SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TA’LIM-TARBIYA BORASIDA QO’SHGAN HISSALARI

Abstract

Ushbu maqolada Sharqning buyuk mutafakkirlari – Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy,Yusuf  Xos Hojib va Alisher Navoiylarning ta’lim-tarbiya sohasidagi qarashlari, ularning ilm-fan va ma’naviyat rivojiga qo’shgan hissalari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Bu g’oyalarning bugungi zamonaviy ta’lim tizimidagi o’rni  yoritib beriladi. Mutafakkirlarning asarlarida ilgari surilgan pedagogik va axloqiy tamoyillar, inson kamolotiga yo’naltirilgan fikrlar bugungi ta’lim jarayonlari bilan uzviy holda ko’rib chiqiladi. Maqolada ular ilgari surgan ilmiy tafakkur, axloqiy barkamollik va ma’rifiy yondashuvlarning hozirgi ta’limiy dasturlar, tarbiyaviy ishlar va zamonaviy o’qitish metodikalariga ta’siri ochib beriladi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
81-85
0

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Usmonova Gulruh Xusan qizi. (2025). SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TA’LIM-TARBIYA BORASIDA QO’SHGAN HISSALARI. International Journal of Scientific Researchers, 12(1), 81–85. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ijsr/article/view/130410
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada Sharqning buyuk mutafakkirlari – Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy,Yusuf  Xos Hojib va Alisher Navoiylarning ta’lim-tarbiya sohasidagi qarashlari, ularning ilm-fan va ma’naviyat rivojiga qo’shgan hissalari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Bu g’oyalarning bugungi zamonaviy ta’lim tizimidagi o’rni  yoritib beriladi. Mutafakkirlarning asarlarida ilgari surilgan pedagogik va axloqiy tamoyillar, inson kamolotiga yo’naltirilgan fikrlar bugungi ta’lim jarayonlari bilan uzviy holda ko’rib chiqiladi. Maqolada ular ilgari surgan ilmiy tafakkur, axloqiy barkamollik va ma’rifiy yondashuvlarning hozirgi ta’limiy dasturlar, tarbiyaviy ishlar va zamonaviy o’qitish metodikalariga ta’siri ochib beriladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

81

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TA’LIM-TARBIYA

BORASIDA QO’SHGAN HISSALARI

Usmonova Gulruh Xusan qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Sharqning buyuk mutafakkirlari – Abu Nasr Forobiy, Abu Ali

ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy,Yusuf Xos Hojib va Alisher Navoiylarning ta’lim-tarbiya

sohasidagi qarashlari, ularning ilm-fan va ma’naviyat rivojiga qo’shgan hissalari ilmiy asosda

tahlil qilinadi. Bu g’oyalarning bugungi zamonaviy ta’lim tizimidagi o’rni yoritib beriladi.

Mutafakkirlarning asarlarida ilgari surilgan pedagogik va axloqiy tamoyillar, inson kamolotiga

yo’naltirilgan fikrlar bugungi ta’lim jarayonlari bilan uzviy holda ko’rib chiqiladi. Maqolada

ular ilgari surgan ilmiy tafakkur, axloqiy barkamollik va ma’rifiy yondashuvlarning hozirgi

ta’limiy dasturlar, tarbiyaviy ishlar va zamonaviy o’qitish metodikalariga ta’siri ochib beriladi.

Kalit so’zlar:

ta’lim, tarbiya, mutafakkir, ma’naviyat, komil inson, ilm, axloq, Sharq falsafasi,

pedagogik meros, yosh avlod tarbiyasi, adabiy-tarbiyaviy meros, tarixiy tajriba, ilmiy tafakkur,

milliy g’oya, barkamol avlod, ta’limiy tamoyillar, axloqiy tarbiya, shaxs kamoloti, madaniyat.

Аннотатция.

В данной статье научно анализируются взгляды великих мыслителей Востока – Абу

Насра Фараби, Абу Али ибн Сино, Бируни, Аль-Хоразми, Юсуфа Хос Ходжиба и

Алишера Навои – в области образования и воспитания, а также их вклад в развитие

науки и духовности. Раскрывается актуальность их идей в контексте современной

системы образования. В статье рассматриваются педагогические и нравственные

принципы, выдвинутые мыслителями, их идеи о совершенствовании личности и научном

мышлении. Анализируется влияние их духовного и образовательного наследия на

современные учебные программы, воспитательные процессы и методики преподавания.

Ключеные слова:

образование, воспитание, мыслитель, духовность, совершенный

человек, знание, нравственность, восточная философия, педагогическое наследие,

ценности, литературно-воспитательное наследие, воспитание молодежи, исторический

опыт, научное мышление, национальная идея, всесторонне развитое поколение,

образовательные принципы, нравственное воспитание, развитие личности, культура

Annotation.

