Авторы

  • Umarov Bekzod Azizovich,Kazimjonova Madinaxon Habibullo kizi
    Farg‘ona davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.129860

Ключевые слова:

Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash polimorfizm vorislik interfeys abstrakt sinf C# modul SOLID arxitektura.

Аннотация

Mazkur maqola obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OBYEKTGA YO‘NALTIRILGAN DASTURLASH ) paradigmalaridan polimorfizm, vorislik, abstrakt sinflar va interfeyslarning nazariy asoslari hamda ularning amaliy dasturlashdagi tutgan o‘rni tahliliga bag‘ishlangan. C# dasturlash tili misolida bu tushunchalarning o‘zaro bog‘liqligi, ularni tizimli qo‘llash orqali dasturiy mahsulotlarda kengayuvchanlik, modullik va qayta foydalanish imkoniyatlarini oshirish usullari yoritilgan. Maqolada nazariy tushunchalar amaliy loyihalardagi qo‘llanilishi orqali isbotlab beriladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

880

POLIMORFIZM. VORISLIK. ABSTRAKT SINFLAR VA INTERFEYSLAR

Umarov Bekzod Azizovich

Farg‘ona davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi

katta o‘qituvchisi p.f.b.d (PhD)

ubaumarov@mail.ru

Kazimjonova Madinaxon Habibullo kizi

Fargʻona davlat unversiteti talabasi

madinaxonkozimjonova321@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur

maqola

obyektga

yo‘naltirilgan

dasturlash

(OBYEKTGA

YO‘NALTIRILGAN DASTURLASH ) paradigmalaridan polimorfizm, vorislik, abstrakt

sinflar va interfeyslarning nazariy asoslari hamda ularning amaliy dasturlashdagi tutgan o‘rni

tahliliga bag‘ishlangan. C# dasturlash tili misolida bu tushunchalarning o‘zaro bog‘liqligi,

ularni tizimli qo‘llash orqali dasturiy mahsulotlarda kengayuvchanlik, modullik va qayta

foydalanish imkoniyatlarini oshirish usullari yoritilgan. Maqolada nazariy tushunchalar amaliy

loyihalardagi qo‘llanilishi orqali isbotlab beriladi.

Kalit so‘zlar:

Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash, polimorfizm, vorislik, interfeys, abstrakt sinf,

C#, modul, SOLID, arxitektura.

Annotation:

This article is devoted to the theoretical foundations of polymorphism, inheritance,

abstract classes and interfaces from the object-oriented programming (OBJECT-ORIENTED

PROGRAMMING) paradigms and their role in practical programming. Using the example of

the C# programming language, the interrelation of these concepts and methods for increasing

extensibility, modularity and reusability in software products through their systematic

application are discussed. The article demonstrates theoretical concepts through their

application in practical projects.

Keywords

: Object-oriented programming, polymorphism, inheritance, interface, abstract class,

C#, module, SOLID, architecture.

Аннотация:

Статья посвящена теоретическим основам полиморфизма, наследования,

абстрактных классов и интерфейсов из парадигм объектно-ориентированного

программирования (ООП), а также анализу их роли в практическом программировании.

На примере языка программирования C# освещается взаимосвязь этих концепций и пути

повышения расширяемости, модульности и возможности повторного использования

программных продуктов за счет их систематического применения. В статье

теоретические концепции демонстрируются через их применение в практических

проектах.

Ключевые слова:

Объектно-ориентированное программирование, полиморфизм,

наследование, интерфейс, абстрактный класс, C#, модуль, SOLID, архитектура.

Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash— zamonaviy dasturlashning markaziy paradigmasi bo‘lib,

real dunyo muammolarini modellashtirish, kodni qayta ishlatish, funktsional murakkablikni


