INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
718
AYOLLAR SPORTINI O‘QITISHDA DIDAKTIK YONDASHUVLAR: ZAMONAVIY
METODIK MODELLARNING SAMARADORLIGI
Raimov Xamid Soatovich
Termiz davlat pedagogiga instituti
Sport faoliyati va CHHT kafedrasi mudiri
Annotatsiya.
Mazkur maqolada ayollar sporti sohasida ta’lim jarayonini tashkil etishda
qo‘llanilayotgan zamonaviy didaktik yondashuvlar tahlil qilinadi. Unda sport pedagogikasida
interfaol metodlar, kompetensiyaga asoslangan yondashuv, CLIL texnologiyasi, shaxsga
yo‘naltirilgan metodika kabi zamonaviy modellar ayollar jismoniy tarbiyasi samaradorligini
oshirishdagi o‘rni yoritiladi. Maqolada shuningdek, ayollar sportini o‘qitishdagi gender
xususiyatlar inobatga olingan didaktik konstruktsiyalar va tajribaviy amaliyotlar misolida
tavsiyalar ham beriladi.
Kalit so‘zlar:
ayollar sporti, didaktik yondashuv, metodik model, jismoniy tarbiya, CLIL,
kompetensiyaga asoslangan ta’lim, sport pedagogikasi
Аннотация.
В данной статье анализируются современные дидактические подходы,
применяемые в образовательном процессе женского спорта. Освещается роль
интерактивных методов, компетентностного подхода, технологии CLIL, а также
личностно-ориентированных методик в повышении эффективности физического
воспитания девушек и женщин. Также приводятся рекомендации на основе гендерных
особенностей преподавания спорта и примеры практического применения дидактических
конструкций в женском спорте.
Ключевые слова:
женский спорт, дидактический подход, методическая модель,
физическое воспитание, CLIL, компетентностное обучение, спортивная педагогика
Abstract.
This article explores the application of modern didactic approaches in the educational
process of women's sports. It highlights the effectiveness of interactive methods, the
competence-based approach, CLIL technology, and learner-centered methodologies in
enhancing the quality of physical education for females. The paper also provides
recommendations based on gender-sensitive teaching strategies and presents practical models
and examples used in the context of women's sports education.
Keywords:
women’s sports, didactic approach, methodological model, physical education,
CLIL, competence-based learning, sports pedagogy
KIRISH.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar orasida ayollar sportiga
oid o‘quv jarayonining metodik jihatdan takomillashtirilishi dolzarb muammolardan biri
sifatida e’tirof etiladi. XXI asr sharoitida ayollar sporti nafaqat sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish vositasi, balki ijtimoiy faollik, o‘zini namoyon qilish va gender tenglikni
ta’minlashda ham muhim pedagogik maydon hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan qaralganda,
ayollar sporti bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda zamonaviy didaktik
yondashuvlarni qo‘llash ehtiyoji kuchaymoqda.
An’anaviy sport mashg‘ulotlari shakllari va metodlari bugungi kunda ayollar va qizlar uchun
yetarlicha motivatsion, shaxsga yo‘naltirilgan hamda raqamli kompetensiyalarni
shakllantiruvchi darajada samarali bo‘lmay qolmoqda. Bunday vaziyatda didaktik
yondashuvlarni yangilash, ya’ni CLIL texnologiyasi, kompetensiyaviy model, interaktiv ta’lim
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
719
metodlari, genderga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar tizimini joriy qilish orqali o‘qitish jarayonini
modernizatsiya qilish zaruriyati tug‘iladi.
Bugungi kunda sport pedagogikasida ayollar jismoniy tarbiyasini o‘qitishda qo‘llanilayotgan
didaktik yondashuvlar va metodik modellar, ularning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek,
amaliyotdagi qo‘llanish mexanizmlarini o‘rganish ilmiy muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida, sport maktablari va maxsus sport akademiyalarida bu
boradagi tajriba va metodik baza hali yetarli darajada tizimlashtirilmagan.
Ushbu maqolaning maqsadi – ayollar sportini o‘qitishda zamonaviy didaktik yondashuvlar va
metodik modellarni tahlil qilish, ularning samaradorligini baholash hamda ilg‘or xorijiy va
mahalliy tajribalarga tayanib, ta’lim jarayonini takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalar ishlab
chiqishdan iborat.
METODOLOGIYA
Ushbu tadqiqotda ayollar sportini o‘qitish jarayonida zamonaviy didaktik yondashuvlarning
samaradorligini baholash, ularni amaliy jihatdan tahlil qilish hamda takomillashgan metodik
modellarni asoslash maqsadida sifatli va miqdoriy tadqiqot metodlari uyg‘un holda qo‘llanildi.
Tadqiqot ob’ekti sifatida oliy ta’lim muassasalarining jismoniy madaniyat yo‘nalishida tahsil
olayotgan 2-3-bosqich talaba-qizlari, ularning sport mashg‘ulotlariga jalb qilinishi va bu
jarayondagi o‘qitish metodikasining didaktik sifati o‘rganildi. Predmet sifatida esa sport
ta’limida qo‘llanilayotgan didaktik modellar va metodik yondashuvlarning tarkibiy elementlari
va ularning natijaviyligi tahlil qilindi.
