Авторы

  • Mardiyeva Yulduz Ubaydullayevna
    SamDChTI mustaqil tadqiqotchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.129799

Ключевые слова:

Arab xalifaligi O‘rta Osiyo A.Zunnunov Bayt al-hikma oltin davri Movarounnahr handasa maktab madrasa

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbek xalqining milliy pedagogik madaniyatida o‘ziga xos xususiyatlari, o‘ziga xos milliy turmush tarzi va qadriyatlari aks etadi. IX-X asrlarda bola tarbiyasining xususiyatlari haqida ma’lumotlari berilgan. O‘zbek xalq pedagogikasi O‘rta Osiyodagi ijtimoiy hayot bilan birga shakllanishi haqida bayon etilgan. Umuminsoniy qadriyatlar mujassamlashgan bo‘lib, ularda xalqning turmush tarzi, axloq-odobi, urf-odatlari, marosimlari, an’analari, insoniy va ma’naviy qadriyatlari, diniy e’tiqodlari haqida bayon etilgan.           


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

630

IX-X ASRLARDA BOLA TARBIYASINING XUSUSIYATLARI

Mardiyeva Yulduz Ubaydullayevna

SamDChTI mustaqil tadqiqotchi

Email:

mardiyevayulduzxon82@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada O‘zbek xalqining milliy pedagogik madaniyatida o‘ziga xos

xususiyatlari, o‘ziga xos milliy turmush tarzi va qadriyatlari aks etadi. IX-X asrlarda bola

tarbiyasining xususiyatlari haqida ma’lumotlari berilgan. O‘zbek xalq pedagogikasi O‘rta

Osiyodagi ijtimoiy hayot bilan birga shakllanishi haqida bayon etilgan. Umuminsoniy

qadriyatlar mujassamlashgan bo‘lib, ularda xalqning turmush tarzi, axloq-odobi, urf-odatlari,

marosimlari, an’analari, insoniy va ma’naviy qadriyatlari, diniy e’tiqodlari haqida bayon etilgan.

Kalit so’zlar:

Arab xalifaligi , O‘rta Osiyo, A.Zunnunov, Bayt al-hikma, oltin davri,

Movarounnahr, handasa, maktab, madrasa,

Аннотация:

В данной статье отражены особенности национальной педагогической

культуры узбекского народа, самобытный национальный образ жизни и ценности. Даны

сведения об особенностях воспитания ребенка в IX-X веках. Рассказывается о

становлении узбекской народной педагогики наряду с общественной жизнью в Средней

Азии. Воплощаются общечеловеческие ценности, в которых излагается образ жизни

народа, его нравы, обычаи, обряды, традиции, человеческие и духовные ценности,

религиозные убеждения

Ключевые слова:

Арабский халифат, Средняя Азия, Байт Аль-Хикма, Золотой век,

Мавераннахр, геометрия, школа, mедресе,

Annotation:

In this article, the wide spread of Arab Muslim culture was explained by the

emergence of the “Islamic Renaissance” and the great achievements and important scientific

discoveries in the history of Muslim science and culture of the 9th-11th centuries. The 9th-11th

centuries are mentioned in the history of Muslim science and culture with great achievements

and important scientific discoveries. The foundation of”Bayt al-hikma " has been described in

detail as having become a major scientific center.

Key words:

Arab Caliphate, Central Asia, Beit al-hikma, golden age, Movarounnahr, geometry,

school, madrasa,

O‘zbek xalqining milliy pedagogik madaniyatida o‘ziga xos xususiyatlari, o‘ziga xos

milliy turmush tarzi va qadriyatlari aks etadi. Ularni o‘rganish orqali yosh avlod milliy madaniy

fazilatlar - tavoze, sadoqat, marhamat, shafqat, hayo-muruvvat, vafo ko‘rkam xulqni odamlarda

mujassamlanishi va hirs, hasad, igʻvo, baxillik, takabburlik, adovat, munofiqlik, xiyonat,

chaqimchilik kabi yaramas illatlar esa yovuz xulqli kishilarda bo‘lishini bilib oladilar. O‘zbek

xalq pedagogikasi O‘rta Osiyodagi ijtimoiy hayot bilan birga shakllandi, shu sababli uning

tarixi bilan qiziqsak, ko‘z oldimizda xalqimizning turmush tarzi gavdalanadi. Asta-sekin

taraqqiy etib borgan mehnat, tabiiy resurslarning inson tomonidan o‘zlashtirib borilishi va


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

631

tirikchilik samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan muayyan intizom, tartibning shakllanishi

qabilalarda urf-odatlarning paydo bo‘lishi uchun imkon yaratdi. O‘z navbatida, ana shu urf-

odatlar nnsonlarning axloqini ifoda eta boshladi

Pedagog olim A.Zunnunov xalq pedagogikasining bola tarbiyasidagi ahamiyatini

ta’kidlab, shunday yozadi: “U (xalq pedagogikasi) insonparvarlik, mehnatsevarlik, do‘stlik,

o‘zaro hamdardlik, ochiq ko‘ngillik, sahovatlilik, poklik, to‘gʻri so‘zlilik, haqiqatgo‘ylik,

yaxshi qo‘shnichilik, tinchliksevarlik, vatanparvarlik, baynalmilallik kabi fazilatlardan iborat

bo‘lib, bu fazilatlar tarixiy, ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanadi va umumbashariy xususiyat

kasb etadi” [2:87]