This article presents a scholarly analysis of the educational and moral views of great Eastern

thinkers – Abu Nasr al-Farabi, Abu Ali ibn Sina, Al-Biruni, Al-Khwarizmi, Yusuf Khass Hajib,

and Alisher Navoi – as well as their contributions to the development of science and spirituality.

The relevance of their ideas in the context of the modern education system is explored. The

article examines the pedagogical and ethical principles put forward by these thinkers, their ideas

on human perfection and intellectual development. It analyzes the impact of their educational


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

82

and spiritual heritage on contemporary curricula, educational practices, and teaching

methodologies.

Keywords

: education, upbringing, thinker, spirituality, perfect person, knowledge, ethics,

Eastern philosophy, pedagogical heritage, values, literary-educational legacy, youth education,

historical experience, scientific thinking, national idea, well-rounded generation, educational

principles, moral upbringing, personal development, culture.

Kirish.

Sharq sivilizatsiyasi insoniyat tarixida o’zining boy ilmiy, madaniy va ma’naviy

merosi bilan alohida o’rin egallaydi. Bu hududlarda yetishib chiqqan alloma va mutafakkirlar

nafaqat o’z davrining, balki butun bashariyat taraqqiyotining yo’lchi yulduzlariga aylangan.

Ayniqsa ta’lim va tarbiya masalalari Sharq

mutafakkirlarining doimiy e’tibor markazida

bo’lgan. Ular ta’lim shunchaki bilim berish vositasi emas, balki insonning komillikka

yetishishida hal qiluvchi omil sifatida ko’rganlar. Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy,

Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy kabi ulug’ siymolar o’z asarlarida nafaqat ilmiy bilimlar,

balki axloqiy qadriyatlar, ma’naviy tarbiya, jamiyatga foydali shaxs yetishtirishga oid chuqur

qarashlarni ilgari surganlar. Ularning fikricha, haqiqiy taraqqiyot faqat ilm-fan bilan emas, balki

yuksak axloq va ma’naviyat bilan uyg’unlashgan ta’lim orqali amalga oshadi.

Sharq mutafakkirlari ta’lim va tarbiyani bir-biridan ajralmas jarayon deb bilganlar. Ular

komil inson – bu nafaqat bilimli, balki halol, odobli, iymonli va jamiyat oldidagi burchini

anglashi zarur bo’lgan shaxs ekanini ta’kidlaganlar. Ushbu yondashuv bugungi kunda ham o’z

dolzarbligini yo’qotmagan, balki zamonaviy pedagogik qarashlar, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim

konsepsiyalari, ma’naviy-axloqiy tarbiyani ustuvor qo’ygan dasturlar uchun muhim nazariy

asos bo’lib xizmat qilmoqda. Zamon o’zgarishi bilan ta’lim tizimi yangilanib bormoqda, biroq

ta’lim tarbiya birligiga asoslangan qadimiy g’oyalar hanuzgacha o’z ilmiy-metodik va axloqiy

qiymatini saqlab qolmoqda. Shu bois, Sharq allomalari merosi nafaqat tarixiy boylik, balki

kelajak avlod tarbiyasida ham bebaho yo’l ko’rsatkich vazifasini bajaradi.

Adabiyotlar tahlili.

Insoniyat taraqqiyoti tarixida yuksak aql-zakovat, mustahkam iroda

va fidoyilikka ega bo‘lgan yetuk shaxslar muhim o‘rin tutadi. Ularning faoliyati va ezgu sa’y-

harakatlari tufayli jamiyat ilmiy, madaniy hamda ma’naviy yuksalishga erishgan. Bunday

shaxslar — davlat va siyosat arboblari, ma’rifat va tafakkur darg‘alari, shuningdek, diniy

yetakchilar jamiyat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shganlar. Ularning hayoti, amalga oshirgan

ishlari va ibratli fazilatlari haqida ko‘plab tarixiy manbalar va yozma asarlarda ma’lumotlar

keltirilgan. Bu siymolarning hayoti va faoliyati kelajak avlod uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat

qilmoqda, ularni yuksak axloq, bilim va ezgulikka chorlamoqda.

Abu Nasr Farobiy: aql va tarbiyaning uyg’unligi.

