VITAMINLARNING INSON ORGANIZMIDAGI ROLI

Annotasiya

Vitaminlar organizmda juda kam miqdorda kerak bo‘lishiga qaramay, ko‘plab hayotiy jarayonlarda — modda almashinuvi, immunitet, asab tizimi, suyaklar va qon aylanish faoliyatida faol ishtirok etadi. Maqolada vitaminlar suvda va yog‘da eriydigan turlarga bo‘lingan holda tahlil qilinib, ularning tabiiy manbalari, yetishmovchiligi va ortiqchaligi oqibatlari batafsil bayon qilingan. Mazkur maqola sog‘lom ovqatlanish va profilaktika choralarini tushunishda foydali bo‘lishi mumkin.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abdumutalova Xosila Alisher qizi, Zafarova Muxtabar Zoxidjon qizi. (2025). VITAMINLARNING INSON ORGANIZMIDAGI ROLI. Международный журнал научных исследователей, 12(1), 68–70. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ijsr/article/view/130414
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Vitaminlar organizmda juda kam miqdorda kerak bo‘lishiga qaramay, ko‘plab hayotiy jarayonlarda — modda almashinuvi, immunitet, asab tizimi, suyaklar va qon aylanish faoliyatida faol ishtirok etadi. Maqolada vitaminlar suvda va yog‘da eriydigan turlarga bo‘lingan holda tahlil qilinib, ularning tabiiy manbalari, yetishmovchiligi va ortiqchaligi oqibatlari batafsil bayon qilingan. Mazkur maqola sog‘lom ovqatlanish va profilaktika choralarini tushunishda foydali bo‘lishi mumkin.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

68

VITAMINLARNING INSON ORGANIZMIDAGI ROLI

Abdumutalova Xosila Alisher qizi,

Zafarova Muxtabar Zoxidjon qizi

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 3-BOSQICH TALABALARI

abdumutalovaxosila@gmail.com

Annotatsiya:

Vitaminlar organizmda juda kam miqdorda kerak bo‘lishiga qaramay, ko‘plab

hayotiy jarayonlarda — modda almashinuvi, immunitet, asab tizimi, suyaklar va qon aylanish

faoliyatida faol ishtirok etadi. Maqolada vitaminlar suvda va yog‘da eriydigan turlarga

bo‘lingan holda tahlil qilinib, ularning tabiiy manbalari, yetishmovchiligi va ortiqchaligi

oqibatlari batafsil bayon qilingan. Mazkur maqola sog‘lom ovqatlanish va profilaktika

choralarini tushunishda foydali bo‘lishi mumkin.

Kalit so'zlar:

Vitaminlar, organizm, sog‘liq, A vitamini, B guruhi vitaminlari, C vitamini, D

vitamini, E vitamini, K vitamini, immunitet, oziq-ovqat, moddalar almashinuvi, gipovitaminoz,

ovqatlanish, biologik ahamiyat.

Kirish

: Inson organizmi hayotiy jarayonlarni samarali bajarishi uchun turli oziq

moddalariga muhtojdir. Ulardan biri — vitaminlar. Vitaminlar — bu hayot uchun zarur bo‘lgan,

lekin organizm tomonidan yetarli miqdorda sintez qilinmaydigan organik moddalardir. Ular

ko‘plab biokimyoviy jarayonlarning koenzimlari sifatida ishtirok etadi, hujayraviy

metabolizmni, o‘sishni, immunitetni va asab tizimi faoliyatini tartibga soladi. Vitamin

yetishmovchiligi esa nafaqat yallig‘lanish va surunkali kasalliklarga, balki jiddiy hayotiy

xavflarga ham olib keladi. Bugungi kunda zamonaviy tibbiyot vitaminlarning roli va ta’sir

mexanizmlarini chuqur o‘rganmoqda.Vitaminlar organizm uchun juda muhim bo‘lib, kichik

miqdorda bo‘lishiga qaramay, organizmning sog‘lom faoliyati uchun zarur. Ular modda

almashinuvi, immun tizimi, asab tizimi va boshqa ko‘plab jarayonlarda ishtirok etadi.

