INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
812
TIJORAT BANKLARIDA KORPORATIV BOSHQARUVNI ZAMONAVIY
TENDENSIYALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Nurmatov Ulug‘bek Qambaraliyevich
O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi yo'nalishi magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini zamonaviy
tendensiyalar asosida takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganiladi. Xususan,
xalqaro moliyaviy institutlar tajribasiga asoslanib, O‘zbekiston bank tizimida korporativ
boshqaruvni takomillashtirishda raqamli texnologiyalar, ESG tamoyillari, komplayens nazorati
va kuzatuv kengashlari faoliyatini baholash mexanizmlarining ahamiyati tahlil qilinadi.
Tadqiqot davomida korporativ boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan muammolar va
ularni bartaraf etish yo‘llari aniqlanadi hamda milliy banklar uchun moslashtirilgan takliflar
ishlab chiqiladi.
Kalit so‘zlar
:Korporativ boshqaruv, tijorat banklari, kuzatuv kengashi, komplayens nazorati,
ESG indikatorlari, raqamli transformatsiya, bank boshqaruvi, ichki audit, risk menejmenti,
zamonaviy moliyaviy texnologiyalar.
Abstract:
This article studies the theoretical and practical aspects of improving the corporate
governance system in commercial banks based on modern trends. In particular, based on the
experience of international financial institutions, the importance of digital technologies, ESG
principles, compliance control and mechanisms for evaluating the activities of supervisory
boards in improving corporate governance in the banking system of Uzbekistan is analyzed.
During the study, problems aimed at improving the efficiency of corporate governance and
ways to eliminate them are identified, and customized proposals for national banks are
developed.
Keywords:
Corporate governance, commercial banks, supervisory board, compliance control,
ESG indicators, digital transformation, bank management, internal audit, risk management,
modern financial technologies.
Kirish
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya tizimida izchil islohotlar olib
borilmoqda. Mazkur islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida tijorat banklarining
boshqaruv tizimini jahon standartlari asosida modernizatsiya qilish, xususan, korporativ
boshqaruv tamoyillarini amaliyotga to‘laqonli joriy etish belgilab olingan. Korporativ
boshqaruv – bu nafaqat aksiyadorlar, boshqaruv organlari va manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlar tizimi, balki banklar faoliyatining shaffofligi, samaradorligi, moliyaviy
intizomi hamda investitsion jozibadorligini ta’minlaydigan strategik boshqaruv modeli
hisoblanadi.
Zamonaviy bank tizimi uchun korporativ boshqaruvning yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi
muhim omil bo‘lib, u investorlar ishonchini mustahkamlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini
olish, ichki nazorat va audit mexanizmlarini kuchaytirish, strategik boshqaruvni raqamlashtirish
orqali faoliyatni barqaror va izchil rivojlantirishga xizmat qiladi. Xalqaro amaliyotda, xususan
OECD (2023), IFC, Basel qo‘mitasi, World Bank kabi yirik moliyaviy institutlar tomonidan
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
813
tavsiya etilayotgan korporativ boshqaruv tamoyillari hozirda O‘zbekistonda ham milliy bank
tizimiga moslashtirib joriy etilmoqda.
Biroq, mavjud holatni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston tijorat banklarida korporativ
boshqaruvning barcha tarkibiy elementlari amaliyotda to‘laqonli va tizimli ishlamayapti.
Xususan, strategik qarorlar qabul qilishda manfaatlar to‘qnashuvi, boshqaruvning
markazlashganligi,
komplayens
bo‘limlari
vakolatlarining
cheklanganligi,
ESG
ko‘rsatkichlarining yetarli darajada inobatga olinmasligi kabi muammolar mavjud. Bu esa bank
faoliyatida korxonalararo boshqaruv madaniyatini shakllantirish, ichki jarayonlarni
optimallashtirish va zamonaviy talablar asosida boshqaruv samaradorligini oshirish zaruratini
yuzaga keltirmoqda.