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

881

boshqarish va tizimlarni kengaytirish imkonini beradi. Ayniqsa, polimorfizm, vorislik, abstrakt

sinflar va interfeyslar obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning asosi hisoblanadi. Ular orqali

dasturiy tizimlar barqaror, sinovga qulay va mantiqan strukturaviy holatda ishlab chiqilishi

mumkin. Ushbu maqolada bu tushunchalarning nazariy mohiyati, turlari, C# tili doirasida

ulardan qanday foydalanilishi, shuningdek, dasturiy injiniringda tutgan o‘rni chuqur ilmiy tahlil

qilinadi. Polimorfizm ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashda

moslashuvchanlik va

kengaytiriluvchanlikni ta’minlovchi asosiy tamoyil hisoblanadi. Bu tushuncha bir xil nomdagi

metod yoki operatorning turli kontekstlarda har xil xatti-harakatlarni bajarish qobiliyatini

anglatadi. Java tilida polimorfizm ikkiga bo‘linadi: statik (kompilyatsiya vaqtida aniqlanadigan)

va dinamik (ish vaqtida aniqlanadigan). Statik polimorfizm metodlar yoki operatorlarning

ortiqcha yuklanishi (overloading) orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon kompilyatsiya vaqtida

hal qilinadi, ya’ni qaysi metod ishlatilishi dastur yozilgan paytda aniqlanadi. Masalan, bir

sinfda bir xil nomga ega, lekin turli parametrlar qabul qiluvchi metodlar bo‘lishi mumkin.

Statik polimorfizmning afzalligi shundaki, u dasturchiga bir xil nomdagi metodlarni turli

maqsadlar uchun ishlatish imkonini beradi, bu esa kodning o‘qilishi va tushunilishini

osonlashtiradi. Biroq, uning cheklovi shundaki, bu turdagi polimorfizm ish vaqtida ob’ektning

dinamik xatti-harakatini o‘zgartira olmaydi. Dinamik polimorfizm vorislik va metodlarni qayta

belgilash (overriding) orqali ta’minlanadi. Bu jarayon ish vaqtida ob’ektning haqiqiy turiga

qarab hal qilinadi. Dinamik polimorfizmning asosiy mexanizmi virtual metodlar deb ataladi,

bunda metodning qaysi versiyasi chaqirilishi ob’ektning runtime turiga bog‘liq bo‘ladi. Bu

tamoyil dasturchilarga bir xil interfeys orqali turli ob’ektlarning xatti-harakatlarini boshqarish

imkonini beradi. Natijada, kod moslashuvchan bo‘lib, yangi funksionallik qo‘shish jarayoni

soddalashadi. Dinamik polimorfizmning afzalligi shundaki, u tizimning kengaytiriluvchanligini

oshiradi, lekin murakkab vorislik ierarxiyalari ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Polimorfizm dasturiy ta’minot ishlab chiqishda kodning qayta ishlatilishi va umumiy

interfeyslar orqali tizimni boshqarishni osonlashtiradi. Masalan, bir xil metod nomidan

foydalangan holda turli sinflarning o‘ziga xos xatti-harakatlarini amalga oshirish mumkin. Bu

tamoyil “Design Patterns”da keng qo‘llaniladi, masalan, Strategy yoki Factory patternlarida, bu

esa kodning modulliyligi va mustaqilligini oshiradi. Java'da polimorfizm @Override

anotatsiyasi bilan metodlarni qayta yuklash orqali ta'minlanadi. misolda Hayvon sinfining ovoz

metodi voris sinflarda o'zgartirilgan:

class Hayvon {

public void ovoz() {

System.out.println("Hayvon ovozi");

}

}

class Kuchuk extends Hayvon {

@Override

public void ovoz() {

System.out.println("Vov");

}

}

class Mushuk extends Hayvon {

@Override

public void ovoz() {

System.out.println("Myau");

}


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

882

}

public class Main {

public static void main(String[] args) {

Hayvon hayvon1 = new Kuchuk();

Hayvon hayvon2 = new Mushuk();

hayvon1.ovoz(); // "Vov"

hayvon2.ovoz(); // "Myau"

}

}

Bu misolda Hayvon sinfining ovoz metodi voris sinflarda qayta belgilangan bo‘lib, dinamik

polimorfizmni ko‘rsatadi. Polimorfizm kodning moslashuvchanligini oshiradi va yangi sinflar

qo‘shilganda mavjud kodni o‘zgartirmasdan kengaytirish imkonini beradi.

Vorislik sinflar o‘rtasida umumiy xususiyatlar va metodlarni meros qilib olish imkonini

beruvchi mexanizm bo‘lib, OOPning asosiy tamoyillaridan biridir. Java tilida vorislik extends

kalit so‘zi orqali amalga oshiriladi va faqat yakka vorislik qo‘llab-quvvatlanadi. Vorislik bir

nechta shaklda bo‘lishi mumkin ular, yakka vorislik bu bir sinf faqat bitta superklassdan

vorislik qila oladi. Java tilida bu asosiy qoida hisoblanadi. Ierarxik vorislik bu bir superklassdan

bir nechta voris sinflar yaratiladi. Masalan, Hayvon sinfidan Kuchuk, Mushuk va Qush sinflari

vorislik qilishi mumkin. Ko‘p vorislik bu bir sinf bir nechta superklasslardan vorislik qila oladi.

