Авторы

  • Avazova Shoira Tuxtamratovna
    O‘zbekiston Respublikasi xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar nomzodi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.129839

Ключевые слова:

Konstitutsiya parlament Oliy Majlis qonunchilik palatasi senat qonunchilik nazorat vakillik

Аннотация

Mazkur maqolada hokimiyatlar taqsimlanishi printsipi asosida tashkil etilishi va bunda parlamentning o‘rni, shuningdek, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston parlamentining tashkiliy-huquqiy asoslari, uning qonunchilik, nazorat va vakillik funktsiyalarining  mohiyati yoritib berilgan.

 


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

784

DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI TIZIMIDA PARLAMENTNING ROLI

Avazova Shoira Tuxtamratovna

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro islom akademiyasi

“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti v.b.,

yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada hokimiyatlar taqsimlanishi printsipi asosida tashkil etilishi va

bunda parlamentning o‘rni, shuningdek, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston parlamentining tashkiliy-huquqiy asoslari, uning

qonunchilik, nazorat va vakillik funktsiyalarining mohiyati yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar

: Konstitutsiya, parlament, Oliy Majlis, qonunchilik palatasi, senat, qonunchilik,

nazorat, vakillik

Annotation

: this article highlights the organization on the principle of distribution of powers

and the role of Parliament in this, as well as the organizational and legal basis of the Parliament

of Uzbekistan according to the Constitution of the Republic of Uzbekistan in the new edition,

the essence of its legislative, control and representative functions.

Keywords:

Constitution, Parliament, Oliy Majlis, House of Commons, Senate, legislation,

control, representation

KIRISH

Demokratik davlatning eng muhim konstitutsiyaviy prinsiplaridan biri hokimiyatning

bo‘linishi prinsipidir. Hokimiyatlar bo‘linish prinsipiga ko‘ra, har qaysi hokimiyat tarmog‘i

hokimiyat vakolatlari doirasidan chetga chiqish va uni suiste’mol qilish imkoniyatiga yo‘l

qo‘ymagan holda boshqa hokimiyat tarmog‘ini tiyib turishi uchun zarurdir. Shu bilan birga,

hokimiyatlardan birontasi boshqasining faoliyatiga aralashmasligi kerak.

Hokimiyatning taqsimlanishi — demokratik huquqiy davlatning zaruriy shartidir.

Mazkur printsipning qo‘llanilishi hokimiyatning suiiste’mol qilinishiga to‘siq qo‘yadi,

fuqarolarni mansabdor shaxslarning tazyiqidan himoya qiladi, davlat idoralari faoliyatining

samarali bo‘lishiga shart-sharoit yaratadi.

METODLAR

Ushbu maqolada tizimli, tarixiy, qiyosiy-tahliliy va mantiqiy tahlil uslubi metodlaridan

foydalanildi. Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, oʻzbek, rus,

ingliz olimlarining maqola va kitoblaridan olindi.

NATIJALAR

Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasining vujudga kelishi uzoq o‘tmishga borib

taqaladi. Hokimiyatning har uch shaxobchasi, birgalikda yagona davlat hokimiyatini tashkil

etadi. Ulardan boshqa hech bir davlat organi hokimiyatga da’vogarlik qilolmaydi. Hokimiyatlar

taqsimlanishi printsipining muhim jihatlaridan biri shuki, unda hokimiyatning har bir

shaxobchasi (tarmog‘i) qolgan ikki hokimiyat sub’ektining har birini nazorat qilish huquqi va

imkoniyatiga ega bulishi kerak. Ammo bu nazorat — ustunlik emas.

Nazorat huquqi nazorat qilinayotgan hokimiyatning konstitutsiyaviy vakolatlarini

o‘zlashtirib olish imkonini bermaydi. Hokimiyatlar taqsimlanishi xar bir hokimiyatning o‘z


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

785

vakolati doirasida to‘laqonli hokimiyat egasi bo‘lishini taqozo etadi. Shu bois, har qanday

alohida olingan davlatda yagona qonun chiqaruvchi organ, yagona ijro etuvchi organ hamda

yagona sudlov organi (tizimi) bo‘lishi lozim [9:179].

Dunyoning ko‘pgina davlatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasida ham hokimiyatlar bo‘linish printsipi o‘z ifodasini topgan, ya’ni 11-moddasida

O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi,

ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi printsipiga asoslanishi belgilab qo‘yilgan.

Qonun chiqaruvchi hokimiyat – ikki palatali parlament O‘zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisi, ijro hokimiyati – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, sud hokimiyati –

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sud va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi

tomonidan amalga oshiriladi.

