INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
726
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR FAOLIYATIDA
O’YININING AHAMIYATI
Axunbabayeva Shaxnoza
, o’qituvchi,
Jizzax davlat pedagogika universiteti,
Maktabgacha boshlang’ich yo’nalishlarda masofaviy ta’lim kafedrasi.
Annontatsiya:
Ushbu
maqolada
maktabgacha
ta’lim
tashkilotlarida
o’yinlardan
foydalanish ,o’yining bola hayotidagi o’rni yoritilgan.
Kalit so’zlar
:o’yin,aqliy tarbiya ,axloqiy tarbiya ,ro’lli o’yin ,syujetlli ro’lli o’yin estetik
tarbiya.
Maktabgacha ta’lim uyg’un rivojlangan shaxsni tarbiyalash,bolani butun kelajagini
belgilab beradigan bilim va qadryatlarni yosh avlod qalbiga singdirishda juda muhim
ahamiyatga ega bolgan tashkilotdir.O’yin maktabgacga ta’lim yoshidagi bolalarning asosiy
faoliyati bo’lib, u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi.O’yin bolaning o’quv, mehnat
faoliyati,kishilarga munosabatining qay darajada shakllanganligini belgilab beradi.O’yin
bolalarning jismoniy rivojlanishi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim tarbiya
ishida,bolalarni aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiyalashda katta ahamiyatga
ega.Haqiqatdan ham o’yin, har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi hayotni va
kishilar o’rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib olishga qaratilgan
faoliyatdir.Maktabgacha yoshdagi bolaning o’yin faoliyati mazmun jihatdan har kungi
vaziyatga qarab o’zgarib turadi.O’yin doimo o’zgarib turganligi tufayli o’ynab charchamaydi,
zerikmaydi.
Bolaning atrof muhitga, kishilarga, narsalarga va o’ziga bo’lgan turli munosabatlarni
mazmun hamda shakl jihatdan har doim o’zgarib turadi va o’yin jarayonida namayon
bo’ladi.Bolalarning turli ehtiyijlari, istak va qiziqishlari, qobilyatlari hamda bir qancha shaxsiy
fazilatlari o’yin jarayonida bevosita rivojlanadi.O'yin bolalar faoliyatida judda katta ahamyatga
ega hisoblanadi va shu bilan birga bolada bo’ladigan psixik jarayonlar, ya’ni idrok, sezish,
diqqat, xotira tafakkur, hayol va irodani ildam rivojlanishga yordam beradi.
O’yin o’z mohiyati jihatidan katta kishilarning xatti-harakatlari va xulq -atvorlariga faol
taqlid qilishdan iborat bo’lishi tufayli bolalarda ma’naviy sifatlarning mustahkamlanishi uchun
va odob-axloq qoidalarini bilib olishlari uchun keng imkoniyatlar beradi.Maktabgacha yoshdagi
bola o’yin jarayonida shifokorlik yokio’qituvchilik rolini bajarayotgan bo’lsa shu kasbga
tegishli
barcha
sifatlarni
namoyon qilishga intiladi.O’yining bolalar psixik taraqqiyotidagi g’oyat katta ahamiyatini
nazarda tutib, mashhur pedagoglar va mutaffakir yozuvchilar o’zlarining bu masalaga doir
qimmatbaho fikrlarni yozib qoldirganlar.A.S.Makarenkoning fikricha,bolalarning o’yin
faoliyatlari ularni jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishlari uchun birdan-
bir vositadir.
Katta odamlar uchun mehnat faoliyati qanchalik ahamiyatli bo’lsa, bolalar uchun o’yin
shunchalik ahamiyatga ega.”Yaxshi o’yin faoliyati – deydi A.S Makarenko ,-yaxshi
bajarilayotgan mehnatga o;xshaydi.Mana shuning uchun bolalar o’yin faoliyatida o’zlarini
qanday namoyon etsalar,katta bo’lganlaridan so’ng mehnat faoliyatlarida ham ko’p jihatdan
o’zlarini shunday namoyon etadilar”.A.S.Makarenkoning bu fikri bolalarning o’yin faoliyatlari
orqali ularda yuksak insoniy sifatlarni tarbiyalash imkoniyati naqadar katta ekanligiga ahamiyat
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
727
bilan qarashni taqozo etadi.O’yin bolalar hayotida shunday ko’p qirrali faoliyatki, unda
bolalarga mansub bo’lgan mehnat ham, narsalar haqida fikr yuritish ham, xayol qilish, dam
olish va xushchaqchaqlik manbalari ham mujassamlashgandir. Mana shu jarayonlarning
barchasi o’yin faoliyatida namoyon bo’ladi, hamda bolalar talab qilayotgan to’laqonli hayotni
ta’min eta oladi. O’yin faqat tashqi muhitdagi, narsa va hodisalarni bilish vositasibo’libgina
qolmay, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir.O’yining tarbiyaviy ahamiyati ko’p jihatdan
o’qituvchining kasbiy mahoratiga, uning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda
bolaning psixalogiyasini bilishga, bolalar o’rtasidagi munosabatlarni to’g’ri tashkil qilishga,
o’yinni aniq tashkil etish va o’tkazishga bog’liq. O’yin bolani aqliy tarbiyalashning muhim
vositadir. Bolaning ongida uni qurshab turgan voqealik to’g’risidagi xilma -xil o’yin faoliyatini
takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan. N.M Aksarinaning ta’kidlashicha, o’yin o’z -
o’zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit bo’lishi lozim:
a)tassurotlar tarkib topishi;
b)har xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining
muhayyoligi;
v)bolalarning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqatga kirishuvi.Bunda kattalarning
bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi hal qiluvchi rol o’ynaydi. D.B.Elkonin o’z tadqiqotida
ro’li o’yinning syujeti bilan bir qatorda uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi. Uning
fikricha ,o’yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jihatini aniqroq aks ettirishi o’yinning
mazmunini tashkil qiladi .
