INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
729
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING STRUKTURASI VA ELEMENTLARI
Maraximov Abdullajon Asrorjon o‘g‘li
Qo‘qon davlat universeteti o‘qituvchisi
Annotatsiya
:Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning asosiy tuzilishi va ularni tashkil
etuvchi elementlarga bag'ishlangan. Raqamli texnologiyalar zamonaviy axborot va
kommunikatsiya tizimlarining poydevori bo'lib, ular ma'lumotlarni raqamli shaklda qayta
ishlash va uzatishga imkon beradi. Mavzuda raqamli qurilmalar, ularning komponentlari,
signallar va ularning ishlash prinsiplari haqida tushunchalar beriladi. Shuningdek, raqamli
texnologiyalarning asosiy elementlari — protsessorlar, xotira, kirish-chiqish qurilmalari va
dasturiy ta'minot haqida ma'lumotlar keltiriladi. Ushbu bilimlar raqamli tizimlarni tushunish va
ulardan samarali foydalanish uchun muhimdir.
Kalit so'zlar:
Raqamli texnologiyalar, raqamli qurilmalar, signallar, protsessor, xotira, kirish-
chiqish qurilmalari, dasturiy ta'minot, axborot tizimlari, ma'lumotlarni qayta ishlash.
- Raqamli struktura Hozirgi kunda jahon miqyosida raqamli texnologiyalarni umumiy bir
ma’noda tushunish mavjud emas, shunday bo‘lsada, uning ko‘plab ta’riflari mavjud. Masalan,
raqamli texnologiyalar - jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi
ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-
uskunalar, tovarlar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy
ravishda oshirishga imkon beradigan va raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab
chiqarish omili deb sanalgan xo‘jalik faoliyatidir. Yuqorida aytganimizdek, raqamli texnologiya
gibrid dunyo sharoitlarida mavjud bo‘ladigan texnologiyadir. Ushbu ta’rif ham to‘g‘ri bo‘lib,
mohiyatni aks ettiradi. Lekin kutilayotgan o‘zgarishlarni tushuntirmaydi va mos ravishda,
amaliyotda undan foydalanish bir muncha murakkabdir. Aynan shu sababli, biz quyidagi
funksional ta’rifni ifodaladik:
Raqamli (elektron) iqtisodiyot bu – axborot, jumladan, shaxsiy axborotdau foydalanish hisobiga
barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish o‘ziga xos xususiyati
bo‘lgan iqtisodiyot turidir. Bu iqtisodiyot axborot-kommunikatsiya va moliya
texnologiyalarining rivojlanganligi, shuningdek, birgalikdagi dunyoda barcha iqtisodiy faoliyat
sub’yektlari tovarlar va xizmatlar yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayoni
ob’yektlari va sub’yektlarining to‘laqonli o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini ta’minlaydigan
infratuzilma ochiqligi tufayli mavjud bo‘lishi mumkin. To‘laqonli o‘zaro aloqa qilish uchun
barcha iqtisodiyot ob’yektlari va sub’yektlari sezilarli raqamli tarkibiy qismlarga ega bo‘lishlari
lozim. Masalan, hozirgi paytda avtomobilning iste’mol xususiyatlari va xavfsizlik
ko‘rsatkichlari uning hisobiga sezilarli darajada yaxshilanadigan raqamli tarkibiy qismlari
(dasturiy ta’minot va datchiklar) avtomobil qiymatining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi.
Kelajakda ko‘plab tovarlar va xizmatlar qiymatinmg sezilari qismi uning raqamli tarkibiy qismi
bilan belgilanadi. Bunday tovarlar "aqlli” buyumlar deb ataladi. Raqamlashtirishda mahsulot
yoki xizmatlaming asosiy xususiyatlari jiddiy yaxshilanishi (masalan, avtomobil xavfsiziigi
oshadi va uning ekspluatatsiya qiymati kamayadi) yoki yangi xususiyatlar (ovoz bilan
boshqarish, internet yoki mobil telefondan turib masofadan boshqarish kabilar) paydo bo‘lishi
lozim.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
730
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotning barcha sohalarida faol qo‘llanilmoqda.
iqtisodiyot, bank, xizmat sektori shuningdek ta’lim jarayonini ham tez sur’atlarda
rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Mamlakatda yashayotgan barcha fuqarolar, jumladan yosh
bolalardan tortib nafaqaxo‘rlarning ham ongida raqamli texnologiyalar orqali jamiyatdagi
barcha muammolarni hal qilish mumkin degan fikrni shakllantirmoqda. Bundan tashqari,
ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining robotlashtirilishi, masalan bank sektorida,
robotlar va ishchilar o‘rtasidagi raqobat masalasi ham ko‘tarilmoqda.
Raqamlardan foydalanishga asoslangan hamda joriy etilgan texnologiyalarning so‘zsiz
foydasi bilan axloqiy, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, robotlar va tashkilotlar xodimlari
o‘rtasidagi raqobatning huquqiy jihatlari bilan bog‘liq masalalar tobora ko‘proq e’tiborga
olinmoqda.
Shu jihatdan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek “Taraqqiyotga
erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va
shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun
dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli
iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab
etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak,
qachon kirishamiz?! Ertaga juda kechbo‘ladi”.
Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib,
natijadorlikni oshirish, bir so‘z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin
yaxshilash mumkin. Raqamli iqtisodiyot bu birgina faoliyat turi emas, balki, ishbilarmonlik,
sanoat ob’ektlari, sifatli ta’lim va xizmatlar deganidir. “Raqamli” atamasi barcha sohalarda
axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy
buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda
uzatiladigan axborot, ma’lumotlar bo‘ladi. Ularning tahlilidan so‘ng esa to‘g‘ri boshqarish
bo‘yicha yechim ishlab chiqiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M.M. Aripov, T. Imomov “Informatika, axborot texnologiyalari”. T. TDTU, O’quv
qo’llanma, 1-2 qism,2002,2003 y.
2. Sh.A.Nazirov, F.M.Nuraliyev, B.Z.To’rayev “Kompyuter grafikasi va web dizayn” darslik.
2015-y.
3. M.Eshnazarova “Informatika o’qitish metodikasi”. NamDU, O’quv-uslubiy majmua, 2022
y. 15-18-b.
4.
Aripov M. va boshqalar. Axborot texnologiyalari. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun o‘quv
qo‘llanma T. Noshir. 2009 y. 26-b