Авторы

  • To‘lqinova Diyora Tal’atjon qizi
    Diplomat University 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.129846

Ключевые слова:

istemol bozori chakana savdo ulgurji savdo bozor infratuzilmasini erkinlashtirish raqamli transformatsiya

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi iste’mol bozori holati, uning rivojlanish tendensiyalari hamda asosiy tarkibiy qismlari tahlil qilinadi. Iste’mol bozorining shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar, aholining xarid qobiliyati, narxlar darajasi va mahsulot turlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yoritib beriladi. Shuningdek, hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning iste’mol bozori rivojiga ta’siri ham ko‘rib chiqilgan. Ishda statistik ma’lumotlar, grafiklar va amaliy misollar asosida bugungi kundagi holat tahlil qilinib, muammolar va ularni hal etish yo‘llari taklif etiladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

744

O‘ZBEKISTONDA ISTE’MOL BOZORI XUSUSIYATLARI

To‘lqinova Diyora Tal’atjon qizi

Diplomat University 1-kurs talabasi

E-mail:

tolqinovadiyora00@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi iste’mol bozori holati, uning

rivojlanish tendensiyalari hamda asosiy tarkibiy qismlari tahlil qilinadi. Iste’mol bozorining

shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar, aholining xarid qobiliyati, narxlar darajasi va mahsulot

turlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yoritib beriladi. Shuningdek, hukumat tomonidan amalga

oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning iste’mol bozori rivojiga ta’siri ham ko‘rib chiqilgan.

Ishda statistik ma’lumotlar, grafiklar va amaliy misollar asosida bugungi kundagi holat tahlil

qilinib, muammolar va ularni hal etish yo‘llari taklif etiladi.

Аннотация:

В данной статье анализируется состояние потребительского рынка

Республики Узбекистан, тенденции его развития и основные структурные компоненты.

Освещаются факторы, влияющие на формирование потребительского рынка,

покупательная способность населения, уровень цен и взаимосвязь между различными

видами продукции. Также рассматривается влияние экономических реформ, проводимых

правительством, на развитие потребительского рынка. В статье текущая ситуация

анализируется на основе статистических данных, графиков и практических примеров,

предлагаются пути решения существующих проблем. Исследование будет полезно для

экономистов, студентов и широкой аудитории, интересующейся данной темой.

Annotation:

This article analyzes the condition of the consumer market in the Republic of

Uzbekistan, its development trends, and main structural components. It highlights the factors

influencing the formation of the consumer market, the purchasing power of the population, the

price level, and the interrelationship between different types of goods. The impact of

government-implemented economic reforms on the development of the consumer market is also

examined. The article assesses the current state using statistical data, charts, and practical

examples, and proposes solutions to existing problems. The study is useful for economists,

students, and a broad audience interested in the subject.

Kalit so‘zlar:

istemol bozori, chakana savdo, ulgurji savdo, bozor infratuzilmasini

erkinlashtirish, raqamli transformatsiya

Kirish.

Jamiyat hayoti uchun zarur mahsulotlarga bo‘lgan talabni qondirish har qanday

davlat uchun muhim masala va aholi farovonligining asosi hisoblanadi. Shu bois iste'mol

tovarlari bozorini shakllantirish va uning rivojlanishi bo‘yicha muammolarga jiddiy yondashuv

talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasida “davlatning innovatsion yangilanish dasturini shakllantirish, innovatsiya va

investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini

tayyorlash o‘ta muhim ahamiyatga ega. Buning uchun O‘zbekistonni texnologik rivojlantirish

va ichki bozorni modernizatsiya qilish bo‘yicha kuchli milliy g‘oya va milliy dastur kerak.