Bugungi kunda “parlament” mamlakatning qonun chiqaruvchi oliy vakillik organini

ifodalovchi atama sifatida dunyoning aksariyat davlatlari tomonidan qonunchilikda qabul

qilingan yoki amaliyotda qo‘llaniladi. Bunda, mamlakatning tili va an’analaridan kelib chiqib,

parlamentning rasmiy nomi turlicha bo‘lishi mumkin [8:22]. Xususan, AQSH va ayrim Lotin

Amerikasi davlatlarida - kongress, Shvetsiyada - riksdag, Finlandiyada - seym, Norvegiyada -

storting, Rossiya Federatsiyasida - Federal Majlis, Ukrainada - Oliy Rada, Tojikistonda -

Majlisi Oli, Hindistonda Sansad, Yaponiyada Kokkay va hokazo. Zamonaviy parlament qanday

nomlanishidan qat’i nazar, u demokratik davlatda hokimiyatning mustaqil tarmog‘i bo‘lib

hisoblanadi.

Parlamentning asosiy vazifasi qonun ijodkorligidan iboratligi bois, u “qonun

chiqaruvchi organ” deb ham yuritiladi. Parlamentlar o‘z tuzilishi jihatidan bir yoki ikki palatali

bo‘lishi mumkin. Uzoq tarixda palatalarga bo‘lishning asosiy mezoni sifatida aholi quyi va

yuqori tabaqalari manfaatlarining rang-barangligi maydonga chiqqan. Asrlar o‘tib parlament

tobora umummanfaatni ifodalovchi idoraga aylangani sari bunday mezon o‘rnini hududlar

manfaati, ularning vakilligi egallay boshlagan. Hozirda jahon ommasi ilmiy va siyosiy

doiralarida parlamentning bir yoki ikki palatali tuzilishining qaysi biri afzalligi bo‘yicha o‘ziga

xos bahs-munozaralar mavjud ekanligini inkor etmagan holda, davlat tuzilishi shaklidan qat’iy

nazar aksariyat davlatlar parlamentlari ikki palatadan iboratligini e’tirof etish joiz.

Parlamentning bir yoki ikki palatali ekanligidan kelib chiqib, vakillik ikki tusda bo‘lishi

mumkin: umumxalq va hududiy vakillik. Bir palatali parlamentlarda deputatlar umumxalq

vakillari hisoblanishadi. Ikki palatali parlamentlarda esa, aksar hollarda, yuqori palata a’zolari

hududlar manfaatini ifodalaydi.

Ma’lumki, parlament funktsiyalari ushbu organ faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini

anglatadi va bu funktsiyalar quyidagilardan iborat: qonunchilik, nazorat va vakillik.

Vakillik funktsiyasi fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirok etishlarini ta’minlash

shakllaridan biri sifatida parlamentning umumxalq manfaatlarini ifodalanishini anglatadi.

Davlat hokimiyati organlari tizimida parlamentning markaziy roli uning barcha davlat

hokimiyati organlari tizimida yagona umumxalq vakillik organi ekanligi bilan belgilanadi,

uning bu xususiyati uni shakllantirish va amal qilish printsiplari bilan aniqlanadi. Parlament

mamlakat fuqarolarining ishtirokida umumiy saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali

shakllantiriladi, bu esa uning vazifasi butun xalq manfaatlari vakilligi mexanizmi ekanligi bilan

belgilanadi. Uning vakillik funktsiyasi davlatni boshqarishda xalq irodasini ifodalashga safarbar

etilganligida namoyon bo‘ladi.

Vakillik parlament amal qilishining asosi sifatida parlamentariylarning o‘z faoliyatlarida

umumahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlar va ijtimoiy taraqqiyot manfaatlarini ularga qonun

maqomini berish orqali aks ettirish majburiyatida, shuningdek o‘zlarining saylovchilari bilan


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

786

doimiy aloqalarni ushlab turish majburiyatlarida ifodalanadi. Parlament faoliyatida

mamlakatning umumiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotining dolzarb muammolari, shu

jumladan inson taraqqiyoti masalalari diqqat markazida bo‘lishi va o‘z yechimini topishi

kerak[7:28].

Parlamentning yana bir ajralmas funktsiyasi qonunchilikdir. Qonunni tayyorlash,

parlament yoki deputat faoliyatida inson taraqqiyoti printsiplarini amalga oshirishning asosiy va

eng muhim usuli yoki vositasidir. Qonun demokratik davlat hokimiyatini siyosiy jihatdan

tashkil etish huquqining asosiy manbaidir. Bundan tashqari, qonun – huquqiy davlatning

muhim kategoriyasi. Va nihoyat, qonun – davlat hokimiyati oliy vakillik organi (parlament)

tomonidan alohida tartibda yoki bevosita xalq tomonidan qabul qilingan, eng muhim ijtimoiy

munosabatlarni tartibga soladigan, oliy darajadagi yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-

huquqiy hujjat.