Tadqiqot metodlari:
Nazariy tahlil – ayollar sportini o‘qitishga doir zamonaviy ilmiy adabiyotlar, xorijiy
va mahalliy tadqiqotlar, pedagogik tajribalar va ta’lim standartlari o‘rganildi.
Sotsiologik so‘rovnoma – 100 nafar talaba-qiz va 15 nafar sport o‘qituvchisi
ishtirokida ayollar sportidagi ta’lim metodlariga oid qoniqish darajasi, samaradorlik haqida
fikrlar olindi.
Eksperimental kuzatuv – 3 oy davomida CLIL, shaxsga yo‘naltirilgan,
kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘tkazilgan sport darslari natijalari baholandi.
Taqqoslash va statistik tahlil – turli yondashuvlar bo‘yicha o‘quvchilarning
jismoniy tayyorgarligi, ishtirok faolligi va motivatsiya darajalari statistik ko‘rsatkichlar asosida
solishtirildi.
Tadqiqot metodologik asoslari sifatida zamonaviy didaktika nazariyasi (J. Komenskiy, V. Okon,
N. Talankin), kompetensiyaviy yondashuv (F. Khutorskoy, M. Choshanov), gender-pedagogika
tamoyillari, hamda sport pedagogikasi bo‘yicha ilg‘or xalqaro konsepsiyalar (EU Physical
Activity Guidelines, UNESCO Sports Pedagogy)ga tayandi.
Metodologik yondashuv doirasida ayollar sportini o‘qitishda metodik modellarni amaliy
tajribada sinovdan o‘tkazish, ularni baholash mezonlarini ishlab chiqish va real ta’lim
jarayoniga tatbiq qilish imkoniyati yaratildi.
TAHLIL VA NATIJALAR.
Ayollar sportini o‘qitishda zamonaviy didaktik yondashuvlarning samaradorligini baholashga
qaratilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, interfaol metodlar, kompetensiyaviy
yondashuv, CLIL texnologiyasi va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modellaridan foydalanish
talaba-qizlarning o‘quv faoliyatiga bo‘lgan munosabati va ishtirok faolligiga sezilarli ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. O‘rganilgan tajribalarda CLIL asosida tashkil etilgan sport mashg‘ulotlarida
qatnashgan talabalar darslarni an’anaviy usullarga nisbatan qiziqarli, mazmunli va hayotiy deb
baholadi. Bu metod orqali ingliz tilidagi sport terminologiyasini o‘zlashtirish bilan birga,
harakat davomida fikr almashish va o‘z pozitsiyasini himoya qilish malakalari ham shakllandi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
720
Tadqiqot doirasida olib borilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, interfaol yondashuv asosida
tashkil etilgan sport darslarida talabalar o‘zini erkin tutadi, jamoaviy muhitda faolroq ishtirok
etadi va mashg‘ulotlardan ko‘proq ijobiy emotsional kayfiyatda chiqadi. Ayniqsa, rolli o‘yinlar,
sport stsenariylari va tanqidiy fikrlashga undovchi topshiriqlar orqali o‘quvchilarning sportga
bo‘lgan munosabati sezilarli darajada o‘zgaradi. Natijada ularda liderlik, tashabbus ko‘rsatish,
o‘zaro muloqot qilish va bahs yuritish qobiliyatlari shakllana boshlaydi.
Tajribaviy sinovlar davomida aniqlanishicha, an’anaviy metodika asosida o‘tilgan darslarda
talabalar sport faoliyatiga passiv yondashib, o‘z fikrlarini ifoda etishga, taklif berishga yoki
muammoga yechim topishga sustroq kirishadi. Bunga sabab sifatida metodikada faqat
ko‘rsatma va mashq bajarish bilan cheklangan yondashuvlar ko‘rsatiladi. Aksincha, zamonaviy
didaktik modelda o‘quvchi subyekt sifatida maydonga chiqadi. U o‘z harakatini tahlil qiladi,
o‘zini boshqalar bilan solishtiradi, natijasini baholaydi va jarayonni o‘z fikri asosida muhokama
qiladi. Aynan mana shu bosqichlar orqali sport darslari faqat jismoniy mashqlarni bajartirish
emas, balki shaxsiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi vositaga aylanadi.
Yana bir muhim jihat – bu genderga yo‘naltirilgan didaktik yondashuvlardir. Qizlar jamoasida
mashg‘ulot olib borishda ijtimoiy-psixologik omillar, o‘zaro munosabatlar, xavfsiz muhit,
emotsional qo‘llab-quvvatlash kabi jihatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday sharoitlarda
sport darslarini faqat raqobatga emas, balki hamkorlik, sog‘lom hayot tarzi, individual
salohiyatni ochishga yo‘naltirish katta natijalar beradi. Masalan, qizlar uchun mo‘ljallangan
mashg‘ulotlarda stretching, div balance, musiqali aerobika kabi yumshoq, ammo samimiy
metodlar orqali ularda nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki sportga nisbatan do‘stona
munosabat shakllanadi. Bu usullar motivatsiyani oshirishda, o‘z salohiyatiga ishonchni
kuchaytirishda juda samarali vosita bo‘ladi.