Abu Nasr Forobiy (870-950) “Ikkinchi muallim” sifatida tanilgan bo’lib, ta’lim sohasida

chuqur falsafiy qarashlarga ega edi. U “Fozil odamlar shahri” asarida ideal jamiyatni

yaratishda ma’rifatli, axloqli insonlarni tarbiyalashni muhim deb biladi. U shunday deydi:

“Inson baxt-saodatga faqat ilm va ma’naviy tarbiya orqali erishadi.” [1]

Forobiy “Baxt – saodatga erishuv to’g’risida” asarida bilimlarni o’rganish tartibi haqida

fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo’lgan ilm o’rganiladi, bu – olam

asoslari haqidagi ilmdir. Uni o’rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini shaklini,


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

83

osmon haqidagi bilimlarni o’rganish lozim. Undan so’ng umuman, jonli tabiat o’simliklar va

hayvonlar haqidagi ilm o’rganiladi, deydi. [2]

Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim – degan

so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni,

ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni

o’rgatishdir, deydi olim.

Abu Ali ibn Sino: bolalikdan boshlangan tarbiya

Abu Ali ibn Sino (980–1037) nafaqat tibbiyotda, balki pedagogika sohasida ham chuqur

iz qoldirgan. U bola tarbiyasini inson hayotidagi eng muhim davr deb bilgan. Ibn Sino bola

tarbiyasida quyidagi uch omilni asosiy deb hisoblaydi:

- atrof-muhit va oila muhitining ijobiyligi;

- sog‘lom turmush tarzi va jismoniy tarbiya;

- ilmiy va aqliy tarbiya [3]

Sharqda«Shayx ar-rays» nomi bilan mashhur bo’lgan buyuk olim Abu Ali Ibn

Sinoning«Tib qonunlari» va«Amaliy hikmat» asarlarida oila, ota-ona hamda bola

munosabatlariga oid qarashlari bayon etilgan, allomaning ilmiy qarashlaridagi o’ziga xoslik

shundaki, u o’z asarlarida ota-ona bolaning jismoniy salomatligiga alohida e’tibor berishi

lozimligini ilmiy asoslab bergan. Ibn Sino bolani havosi o’rta darajada, issiq va sovuq

bo’lmagan uyda uxlatishni, bola uxlatiladigan uy soya va qorong’u bo’lmog’i kerakki, bu uyga

quyoshning nuri tushmasligi, bola o’rinda yotganda uning boshi tanasining boshqa

bo’laklaridan yuqorida turishi, bolaning yotar o’rni bo’yni, qo’loyoqlarini va umurtqa ustunini

qiyshaytirib qo’yishidan saqlash lozimligini ta’kidlaydi. Abu Ali ibn Sino“Tib qonunlari”

asarida yozishicha: «Tarbiyachining diqqati bola xarakterini yaxshilashga, bolaga qattiq g’azab,

qo’rquv, munosabatdagi og’ir tabiatlilik begona bo’lishiga, bola nimani xohlashi va nimaga

intilishi ko’rinib turishiga hamda uni oldida unga yoqmaydigan narsani qilmaslikka qaratilishi

zarur. Buning yordamida ikki yoqlama foydaga erishiladi: birinchidan– bolada uning ilk bolalik

davridan boshlab, kuchli ijobiy xarakter shakllanadi; ikkinchidan, bunday rivojlanish bolaning

jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Abu Rayhon Beruniy: ilmga muhabbat – tarbiyaning asosi.

Abu Rayhon Beruniy (973–1048) ilm-fan va tabiatni o‘rganish orqali inson tafakkurini

yuksaltirish tarafdori bo‘lgan. U shunday yozadi: “Inson ilmni emas, ilm insonni yuksaltiradi.”

Beruniy yoshlarning mustaqil fikrlashi, kuzatuvchanlik va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirish

tarafdori bo‘lgan.

“Beruniy ota-onalarga qarata bola xulqini mo’tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga

asosan bolani qattiq g’azablanishdan, qo’rqish vaxafalikdan saqlash orqali erishilishini aytib,

ular xohlagan hamdafoydali narsani topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga

harakat qilish kerakligi uqtiriladi. Ota-onaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni

keltirib chiqaradi. Yaxshi xulqlarning paydo bo’lishi bola ruhiyatiga ta’sir qilibgina qolmasdan,

uning fiziologik o’sishiga ham yordam beradi. Yomon xulq esa turli mijoz buzilishiga ham olib

keladi. Aksincha, bola organizmidagi o’zgarishlar uning ruhiyatidagi, xatti-harakatidagi

o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ulug’ alloma bola xulq-atvorining mo’’tadilligi natijasida tan

va ruh sog’lomligining kelib chiqishini ilmiy asoslab beradi». [4]


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

84

Yusuf Xos Hojib: axloqiy tarbiya va ijtimoiy adolat.