Mazkur maqolada aynan shu dolzarb masalaga – tijorat banklarida korporativ boshqaruvni
zamonaviy global tendensiyalar asosida takomillashtirish yo‘llari, mavjud muammolar va ularni
bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish masalasiga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot
davomida xalqaro ilg‘or tajribalar va O‘zbekiston tijorat banklari faoliyatining amaliy
ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, ushbu yo‘nalishda milliy modelni shakllantirish uchun ilmiy-
amaliy asoslar ishlab chiqiladi.
Metodologiya
:Tadqiqot metodologiyasi, asosan, tijorat banklarida korporativ boshqaruv
tizimini zamonaviy tamoyillar asosida tahlil qilish va uni takomillashtirishga qaratilgan amaliy
hamda nazariy yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu ilmiy ishda qo‘llanilgan metodlar bir
necha yo‘nalishda shakllandi: korporativ boshqaruvning amaldagi holatini aniqlash, xalqaro
standartlar bilan solishtirish, zamonaviy tendensiyalarning bank boshqaruviga ta’sirini baholash
va ilg‘or tajribalardan foydalangan holda takliflar ishlab chiqish.
Tadqiqotning birinchi bosqichida deskriptiv (ta’rifiy) metod qo‘llanilib, tijorat banklaridagi
hozirgi korporativ boshqaruv tizimi holati o‘rganildi. Bunda banklarning yillik hisobotlari,
komplayens siyosatlari, ESG indikatorlari va boshqaruv tuzilmalari haqidagi rasmiy
ma’lumotlar asosida tizimli tahlil olib borildi. Bu yondashuv yordamida mavjud holatni
aniqlash va uni xarakterlovchi asosiy elementlarni tasvirlash imkoniyati yaratildi.
Keyingi bosqichda solishtirma tahlil (comparative analysis) metodi asosida O‘zbekiston tijorat
banklaridagi boshqaruv tizimi xorijiy banklarning ilg‘or tajribalari bilan qiyoslandi. Xususan,
Yaponiya, Germaniya, Singapur va AQSH banklarida ESG tamoyillarining joriy etilishi,
kuzatuv kengashi faoliyatining baholash tizimi, ichki audit va komplayens strukturasi
O‘zbekiston bank tizimi bilan taqqoslab tahlil qilindi. Ushbu metod xorijiy tajribani milliy
sharoitga moslashtirish imkoniyatlarini aniqlashda asosiy vosita bo‘lib xizmat qildi.
Shuningdek, korporativ boshqaruvda qaror qabul qilishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashda
SWOT tahlil metodidan foydalanildi. Bu orqali O‘zbekistondagi yirik tijorat banklarida mavjud
kuchli va zaif tomonlar, imkoniyatlar va xavflar o‘rtasidagi nisbatlar aniqlandi. Ayniqsa,
“O‘zmilliybank” AJ faoliyati misolida raqamli boshqaruv vositalarining joriy etilishi va ESG
indikatorlari asosida faoliyat baholash mexanizmlari o‘rganildi.
Tadqiqot jarayonida shuningdek kontent tahlil (content analysis) metodidan ham foydalanildi.
Bu metod orqali banklarning ichki hujjatlari – komplayens reglamentlari, Kuzatuv kengashi
qarorlari, strategik rejalar va ESG hisobotlari mazmunan tahlil qilindi. Ushbu yondashuv
boshqaruv hujjatlaridagi zamonaviy tamoyillarni aniqlash va ularning samaradorligini
baholashda yordam berdi.
Metodik yondashuvlarning kompleks qo‘llanilishi orqali nafaqat amaldagi holatni chuqur
o‘rganish, balki zamonaviy tendensiyalarning real ta’sirini aniqlash va ular asosida milliy bank
boshqaruvi uchun moslashtirilgan tavsiyalar ishlab chiqish imkonini berdi. Bunda ilmiy
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
814
induksiya va deduksiya, mantiqiy tahlil, statistik umumlashtirish, infografik taqdimotlar kabi
vositalar orqali ma’lumotlar yoritilib, har bir xulosa amaliy asos bilan mustahkamlandi.
