INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
89
XALQ MAQOLLARINING TARBIYAVIY VA MADANIY AHAMIYATI
Pardayeva Shaxrizoda Alisher qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti 2-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodining nodir namunalaridan bo‘lgan
maqollarning tarbiyaviy va madaniy jihatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Xalq maqollari orqali
avlodlarga axloqiy mezonlarni singdirish, insoniy fazilatlarni shakllantirish, mehnatsevarlik,
halollik kabi qadriyatlarimizni targ‘ib etishning samarali usullari yoritiladi. Shuningdek, xalq
maqollarining milliy madaniyatini saqlash, til boyligini rivojlantirish va tarixiy meroslarimizni
avloddan avlodga yetkazishdagi roli ilmiy-nazariy yondashuv asosida tahlil qilinadi
.
Kalit so‘zlar:
xalq maqollari, tarbiya, madaniyat, axloqiy qadriyatlar, milliy meros, hayotiy
tajriba, axloqiy tarbiya, donolik, milliy an’analar, tarbiyaviy ahamiyat, madaniy meros.
Abstract:
This article provides a scholarly analysis of the educational and cultural aspects of
folk proverbs, a unique form of oral folk art. It highlights effective methods of instilling moral
standards, shaping human virtues such as diligence and honesty, and promoting our core values
through folk proverbs. Additionally, the article examines the role of folk proverbs in preserving
national culture, enriching language, and transmitting historical heritage from generation to
generation based on a scientific-theoretical approach.
Keywords:
folk proverbs, education, culture, moral values, national heritage, life experience,
moral upbringing, wisdom, national traditions, educational significance, cultural heritage.
Аннотация:
В данной статье научно анализируются воспитательные и культурные
аспекты народных пословиц — уникального образца устного творчества народа. Через
народные пословицы рассматриваются эффективные методы передачи моральных норм,
формирования человеческих качеств, таких как трудолюбие и честность, а также
пропаганды наших ценностей. Кроме того, рассматривается роль народных пословиц в
сохранении национальной культуры, развитии языкового богатства и передаче
исторического наследия из поколения в поколение на основе научно-теоретического
подхода.
Ключевые слова:
народные пословицы, воспитание, культура, нравственные ценности,
национальное наследие, жизненный опыт, нравственное воспитание, мудрость,
национальные традиции, воспитательное значение, культурное наследие.
KIRISH:
Xalq og‘zaki ijodi, xususan, maqollar, milliy tafakkur, ma’naviy meros va
ijtimoiy qadriyatlarimizning ajralmas tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Ular orqali xalqning
hayotga, tarbiyaga, mehnatga, oila va jamiyatga bo‘lgan munosabati ifodalanadi. Maqollar
nafaqat og‘zaki nutq madaniyatining namunasi, balki yosh avlodni tarbiyalashda, ularga milliy
va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Shu nuqtai
nazardan, xalq maqollarining tarbiyaviy va madaniy ahamiyatini ilmiy asosda o‘rganish,
ularning ijtimoiy hayotdagi rolini aniqlash, til va tafakkur rivojidagi o‘rnini tahlil qilish ushbu
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
90
maqolaning asosiy maqsadini tashkil etadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak
ma’naviyat- yengilmas kuch” asarida “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni,
mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e‘tibori avvalambor farzandlarimizning unib-
osib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir
haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”.1 Shu o'rinda shuni ta’kidlash joizki har bir
davlatning kelajagi — yoshlarimiz qo‘lidadir. Farzandlarimiz tarbiyasi, qanday dunyoqarashga
ega bo‘lishiga qarab ertangi kelajak avlodimizning jamiyatga qay darajada xizmat qilishi, biz
kattalarning yoshlar haqida jiddiy o‘ylashimizni va ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlashimiz kerak
ekanligini anglatadi. Shuningdek, maqollar yoshlarimizning o‘z fikrlarini erkin ifodalishiga
yordam beradi.
Maqol “arabcha’’ so‘zdan olingan bo‘lib, maqola, kichik asar, so‘z, nutq degan
ma’nolarni anglatadi. Maqollar hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand-
nasihat mazmuniga ega bo‘lgan ixcham tugal ma’noli gapdir. Maqollarda avlodajdodlarning
jamiyat va tabiatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg‘ulari ijobiy va salbiy
fazilatlar haqida mulohazalar aks ettiriladi.2 Darhaqiqat, maqollar turli mavzularda insonlarga
taqdim qilinadi. Masalan: Donolik, mehnatsevarlik, do‘stlik, insoniylik, haqqoniylik, yaxshilik
kabi mavzular orqali hayotga maqollarning o‘rni beqiyos ekanligini singdira olamiz. Har bir
maqolni tahlil qilganimizda har birida turli ma‘no bor. Yuqoridagi fikrimizni asoslash
maqsadida xalq maqollaridan misollar keltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki ularning har
biri bizning hayotimizda muhim ahamiyatga egadir :
Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga,
Yomon bilan yursang qolarsan uyatga.
Bu maqol orqali insonning yaxshi do'st tanlashi muhim ahamiyatga ega ekanligi nazarda
tutilmoqda. Hayotimizda ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan insonlar bilan birga bo‘lish, yaxshi
odatlarni qabul qilish, yuksak maqsad sari intilish demakdir. Shu yo‘lda davom etaversak
albatta, o‘z orzu-istaklarimizga erisha olishimiz. Aksincha, yomon inson bilan yurish, insonlar
oldida obro-e’tiborining pasayishiga
sababchi bo’ladi.
Yetti o’lchab, bir kes.