Java tilida bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlanmaydi, lekin interfeyslar orqali shunga

o‘xshash imkoniyatlar ta’minlanadi. Vorislik kodning qayta ishlatilishini ta’minlaydi va sinflar

o‘rtasida mantiqiy ierarxiya yaratadi. Superklass umumiy xususiyatlar va metodlarni belgilaydi,

voris sinf esa bu xususiyatlarni kengaytiradi yoki o‘ziga xos funksionallik qo‘shadi. Masalan,

Hayvon sinfi umumiy xususiyatlarni (masalan, ism yoki ovqatlanish) belgilasa, Qush sinfi

qo‘shimcha xususiyatlarni (masalan, uchish) qo‘shishi mumkin. Vorislikning asosiy afzalligi

shundaki, u kodning takrorlanishini kamaytiradi va loyihaning tuzilishini aniqroq qiladi.

Vorislikning haddan tashqari chuqur ierarxiyalari kodni murakkablashtirishi va uning ish

faoliyatini pasaytirishi mumkin. Masalan, agar ierarxiya besh yoki undan ko‘p darajaga ega

bo‘lsa, kodni tushunish va boshqarish qiyinlashadi. Shuningdek, Java’da ko‘p vorislikning

yo‘qligi “diamond problem” (rombsimon muammo) kabi muammolarni oldini oladi, lekin bu

dasturchilarni interfeyslardan foydalanishga majbur qiladi. Vorislik katta dasturiy loyihalarda

umumiy funksionallikni bir joyda jamlaydi va yangi sinflar qo‘shish jarayonini osonlashtiradi.

Masalan, bir superklassdagi o‘zgarish barcha voris sinflarga ta’sir qiladi, bu esa kodni

yangilashni soddalashtiradi. Java'da extensions va super kalit so'zlari vorislikni boshqaradi:

class Hayvon {

protected String ism;

public Hayvon(String ism) {

this.ism = ism;

}

public void ovqatlanish() {

System.out.println(ism + " ovqatlanmoqda");

}

}

class Qush extends Hayvon {

public Qush(String ism) {

super(ism);

}


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

883

public void uchish() {

System.out.println(ism + " uchmoqda");

}

}

public class Main {

public static void main(String[] args) {

Qush qush = new Qush("Parvoz");

qush.ovqatlanish(); // "Parvoz ovqatlanmoqda"

qush.uchish();

// "Parvoz uchmoqda"

}

}

Bu misolda Qush sinfi Hayvon sinfidan metodlarni meros qilib oladi va yangi funksionallik

qo‘shadi. Vorislik kodning takrorlanishini kamaytiradi va tuzilmani aniqroq qiladi.

Abstrakt sinflar umumiy funksionallikni belgilash uchun ishlatiladi va ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri

ob’ekt yaratib bo‘lmaydi. Java tilida abstrakt sinflar abstract kalit so‘zi bilan belgilanadi va

abstrakt metodlarni (to‘liq amalga oshirilmagan metodlar) o‘z ichiga olishi mumkin. Abstrakt

sinflar voris sinflar uchun shablon vazifasini o‘taydi. Ular qisman amalga oshirilgan bo‘lishi

mumkin, ya’ni konkret metodlar bilan birga abstrakt metodlar ham bo‘lishi mumkin. Abstrakt

metodlar voris sinflarda majburiy ravishda amalga oshirilishi kerak. Bu mexanizm sinflar

o‘rtasida umumiy xatti-harakatni ta’minlash bilan birga, har bir voris sinfga o‘ziga xos

xususiyatlarni qo‘shish imkonini beradi. Abstrakt sinflar interfeyslardan farq qiladi, chunki ular

qisman amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, abstrakt sinfda umumiy logikani o‘z

ichiga olgan konkret metodlar bo‘lishi mumkin, interfeyslar esa faqat metod imzolarni

belgilaydi. Java tilida sinf faqat bitta abstrakt sinfdan vorislik qila oladi, lekin bir nechta

interfeyslarni amalga oshirishi mumkin. Abstrakt sinflar dasturiy tuzilmalarga aniqlik keltiradi

va umumiy logikani markazlashtiradi. Masalan, geometrik shakllarni modellashtirishda Shakl

abstrakt sinfi umumiy xususiyatlarni (masalan, yuza hisoblash) belgilasa, Doira yoki

Uchburchak sinflari bu xususiyatlarni o‘ziga xos tarzda amalga oshiradi. Abstrakt sinflarning

asosiy cheklovi shundaki, ulardan ob’ekt yaratib bo‘lmaydi va faqat vorislik uchun ishlatiladi.