Umuman olganda, tadqiqotning metodologik yondashuvi zamonaviy korporativ boshqaruv
tamoyillarining bank tizimiga moslashtirilgan, tizimli va raqamli yechimlar asosida tahlil
qilinishiga xizmat qildi. Bu esa banklar faoliyatida korporativ boshqaruvni kuchaytirish,
ochiqlikni ta’minlash, manfaatlar muvozanatini barpo etish va investitsiyaviy jozibadorlikni
oshirish bo‘yicha asosli ilmiy takliflarni ishlab chiqishga imkon yaratdi.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi
: Tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini
takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab xalqaro va milliy manbalar mavjud bo‘lib, ularning har biri
muayyan nazariy va amaliy jihatlarni yoritadi. Ushbu adabiyotlar korporativ boshqaruvning
shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, zamonaviy tendensiyalari, ilg‘or amaliyotlar va ularni
moliyaviy sektor, ayniqsa, bank tizimiga tatbiq etish mexanizmlarini o‘rganishga qaratilgan.
Birinchi navbatda, OECD (2015, 2023) tomonidan ishlab chiqilgan “Korporativ boshqaruvning
G20/OECD tamoyillari” global miqyosda eng ko‘p murojaat qilinadigan manbalardan
hisoblanadi. Ushbu tamoyillar shaffoflik, manfaatdor tomonlar huquqlarining himoyasi,
kuzatuv kengashi samaradorligini oshirish, axborotlarni oshkoralik bilan yetkazish kabi
mezonlarga asoslangan. Bu tamoyillar tijorat banklari boshqaruv tizimini barqarorlashtirishda
nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
IFC (International Finance Corporation) tomonidan tayyorlangan “Corporate Governance
Handbook for Financial Institutions” nomli qo‘llanma esa bank sektoriga ixtisoslashtirilgan
korporativ boshqaruv modeli, risk menejmenti, ichki nazorat va kuzatuv kengashining samarali
faoliyati uchun zarur bo‘lgan mezonlarni belgilab beradi. Ushbu qo‘llanma, ayniqsa,
rivojlanayotgan mamlakatlardagi banklar uchun amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Gillan va Starks (2021) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda institutsional investorlar
ishtirokida korporativ boshqaruv tizimining qanday kuchayishi va banklarda strategik qarorlar
qabul qilish jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilingan. Ular manfaatdor tomonlar
(stakeholders) va aktsiyadorlar o‘rtasidagi muvozanat muhimligini ta’kidlaydi.
Yurtimiz olimlaridan Q. Voxidov, D. Jo‘rayev, M. Murodov va boshqalarning ilmiy ishlarida
O‘zbekiston bank tizimida korporativ boshqaruvni rivojlantirishga oid muhim jihatlar, xususan,
boshqaruvning institutsional asoslari, nazorat mexanizmlari, milliy xususiyatlar va xalqaro
tajribaning moslashtirilishi haqida keng yoritilgan. Jumladan, Voxidov (2021) o‘z
tadqiqotlarida O‘zbekiston tijorat banklarida kuzatuv kengashi faoliyatini baholashda raqamli
KPI tizimlarining joriy etilishi samaradorlikka qanday ta’sir qilishini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan har yili e’lon qilinadigan bank nazorati
bo‘yicha hisobotlar korporativ boshqaruv indikatorlarining amaliy holatini yoritishda asosiy
manba bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, 2023-yilgi hisobotda banklar tomonidan ESG
indikatorlarining joriy etilishi, komplayens xizmatlarining rivojlanishi va ichki audit tizimining
samaradorligi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar mavjud.
Deloitte (2023) va PwC kabi xalqaro auditorlik kompaniyalari esa tijorat banklarining
korporativ boshqaruvida dolzarb tendensiyalar – raqamli transformatsiya, axborot xavfsizligi va
manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish mexanizmlari haqida so‘nggi yillarda keng qamrovli
tahliliy hisobotlar chop etmoqda.
Shuningdek, World Bank (2023) tomonidan e’lon qilingan “Financial Development Report”da
raqamli texnologiyalar yordamida korporativ boshqaruvni mustahkamlash, ichki auditni
avtomatlashtirish, ESG tamoyillarini integratsiyalash bo‘yicha global tajribalar tahlil qilingan
bo‘lib, bu manba O‘zbekiston tajribasini solishtirish uchun muhim hisoblanadi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
815
Mavjud adabiyotlar korporativ boshqaruv tizimining muhim tarkibiy qismlarini to‘liq qamrab
olib, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha muhim yo‘nalishlarni belgilab bermoqda.
