INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
738
O’ZBEKISTONNING XIZMATLAR SOHASI
Qo’ziboyeva Ruxshona Zafar qizi
Diplomat University bakalavriat
E-mail:
Annotatsiya:
Mazkur maqolada xizmatlar sohasining tarkibi, asosiy yo‘nalishlari va
O‘zbekiston iqtisodiyotidagi Ro‘rni yoritilgan. Shuningdek, hukumat tomonidan xizmatlar
sohasini qo‘llab-quvvatlash choralari, Rfevral oylarida xizmatlar hajmining oshishi, ayniqsa
moliyaviy, transport, yashash va ovqatlanish, aloqa xizmatlarining sezilarli o‘sishi alohida
ta’kidlangan.
This article highlights the structure of the services sector, its main directions, and its role in
Uzbekistan's economy. It also analyzes government measures supporting the sector, the growth
rates of market services, and statistical indicators. January–February 2025 showed significant
growth in service volumes, particularly in financial, transport, accommodation, food, and
communication services.
В данной статье освещается структура сферы услуг, её основные направления и роль в
экономике Узбекистана. Также проанализированы меры государственной поддержки,
темпы роста рыночных услуг и статистические показатели. Отмечен значительный рост
объёмов услуг в январе–феврале 2025 года, особенно в финансовых, транспортных,
гостиничное-ресторанных и информационно-коммуникационных услугах.
Kalit so‘zlar (
Keywords):xizmatlar sohasi, bozor xizmatlari, transport, moliyaviy xizmatlar,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kichik tadbirkorlik, statistik tahlil, o‘sish sur’ati,
Prezident qarori, turizm, elektron tijorat.
Kirish:
Xizmatlar sohasi bu- korxonalar, tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan
ko’rsatiladigan turli xil xizmatlar, ishlab chiqarishni o’z ichiga olgan umumlashtirilgan toifadir.
Xizmatlar sohasining kengayishi va rivojlanishi, milliy daromadlarning oshirishini ta’minlovchi
hamda aholi uchun munosib turmush darajasini ta’minlashning hal qiluvchi omildir.
Xizmatlarning yuqori sifati va xilma-xilligi, xodimlarning mehnat samaradorligini oshiradi,
iste’mol xarajatlarini kamaytiradi, vaqtni tejalishiga olib keladi hamda bo’sh vaqt
samaradorligini oshiradi.
Xizmatlar sohasi quyidagi asosiy yo’nalishlarni o’z ichiga oladi:
1.
Savdo xizmatlari
- chakana va ulgurji savdo, bozorlarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar.
2.
Transport va logistika
- yuk tashish, yo’lovchi tashish, omborxona xizmatlari.
3.
Moliyaviy xizmatlar
- banklar, sug’urta kompaniyalari, mikromoliya tashkilotlari.
4.
Sog’liqni saqlash
- davlat va xususiy klinikalar, dorixonalar.
5.
Ta
’
lim xizmatlari-
maktablar, oliy o’quv yurtlari, o’quv markazlari.
6.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT)-
IT xizmatlari, internet, mobil aloqa,
dasturlash.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
739
7.
Mehmonxona va restoran biznesi (HoReCa)-
turizm, ovqatlanish, dam olish
xizmatlari.
8.
Uy-joy kommunal xizmatlari-
elektr, gaz, suv, tozalash xizmatlari.
9.
Shaxsiy xizmatlar-
go’zallik salonlari, kir yuvish, ta’mirlash, tozalash.
Jumladan, 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104- son “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashga oid
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident qarori sohada kichik korxonalar va
mikrofirmalarni imtiyozli kreditlash, imtiyozli soliq stavkalarini joriy etish, yangicha xizmat
turlarini tashkil etish yuzasidan infrastrukturalarni yaxshilash hamda tadbirkorlarni moliyaviy
qo‘llab-quvvatlash orqali xizmatlar xajmini yanada kengaytirish uchun rag‘bat bo‘ldi. 2025-yil
27-fevralda ushbu qarorda nazarda tutilgan xizmatlar ko’rsatuvchi tadbirkorlarga 1 foizlik
ijtimoiy soliq stavkasining amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvargacha uzaytirildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, norasmiy soya iqtisodiyoti baholash bo‘yicha o‘tkazilgan
statistik tadqiqotlar natijalari hisobga olingan holda, 2025-yil yanvar–fevral oylarida
ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 136 046,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2024-yilning shu
davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,2 %, hajm esa 26 451,9 mlrd so‘mga oshgan (2024-yil
yanvar–fevral oylarida xizmatlar hajmi 109 594,2 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati esa 116,7 % ni
tashkil etgan).
