Ushbu maqolada jadidchilik harakatining asosiy namoyandalari taʼlim va tarbiya masalasiga qanday yondashganliklari tahlil qilinadi. Ayniqsa, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida o‘zbek jamiyatida modernizatsiya jarayonlarida taʼlimning tutgan o‘rni ochib beriladi. Jadid namoyandalari tomonidan ilgari surilgan maʼrifatparvarlik g‘oyalari va ularning zamonaviy taʼlim tizimiga taʼsiri baholanadi. Bugungi kunda jadidchilik g‘oyalarining dolzarbligi, ularning taʼlim va tarbiya tizimidagi o‘rni, shuningdek, yosh avlodni maʼnaviy barkamol qilib tarbiyalashdagi ahamiyati yoritib beriladi.