Ushbu dastur O‘zbekistonni jahondagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga tezroq olib

chiqishga imkon yaratishi lozim. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va uning narxini belgilash

amaliyotini butunlay qayta ko‘rib chiqib, bozor tamoyillarini joriy etish zarurligi muhim


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

745

yo‘nalishlardan biri sifatida belgilab berildi. Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor

vazifalarni hal etishda shahar va qishloqlarimiz iste'mol tovarlari bozorini tartibga solishimiz,

bozorni iste'molchilar hukmronligini ta'minlashga qaratilgan izchil islohotlarni amalga

oshirishimiz hamda bu borada maqsadli marketing strategiyalarini ishlab chiqish masalasi o‘ta

dolzarb hisoblanadi. Yuqoridagilarni inobatga olgan mamlakatda iste'mol tovarlari bozorining

holatini tahlil etish va istiqboldagi o‘zgarishlarini aniqlash masalalari o‘ta muhim masalalar

qatorida turibdi.

Adabiyotlar tahlili.

Iste’mol bozori iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi bo‘lib,

tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talab, ularning narxlari, sifat ko‘rsatkichlari hamda aholining

iste’mol madaniyati kabi omillar bilan belgilanadi. Kotler F.ning "Marketing asoslari" asarida

iste’molchilarning harakat motivlari, tovar tanlashdagi xulq-atvori va psixologik omillarning

bozordagi ahamiyati batafsil yoritilgan. Ushbu nazariy yondashuvlar O‘zbekiston sharoitida

iste’mol bozori tahlilida muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

X. Xolxo‘jayev, M. Normurodov kabi iqtisodchilar O‘zbekistonda iste’mol bozori

transformatsiyasi jarayonlarini o‘rganib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iste’mol

madaniyatining o‘zgarishini tahlil qilgan. “Iqtisodiyot” darsliklarida iste’mol bozori

infratuzilmasi, aholining daromad darajasi, hududiy nomutanosibliklar va narx dinamikasi

asosiy mavzular sifatida yoritilgan.

Statistika qo‘mitasi hisobotlari asosida olib borilgan tahlillar iste’mol bozorining turli

segmentlarida (oziq-ovqat, sanoat mahsulotlari, xizmatlar) talab va taklif muvozanatini

o‘rganishga yordam beradi.

Metodologiya.

Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi – O‘zbekistondagi iste’mol bozori

rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini aniqlash, unga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish,

mavjud muammolarni yoritish va ularning yechimlariga oid ilmiy-amaliy takliflar ishlab

chiqishdan iborat. Shu munosabat bilan tadqiqot davomida statistik ma’lumotlardan, amaliy

misollardan, grafik tahlil usullaridan hamda komparativ yondashuvdan foydalaniladi. Tadqiqot

obyekti sifatida O‘zbekiston Respublikasining iste’mol bozori tizimi, predmeti sifatida esa

uning tarkibiy tuzilmasi, narxlar dinamikasi, aholining xarid qobiliyati hamda davlat

siyosatining ushbu sohaga ta’siri tahlil etiladi. Ish natijalari ilmiy hamjamiyat, iqtisodchi

mutaxassislar, amaliyotchi tadbirkorlar va iqtisodiy sohada ta’lim olayotgan talabalar uchun

foydali bo‘lishi mumkin.

Tahlil va natijalar.

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda olib borilgan iqtisodiy islohotlar,

xususan, bozor infratuzilmasini erkinlashtirish, tashqi savdo rejimining soddalashtirilishi va

mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash orqali iste’mol bozori sezilarli darajada

rivojlandi.

1-jadval

2020–2024 yillarda O‘zbekistonning chakana savdo aylanmasi

Ko’rsatkichlar

2020

2021

2022

2023

2024

Chakana savdo aylanmasi (trln so‘m)

260

300

340

375

410

Aholi jon boshiga iste’mol xarajatlari (ming

so‘m)

7200

8100

9300

10500 11700

Elektron savdo ulushi (%)

5,2

6,8

8,5

10,3

12

Mahalliy mahsulotlar ulushi (%)

62

65

68

70

73

Narxlar indeksi (yillik o‘sish, %)

11,7

10,5

12,3

9,8

8,6

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

746

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020–2024 yillar davomida chakana

savdo aylanmasi yildan-yilga o‘sib, 2024-yilda 400 trln so‘mdan oshdi, bu 2020-yilga nisbatan

qariyb 1,5 baravar ko‘pdir. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan iste’mol xarajatlari ham o‘sish

tendensiyasini namoyon etmoqda. Bu, bir tomondan, aholining real daromadlari oshgani,

ikkinchi tomondan esa, iste’mol talabining kengayganini ko‘rsatadi. Mahsulot turlarining

diversifikatsiyasi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ulushining ortishi va logistika tizimining

takomillashuvi iste’molchilarga keng tanlov imkoniyatini yaratdi.