A.P.Usovaning tadqiqotlarida takidlanishicha, roli o’yin ishtirokchilarining safi yosh
ulg’ayishga qarab, jinsiy tafovutlar ga binoan kengayib boradi .
a) uch yoshli bolalar 2-3 tadan guruhga birlashib , 3-5 daqiqa birga o’yin o’ynaydilar
b) 4-5yoshlilar guruhi 2-3 tadadan ishtirokchidan iborat bo’lib , ularning hamkorligida faoliyati
40-50 daqiqa davom etadi , o’yin davomida qatnashchilar soni ortib boradi;
v) 6-7 yoshli bolalarda roli o’yinni guruh yoki jamoa bo’lib birga o’ynash istagi vujudga keladi ,
natijada avval ro’llar taqsimlanadi ,o’yinning qoidalari va shartlari tushuntiriladi (o’yin
davomida bolalar bir-birining harakatini qattiq nazorat qiladilar
Eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng
muhim jihatlarini shakillantirishda o’yinlar katta ro’l o’ynaydi . Boog’cha yosh davrida
harakatning o’sishida o’yinnig ta`siri
haqida gap borganda ,avvalo
shuni aytish
kerakki ,birinchidan, o’yinni tashkil qilishning o’ziyoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini
o’stirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart -sharoitlar yaratadi .Ikkinchidan o’yin bola
harakatiga ta`sir etishining sababi va xususiyati shuki , harakatning murakkab ko’nikmalarini
sub`ekt aynan o’yin payti emas ,balki bevosita mashg’ulot orqali o’zlashtiradi .Uchinchidan ,
o’yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng shart-sharoitlarni vujudga
keltiradi .Shu boisdan o’yin faoliyati xatti -harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning
faolligini taminlovchi mustaqil maqsadga aylanadi .
Bolalar labaratoria sharoitiga nisbatan o’yinlarda ko’proq sozlarni eslab qolish va esga
olish imkoniyatiga ega bo’ladilar ,bu ewsa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga
yordam beradi .Tajribada yig’lgan malumotlarni tahlil qilish quydagicha xulosa chiqarish
imkonini beradi .
a)o’yinda bola tomonidan ma`lum ro’l tanlash va ijro etish jarayoni bir talay axborotlarni
eslabqolishni talab qiladi ;
b)shu boisdan personajning nutq boyligini egallash , xatti-harakatni takrorlashdan iborat ongli
maqsad bolada oldinroq paydo bo’ladi va oson amalga oshadi ;
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
728
Chet el psixologlaridan J.Piaje va Kofakaning fikricha bolalar go’yoki bir -biridan
ajratilgan ikki xil dunyoda, yani xayollar, afsonalar dunyosida va (real) voqeiy dunyoda
yashaydilar .Bolalar o’zlarining faoliyatida qanchalik xayolga berilib ketmasinlar ,xar doim
voqeiy dunyoga , undagi real narsalarga nazar tashlab turadilar .Ular qanchalik o’yinga
berilmasinlar , voqeiy dunyoni hech qachon unutmaydilar va unga go’yoki andaza tariqasida
zimdan qarab turadilar .
Psixolog A.N.Leontevening fikricha ,bolalarning o’yin faoliyatlarida real voqelikdan
chetga chiqib ketish darajasidagi afsonaviylik yo’q .Bolalar o’yinlardagi turli -tuman harakatlar
va narsalar voqealikda haqiqatdan bor bo’lgan real harakatlar hamda real narsalarning real
obrazlaridir.Bola o’zi yashab turgan teal voqealik bilan bo’g’liq bo’lmagan xayoliy, afsonaviy
o’yinlar yaratishning hali uddasidan chiqa olmaydi. Chunki bola hali o’zi bilmagan, ko’rmagan ,
eshitmagan narsalarini o’z o’yin faoliyatida aks ettira olmaydi.U yoki bu o’yinni o’ynash uchun
bolalar albatta elamentar ravishda bo’lsa ham hayotiy hodisalar hamda mehnatning bir qancha
turlari bilan tanish bo’lishlari kerak.
Xulosa, qilib aytganda maktabgacha yoshdagi bolalar o’yin faoliyati bilan birga
ta’limiy mashg’ulotlarda ham ishtirok etadilar.O’yin bolalarning qiziqarli ermagigina
bo’lmay,shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning muhim
vositasidir.Ammo, o’yin kattalar tomonidan tashkil etilib,rahbarlik qilingandagina ijobiy natija
beradi.Yana shuni aytish mumkinki,mutafakkir olimlarimiz aytib o’tganiday kattalar faoliyatida
mehnat faoliyati qanday ahamiyatga ega bo’lsa, bola hayotida ham o’yin shunday ahamiyatga
egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sodiqova Sh. “Maktabgacha pedagogika .-T.., Tafakkur bo’stoni “,1992.
2. Xasanboyeva
O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi .T.:Ilm ziyo.2006.
3. Astrovskaya.Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasi .-T.,”O’qituvchi”.1997.
4. Qilichova M.X. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarda ijodiy fikrlash
qobilyatini shakllantirish usullari.Maktabgacha ta’lim electron jurnali. 2021-yil sentyabr.
5. Yusurova P.Maktabgacha tarbiya pedagogikasi .T,”O’qituvchi”,1993.
6. Usmonxo’jayev T.S., Usmonov P.A,Meliyev X.A., Shofayziyev
Sh. 500 harakatli
o’yinlar .T.”Bekinmachoq plus “,2010.
7. https://arxiv.uz.
8.https://ziyonet .uz.