O‘zbekiston tijorat banklarida mazkur tajribalarni zamonaviy sharoitga moslashtirgan holda
joriy qilish, boshqaruv sifatini tubdan oshirishga xizmat qiladi.
Tahlil va natijalar
Tadqiqot davomida O‘zbekiston tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimining amaldagi
holati chuqur tahlil qilindi. Analitik ishlar asosida banklarda boshqaruvning institutsional
tuzilmasi, ESG indikatorlarining integratsiya darajasi, ichki audit va komplayens nazorati,
kuzatuv kengashlarining faoliyati, shuningdek, raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi kabi
mezonlar asosida baholash amalga oshirildi.
Birinchidan, banklarda boshqaruvning vertikal va gorizontal strukturasi ko‘p hollarda
markazlashgan bo‘lib, qarorlar qabul qilish jarayonida yetarlicha muvofiqlashtirish va
aksiyadorlar bilan muntazam muloqot yetishmayotgani kuzatildi. Xususan, 2023-yilda yirik
banklarning 70 foizida kuzatuv kengashi faoliyatining baholanishi hali-hanuz subyektiv
yondashuvlarga asoslanmoqda.
Ikkinchidan, komplayens nazorati va ichki audit xizmatlari borasida sezilarli siljishlar mavjud
bo‘lishiga qaramay, bu xizmatlarning mustaqilligi va vakolat doirasi cheklanganligicha
qolmoqda. Jumladan, 2022–2023-yillar davomida 14 ta tijorat bankida o‘tkazilgan ichki audit
natijalariga ko‘ra, o‘rtacha 23 foiz hollarda riskli qarorlar tegishli ravishda hujjatlashtirilmagani
aniqlangan (Markaziy bank, 2024).
Uchinchidan, ESG indikatorlarining joriy etilishi hamon past darajada qolmoqda. Tadqiqot
doirasida 10 ta yirik bank o‘rganildi va ulardan faqat 3 tasigina ekologik va ijtimoiy indikatorlar
bo‘yicha yillik hisobotlarni tayyorlagan. Bu esa moliyaviy barqarorlik bilan bir qatorda
investorlar ishonchini oshirish imkonini bermayapti.
1-jadval.
Korporativ boshqaruvning zamonaviy tendensiyalari va ularni O‘zbekiston tijorat
banklarida qo‘llash holati
Tendensiya nomi
Amaldagi
holat
(O‘zbekiston banklari)
Takomillashtirish
bo‘yicha
tavsiyalar
1. Raqamli boshqaruv
(KPI, Big Data, AI)
Yirik banklarda joriy etilgan,
kichik banklarda cheklangan
KPI tizimlarini barcha banklarda
standart asosida joriy qilish
2. ESG indikatorlari
3–4 ta yirik bank hisobot
yuritmoqda,
qolganlar
nazariy darajada
ESG bo‘yicha yillik hisobotlarni
majburiylashtirish
3. Komplayens va ichki
audit
Ko‘plab banklarda mavjud,
lekin mustaqillik past
Komplayens bo‘limlarini kuzatuv
kengashiga bo‘ysundirish
4. Kuzatuv kengashi roli
Aksariyat
banklarda
tasdiqlovchi funksiyada
Kengash a’zolari mustaqilligini
oshirish,
strategik
rolni
kuchaytirish
5. Korporativ axborot
siyosati
Ochiq emas, investorlarga
yo‘naltirilmagan
Ommaviy ESG va boshqaruv
axborotlarini e’lon qilish tizimini
yaratish
6.
Boshqaruvning
institutsional darajasi
Formal
tashkil
etilgan,
samaradorlik past
Boshqaruv organlari vakolatlari
va hisobotlilik mezonlarini qayta
ko‘rib chiqish
7. Raqobatbardoshlik va
xalqaro standartlar
Ayrim
banklarda
jahon
andozalari bo‘yicha baholash
Xalqaro
reyting
va
akkreditatsiyalarga
tayyorlov
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
816
olib borilmoqda
tizimini kuchaytirish
Manba: Mualif ishlanmasi
To‘rtinchidan, raqamli boshqaruv texnologiyalarining qo‘llanilishi sohasida ijobiy siljishlar
kuzatilmoqda. Xususan, “O‘zmilliybank” AJda kuzatuv kengashi faoliyatini baholovchi raqamli
KPI tizimi joriy qilingan bo‘lib, u orqali qarorlar qabul qilish jarayonida asosiy indikatorlar
monitoringi real vaqt rejimida olib borilmoqda. Bu holat boshqaruvni aniq ma’lumotlarga
tayangan holda olib borish imkonini bermoqda.
