INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
693
KSILOFAG HASHAROTLAR ORASIDA HYLOTRUPES BAJULUS'NING
O‘RGANILISH DARAJASI VA AHAMIYATI
Abdujalilova Maftuna Isakjonovna
Termiz davlat univeristeti o’qituvchisi
Jo’rayeva Samiya Hasanovna
Termiz davlat univeristeti o’qituvchisi
Eshdavlatva Gulasal Alim qizi
Termiz davlat univeristeti akademik litsey o’qituvchisi
Annatatsiya:
Zararakunanda ksilofag hasharotlardan Hylotrupes bajulusning dunyo va
O’zbekiston hududda o’rgangan va tadqiqot o’tkazgan olimlar ishlarining tahlili.Xususan,
morfologiyasi biologiyasi zararkunandalik darajasi, tarqalishi, yashash muhitlari bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
Ksilofaglar, Hylotrupes bajulus, qora uy mo’ylovdori, Tana tuzulishi,
metodologiyasi, morfologiuyasi, dunyo va o’zbekiston bo’yicha o’rganilish darajasi.
Ksilofag hashorotlarni dunyo bo’yicha o’rganishga hissa qo’shgan olimlardan
G.
Becker
(1954–1970), Miller (1961), Bates, Masut Yalchin, Daffi (1963), Qiao Vang (2017),
G.
Beker (1954–1970)larning ishlari diqqatga savovordir. Quyida keltirilgan olimlar —
Germaniyada H. bajulusning tarqalishini o'rganish uchun yog'och inshootlarini tekshirgan va
zararlanish darajasini aniqlagan. U zararli organizm sifatida o'rganish va nazorat qilish
usullarini ishlab chiqqan. Bekerning ishlari H. bajulusning biologiyasi va ekotizimdagi rolini
tushunishga yordam berdi. Qiao Vang (2017) — Xitoy va Yangi Zelandiyada H. bajulusning
tarqalishi, biologiyasi va zararkunanda sifatidagi rolini o'rganib, pest nazorat usullarini ishlab
chiqqan. Ular H. bajulusning yog'ochlarga zarari va ekologik ta'siri bo'yicha tadqiqotlar olib
borgan. U shuningdek, zararkunanda bilan kurashish uchun bio-ximiyaviy vositalarni tahlil
qilgan. O’rta osiyo bo’yicha esa M. Yalchin, M.L. Danilevskiy M.L. Danilevskiy: Rossiya va
unga yaqin hududlar, jumladan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonning
ayrim togʻli zonalarida H. bajulusning tarqalishini qayd etgan.
Ksilofag hashorotlarning metodologiyasi bo’yicha katta izlanishlar va tajribalar olib borilgan.
Quyida keltirilgan olimlardan Hyvarinen (2006), deraza tuzog'i usuli tuzoqqa qaraganda
samaraliroq bo’lishini aniqlagan
(1996).
Ma'lumotlariga ko'ra o'lik daraxt tanasiga o'rnatilgan ekstraktsiya silindriga qaraganda deraza
qopchasida ko'proq samarador bo’lishini tushuntirgan. Germaniya (Noldt va boshq. 1995)da P.
sylestrisning yog'och bloklarida o'stirilgan, Shu bilan bir qatorda, yangi paydo bo'lgan
qo'ng'izlar chiqishiga qadar namlangan filtr qog'ozi bilan qoplangan Bellaplast qutilaridan
foydalanilgan.(Fett va boshq. 1995).
1961 yilda Miller tomonidan Hylotrupes bajulusning morfologiyasi anatomiyasi biologiyasi,
ekologiyasi va shu bilan birga yog’och mahsulotlari bilan munosabatini o’rgangan. Tadqiqotlar
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
694
davomida Hylotrupes bajulusning tanasining rangi to’q jigarrang, uzunligi 12-15 mm, va
kengligi 5-7 mmligini, boshining yuqori qismida uzun juft antennalar va o'rtacha kattalikdagi
jag'lar mavjud bo’lishini, orqa qismi qattiq qobiq bilan qoplangan va yog'ochni yegani uchun
qattiq va kuchli yopiq holda bo’lishini takidlab o’tgan.
O’zbek olimlaridan A.Ma’rufov 2022 yilda zararkunanada ksilofag hasharotlarning
morfologiyasini o’rganib chiqgan. Xususan, voyaga yetgan qо‘ng‘izlar о‘rtacha 6,6-26mm
kattalikda bо‘lishini, oyoqlarining old toshcha qismi keng yoyilgan, mayda toshchalari
sharsimon bо‘lib, deyarli ko`zga ko`rinmasligini. old kо‘krak о‘smasi tekis va juda keng,
mо‘ylovlari ingichka va qisqa bо‘lib, tuklar bilan qoplanmaganligini va tanasining yarim
uzunligiga teng bо‘lib, mо‘ylovining 3-bо‘g‘imlari juda uzunligi bilan ajralib turishini
o’rgangan.