Bu maqol to‘g‘risida so’z yuritadigan bo‘lsak, hayotimiz davomida qilgan har bitta
qarorimiz muhim ahamiyatga ega. Muhim masalalarni shoshmasdan, har bir jihatni ko‘rib
chiqqan holda qaror qabul qilishimiz kerakligi o‘rgatadi. Agarda biz mana shunday holatlarda
shoshib qaror qabul qilsak, umrimizni oxirgi daqiqasigacha afsus chekishimizga to‘g‘ri keladi.
Mana shu maqol menga juda ham yoqadi va men bu maqolni o‘zimga shior qilib olganman
desam yanglishmagan bo‘laman. Maqollardan biz ko‘p narsalar o‘gansak bo‘ladi. Bejizga
maqollarni “Otalar so’zi” deyishmaydi.
1
.
Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. I.Karimov. –T.: “Ma’naviyat”,2016.-2-b.
2 Mirzayev. T. O’zbek xalq maqollari.- Toshkent: Sharq, 2012
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
91
Maqollarda vatanparvarlik, ota-onaga bo’lgan muhabbat, tinchlik, mehr-oqibat, oila
muqaddasligi, pand-nasihat, mehnatkashlik kabi xislatlar ulug‘lanadi. Rus maqollarining
mashhur lug‘atini tuzuvchi V.Dal maqolga quyidagi ta’rifni beradi: “Maqol qisqa matal. Bu
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalangan va xalq tangalari ostida muomalaga chiqarilgan hukm, ta’limotdir.
Har qanday masal singari, to'liq maqol ham ikki qismdan iborat: rasmdan, umumiy hukmdan va
qo‘llashdan, talqindan, o‘rgatishdan, lekin ko‘pincha ikkinchi qism tashlab qo'yilib,
tinglovchining aniqligiga qoldiriladi ... " 3
Maqollarda xalqning ichki kechinmalari aks etgan, xalqning ijtimoiy-tarixiy,
hayotiymaishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalar, hikmatli so’zlar aks
ettiriladi. Maqollarning atalishi tillarda har hil bo‘lsada, har birining ma’nosi alohida ahamiyat
kasb etadi. Masalan, o‘zbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovisa, arablarda
naql, turklarda ata so‘zi atamasi bilan yuritiladi.
Filologiya fanlari doktori B. M . Jo‘rayeva o’z ilmiy tadqiqotlarida o‘zbek xalq
maqollarini intralingvistik birliklar asosida 6 ta guruhga ajratgan. Ularning birinchisi - iboralar
asosida shakllangan maqollar, masalan, "sanamay sakkiz demaslik" - "sanamay sakkiz dema".
Ikkinchisi - folklor janrlari asosida shakllangan maqollar, uchinchisi - e’tiqodiy tushunchalar
asosida shakllangan maqollar, to‘rtinchisi - xalq umidlari asosida shakllangan maqollar,
beshinchisi-xalq o‘yinlari asosida shakllangan maqollar, va nihoyat, oltinchisi-hadislar asosida
shakllangan maqollar. 4Yuqorida keltirilgan guruhlar maqollar shakllanishining mazmuniga va
mohiyatiga asoslanib ajratilgan.
Maqolning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Fikr aniq: Maqol o‘zida aniq va ravshan fikrni mujassamlashtiradi, har bir maqolning
mazmuni qisqa va tushunarli bo‘ladi.
2. Xulosa tugallangan: Maqol, odatda, biror voqeani yoki holatni umumlashtirgan holda,
yakuniy xulosa chiqaradi. Fikrni tugatish, o‘rganish uchun oson bo‘ladigan tarzda taqdim
etiladi.
3. Ifoda lo‘nda: Maqollar qisqa va lo‘nda bo‘lib, murakkab fikrlarni oddiy va oson
tushunarli tarzda ifodalaydi. Bu ularning samarali ta‘sirchan bo’lishini ta’minlaydi.
XULOSA
Ushbu maqolada xalq maqollarini xalqimizning asrlar davomida to‘plagan tajribasi,
donishmandligi va hayotga bo‘lgan qarashlarining timsoli sifatida qaraladi. Maqollar tarbiyaviy
jihatdan beqiyos ahamiyatga ega bo‘lib, yosh avlodning axloqiy, ma’naviy va madaniy
kamolotida muhim rol o‘ynaydi. Maqollar orqali bolalarda ezgulik, halollik, mehnatsevarlik,
yaxshilik, ota-onaga va oilaga hurmat, vatanga muhabbat kabi fazilatlari shakllantiriladi.
Shuningdek, maqollarni o‘rganish nafaqat nutqni shakllantirishga balki, ularning fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirishga ham yordam bera oladi.
3 Dal V.I. Rus xalqining maqollari. - M .: Astrel, AST, 2000. - P.9
4 Jo‘rayeva, B. M. (2004). O‘zbek xalq maqollari va ularning tahlili. Toshkent: Fan
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
92
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. I.Karimov. –T.: “Ma’naviyat”,2016.-2-b
2
. Mirzayev. T. O’zbek xalq maqollari.- Toshkent: Sharq, 2012
3
. Dal V.I. Rus xalqining maqollari. - M .: Astrel, AST, 2000. - P.9
4
. Eshonkulova G.Y. Maqollar–ma’naviyat ko’zgusi
.- https://doi.org/10.5281/zenodo.6339661
5.
Jo‘rayeva, B. M. (2004). O‘zbek xalq maqollari va ularning tahlili. Toshkent: Fan
6.
Jozilova M.M. Maqollar orqali milliy ma'naviyatni shakllantirish: metodik yondashuvlar.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15286981