Har qanday zamonaviy parlament barcha uchun umummajburiy bo‘lgan va oliy yuridik

kuchga ega qonunlar qabul qilish vakolatiga ega. Bu funktsiya orqali parlament davlat va

jamiyat ishlarini boshqarish davlat va jamiyat institutlarini shakllantirish va rivojlantirishda faol

ishtirok etadi. Parlament qonun ijodkorligida mustaqildir. Lekin, uning bu faoliyati

Konstitutsiya doirasida chegaralanadi va bunday chegaralash davlat hokimiyatining bo‘linishi

printsipidan kelib chiqadi. Parlament tomonidan qabul qilinayotgan har qanday qonun

insonning ajralmas huquq va erkinliklari, fuqarolarning qonun oldida tengligi hamda adolat

tamoyillariga mos kelishi lozim. Aks holda qonun samarasiz bo‘lib qoladi [8:35].

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-99-moddalarida qonun ijodkorligi

faoliyati va tartibi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, Qonunchilik tashabbusi huquqiga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik

palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ega. O‘zbekiston

Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Bosh prokurori ham o‘z vakolatlari

jumlasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir.

Qonunchilik tashabbusi huquqi qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi

subyektlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga

kiritish orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bo‘lgan, yuz ming nafardan kam

bo‘lmagan fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston

Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi

tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.

Qonun loyihalarini, qonunchilik takliflarini kiritish va ko‘rib chiqish tartibi qonun bilan

belgilanadi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda

rasmiy manbalarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul

qilingan qonun qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi.

Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan oltmish kun ichida

ko‘rib chiqiladi va ma’qullangan taqdirda, imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentiga o‘n kundan kechiktirmay yuboriladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

787

Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qonunni ma’qullash yoki rad

etish to‘g‘risida oltmish kun ichida qaror qabul qilmasa, Qonunchilik palatasi tomonidan qonun

imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oltmish kun ichida imzolaydi va e’lon

qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qaytariladi.

Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonunni

qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan

iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun

yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish

uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv

komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun

odatdagi tartibda ko‘rib chiqilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.

Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida

uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak.

Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning e’lon qilinishi ular

qo‘llanilishining majburiy shartidir.

Parlamentning yana bir funktsiyasi nazorat qilishdan iborat. Nazorat funktsiyasini

amalga oshirishda ular ijro etuvchi hokimiyatning faoliyatini va uning uslublarini qonunlarga

mosligini nazorat qiladi. Ushbu funktsiya tarixiy nuqtai nazardan olganda birinchi yuzaga

kelgan parlament funktsiyadir, desak xato bo‘lmaydi. Chunki XIII asrda shakllangan dastlabki

parlamentlar, eng avvalo, qirol siyosatini nazorat qilish maqsadini ko‘zlagan. O‘zbekiston

Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida parlament nazoratining muhim shakli

bo‘lgan parlament tekshiruvi instituti Konstitutsiyada alohida mustahkamlab qo‘yildi.

Parlament tekshiruvi bu – qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan jamiyat va davlat hayoti

bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni o‘rganib, ularni hal qilish choralarini amalga oshirishdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan O‘zbekistonda parlament

funktsiyalari va bu boradagi yangiliklar quyidagicha e’tirof etildi: “O‘zbekiston mustaqillikka

erishganidan so‘ng davlat hokimiyatining muhim institutlaridan biri sifatida milliy parlament

rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi.

Yangi O‘zbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning rolini

yanada oshirish, ayniqsa, norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uyg‘unligini

ta’minlash dolzarb ahamiyatga ega masala hisoblanadi.

Yangilangan Konstitutsiyamizda ushbu maqsadga erishish kafolatlarini yanadi

kuchaytirdik.

Bu haqda gapirganda, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari amaldagi 5 tadan 12

taga, Senatning vakolatlari esa 14 tadan 18 taga yetkazildi. Ayni paytda ularning vakolatlariga

ham aniqlik kiritilganini alohida qayd etish joiz. Xususan, hukumatni shakllantirish hamda

uning faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish masalalari Qonunchilik


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

788

palatasining ixtiyoriga o‘tkazildi. Senatda esa asosan hududlar bilan bog‘liq masalalarni hal

etish, mahalliy Kengashlarga har tomonlama ko‘maklashish, joylarda, ayniqsa, mahallalarda

qonunlar ijrosini ta’minlashga ustuvor e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekistonda parlament nazoratini kuchaytirish borasida ham muhim qadamlar

qo‘yildi. Xususan, mamlаkatimiz xavfsizligi va barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy ta’sir

ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, inson huquqi va erkinligiga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid

soladigan faktlar va voqealarni o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma qarori asosida parlament tekshiruvi o‘tkazilishi

mumkinligi mustahkamlab qo‘yildi”[5:385].