Ayni paytda, ayrim hududlarda narxlar barqarorligi va mahsulot yetkazib berishdagi

uzilishlar muammoli bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari segmentida mavsumiy

narx tebranishlari iste’molchilar xarajatlarida beqarorlik keltirib chiqarmoqda. Biroq, narxlarni

barqarorlashtirish bo‘yicha hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xususan,

zaxira fondlarini shakllantirish va importni vaqtincha rag‘batlantirish siyosati ijobiy natija

bermoqda. Shuningdek, elektron savdo va raqamli to‘lov tizimlarining jadal rivojlanishi

iste’mol bozori tuzilmasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, onlayn

savdoning umumiy chakana savdo hajmidagi ulushi 12% ga yetdi, bu esa bozorda raqamli

transformatsiya jarayonlarining jadallashganini ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda iste’mol bozori so‘nggi yillarda jadal rivojlanib, bozor iqtisodiyoti

tamoyillariga mos shakllanmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, chakana savdo

aylanmasining yildan-yilga o‘sishi, elektron savdoning ulushi ortib borayotgani va aholining

xarid qobiliyatining yaxshilanishi bozordagi talab va taklif o‘rtasida nisbiy muvozanat

shakllanayotganidan dalolat beradi.

Biroq, bu ijobiy ko‘rsatkichlarga qaramay, ayrim tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.

Jumladan, narxlar barqarorligi hali ham mavsumiylik va tashqi omillarga yuqori darajada

bog‘liq. Mamlakat ichidagi logistika zanjirlarining yetarli darajada rivojlanmagani, ayniqsa

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ta’minotida muammolarni yuzaga keltirmoqda. Shu sababli ayrim

hududlarda narx tafovutlari saqlanib qolmoqda, bu esa aholining ijtimoiy tengligiga salbiy ta’sir

ko‘rsatadi. Bundan tashqari, iste’mol bozori raqamli transformatsiya bosqichida bo‘lsa-da,

elektron savdo infratuzilmasi barcha hududlarda bir xil darajada rivojlanmagan.

Yirik shaharlarda internet-savdo keng quloch yozayotgan bo‘lsa-da, qishloq joylarda bu

imkoniyatlar cheklangan. Bu esa bozorning inklyuziv rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ulushi oshayotgan bo‘lsa-da, mahsulot sifati va

standartlarga muvofiqlik masalasi ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Iste’molchilar huquqlarini

himoya qilish bo‘yicha mavjud mexanizmlarni takomillashtirish ham bozor barqarorligi uchun

zarur omildir. Shuningdek, iqtisodiy islohotlarning iste’mol bozori rivojiga ta’siri ijobiy

baholansa-da, ularning uzoq muddatli natijadorligi tegishli institutsional tizimlarning

mustahkamlanishiga bevosita bog‘liq. Soliq imtiyozlari, subsidiyalar va kreditlar orqali bozorga

ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlov choralarining samaradorligi chuqur monitoring va tahlilga

muhtoj. Shu bois, kelgusida iste’mol bozorini yanada barqaror va raqobatbardosh qilish uchun

tizimli va kompleks yondashuv talab etiladi. Har bir tarkibiy bo‘g‘in – ishlab chiqarish,

taqsimot, savdo va iste’mol — o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda isloh qilinishi lozim.