Eksperimental tahlillarda aniqlanishicha, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modeli bo‘yicha
mashg‘ulotlar olib borilgan guruhlarda ishtirokchilarning darsga qatnashish faolligi, sport bilan
muntazam shug‘ullanish istagi, o‘zini baholash darajasi, jamoaviy ishlarda ishtiroki an’anaviy
metod bilan shug‘ullangan guruhga nisbatan yuqori bo‘ldi. Bundan tashqari, ular tomonidan
bildirilgan fikrlar va refleksiya matnlarida o‘zgarishlar aniq sezildi – talabalar darsni qanday
o‘tganini, nimani o‘rganganini, nimalarga qiziqqanini tahlil qila olishgan.
Natijalar shuni isbotladiki, zamonaviy didaktik modellarni ayollar sporti ta’lim jarayoniga
integratsiyalash orqali faqat jismoniy faollikni emas, balki ruhiy ijobiylik, ijtimoiy faollik, va
ijtimoiy moslashuvni ham rivojlantirish mumkin. Sport darslarining bunday ko‘rinishi qizlarda
liderlik fazilatlari, sog‘lom hayot tarziga bo‘lgan ichki ehtiyoj, o‘ziga nisbatan ishonch va
jamoaviy hamkorlikni shakllantiradi.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Olib borilgan tadqiqotlar natijasi sifatida aniqlanishicha, ayollar sportini o‘qitishda zamonaviy
didaktik yondashuvlardan foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda muhim
omil bo‘lib xizmat qiladi. CLIL texnologiyasi, kompetensiyaviy model, shaxsga yo‘naltirilgan
va interfaol metodlar sport mashg‘ulotlarini nafaqat mazmunan boyitadi, balki talaba-qizlarning
o‘zini namoyon qilishiga, harakatga ongli yondashishiga, jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini
rivojlantirishiga, eng muhimi, sport faoliyatiga nisbatan ichki motivatsiyasini kuchaytirishga
imkon yaratadi. An’anaviy yondashuvlar o‘rnini zamonaviy ta’lim texnologiyalari
egallayotgani sport pedagogikasida ham amaliy yondashuvlar yangilanishini talab etadi.
Talaba-qizlar bilan olib borilgan eksperimentlar, so‘rovlar va kuzatuvlar asosida shuni
ta’kidlash mumkinki, sportga qizlarning jalb etilishi nafaqat jismoniy ko‘rsatkichlarga, balki
didaktik muhitga, o‘quvchi-subyektga bo‘lgan yondashuvga va metodik mazmunga ham
bevosita bog‘liqdir. O‘quvchilarni subyekt sifatida ko‘rib, ularni fikrlash, tanlash va o‘z
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
721
faoliyatini tahlil qilishga yo‘naltiruvchi metodlar ayollar sporti ta’limida ijobiy o‘zgarishlarni
yuzaga keltiradi. Ayniqsa, sport darslarida emotsional va ijtimoiy muhitga e’tibor qaratish,
qizlarning shaxsiy ehtiyojlari va imkoniyatlarini inobatga olgan mashg‘ulot shakllarini joriy
qilish darslarning sifat va natija ko‘rsatkichlarini ancha yaxshilaydi.
Shu asosda quyidagi ilmiy-amaliy takliflar ilgari suriladi: birinchidan, ayollar sportiga oid
o‘quv dasturlar zamonaviy didaktik yondashuvlar asosida qayta ko‘rib chiqilishi, ularga
kompetensiyaviy, CLIL va reflektiv metodlar tizimli integratsiya qilinishi lozim; ikkinchidan,
jismoniy madaniyat yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida ayollar sportini o‘qitishga
ixtisoslashgan pedagoglarning metodik tayyorgarligini oshirish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil
etilishi zarur; uchinchidan, sport mashg‘ulotlarida genderga xos yondashuvlar asosida mashqlar
tanlovi, motivatsion muhit, tanqidiy fikrlash va jamoaviy hamkorlikni shakllantirishga
yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar amaliyotga joriy etilishi kerak. Bularning barchasi sport
ta’limining zamonaviy talablariga javob beradigan, innovatsion va ijtimoiy moslashgan ayollar
avlodini tarbiyalashga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Raximov V.Sh. Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish uslubiyati (Gandbol). O‘quv
qo‘llanma. – Toshkent: “Universitet”, 2021, 224 bet.
2. Kadirov R.X.Jismoniy tarbiya va sport faoliyatini ilmiy tadqiq qilish. Darslik. – Buxoro:
BuxDU, 2020.
3. Jismoniy tarbiya va sport. Darslik. – Toshkent: “Umid Design”, 2021, 424 bet.
4. Kurbanov D.I. Jismoniy tarbiya va sport tarixi. O‘quv qo‘llanma. – Buxoro: “Kamolot
nashriyoti”, 2022, 172 bet.
5. Soatov N.X., Nadjimov F.F. Maktabda jismoniy tarbiya. Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma. – Toshkent:
“Extremum-press”, 2015, 424 bet.