Beshinchidan, kuzatuv kengashlari faoliyatining samarasini oshirish zarurati ta’kidlanmoqda.
Amaldagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik banklarda strategik qarorlar hali-hanuz ijroiya
organlar tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinadi, bu esa korporativ manfaatlar
muvozanatini buzadi. Kuzatuv kengashi a’zolarining malakasini doimiy oshirish va ularning
mustaqil ekspertlik rolini kuchaytirish ehtiyoji mavjud.
Tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bugungi bank-moliya
tizimining eng muhim strategik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida olingan
natijalar banklar faoliyatida boshqaruvning institutsional asoslari, zamonaviy texnologiyalarni
qo‘llash holati va xalqaro standartlarga moslashuv darajasi borasida muhim xulosalarni
shakllantirishga imkon berdi.
Birinchidan, O‘zbekiston tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimi hali to‘laqonli
shakllanmagan bo‘lib, bu ayniqsa manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, komplayens
siyosatini samarali yuritish va ESG (Ekologik, Ijtimoiy, Boshqaruv) tamoyillarini amaliyotga
joriy etish jarayonlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat banklarda kuzatuv kengashlari
faoliyati mavjud bo‘lsa-da, ularning strategik qarorlar qabul qilishdagi real ta’siri cheklangan.
Bu esa bank boshqaruvida mustaqil nazorat va hisobdorlik tamoyillarining sustligini anglatadi.
Ikkinchidan, raqamli boshqaruv texnologiyalarining joriy etilishi banklar faoliyatini
shaffoflashtirishda va tezkor axborot oqimini ta’minlashda muhim vosita bo‘layotgani qayd
etildi. Ayniqsa, KPI (Kalit samaradorlik ko‘rsatkichlari) tizimi asosida kuzatuv kengashlari
faoliyatini baholash, sun’iy intellekt yordamida risklarni monitoring qilish va Big Data asosida
strategik qarorlarni tayyorlash kabi yondashuvlar samarali tajriba sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Biroq bu texnologik yondashuvlar barcha banklarda bir xilda va tizimli joriy etilmagan, bu esa
banklararo boshqaruv sifatida sezilarli tafovutlarni yuzaga keltiradi.
Uchinchidan, ichki audit va komplayens xizmatlari bankda risklarni erta aniqlash, huquqiy
me’yorlarga rioya etilishini nazorat qilish hamda moliyaviy shaffoflikni ta’minlashda alohida
ahamiyatga ega. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu bo‘linmalar faoliyati amalda mavjud
bo‘lishiga qaramay, ularning mustaqilligini ta’minlash, vakolat doirasini kengaytirish va
boshqaruv tuzilmasiga real ta’sirini oshirish zarur. Komplayens tizimi yetarlicha kuchli
bo‘lmagan banklarda manfaatlar to‘qnashuvi va ichki risklar yuqori darajada bo‘lib qolmoqda.
To‘rtinchidan, ESG indikatorlarining milliy bank strategiyasiga chuqur integratsiya qilinishi
investorlar ishonchini oshirishda, xalqaro moliyaviy bozorlarda bank imijini mustahkamlashda
va barqaror taraqqiyot tamoyillarini tatbiq etishda muhim vosita sifatida e’tirof etilmoqda. Ayni
paytda, bu indikatorlar faqat ba’zi yirik banklarda joriy etilgan bo‘lib, ko‘plab kichik va o‘rta
banklar ESG tamoyillarini hali-hanuz nazariy darajada ko‘rib chiqmoqda. Shu bois, ESG
yondashuvlarini hujjatlashtirish, ularning monitoring mexanizmlarini joriy qilish va kuzatuv
kengashlari faoliyatiga integratsiya qilish eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Umuman olganda, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, tijorat banklarida korporativ
boshqaruvni zamonaviy tamoyillar asosida takomillashtirish nafaqat tizim ichidagi muvozanatni
saqlash, balki moliyaviy sektorning butun ijtimoiy-iqtisodiy tizimdagi barqarorligini
ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa boshqaruvning institutsional jihatdan mustahkam,
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
817
texnologik jihatdan raqamlashtirilgan va xalqaro mezonlar asosida integratsiyalashgan
bo‘lishini taqozo etadi.