2-jadval

2024-yilda O‘zbekistonning ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi

Ko‘rsatkichlar

Ulgurji savdo tovar aylanmasi (mlrd. so'm)

247099,5

O‘sish sur’ati (2023-yilga nisbatan, %)

109,9

Yirik korxonalar ulushi (%)

31,1

Yirik korxonalar savdo hajmi (mlrd. so'm)

76829,2


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

747

Olmazor tumani ulushi (%)

13,4

Yashnobod tumani ulushi (%)

12,4

Yangihayot tumani ulushi (%)

2,7

Bektemir tumani ulushi (%)

1,7

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari

2024-yilda ulgurji savdo tovar aylanmasi 247 099,5 mlrd. soʻmni yoki 2023-yilning shu

davriga nisbatan 109,9 % ni tashkil qildi. Yirik korxonalarning ulgurji savdo tovar

aylanmasidagi ulushi 31,1 % ga teng boʻlib, hajmi 76 829,2 mlrd. soʻmni tashkil etganini

koʻrish mumkin. Xususan, ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmida katta ulushga ega boʻlgan

Olmazor tumani 13,4 %, Yashnobod tumani 12,4 % ni tashkil etgan boʻlsa, Yangihayot tumani

2,7 % va Bektemir tumani 1,7 % ulush bilan eng past koʻrsatkichni qayd etdi.

Taklif va xulosalar.

2024-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida ulgurji

savdo tovar aylanmasi 247,1 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 9,9 foizga o‘sdi.

Ushbu ko‘rsatkich respublika savdo sektorida iqtisodiy faollikning ortib borayotganidan dalolat

beradi. Ayniqsa, yirik korxonalar ulgurji savdodagi ulushining 31,1 foizni tashkil etgani ulkan

ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar o‘rtasidagi faol hamkorlikni aks ettiradi. Hududiy

tahlillar ulgurji savdoning markazlashganligini ko‘rsatadi. Jumladan, Toshkent shahrining

Olmazor (13,4%) va Yashnobod (12,4%) tumanlari ulgurji savdo hajmida yetakchi

pozitsiyalarni egallab kelmoqda. Bu esa ushbu hududlarda savdo-logistika infratuzilmasining

yuqori darajada rivojlanganini va iqtisodiy markaz sifatida ularning strategik ahamiyatini

ko‘rsatadi. Aksincha, Yangihayot (2,7%) va Bektemir (1,7%) tumanlaridagi ulush past bo‘lib,

bu hududlarda ulgurji savdo faoliyatining rivojlanish imkoniyatlari to‘liq amalga

oshirilmaganini anglatadi. Ushbu ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda ulgurji savdo

bozori barqaror o‘sib bormoqda. Shu bilan birga, hududlararo tafovutlarni kamaytirish, yirik

korxonalar bilan bir qatorda kichik va o‘rta biznes sub’yektlarini ham bozorga faolroq jalb etish

orqali savdo sohasining yanada inklyuziv va muvozanatli rivojlanishini ta’minlash zarur. Bu esa

nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki regional tenglik va bandlik darajasining oshishiga ham xizmat

qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

State Committee of the Republic of Uzbekistan on Statistics. (2024). Statistical indicators.

Retrieved from

https://www.stat.uz

2. Mirzayev, U. M. (2021). Consumer Market and its Development Trends. Tashkent:

Iqtisodiyot Publishing House.

3. Saidov, A. Kh. (2022). Macroeconomics. Tashkent: Fan va Texnologiya.

4. President of the Republic of Uzbekistan. (2022). Decree No. PQ–232 on Measures to

Ensure Stable Supply of Domestic Market and Food Security. Tashkent.

5. International Monetary Fund. (2023). World Economic Outlook: Economic Recovery Post-

COVID. Washington, DC.

6. World Bank. (2023). Uzbekistan Country Economic Memorandum: Structural

Transformation for Inclusive Growth. Washington, DC.

Библиографические ссылки

State Committee of the Republic of Uzbekistan on Statistics. (2024). Statistical indicators. Retrieved from https://www.stat.uz

Mirzayev, U. M. (2021). Consumer Market and its Development Trends. Tashkent: Iqtisodiyot Publishing House.

Saidov, A. Kh. (2022). Macroeconomics. Tashkent: Fan va Texnologiya.

President of the Republic of Uzbekistan. (2022). Decree No. PQ–232 on Measures to Ensure Stable Supply of Domestic Market and Food Security. Tashkent.

International Monetary Fund. (2023). World Economic Outlook: Economic Recovery Post-COVID. Washington, DC.

World Bank. (2023). Uzbekistan Country Economic Memorandum: Structural Transformation for Inclusive Growth. Washington, DC.