2024-yilning shu davridagi jon boshiga to‘g‘ri kelgan xizmatlar hajmi 3 009,8 ming so‘m bo‘lsa,
2025-yil yanvar–fevral oylarida bu ko‘rsatkich 3 660,0 ming so‘mga yetib, 650,2 ming
so‘mga yoki 10,0 % ga oshgan.
2025-yilning ushbu davrida kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor
xizmatlari hajmi 74 876,2 mlrd so‘mni yoki umumiy bozor xizmatlari hajmining 55,0 % ini
tashkil etdi. Shundan 34,1 % ini kichik korxonalar va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hudud
Hajmi(mlrd so’m)
Ulushi(%)
O’sish
sur’ati (%)
Umumiy(O’zbekiston Respublikasi)
136 046,1
100,0
112,2
Qoraqalpog’iston Respublikasi
6 4 446,5
3,3
107,4
Andijon viloyati
6 684,1
4,9
112,3
Buxoro viloyati
5 358,4
3,9
108,5
Jizzax viloyati
3 110,9
2,3
109,2
Qashqadaryo viloyati
6 819,7
5,0
111,4
Navoiy viloyati
3 258,7
2,4
111,7
Namangan viloyati
6 780,4
5,0
109,0
Samarqand viloyati
9 611,2
7,1
113,6
Surxondaryo viloyati
4 540,6
3,3
111,4
Sirdaryo viloyati
1 813,6
1,3
111,0
Toshkent viloyati
9 080,2
6,7
110,7
Farg’ona viloyati
8 911,1
6,5
111,2
Xorazm viloyati
4 468,3
3,3
109,3
Toshkent shahri
51 634,5
38,0
114,8
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
740
Toshkent shahrining yuqori ulushi (38,0 %) poytaxt maqomiga bog‘liq. Bu O‘zbekistonning
eng yirik shahri bo‘lib, davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, banklar va yirik kompaniyalar shu
yerda joylashgan. Aholi zichligining yuqoriligi transport, savdo, ta’lim, sog‘liqni saqlash,
ko‘ngilochar xizmatlarga bo‘lgan talabni oshiradi. Shaharda rivojlangan transport tarmog‘i,
savdo va biznes markazlari, boshqa infratuzilma xizmatlar sohasining o‘sishini qo‘llab-
quvvatlamoqda. Xizmatlar sohasining iqtisodiyotdagi ulushini oshirish va ushbu yo‘nalishda
tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-sonli Qarori bilan xizmatlar sohasini rivojlantirish
bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi hamda ularning monitoringi nazarda tutilgan.
Bozor xizmatlari umumiy hajmining o‘sishiga quyidagi yo‘nalishlar asosiy hissa qo‘shdi:
• moliyaviy xizmatlar – +14,6 % (hissasi: 2,6 % punkt),
• transport xizmatlari – +12,9 % (2,5 % punkt),
• yashash va ovqatlanish xizmatlari – +11,0 % (2,1 % punkt),
• savdo xizmatlari – +9,4 % (1,6 % punkt),
• aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – +23,1 % (1,6 % punkt),
• ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – +10,7 % (0,3 % punkt).
Xizmat turi
2024-yil hajmi
(mlrd so’m)
2025-yil hajmi
(mlrd so’m)
O’sish sur’ati
(%)
Umumiy xizmatlar
109 594,2
136 046,1
112,2
Aloqa va axborotlashtirish
7 635,1
11 020,2
123,1
Moliyaviy xizmatlar
19 750,1
23 347,2
114,6
Transport xizmatlari
21 545,6
27 200,0
112,9
Avtotransport xizmatlari
10 699,4
13 276,5
110,7
Yashash va ovqatlanish
20 762,6
25 783,5
111,0
Savdo xizmatlari
19 006,3
21 890,9
109,4
Ko’chmas mulk xizmatlari
2 913,0
3 655,3
110,7
Ta’lim
3 932,3
4 838,8
105,4
Sog’liqni saqlash
2 354,4
2 903,9
109,1
Ijara va lizing
1 420,7
1 851,7
103,1
Kompyuter
va
maishiy
texnik ta’miri
1753,6
2 130,0
109,6
Shaxsiy xizmatlar
2 286,8
2 913,5
107,7
Arxetektura,
injiniring,
texnik tahlil
1 345,7
1 895,1
111,8
Boshqa xizmatlar
4 888,0
6 616,0
113,2
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
741
2025-yil yanvar–fevralda bozor xizmatlari tarkibida:
• transport – 20,0 %,
• yashash va ovqatlanish – 18,9 %,
• moliyaviy xizmatlar – 17,2 %,
• savdo – 16,1 %,
• aloqa va axborotlashtirish – 8,1 %,
• ta’lim – 3,5 %.