Mazkur tahliliy natijalar asosida O‘zbekiston bank tizimi uchun zamonaviy, ochiq va barqaror
korporativ boshqaruv modelini ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biri sifatida qaralishi lozim.
Keyingi bo‘limda ana shu yo‘nalishda taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Muhokama
O‘zbekiston tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini zamonaviy tendensiyalar asosida
takomillashtirish bugungi bank tizimi modernizatsiyasining ajralmas tarkibiy qismiga
aylanmoqda. Tadqiqot davomida aniqlangan muammolar va ularning yechimlari haqida olib
borilgan tahlillar, ushbu sohada muhokama qilinishi lozim bo‘lgan qator muhim masalalarni
yuzaga chiqardi.
Birinchidan, korporativ boshqaruv tizimi samaradorligining markaziy elementi – kuzatuv
kengashlari faoliyatining mustaqilligi va samaradorligi hisoblanadi. Amaldagi holat shuni
ko‘rsatmoqdaki, ko‘plab tijorat banklarida kuzatuv kengashi qarorlari ijro organlari tomonidan
shakllanayotgan strategik tashabbuslarni tasdiqlashdan nari o‘tmayapti. Bu holat korporativ
boshqaruvning real samaradorligini pasaytiradi va manfaatlar to‘qnashuvi xavfini oshiradi.
Zamonaviy tendensiyalar esa kuzatuv kengashining strategik rahbarlik, risklarni baholash va
ESG mezonlar asosida faoliyatni nazorat qilishdagi rolini kuchaytirishni talab qilmoqda.
Ikkinchidan, banklarda komplayens tizimi va ichki audit xizmatlari ko‘pincha normativ
talablarga muvofiq joriy etilgan bo‘lsa-da, ularning mustaqil faoliyat yuritishi va strategik
qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sir ko‘rsata olish darajasi sust. Ayniqsa, banklarda raqamli
transformatsiya ortidan yuzaga kelayotgan yangi xavf va tahdidlar fonida, ushbu tuzilmalar
zamonaviy texnologik yechimlar asosida kuchaytirilishi zarur. Komplayens nazorati faqat
hujjatbozlik bilan emas, balki real vaqtli monitoring, xatarlarni tahlil qilish va ichki siyosatni
takomillashtirish orqali faoliyat yuritishi lozim.
Uchinchidan, korporativ boshqaruvda ESG indikatorlari tobora muhim rol o‘ynamoqda.
Xalqaro moliyaviy institutlar, xususan, investorlar va reyting agentliklari uchun ESG
ko‘rsatkichlari moliyaviy barqarorlik bilan teng darajada baholanmoqda. Shunga qaramay,
aksariyat O‘zbekiston tijorat banklari ESG yondashuvlarini amaliy faoliyatga chuqur
integratsiya qilmagan. Bank faoliyatining ekologik oqibatlarini baholash, xodimlar va mijozlar
uchun ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, boshqaruvdagi inklyuzivlik kabi masalalar hali
rivojlanish bosqichida. Mazkur mezonlar asosida banklar o‘z korporativ strategiyalarini qayta
ko‘rib chiqishi, ESG hisobotlarini joriy qilishi va bu orqali xalqaro moliya institutlari oldidagi
obro‘sini mustahkamlashi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
To‘rtinchidan, bank boshqaruvida raqamli texnologiyalarning o‘rni tobora ortib borayotgan
bo‘lsa-da, ularning to‘laqonli joriy etilishi bir xil emas. Yirik banklar, ayniqsa davlat banklari
bu borada muayyan yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, xususiy va o‘rta banklar bu jarayonda ortda
qolmoqda. Bu esa banklararo boshqaruv sifati va ichki nazorat darajasida tafovutlar keltirib
chiqarmoqda. Banklar faoliyatini raqamli indikatorlar asosida baholash, xususan, KPI
tizimlaridan foydalanish, Big Data orqali qarorlar qabul qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash,
sun’iy intellekt asosida risk monitoringi olib borish kabi yo‘nalishlar kengaytirilishi lozim.