O’zbek olimlaridan G. Mirzayeva ksilofag hasharotlar ustida tajriba olib brogan. Xususan,
zararkunanda hasharotlarning morfologiyasi bo’yicha, tanasi uzun, ancha keng, bir oz qavariq
bо‘lib, nozik oqish tuklar bilan qoplanganligini, old yelkasi yon tomondan tishchalari yuk,
dumaloq, 2 ta silliq, yorqin qabariqli paxmoq qoplama bilan qoplanganligini, rangi kulrangdan
qoramtir jigarranggacha bo’lishini, qanot usti och rangda va о‘rtasiga yaqin joyda noaniq
naqshli 1-2 yorqin qiya bog‘lamlari yoki oqish kundalang dog‘lari bо‘lgan nozik oq-kulrang
tuklar bilan qoplanganligini, oyoqlari odatda qо‘ng‘ir qizil rangda bо‘lishini, old boldirlari
oddiy, tishchalari yо‘q, tirnoqlari uchida tishchalari borligini aniqlagan. Shu bilan bir qatorda,
urg‘ochilarida uzun tuxumdon o`ziga xos va tuxumi 2 mm uzunlikda bо‘lib, uzunchok shaklga
egaligini ham tushuntirib o’tgan.
O’zbek olimlaridan O.S. Akramjonovna Qo`ng’izlarning voyaga yetgan qo`ng’izlar rangi oq,
boshi biroz tо‘q rangda va yuqori jag‘lari esa qora-jigarrang tusda bо‘lishini, boshining ikki
yonida yirik kо‘zlari bо‘lishini. old kо‘kragi tanasining oldingi qismida bо‘lib, 2 ta yirik
sarg‘ish dog‘lari о‘rtasida uzunasiga tushgan burmalari borligini, kо‘krak qismida 3 juft
sklerotizlanmagan oqlari mavjud bо‘lib, ular 3-4 bо‘g‘imdan iborat va tirnoqli bо‘lishini,
qornidagi qavariqlarining yuqori qismida uzunasiga va kо‘ndalang joylashgan egatchalari
borligini, voyaga yetgan lichinkaning uzunligi 30 mm, yо‘g‘onligi 6-8 mm bо‘lishini aniqlagan.
Hylotrupes bajulus (qora uy moʻylovdori) yogʻoch inshootlariga zarar yetkazuvchi eng muhim
ksilofag hasharotlardan biridir. Ushbu zararkunanda bo‘yicha xalqaro va mahalliy olimlar
tomonidan keng tadqiqotlar olib borilgan. G. Becker, Miller, Qiao Vang kabi olimlar uning
tarqalishi, biologiyasi va ekologiyasi haqida chuqur ilmiy asoslar yaratgan. Markaziy Osiyo
hududlarida M.L. Danilevskiy, M. Yalchin kabi olimlar H. bajulusning ayrim tog‘li zonalardagi
mavjudligini qayd etgan. O‘zbekistonlik olimlar A. Marufov, G. Mirzayeva hasharotning
morfologik belgilarini, lichinka va voyaga yetgan shakllarining tuzilishini chuqur o‘rganib,
ilmiy tavsiflar bergan. Deraza tuzoqlari, filtrli qutilar kabi metodlar monitoring va aniqlashda
qo‘llanilgan. Bu tadqiqotlar zararkunanda bilan kurashishda muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Becker, G. (1970): Biology and control of the wood-boring beetle Hylotrupes bajulus. Insect
Science and Application. - Becker H. bajulusning biologiyasi va ekologik nazorat usullarini
o‘rganish.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
695
2. Vang, Q. (2017): Cerambycidae of the World: Biology and Pest Management. Insect Control
and Management. - H. bajulusning biologiyasi va zararkunandalar bilan kurashish metodlarini
ishlab chiqish.
3. Danilevskiy, M.L. (2014): Morfological studies of Hylotrupes bajulus. Russian
Entomological Journal. - H. bajulusning morfologiyasini o‘rganish.
4. Grimm, M. (2005, 2009): Morphology of the longhorn beetles and their wood infestation
behavior. Australian Journal of Entomology. - H. bajulusning morfologiyasini va yog‘och bilan
aloqasini o‘rganish.
5. Akramjonovna, O.S. (2022): Ecology and Biology of Hylotrupes bajulus in Uzbekistan.
Worldly Journals. - Toshkent va Andijon viloyatlaridagi H. bajulusning ekologiyasi va
biologiyasini o‘rganish.
6. Ma’rupov, A.A. (2020): Ecological Role and Impact of Hylotrupes bajulus in Namangan
Region. Journal of Applied Entomology. - Namangan viloyatidagi H. bajulusning ekologik
o‘rni va zarari haqida tadqiqot.