Har bir kishi urf-odatlar orqali jamoa bilan uzviy bogʻlangan, jamoaning ijtimoiy

vazifalarini, axloqiy qonun-qoidalarini, orzularini o‘rgangan va anglagan. Shu bois urf-odatlar

va an’ana har bir inson hissiyotiga, xatti-harakatiga kuchli ta’sir qiluvchi hodisa bo‘lgan.

“Shuning bilan birga, deb ta’kidlaydilar pedagog olimlar,- eng qadimgi davrlarda ta’lim-

tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz xalq ogʻzaki ijodi namunalari afsonalar, qahramonlik

eposlari, qo‘shiqlar, maqol va iboralarda ham ko‘ramiz. Chunki xalq donishmandligining

ko‘zgusi bo‘lgan xalq ogʻzaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo‘lgan tarbiya tajribalari

umumlashgandir”

Afsonalar kishilarning ibtidoiy jamiyat davridagi tabiat va insoniyat haqidagi

tasavvurlari, odatlari, munosabatlarini ifodalovchi xalq ogʻzaki ijodiga oid eng qadimiy janrdir.

Afsona qahramonlari yaxshilik, ezgulik va adolat uchun kurash olib boradilar, yaxshilik va

baxt-saodat qaror topgan davlatlarni yaratadilar. Ularda Vatan va erkinlikka bo‘lgan muhabbat,

o‘z yurti va jonajon qabilasi uchun jonini fido etish, shon-sharaf, or-nomus uchun kurash

tuygʻularini tarannum etadi. So‘zimizning dalili sifatida, xalqimizning “To‘maris”, “Shiroq”,

“Uch ogʻa-ini botirlar”, “Alpomish”, “Qirq qiz”, “Go‘ro‘gli” kabi rivoyat va dostonlarini

ko‘rsatish mumkin. Ularda ham milliy, ham umumbashariy ahamiyatga ega ilgʻor falsafiy-

axloqiy, pedagogik gʻoyalar ilgari surilgan. . [1;33].

Eng qadimiy rivoyatlar, afsonalar, xalq ogʻzaki ijodi namunalari zardushtiylik dinining

muqaddas kitobi “Avesto” orqali ham bizgacha yetib kelgan. Eramizdan avvalgi ming

yillikning o‘rtalarida yaratilgan mazkur kitobda xudolar va qahramonlar to‘gʻrisidagi xalq epik

afsonalarini aks ettiruvchi parchalar jamlangan, unda qatnashuvchi qahramonlar O‘rta Osiyo

mamlakatlari va qo‘shni Eron hamda Afgʻoniston o‘lkalariga mansubdirlar. Zardushtiylik

e’tiqodi bo‘yicha mehnat axloqiylikning asosi va saxovatlik belgisi deb ko‘rsatiladi,

ishyoqmaslik esa barcha kulfatlarning sababchisi hisoblanadi. Ayniqsa, dehqonchilikdagi

mehnat yaxshilikning yuzaga chiqishidagi asosiy omil bo‘lib, zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra

tinchlik va adolat o‘lkalarining homiysi bo‘lmish Axuramazda qonuniga itoat etishlik sanaladi.

Adabiyotshunos olim I.S.Braginskiy haqqoniy ta’kidlaganidek, “Avestoda inson o‘z

mehnati tufayli yomonliklardan, yovuzliklardan qutulishi mumkin, degan ulugʻ gʻoya yotadi”

“Avesto”ning katta qismi bo‘lgan “Yasna”larda inson kamolotini ko‘rsatuvchi axloq-odob

mezoni uchlikdan iborat ekani haqida so‘z boradi. Bular:
1.) Yaxshi fikr;
2.) Yaxshi so‘z;
3.) Yaxshi ish, amal.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

632

“Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan

iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman”,- degan iboralar “Avesto” kitobida o‘z

aksini topgan Olim Y.Jumaboyev “Avesto”ni tadqiq etishda, bu uchlikning haqiqiy mohiyatini

quyidagicha sharhlaydi: “Avesto”dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo‘lsa,

ular qadimgi zamon kishilarining axloqiy tasavvurlariga batamom muvofiq bo‘lib tushadi. Fikr,

so‘z va ishning birligi ibtidoiy insonning ajralmas xislati edi. Uning ongi, axloq va boshqalar

xususidagi tasavvurlari o‘zi mansub bo‘lgan jamoa bilan uzviy bogʻlangandir. Jamoaning fikri

uning ham fikri, jamoaning so‘zlari uning ham so‘zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari

bo‘lgan. Ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning uygʻunligi urugʻchilik jamiyatining muhim

belgisidir. Jamoaning har qanday topshirigʻini bajarish uning a’zolari uchun muqaddas qonun

edi” Demak, o‘sha davrlarda bu vazifalarni yosh avlodga o‘rgatishga, ularda bu xislatlarni

tarbiyalashga katta e’tibor berilgan.