Muhokama shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy korporativ boshqaruv – bu faqat nazariy tamoyillar
yig‘indisi emas, balki real tizim, unda manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi ishonch, strategik
barqarorlik, shaffoflik va javobgarlik bir butun holda shakllanadi. Bu tizimning rivojlanishi
O‘zbekiston bank tizimining moliyaviy mustahkamligini, investorlar ishonchini va xalqaro
hamkorlik salohiyatini belgilovchi omillardan biridir.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
818
Shunday ekan, milliy tijorat banklarining zamonaviy boshqaruvga moslashuvi, ularning ichki
strukturasini transformatsiya qilish, boshqaruvning har bir elementini raqamli, ochiq va
barqaror mexanizmga aylantirish orqali amalga oshirilishi lozim. Bu yo‘l, shubhasiz, uzoq
muddatli, ammo barqaror va ishonchli taraqqiyot garovidir.
Xulosa
Tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini zamonaviy tendensiyalar asosida
takomillashtirish zamonaviy bank faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof
etilmoqda. O‘zbekiston bank tizimidagi islohotlar, raqamli transformatsiya jarayonlari,
investorlar bilan aloqalar va xalqaro moliyaviy muhitga integratsiya korporativ boshqaruv
sifatini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Ushbu tadqiqot orqali milliy banklarda mavjud
boshqaruv amaliyoti chuqur tahlil qilinib, zamonaviy yondashuvlar bilan solishtirma asosda
baholandi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, birinchi navbatda, O‘zbekiston tijorat banklarida korporativ
boshqaruv tizimi hali to‘liq institutsional asosda shakllanmaganligi aniqlandi. Banklar
faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, strategik qarorlar ustidan samarali nazoratni
ta’minlash va boshqaruv organlari o‘rtasida mas’uliyatli va hisobdorlikka asoslangan aloqalarni
shakllantirish zarurati yuqori bo‘lib qolmoqda. Ushbu holat, ayniqsa, yirik va davlat
ishtirokidagi banklarda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Ikkinchidan, boshqaruvda raqamli texnologiyalar, xususan KPI, Big Data, sun’iy intellekt
asosida qaror qabul qilish tizimlari faol qo‘llanilmoqda. Biroq bu jarayon barcha banklar uchun
bir xilda kechmayapti. Katta banklarda raqamlashtirish sur’atlari yuqori bo‘lsa-da, o‘rta va
kichik moliyaviy institutlar bu yo‘nalishda sust harakat qilmoqda. Bu esa banklararo raqobatni
notekislashtiradi va korporativ boshqaruvning umumiy sifati bo‘yicha tafovutlarga olib keladi.
Uchinchidan, ichki audit va komplayens bo‘limlari mavjudligiga qaramay, ularning
institutsional mustaqilligi va amaldagi vakolat doirasi cheklangan. Ular ko‘p hollarda faqat
hujjatlar darajasida faoliyat yuritadi, strategik qarorlar ustidan real nazoratni amalga oshirishga
to‘liq jalb etilmagan. Holbuki, global amaliyotda aynan komplayens va ichki audit xizmatlari
moliyaviy shaffoflik, qonunchilikka rioya etish va risklarni oldindan aniqlashda asosiy tayanch
hisoblanadi.
To‘rtinchidan, ESG (Ekologik, Ijtimoiy, Boshqaruv) indikatorlari orqali korporativ
boshqaruvda barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etish zarurati kuchayib bormoqda. Mazkur
indikatorlar bank faoliyatining atrof-muhitga ta’siri, ijtimoiy mas’uliyati va boshqaruv sifati
bo‘yicha xalqaro reytinglarda baholanishi uchun asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. Investorlar,
moliyaviy tahlilchilar va mijozlar ham aynan ESG mezonlariga asoslanib qarorlar qabul
qilishmoqda. Bu esa milliy banklar uchun yangi strategik yo‘nalishlarni shakllantirish
zarurligini ko‘rsatmoqda.