Agar loyihada faqat metod imzolarni belgilash kerak bo‘lsa, interfeyslar afzalroq bo‘lishi

mumkin.

abstract class Shakl {

abstract void hisoblaYuza();

}

class Doira extends Shakl {

private double radius;

public Doira(double radius) {

this.radius = radius;

}

@Override

void hisoblaYuza() {

System.out.println("Doiraning yuzasi: " + (Math.PI * radius * radius));

}

}

public class Main {

public static void main(String[] args) {

Shakl shakl = new Doira(5);


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

884

shakl.hisoblaYuza(); // "Doiraning yuzasi: 78.53981633974483"

}

}

Bu misolda Shakl abstrakt sinfi hisoblaYuza metodini belgilaydi, uni Doira sinfi amalga

oshiradi. Abstrakt sinflar dasturiy tuzilmalarga aniqlik va tartib keltiradi.

Interfeyslar faqat metod imzolarni belgilaydigan tuzilmalar bo‘lib, sinflarga umumiy xatti-

harakatni ta’minlash uchun ishlatiladi. Java tilida interfeyslar interface kalit so‘zi bilan

yaratiladi va sinflar ularni implements orqali amalga oshiradi. Interfeyslar sinflar o‘rtasida

shartnoma (contract) yaratadi. Har bir interfeysni amalga oshiruvchi sinf unda belgilangan

metodlarni majburiy ravishda amalga oshirishi kerak. Java tilida bir sinf bir nechta

interfeyslarni amalga oshirishi mumkin, bu esa ko‘p vorislikka o‘xshash imkoniyatlarni beradi.

Java 8 dan boshlab interfeyslarda default metodlar va statik metodlar qo‘shilgan bo‘lib, bu

ularni yanada moslashuvchan qiladi. Default metodlar interfeyslarda standart amalga oshirishni

ta’minlaydi. Bu mavjud kodni buzmasdan yangi funksionallik qo‘shish imkonini beradi. Statik

metodlar esa interfeys ichida umumiy yordamchi funksiyalarni belgilash uchun ishlatiladi.

Interfeyslar loyihani soddalashtiradi va yangi funksionallik qo‘shishni osonlashtiradi. Masalan,

Comparable interfeysi sinflarga tartiblash qobiliyatini beradi, Runnable interfeysi esa ko‘p

oqimli dasturlashda ishlatiladi. Interfeyslar orqali kodning mustaqilligi oshadi, chunki turli

sinflar bir xil interfeysni amalga oshirishi mumkin. Interfeyslarning asosiy cheklovi shundaki,

Java 8 gacha ularda faqat metod imzolarni belgilash mumkin edi, bu esa ba’zi hollarda

qo‘shimcha sinflarni yaratishni talab qilardi. Default metodlar bu muammoni qisman hal qiladi,

lekin murakkab logikani interfeyslarda saqlash tavsiya etilmaydi.

interface HayvonInterfeysi {

void ovoz();

}

class Kuchuk implements HayvonInterfeysi {

public void ovoz() {

System.out.println("Vov");

}

}

class Mushuk implements HayvonInterfeysi {

public void ovoz() {

System.out.println("Myau");

}

}

public class Main {

public static void main(String[] args) {

HayvonInterfeysi hayvon1 = new Kuchuk();

HayvonInterfeysi hayvon2 = new Mushuk();

hayvon1.ovoz(); // "Vov"

hayvon2.ovoz(); // "Myau"

}

}

Interfeyslar loyihani soddalashtiradi va yangi funksionallik qo‘shishni osonlashtiradi. Java 8

dan boshlab default metodlar orqali interfeyslarda standart xatti-harakatlar ham belgilanishi

mumkin.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

885

Polimorfizm, vorislik, abstrakt sinflar va interfeyslar Java tilida dasturiy ta’minotni samarali

loyihalashda muhim rol o‘ynaydi. Ular kodning moslashuvchanligi, qayta ishlatilishi va

modulliyligini ta’minlaydi. Nazariy tushunchalar va amaliy misollar orqali ushbu

tamoyillarning Java’dagi qo‘llanilishi va ahamiyati ko‘rsatildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Umarov B. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA PEDAGOGLARNING

PROFESSIONAL KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI //Евразийский

журнал математической теории и компьютерных наук. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 87-

93.