Turkiy adabiyot va siyosiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotida yuksak o‘rin egallagan

mutafakkir Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” asari orqali axloqiy tarbiya, adolatli

boshqaruv va komil inson g‘oyalarini ilgari surgan. Bu asar — nafaqat badiiy yodgorlik, balki

chuqur pedagogik, siyosiy va ma’naviy-falsafiy qarashlarni mujassam etgan pandnoma hamdir.

Yusuf Xos Hojib (XI asr) o‘zining “Qutadg‘u bilig” asarida hukmdorlar, ziyolilar va

oddiy xalq uchun axloqiy, siyosiy va ijtimoiy pand-nasihatlarni bayon etadi. U shunday deydi:

“Ilm — inson uchun yo‘lboshchi; tarbiya — uning yurish yo‘lini yoritguvchi nur.” [5] Yusuf

Xos Hojib fikricha, jamiyat barqarorligining asosi — odil podshoh, aql bilan ish yurituvchi

vazir, halol boylik va izzat-hurmatga sazovor ilmli kishilardir. Asarda inson axloqiga doir

fazilatlar — to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, sabr-toqat, adolat va ilmga intilish muhim tarbiyaviy mezon

sifatida ko‘rsatiladi. U har bir kishining o‘z burchi va mas’uliyatini anglashini, adolat asosida

faoliyat yuritishini jamiyat taraqqiyotining negizi sifatida belgilaydi.

Yusuf Xos Hojib axloqiy tarbiyani faqat shaxsiy kamolot uchun emas, balki ijtimoiy

hayotdagi totuvlik va barqarorlik uchun zarur omil deb bilgan. Uning fikricha, axloqli inson –

bu nafaqat o‘zini boshqara oladigan, balki jamiyatdagi boshqa kishilar uchun ham ijobiy

namuna bo‘la oladigan komil shaxsdir. Aynan mana shu yondashuv bugungi ta’lim-tarbiya

jarayonida ham dolzarb bo‘lib, yosh avlodni odob-axloq, ijtimoiy mas’uliyat va adolatga

sodiqlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, “Qutadg‘u bilig” asari

orqali Yusuf Xos Hojib davlat boshqaruvi va jamiyat tuzilmasida adolat tamoyillarini ilgari

suradi. Uningcha, hukmdorlar adolat asosida ish yuritsa, xalq osoyishta yashaydi va ma’naviyat

yuksaladi. Bu fikrlar zamonaviy ijtimoiy adolat konsepsiyalariga yaqin bo‘lib, bugungi kundagi

demokratik jamiyat qurilishida ham o‘z aksini topmoqda.

Alisher Navoiy: komil inson tarbiyasi.

Alisher Navoiy (1441–1501) o‘z asarlarida komil inson g‘oyasini ilgari surgan. U

shunday yozadi: “Ilm ol, axloqni bezak qil, tilingni bilib so‘zla, qalbingni toza tut.” Navoiy

asarlari bugungi ta’lim tizimi uchun o‘rnak bo‘la oladigan pedagogik manba sifatida

ahamiyatga ega.

Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o’rinni egallaydi va o’z

orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi.

Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga ega bo’lishi borasidagi g’oya ilgari

suriladi: aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor, qobiliyatli, dono, saxovatli, sabr-toqatli, adolatli,

muruvvatli, sog’lom, jismonan baquvvat, mard va jasur. [6]

“Darhaqiqat, ajdodlar tomonidan yaratilgan tarbiyaviy qadriyatlarni o’rganishda ta’lim

tizimi imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratishlozim. Sharq mutafakkirlarining asarlarini

o’rganish, tahlil qilish, ularning ijodi va ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik nuqtai

nazardan tadqiq etish muhim amaliy ahamiyatga ega” [7].Sharq mutafakkirlari o‘z asarlarida

inson ma’naviyati va axloqiy kamolotini shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratganlar.

Ular odob-axloqning eng yuksak mezonlarini targ‘ib qilgan, oila muqaddasligi, nikoh

mas’uliyati, farzand tarbiyasining mohiyati, halol mehnatning hayotdagi o‘rni hamda tabiatga

nisbatan ongli munosabat kabi muhim g‘oyalarni bayon etganlar. Mutafakkirlar ta’kidicha,

inson bilim va hunarga intilishi, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi orqali jamiyatda o‘z


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

85

o‘rnini topadi. Ular har bir insonni ma’naviyatli, aqliy jihatdan yetuk, ijtimoiy mas’uliyatni his

qiladigan shaxs sifatida tarbiyalash g‘oyasini ilgari surganlar. Bu qadriyatlar bugungi kunda

ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Ajdodlarimiz merosini chuqur anglagan, zamonaviy ilm-

fan sirlarini egallagan, mustahkam e’tiqod va irodaga ega bo‘lgan yosh avlodni hech qanday yot

g‘oya yoki tashqi bosim yo‘ldan ozdira olmaydi. Ana shunday avlodni kamolga yetkazgan

xalqning ertangi kuni porloq, taraqqiyot yo‘li esa bardavom bo‘ladi.