Tadqiqot natijalariga asoslanib quyidagi amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi:
Korporativ boshqaruv indikatorlarini standartlashtirish va barcha tijorat banklari uchun
yagona KBIT – Korporativ Boshqaruv Indikatorlar Tizimini ishlab chiqish, bu tizim orqali
boshqaruv sifatini muntazam baholab borish;
Komplayens va ichki audit xizmatlarining mustaqilligini kuchaytirish, ularni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri kuzatuv kengashiga bo‘ysundirish orqali ularning nazorat salohiyatini oshirish;
ESG indikatorlari asosida yillik hisobotlar yuritilishini majburiy qilish, bu hisobotlarni
xalqaro standartlarga mos metodologiyalar asosida baholash va reyting agentliklariga taqdim
etish;
Raqamli KPI tizimlarini keng tatbiq etish, ayniqsa kuzatuv kengashi va ijro organlari
faoliyatini aniq indikatorlar asosida baholash orqali qarorlar sifatini oshirish;
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 2, May 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
819
Bank kuzatuv kengashlari tarkibini mustaqil ekspertlar bilan boyitish, ularning
malakasini oshirish, strategik risklar ustidan monitoring olib borish amaliyotini kuchaytirish.
Xulosa qilib aytganda, tijorat banklarida korporativ boshqaruvni zamonaviy tendensiyalar
asosida takomillashtirish – bu faqat tashkiliy chora-tadbirlar majmui emas, balki bank
tizimining xalqaro darajadagi raqobatbardoshligi, investitsion jozibadorligi va moliyaviy
barqarorligi uchun muhim strategik zaruratdir. Banklarning boshqaruv madaniyati, ichki
tizimlarining raqamlashtirilishi va jahon standartlariga mosligi – O‘zbekiston moliya tizimining
kelajagini belgilovchi mezonlar bo‘lib qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. OECD (2023) G20/OECD Principles of Corporate Governance. Paris: OECD Publishing.
2. IFC (International Finance Corporation) (2022) Corporate Governance Handbook for
Financial Institutions. Washington, D.C.: World Bank Group.
3. Gillan, S. and Starks, L. (2021) ‘Corporate governance, corporate ownership, and the role
of institutional investors’, Journal of Applied Corporate Finance, 33(4), pp. 8–20.
4. Clarke, T. (2022) International Corporate Governance: A Comparative Approach. London:
Routledge.
5. Deloitte (2023) Banking on ESG: Challenges and opportunities in financial governance.
London: Deloitte Insights.
6. PwC (2023) Corporate Governance and Risk Management in the Financial Sector. New
York: PwC Publications.
7. World Bank (2023) Global Financial Development Report 2023: Financial Inclusion and
Governance. Washington, D.C.: World Bank Publications.
8. Central Bank of Uzbekistan (2024) Annual Banking Supervision Report. Tashkent: CBU
Press.
9. Voxidov, Q. (2021) ‘Tijorat banklarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish
muammolari’, Iqtisodiyot va moliya, 2(91), pp. 45–52.
10. O‘zmilliybank AJ (2023) Yillik hisobot – 2022. Tashkent: O‘zmilliybank nashriyoti.
11. Jo‘rayev, D. (2022) Banklarda ichki nazorat va audit tizimini rivojlantirish yo‘llari.
Tashkent: Iqtisodiyot nashriyoti.
12. Uzbekistan Banking Association (2023) Tijorat banklarida ESG yondashuvlarini joriy etish
bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. Tashkent: UBA.
13. Murodov, M. (2022) ‘Korxonalarda komplayens nazoratining samaradorligi’, Moliyaviy
tahlil jurnali, 4(17), pp. 66–71.
14. Basel Committee on Banking Supervision (2015) Corporate Governance Principles for
Banks. Basel: Bank for International Settlements.
15. Ziyayeva, N. (2023) ‘Banklarda raqamli KPI tizimining joriy etilishi’, Bank va Bozor,
3(58), pp. 34–41.
16. EY (Ernst & Young) (2022) Sustainability and Governance in Banking: Emerging Markets
Trends. London: EY Global Reports.
17. Transparency International (2022) Corruption Perception Index 2022. Berlin: TI.