INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
47
HOMILA DAVRIDA KO‘RISH A’ZOSINING PAYDO BO‘LISHI VA
TAKOMILLASHISHI
Nurmatov Baxriddin Qo‘ziboy o‘g‘li
Tibbiyot fanlari dotsenti
Mamasoliyeva Shahnoza Farhod qizi
Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Chirchiq filiali 4-bosqich talabasi.
Annotatsiya:
Ushbu ilmiy maqolada ko‘ruv a’zosi – ko‘zning embrional rivojlanish bosqichlari,
uning tuzilishi va funksiyalarining shakllanish jarayonlari tadqiq qilinadi. Ko‘zning barcha
qismlari, shuningdek, qon tomirlari, nerv sistemasi, suyuqlik ishlab chiqaruvchi bezlar va
ularning kanallari rivojlanishi tahlil qilinadi. Embriogenez davrida genlar, molekular signal
yo‘llari va atrof-muhit omillarining ko‘rish a’zosining normal yoki patologik rivojlanishiga
ta’siri, tug‘ma nuqsonlar va ularning kelib chiqish sabablari batafsil yoritiladi. Shu bilan birga,
embriologik, gistologik va genetik usullar asosida olingan zamonaviy ma’lumotlar tahlil qilinib,
klinik ahamiyati ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar.
Homila, ko‘rish a’zosi, embrional rivojlanish, genetik omillar, tug‘ma nuqsonlar,
tadqiqotlar.
Ko‘rish a’zosi inson organizmidagi eng murakkab tizimlardan biri bo‘lib, uning
shakllanishi homila davridan boshlanadi. Uning embrional rivojlanishi bir qator murakkab
morfogenetik jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bu jarayonlarda genetik omillar, hujayralarning
o‘zaro ta’sirlari va tashqi muhit omillari muhim rol o‘ynaydi. Ko‘zning embryonal rivojlanishi
neyroektodermadan boshlanadi. Homilaning 3-haftasida neyral naycha yon tomonlaridan optik
qopchalar hosil bo‘ladi. Bu qopchalar keyinchalik ektodermaga yaqinlashib, optik shoxchalar
orqali miya bilan bog‘lanadi. 4-haftada linzalar yuzaga kela boshlaydi. BMP7 va FGF2 genlari
linza induksiyasini boshlaydi. 5-haftada linza chuqurchasi shakllanadi va chuqurcha yopilib
linza xaltasi vujudga keladi. 7-haftada linza xaltasining orqa hujayralari elongatsiyalanib, linza
tolalariga aylanadi. CRYAA va CRYBB2 genlari linzaning shaffofligini ta’minlaydi.
Mezenximadan trabekulyar to‘r, qon tomirlari va biriktiruvchi to‘qimalar shakllanadi.
Mezenximal hujayralar va gialuron kislotasi to‘planib, shaffof gel hosil qiladi. 5-6 haftalik
embrion yuz sathining ko‘z qismida yuqori va pastki ikkita yarim oy shaklidagi yupqa va nozik
teri burmachasi – qovoqlar kurtagi paydo bo‘ladi. Shishasimon tana shakllana boshlagan, to‘r
parda besh qavatdan iborat. 6-7 haftalikda ko‘z qadahchasining tug‘ma tirqishi paydo bo‘lib, u
glial hujayral va nerv tolalari bilan to‘la boshlaydi. 7-8 haftalikda ko‘z yosh bezlari yuza ochila
boshlaydi. 9-10 haftalikda bezlar takomillashgan, shox parda shakli va shaffofligi
mukammallashgan, to‘r parda esa olti varaqdan iborat. 11-12 haftalikda ko‘z soqqasining shakli,
rangdor parda, kipriksimon tana yaxshi takomillashgan. Homiladorlikning ikkinchi oyidan
uchinchi oyiga qadar barcha tuzilmalar uch martagacha kattalashadi. Tug‘ilishidan oldin bolada
barcha tuzilmalar takomillashgan bo‘ladi. Shlemm kaanali takomillashadi, gavharning orqa
sathidagi embryonal tomirning pardasi so‘rilib ketadi, oqsil parda, nerv hujayralari va nerv
tolalari taraqqiy etadi, pigment epiteliysi brogan sari yupqalashib, to‘r pardaning xususiy
varaqlari bilan bir qatordan joy oladi. Ko‘zning shakllanishida bir qancha genlar va signal
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
48
yo‘llari ahamiyatga ega. PAX6 geni – ko‘zning umumiy rivojlanishini nazorat qiladi. BMP,
FGF, SHH signal yo‘llari – linza, ko‘z pardalari va boshqa tuzilmalarning differensatsiyasida
ishtirok etadi. MITF geni – melanotsitlarning migratsiyasini boshqaradi (agar buzilsa, albinizm
yoki ko‘k ko‘zlik kuzatilishi mumkin).
Homiladorlik davrining datlabki uch oyi va undan keyingi davrlarda ham ayol o‘zini turli
salbiy tashqi omillardan saqlashi, yaxshi ovqatlanishi, stresslarga uchramasligi lozim. Chunki
homilada har xil tug‘ma nuqsonlar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘zning embrional
rivojlanishi buzilishidan quyidagi nuqsonlar kelib chiqishi mumkin: Anoftalmiya – ko‘zning
butunlay shakllanmasligi, mikroftalmiya – kichik bo‘lib qolishi, katarakta – linza
shaffofligining bo‘lmasligi, glaukoma – ko‘z ichi bosimining oshishi, retinoblastoma kabi turli
xil o‘sma kasalliklari kabilar. Statistika ma’lumotlariga asoslansak, yurtimizda har 1000 nafar
chaqaloqdan 3-5 tasida ko‘zning tug‘ma nuqsonlari uchraydi. Profilaktika qilish maqsadida
homilador ayollar doimiy skrining tekshiruvlariga borishlari, vitaminlar va ayniqsa, folat kislota
qabul qilishlari, genetik maslahatlar olishlari va salbiy atrof-muhit omillaridan saqlanishlari
kerak.
Xulosa.
Homila davrida ko‘zlarning rivojlanishi juda nozik va tartibga solingan jarayon
hisoblanib, unda genlar, hujayralararo signalizatsiya va tashqi faktorlar muhim rol o‘ynaydi. Bu
jarayonlardan birortasining buzilishi yetarlicha muammolarga sabab bo‘ladi. Shu sababli, ko‘z
embriogenezini chuqur o‘rganish va tahlil qilish tibbiyotda tug‘ma nuqsonlarning oldini olish
va ularni davolash usullarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov
2.
American Academy of Ophthalmology, Pediatric ophthalmology and strabismus; 2022.
3.
R.A.Lang, Developmental Biology of the Eye; 2004.
4.
J.Graw, Eye development and retinogenesis; 2010.
5.