2024-yil yanvar–fevralda esa:
• transport – 19,7 %,
• yashash va ovqatlanish – 18,9 %,
• moliyaviy xizmatlar – 18,0 %,
• savdo – 17,3 %,
• aloqa va axborotlashtirish – 7,0 %,
• ta’lim – 3,6 %.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmining ortishiga kompyuter dasturlash xizmatlari
o‘sishi ta’sir qildi. Ushbu xizmatlar 2025-yilning ko‘rsatilgan davrida ushbu
segmentning 44,1 % ini tashkil etdi. 2024-yilga nisbatan o‘sish 34,3 % bo‘ldi.
Moliyaviy xizmatlar ichida sug‘urta xizmatlari hajmi 302,9 mlrd so‘mga yoki 28,2 % ga oshgan.
Transport sohasida eng yuqori o‘sish:
• havo transporti xizmatlari – 119,1 %,
• ombor va yordamchi xizmatlar – 130,4 %,
• pochta va kuryer xizmatlari – 157,1 %.
Havo transporti o‘sishi – xalqaro va ichki turizm, aviareyslar soni ko‘payishi, vizasiz tartiblar
kengayishi bilan bog‘liq.
Elektron tijorat rivoji (OZON, Wildberries, AliExpress, mahalliy marketplace’lar), xususiy
xizmat ko‘rsatuvchilar (Express24, MyTaxi Delivery, Yandex Go, Uzum Tezkor), logistika
infratuzilmasi yaxshilanishi pochta va kuryer xizmatlari hajmini oshirdi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
742
Aeroportlar modernizatsiyasi – o‘tkazuvchanlik va xizmat sifatini oshirib, ombor va transport
yordamchi xizmatlarini rivojlantirmoqda.
Yashash va ovqatlanish xizmatlari – turizm oqimi, biznes aloqalar va infratuzilma rivojlanishi
fonida sezilarli o‘smoqda. Ulardagi asosiy ulush – 95,7 % – oziq-ovqat va ichimliklar taqdimoti
xizmatlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu xizmatlar o‘sish sur’ati 111,2 % ni tashkil etdi.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun quyidagi sohalarga alohida e’tibor qaratish kerak:
Xizmatlar sohasida innovatsiyalarni joriy etish:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
(AKT), sun’iy intellekt, raqamli to‘lov tizimlari kabi innovatsion yechimlarni keng joriy etish
orqali xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish zarur. Bu, ayniqsa, dasturlash, onlayn
xizmatlar va moliyaviy texnologiyalar segmentida dolzarbdir.
Kichik biznes va mikrofirma sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish:
Ular
uchun imtiyozli soliq rejimlarini saqlab qolish, kreditlar va subsidiyalar ajratishni davom
ettirish, davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilma yaratishni jadallashtirish maqsadga
muvofiqdir.
Hududiy tafovutlarni kamaytirish
: Xizmatlar sohasi faqat Toshkentda emas, balki boshqa
viloyatlarda ham rivojlanishi uchun infratuzilmani yaxshilash, investitsiyalarni jalb qilish va
mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash zarur.
Kadrlar salohiyatini oshirish:
Xizmat ko‘rsatish madaniyatini rivojlantirish, xizmat
ko‘rsatuvchi xodimlarning malakasini oshirish, zamonaviy servis texnologiyalarini o‘rgatish
bo‘yicha doimiy ta’lim dasturlarini kengaytirish kerak.