O‘zbek xalq ogʻzaki ijodining yirik namunasi sanalmish dostonlarda umuminsoniy

qadriyatlar mujassamlashgan bo‘lib, ularda xalqning turmush tarzi, axloq-odobi, urf-odatlari,

marosimlari, an’analari, insoniy va ma’naviy qadriyatlari, diniy e’tiqodlari, orzu-umidlari, erk

va ozodlik yo‘lidagi mardonavor kurashlari, vatanparvarligi, sevgi-muhabbatga sadoqati,

kelajakka ishonchi yaqqol ifodalangan. Bu fazilatlar o‘zbek xalqining mashhur dostoni

“Alpomish”da ham tarannum etilgan. “Alpomish” dostonini o‘qib yoki eshitib xalqimizning

deyarli barcha farzandlari voyaga yetishgan desak, mubolagʻa bo‘lmaydi”, - deb ta’kidlaydi

tadqiqotchi A.Tilegenov [3:43].

Islomgacha bo‘lgan davr tarbiyashunosligi tarixini to‘liq yoritib berish, hozirda juda

mushkul ishdir. Arab istilosi, urush, jangu jadal, vayrongarchilik va talonchilik oqibatida ko‘p

ma’naviy boyliklar yo‘q bo‘lib ketgan. Lekin shunday bo‘lsa ham, xalqimiz o‘zining

mehmondo‘stlik, ota-onalarga e’tibor, kattalarga hurmat va kichiklarga izzat, mehnatsevarlik,

do‘stlik, sabr-toqat va izlanuvchanlik kabi axloqiy fazilatlarini saqlab qolgan. Pedagog olimlar

ta’kidlaganlaridek, eng qadimgi davrlardan eramizning IX asrigacha yaratilgan ma’rifiy

yodgorliklarda inson kamoloti masalasi katta o‘rin egallaydi.

Ularda ajdodlarimizning xulq-odobga oid dastlabki tasavvurlari, ezgulikka bo‘lgan

intilishlari ifodalangan. Bular barchasi davrimizning tarbiyaviy muammolarini hal qilishda

dolzarb va muhimdir O‘rta Osiyoda islom dinining yoyilishi va bu hududning o‘rta asrlardagi

eng yirik hamda qudratli davlat bo‘lgan Arab xalifaligi tarkibiga qo‘shilishi, arab tilining

yagona aloqa tili vositasi sifatida qo‘llanishi, tarjima ishlarining rivojlanishi, hamda “Qur’oni

Karim” va ”Hadisi Sharif” ning butun musulmon davlatlarida keng yoyilishi pedagogik

qarashlarning rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Islomgacha O‘rta Osiyoda tarqoq va ogʻzaki tarzda

yoki urf-odatlar bilan yashab kelgan axloqiy tarbiyaga oid ta’limotlar islom dini ta’limoti bilan

yana ham mukammallashgan holda keyingi davrlarda turli axloqiy tariqatlar va ta’limotlar,

olimu fozillarning asarlari orqali hozirgi kungacha yetib keldi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Шарапов О. ҳадисларда нафосат тарбияси. // Халқ таълими. -1997. - № 6. -Б. 30 -33.

2. Ўзбек Педагогикаси антологияси. -Т.: Ўқитувчи, 1995. 87 б

3. Хайрулаев М.М. Уйғониш даври ва Шарқ мутафаккирлари. -Т.: Фан, 1971. -43 б

2. 4. Буюк сиймолар, алломалар. 1 -китоб., - Ф, 1995. -28 б.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

633

3. 5. Бютнер К. Жить с агрессивными детьми. Пер. с нем. -М.: Педагогика, 1991.-496 с.
4. 6.Вамбери Ҳ. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. -Т.: Фан, 1990. -15б.
5. 7. Григорян С.Н. Великие мыслители Средней Азии. -М.: Наука, 1958. -4 с.

Библиографические ссылки

Шарапов О. ҳадисларда нафосат тарбияси. // Халқ таълими. -1997. - № 6. -Б. 30 -33. 2. Ўзбек Педагогикаси антологияси. -Т.: Ўқитувчи, 1995. 87 б 3. Хайрулаев М.М. Уйғониш даври ва Шарқ мутафаккирлари. -Т.: Фан, 1971. -43 б

4. Буюк сиймолар, алломалар. 1 -китоб., - Ф, 1995. -28 б.

5. Бютнер К. Жить с агрессивными детьми. Пер. с нем. -М.: Педагогика, 1991.-496 с.

6.Вамбери Ҳ. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. -Т.: Фан, 1990. -15б.

7. Григорян С.Н. Великие мыслители Средней Азии. -М.: Наука, 1958. -4 с.