Xulosa.

Sharq mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan ta’lim-tarbiya g‘oyalari nafaqat o‘z

zamonasi uchun, balki bugungi kun uchun ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Ularning

qarashlari asosida insonparvarlik, ilmga sadoqat, axloqiy komillik, ijtimoiy mas’uliyat kabi

mezonlar yotadi. Bu g‘oyalar zamonaviy ta’limda pedagogik faoliyat, tarbiyaviy dasturlar,

shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishda keng qo‘llanilishi lozim.
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov aytganlaridek, “Buyuk

ma’rifatparvar bobomizning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va

dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko’ra

muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi”. [8] O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ta’lim-tarbiya

tizimida tub islohotlar boshlab yuborildi. Ayniqsa, milliy axloqiy qadriyatlarni tiklash, urf-odat

va an’analarni qayta baholab, ularni zamonaviy hayot bilan uyg‘unlashtirish yo‘lida muhim

qadamlar qo‘yildi. Milliy g‘urur, tarixiy xotira va ma’naviy meros xalq hayotining ajralmas

qismiga aylana boshladi. Davlatimiz tomonidan yosh avlodni milliy va umuminsoniy

qadriyatlarga sodiq, axloqiy barkamol insonlar etib tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda.

Ta’lim tizimida ma’naviyat va ma’rifatga asoslangan dasturlar joriy qilinib, o‘zbek xalqining

boy madaniy merosini o‘rganish va uni asrab-avaylash masalasi ustuvor yo‘nalishga aylangan.

Bugungi kunda o‘z milliyligiga, tiliga, diniga, tarixiga hurmat bilan qaraydigan, o‘zligini

anglagan, bilimli va ongli yosh avlod kamol topmoqda. Bu esa mustaqil O‘zbekistonning

ravnaq topishida eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1. Forobiy A.N. – “Fozil odamlar shahri”, Toshkent, “G‘afur G‘ulom”, 1993.
2.

https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/pedagogik-psixologiya/abu-nasr-forobiy-va-abu-

rayxon-beruniylarning-ta-limiy-axloqiy-qarashlari

3. Ibn Sino A.A. – “Tib qonunlari”, Toshkent, “Fan”, 1981.
4.

https://www.researchgate.net/publication/350440447_Sharq_mutafakkirlarining_ota__onalar

ning_bolaga_munosabatiga_oid_ilmiy_merosining_o'ziga_hos_jihatlari

5. Yusuf Xos Hojib – “Qutadg‘u bilig”, Toshkent, “Yozuvchi”, 1990.
6. Xoshimov K. Pedagogika tarixi Oliy o’quv yurtlari va universitetlar talabalari uchun o’quv

qo’llanma. – Toshkent, O’qituvchi, 1996.
7. Z.B.Jalilov. Sharq mutafakkirlari merosini o’rganishning didaktik metodlari. Zamonaviy

ta’lim jurnali. 2017 yil, 5-son.
8. M.Hamdamova. Ma’naviyat asoslari. T.: “Fan va texnologiya”. 2008 y.

References

Forobiy A.N. – “Fozil odamlar shahri”, Toshkent, “G‘afur G‘ulom”, 1993.

https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/pedagogik-psixologiya/abu-nasr-forobiy-va-abu-rayxon-beruniylarning-ta-limiy-axloqiy-qarashlari

Ibn Sino A.A. – “Tib qonunlari”, Toshkent, “Fan”, 1981.

https://www.researchgate.net/publication/350440447_Sharq_mutafakkirlarining_ota__onalarning_bolaga_munosabatiga_oid_ilmiy_merosining_o'ziga_hos_jihatlari

Yusuf Xos Hojib – “Qutadg‘u bilig”, Toshkent, “Yozuvchi”, 1990.

Xoshimov K. Pedagogika tarixi Oliy o’quv yurtlari va universitetlar talabalari uchun o’quv qo’llanma. – Toshkent, O’qituvchi, 1996.

Z.B.Jalilov. Sharq mutafakkirlari merosini o’rganishning didaktik metodlari. Zamonaviy ta’lim jurnali. 2017 yil, 5-son.

M.Hamdamova. Ma’naviyat asoslari. T.: “Fan va texnologiya”. 2008 y.