Raqobatbardosh muhitni yaratish
: Xizmatlar sohasida sog‘lom raqobatni rag‘batlantirish,
norasmiy xizmat ko‘rsatuvchilarning faoliyatini legallashtirish va shaffof biznes muhiti yaratish
xizmatlar hajmini oshiradi.
Turizm va HoReCa tarmog‘ini strategik rivojlantirish:
Sayyohlik infratuzilmasini
takomillashtirish, servis xizmatlari sifatini oshirish, mehmonxona va ovqatlanish obyektlarini
xalqaro standartlarga moslashtirish orqali xorijiy va mahalliy turistlar oqimini oshirish mumkin.
Transport va logistika xizmatlarini modernizatsiya qilish:
Logistika markazlarini
rivojlantirish, kuryer, pochta va havo transporti xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash orqali ichki va
tashqi bozorlar bilan integratsiyani kuchaytirish lozim.
Xizmatlar sektorini kompleks monitoring qilish:
Har chorakda xizmatlar sohasi rivoji
bo‘yicha tahliliy monitoring tizimini joriy etish, statistikani takomillashtirish, real holat asosida
strategiyalarni moslashtirish zarur.
Ushbu tavsiyalar xizmatlar sohasining barqaror o‘sishiga, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, aholi
farovonligi oshishiga va iqtisodiyotning diversifikatsiyalashuviga xizmat qiladi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
743
Xulosa
: Xizmatlar sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim o‘rin tutmoqda va uning barqaror
rivojlanishi mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat
qilmoqda. Bu soha milliy daromadni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi turmush
darajasini yaxshilash va xizmat ko‘rsatish sifati orqali vaqt va xarajatlarni tejash imkonini
beradi. 2025-yilning dastlabki ikki oyida xizmatlar sohasi sezilarli o‘sish sur’atini ko‘rsatdi.
Bozor xizmatlari hajmi 136 trillion so‘mdan oshib, o‘tgan yilga nisbatan 12,2 foizga ko‘paydi.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi ham 10 foizga oshdi. Bu esa xizmatlarga
bo‘lgan talabning ortib borayotganidan dalolat beradi. Xizmatlar sohasining asosiy yo‘nalishlari
— transport, moliyaviy xizmatlar, savdo, aloqa, turizm, ta’lim va sog‘liqni saqlash — har
birining iqtisodiyotdagi ulushi va o‘sish sur’ati bilan muhim rol o‘ynadi. Ayniqsa, aloqa va
axborotlashtirish, pochta-kuryer, havo transporti va ovqatlanish xizmatlari eng katta o‘sishni
ko‘rsatdi. Toshkent shahrining xizmatlar sohasidagi yetakchi o‘rni uning poytaxt maqomi,
rivojlangan infratuzilmasi va yuqori aholi zichligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, kichik
biznes va mikrofirmalarning ulushi xizmatlar sektorida muhim rol o‘ynab, ularning qo‘llab-
quvvatlanishi xizmatlar ko‘lamini kengaytirishda muhim vosita bo‘lmoqda. Xulosa qilib
aytganda, xizmatlar sohasi mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda strategik yo‘nalish
bo‘lib, bu boradagi davlat siyosati, imtiyozlar, investitsiyalar va infratuzilma rivoji uning
yanada kengayishiga xizmat qilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Daryo.uz (2023). Respublikamizda xizmatlar sohasi jadal rivojlanmoqda. 28-sentabr.
Manba: https://daryo.uz/2023/09/28/respublikamizda-xizmatlar-sohasijadal-rivojlanmoqda
2. Yusupova, M. M. (n.d.). Xizmatlar sohasining iqtisodiyotdagi o‘ziga xos xususiyatlari.
CyberLeninka.
Manba:
https://cyberleninka.ru/article/n/xizmatlar-sohasining-
iqtisodiyotdagi-o-ziga-xos-xususiyatlari/viewer
3. Andijon viloyati statistika boshqarmasi. (2022). Xizmatlar sohasi: umumiy ko‘rsatkichlar
va dinamikasi. Manba: https://andstat.uz/uploads/docs/2022.06xizmatlaruzb.pdf
4. Invexi. (2025). O‘zbekistonda xizmatlar sohasining asosiy ko‘rsatkichlari (2025 yil
yanvar–fevral holatiga). Manba: https://invexi.org/uz/press/key-indicators-of-the-services-
sector-in-uzbekistan-for-january-february-2025/