya timsoli sifatida

tasvirlanadi. Shu bilan birga, ota va onaning tarbiyadagi rollari bir-birini to‘ldiradi, bu esa

jamiyatda ularning teng ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

1.

Бердиёров Х, Расулов Р. Ўзбек тилининг паремиологик луғати. – Тошкент:

Ўқитувчи, 1984. – 232 б.

2.

Кубрякова Е.С., Демьянков В.З., Панкрац Ю.Г., Лузина Л.Г. Краткий словарь

когнитивных терминов. – М., 1997. – 245 с.

3.

Кунин А.В. Англо-русский фразеологический словарь. Лит. ред. М.Д.

Литвинова. – 4-е изд. – М.: Рус. яз.,1984. – 942 с.

4.

Мирзаев Т., Мусоқулов А. Ўзбек халқ мақоллари. – Тошкент: Шарқ,

2003. –

508 б.

5.

Рахматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик лугати II/ араб сўзлари ва улар

билан ҳосилалар. – Т.: Университет, 2003. – 335 б.

6.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тили этимологик лугати (туркий сўзлар). Тошкент:

Университет, 2000. – 402 б.

7.

Словарь гендерных терминов // Под ред. А.А. Денисовой / Региональная

общественная организация "Восток-Запад: Женские Инновационные Проекты". – М.:

Информация XXI век, 2002. – 256 с.

8.

Содиқова М. Русча ўзбекча фразеологик луғат. – Тошкент: “Фан”, 1972. – 192 б.

Библиографические ссылки

Бердиёров Х, Расулов Р. Ўзбек тилининг паремиологик луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1984. – 232 б.

Кубрякова Е.С., Демьянков В.З., Панкрац Ю.Г., Лузина Л.Г. Краткий словарь когнитивных терминов. – М., 1997. – 245 с.

Кунин А.В. Англо-русский фразеологический словарь. Лит. ред. М.Д. Литвинова. – 4-е изд. – М.: Рус. яз.,1984. – 942 с.

Мирзаев Т., Мусоқулов А. Ўзбек халқ мақоллари. – Тошкент: Шарқ, 2003. – 508 б.

Рахматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик лугати II/ араб сўзлари ва улар билан ҳосилалар. – Т.: Университет, 2003. – 335 б.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тили этимологик лугати (туркий сўзлар). Тошкент: Университет, 2000. – 402 б.

Словарь гендерных терминов // Под ред. А.А. Денисовой / Региональная общественная организация "Восток-Запад: Женские Инновационные Проекты". – М.: Информация XXI век, 2002. – 256 с.

Содиқова М. Русча ўзбекча фразеологик луғат. – Тошкент: “Фан”, 1972. – 192 б.