2. Azizovich U. B. PRINCIPLES OF FORMING TEACHER COMPETENCE THROUGH

INNOVATIVE TECHNOLOGIES. Finland International Scientific Journal of Education

//Social Science & Humanities. – 2023. – Т. 11. – №. 5. – С. 823-828.

3. Azizovich U. B. PEDAGOGICAL-PSYCHOLOGICAL PRINCIPLES OF THE

FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE //Confrencea. – 2023. – Т. 6. – №. 6.

– С. 204-212.

4. Azizovich U. B., Zarifjon o’g’li X. N. BULUT TEXNOLOGIYALARINING

AFZALLIKLARI

VA

KAMCHILIKLARI

//TA’LIM,

TARBIYA

VA

INNOVATSIYALAR JURNALI. – 2024. – Т. 1. – №. 1. – С. 46-54.

5. Azizovich U. B., Rustamjon o‘g‘li R. Z. MA’LUMOTLARNI SHIRFLASH

TENALOGIYALARI VA XAVFSIZLIK STANDARTLARI //TA’LIM, TARBIYA VA

INNOVATSIYALAR JURNALI. – 2024. – Т. 1. – №. 1. – С. 105-108.

6. Azizovich U. B. Et al. OLAP TIZIMLARINING ASOSIY PRINSIPLARI //TA’LIM,

TARBIYA VA INNOVATSIYALAR JURNALI. – 2024. – Т. 1. – №. 1. – С. 81-86.

7. Azizovich U. B. THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCY OF

TEACHERS IN EDUCATIONAL TECHNOLOGY BASED ON DIGITAL

TECHNOLOGIES //Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences. –

2024. – Т. 4. – №. 7. – С. 11-14.

8. Azizovich U. B. Et al. MASHINALI O ‘QITISHDA REGRESSIYA ENG KICHIK

KVADRATLAR USULINI QO ‘LLASH //INNOVATION IN THE MODERN

EDUCATION SYSTEM. – 2024. – Т. 5. – №. 46. – С. 266-270.

Библиографические ссылки

Umarov B. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA PEDAGOGLARNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI //Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 87-93.

Azizovich U. B. PRINCIPLES OF FORMING TEACHER COMPETENCE THROUGH INNOVATIVE TECHNOLOGIES. Finland International Scientific Journal of Education //Social Science & Humanities. – 2023. – Т. 11. – №. 5. – С. 823-828.

Azizovich U. B. PEDAGOGICAL-PSYCHOLOGICAL PRINCIPLES OF THE FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE //Confrencea. – 2023. – Т. 6. – №. 6. – С. 204-212.

Azizovich U. B., Zarifjon o’g’li X. N. BULUT TEXNOLOGIYALARINING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI //TA’LIM, TARBIYA VA INNOVATSIYALAR JURNALI. – 2024. – Т. 1. – №. 1. – С. 46-54.

Azizovich U. B., Rustamjon o‘g‘li R. Z. MA’LUMOTLARNI SHIRFLASH TENALOGIYALARI VA XAVFSIZLIK STANDARTLARI //TA’LIM, TARBIYA VA INNOVATSIYALAR JURNALI. – 2024. – Т. 1. – №. 1. – С. 105-108.

Azizovich U. B. Et al. OLAP TIZIMLARINING ASOSIY PRINSIPLARI //TA’LIM, TARBIYA VA INNOVATSIYALAR JURNALI. – 2024. – Т. 1. – №. 1. – С. 81-86.

Azizovich U. B. THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCY OF TEACHERS IN EDUCATIONAL TECHNOLOGY BASED ON DIGITAL TECHNOLOGIES //Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences. – 2024. – Т. 4. – №. 7. – С. 11-14.

Azizovich U. B. Et al. MASHINALI O ‘QITISHDA REGRESSIYA ENG KICHIK KVADRATLAR USULINI QO ‘LLASH //INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM. – 2024. – Т. 5. – №. 46. – С. 266-270.