MUNOZARA.

Dunyoning ko‘pgina davlatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasida ham hokimiyatlar bo‘linish printsipi o‘z ifodasini topgan bo’lib, O‘zbekiston

Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va

sud hokimiyatiga bo‘linishi printsipiga asoslanishi belgilab qo‘yilgan.

Davlat hokimiyati

organlari tizimida parlamentning markaziy roli uning barcha davlat hokimiyati organlari

tizimida yagona umumxalq vakillik organi ekanligi bilan belgilanadi, uning bu xususiyati uni

shakllantirish va amal qilish printsiplari bilan aniqlanadi. Yangilangan Konstitutsiyamizda

qonunchilik palatasi va Senatning vakolatlari kengaytirildi, shuningdek, parlament nazorati

kuchaytirildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOT VA MANBALAR:

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 01.05.2023. https://lex.uz/docs/-6445145

2. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Referendumini

o‘tkazish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori,

10.03.2023 yildagi 3017-IV-son

3. Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar

to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qo‘shma qarori, 20.05.2022

yildagi 2122-IV-son

4. O‘zbekiston Respublikasi Presidenti Sh.Mirziyoevning Konstitutsiya qabul qilinganining 31

yilligi munosabati bilan bayram tabrigi.

https://aniq.uz/yangiliklar/

5. Mirziyoev Sh. Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston. - Toshkent: “O‘zbekiston” – 2024,

385-bet.

6. Saidov A. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – inson sha’ni, qadr-qimmati va huquqlarining

mustahkam

kafolati.

Xalq

so‘zi.

2023

yil,

24

noyabr.

http://www.insonhuquqlari.uz/oz/news/m11846

7. Барқарор

ижтимоий-иқтисодий

ривожланишнинг

ва

инсон

тараққиёти

принципларини амалга оширишнинг парламент томонидан таъминланиши. -

И.Собиров, C.Сафаев (I боб), Ф.Отахонов (II боб), О.Оқилов (III ва IV боблар), Ф.Ким

(V боб), С.Сафаев (VI боб), М.Тиллабаев (VII боб), Ўзбекистон Республикаси Олий

Мажлиси Сенати, 2011

8. Хакимов Р.Р. Давлат ҳокимияти тизимида парламент: назария ва амалиёт

муаммолари: Монография. - Масъул муҳаррир: ю.ф.н. Ф.Э.Мухамедов. – Ўзбекистон,

Республикаси Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги

институти нашриёти - Тошкент.: 2012.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

789

9. Давлат ва ҳуқуқ назарияси: Дарслик / Х.Т.Одилқориев, И.Т.Тультеев ва бошқ.; проф.

Х.Т.Одилқориев таҳрири остида. — Т.: «Шарқ», 2009. 179-б.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 01.05.2023. https://lex.uz/docs/-6445145

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 10.03.2023 yildagi 3017-IV-son

Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qo‘shma qarori, 20.05.2022 yildagi 2122-IV-son

O‘zbekiston Respublikasi Presidenti Sh.Mirziyoevning Konstitutsiya qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi. https://aniq.uz/yangiliklar/

Mirziyoev Sh. Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston. - Toshkent: “O‘zbekiston” – 2024, 385-bet.

Saidov A. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – inson sha’ni, qadr-qimmati va huquqlarining mustahkam kafolati. Xalq so‘zi. 2023 yil, 24 noyabr. http://www.insonhuquqlari.uz/oz/news/m11846

Барқарор ижтимоий-иқтисодий ривожланишнинг ва инсон тараққиёти принципларини амалга оширишнинг парламент томонидан таъминланиши. - И.Собиров, C.Сафаев (I боб), Ф.Отахонов (II боб), О.Оқилов (III ва IV боблар), Ф.Ким (V боб), С.Сафаев (VI боб), М.Тиллабаев (VII боб), Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати, 2011

Хакимов Р.Р. Давлат ҳокимияти тизимида парламент: назария ва амалиёт муаммолари: Монография. - Масъул муҳаррир: ю.ф.н. Ф.Э.Мухамедов. – Ўзбекистон, Республикаси Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти нашриёти - Тошкент.: 2012.

Давлат ва ҳуқуқ назарияси: Дарслик / Х.Т.Одилқориев, И.Т.Тультеев ва бошқ.; проф. Х.Т.Одилқориев таҳрири остида. — Т.: «Шарқ», 2009. 179-б.