Asosiy qism:

Vitaminlar organizmning to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan biologik faol

moddalar bo‘lib, ularning har biri muayyan fiziologik jarayonlarda ishtirok etadi. Ular modda

almashinuvini tezlashtiradi, hujayralarning yangilanishi, immunitetni mustahkamlash, asab

tizimi va qon aylanish tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, vitaminlar

antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lib, erkin radikallarning zararli ta’siridan himoya qiladi.

Vitaminlar nima?

Vitaminlar — organizmning normal faoliyati uchun zarur bo‘lgan organik birikmalar bo‘lib,

ko‘p hollarda tanada sintez qilinmaydi. Shu sababli ularni oziq-ovqat orqali olish zarur.

Vitaminlar yog‘da eriydigan va suvda eriydigan vitaminlar guruhlariga bo‘linadi.

Vitaminlarning turlari va ularning roli

Yog‘da eriydigan vitaminlar — A, D, E va K vitaminlari. Ular tanada yog‘ to‘qimalarida

saqlanadi va uzoq vaqt ta’sir ko‘rsatadi.

• A vitamini ko‘rish qobiliyatini saqlashda, teri va shilliq qavatlarning sog‘lom bo‘lishida,

immunitetni mustahkamlashda ishtirok etadi.

• D vitamini suyak va tishlarning rivojlanishi uchun kerak, kalsiy va fosfor almashinuvini

boshqaradi.

• E vitamini hujayralarni oksidlanishdan himoya qiladi va teri salomatligini ta’minlaydi.

• K vitamini qon ivish jarayonida muhim rol o‘ynaydi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

69

Suvda eriydigan vitaminlar — B guruhi vitaminlari va C vitamini. Ular organizmda uzoq vaqt

saqlanmaydi, shuning uchun doimiy ravishda iste’mol qilish zarur.

• B guruhi vitaminlari (B1, B2, B6, B12 va boshqalar) energiya ishlab chiqarish, asab tizimini

mustahkamlash, qon hosil qilishda ishtirok etadi.

• C vitamini immunitetni oshiradi, yaralarni tez bitishini ta’minlaydi va organizmni zararli

ta’sirlardan himoya qiladi.

Vitaminlar nima sababdan kamayadi?

Vitaminlar darajasining kamayishi (ya’ni gipovitaminoz) bir qancha sabablar tufayli yuzaga

keladi. Asosiy sabablar quyidagilardan iborat:

1. Noto‘g‘ri ovqatlanish- bu zamonaviy jamiyatdagi eng katta salomatlik muammolaridan

biridir. Vitaminlarning yetishmovchiligi nafaqat individual sog‘liq uchun, balki butun aholining

umumiy salomatligi uchun xavf tug‘diradi. Sog‘lom ovqatlanish odatlari – meva-sabzavotlarni,

to‘liq don mahsulotlarini, foydali yog‘larni, hayvoniy oqsillarni yetarli iste’mol qilish orqali

oldini olish mumkin.

Ko‘plab odamlar kundalik ovqatlanishda sabzavot va mevalarni cheklaydi. Bu C vitamini,

beta-karotin (A vitamini oldingi shakli), folat (B9), K vitamini tanqisligiga olib keladi.Chips,

kolbasa, gazlangan ichimliklar, konserva ovqatlar vitaminlarga boy emas.Bu ovqatlar “bo‘sh

kaloriya” deb ataladi – kaloriyasi ko‘p, foydasi yo‘q.Ayniqsa, B-kompleks vitaminlari va

antioksidantlar (E, C) bu ovqatlarda deyarli yo‘q.Sabzavotlarni uzoq qaynatish, qovurish yoki

mikroto‘lqinda uzoq pishirish natijasida C, B1, B6, B9 kabi vitaminlar parchalanadi.Masalan,

kartoshkani qovurish natijasida undagi C vitamini 80% gacha yo‘qoladi.

2. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatsizligi ham organizmda vitaminlar kamayishiga olib

keladi.Vitaminlar past bo‘lgan yoki saqlashda yaroqsiz holga kelgan mahsulotlar (masalan,

uzoq saqlangan sabzavotlarda vitamin miqdori kamayadi) shular jumlasidandir.

3. Tanadagi surunkali stress va haddan tashqari charchoq holati organizmda vitaminlarni

birmuncha kamayishiga sabab bo’ladi.Asabiylik, doimiy ruhiy bosim organizmda B guruhi va

C vitaminlarining sarfini oshiradi.

4. Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari iste’moli hamda ichkilikbozlik C, B1, B6, foliy

kislotasi va boshqa vitaminlarning yutilishiga xalaqit beradi.

5. Antibiotiklar, siydik haydovchi dori, antatsidlar (oshqozon kislotaligini kamaytiruvchi

dori)lar vitaminlarni yuvib yuboradi yoki ularning so‘rilishini pasaytiradi.

6. Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari: gastrit, enterit, pankreatit, disbakterioz, ichak

sindromlari vitaminlarning so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi.

7. Homiladorlik va emizish davrilarida ayol organizmi ko‘proq vitaminlarga muhtoj bo‘ladi.

Yetarli qabul qilinmasa, tanqislik yuz beradi.

8. Yoshi katta odamlarda ovqat hazm qilish faoliyati sustlashadi, natijada vitaminlar so‘rilishi

kamayadi.

Vitamin yetishmovchiligining oqibatlari

Vitaminlar yetishmaganda organizmda turli kasalliklar rivojlanadi. Masalan:

• A vitaminining yetishmasligi ko‘rish qobiliyatining pasayishi, teri muammolari va

immunitetning zaiflashishiga olib keladi.

• D vitamini yetishmovchiligi suyaklarning zaiflashishi va raxit kasalligiga sabab bo‘ladi.

• C vitamini yetishmasligi skorbut kasalligini keltirib chiqaradi, bu esa og‘izda qon ketishi va

charchoqka olib keladi.

• B guruhi vitaminlari yetishmovchiligi asab tizimining zaiflashishi, kamqonlik va charchoqni

yuzaga keltiradi.

Vitaminlarning tibbiyot va sog‘liqni saqlashdagi amaliy ahamiyati


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

70

Vitaminlar profilaktika maqsadida (sog‘lom odamlar uchun) va terapiya sifatida (kasallikni

davolash uchun) ishlatiladi. Homilador ayollar, bolalar, qariyalar, surunkali kasalliklar bilan

og‘rigan bemorlar uchun individual dozalarda vitaminlar tavsiya qilinadi. COVID-19

pandemiyasi davrida C, D, va E vitaminlarining immunitetni ko‘taruvchi roli yana bir bor ilmiy

asosda isbotlandi.

Vitaminlarni qanday olish kerak?

Tabiiy manbalar: Mevalar va sabzavotlar (C, A, B vitaminlari), hayvon mahsulotlari (jigar,

tuxum, go‘sht — A, D, B12), sut va sut mahsulotlari (D, B2), ko‘katlar va dukkak(K, B9)

mahsulotlaridan olinadi.

Xulosa:

Vitaminlar inson organizmi uchun hayotiy zarur bo‘lgan mikroelementlardir.

Ularning har biri organizmda o‘ziga xos vazifani bajarib, umumiy salomatlik va normal hayot

faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladi. Masalan, A vitamini ko‘rish qobiliyatini qo‘llab-

quvvatlasa, D vitamini suyaklarning mustahkamligi uchun javobgar. B guruhi vitaminlari esa

energiya ishlab chiqarish va asab tizimini tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. C vitamini

immun tizimini kuchaytiradi va organizmni virus hamda bakteriyalarga qarshi himoya

qiladi.Vitaminlarning organizmda yetishmasligi sog‘liq muammolarini keltirib chiqaradi va

turli kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Masalan, A vitamini yetishmovchiligi ko‘rish

muammolari va teri kasalliklariga olib kelishi mumkin. D vitamini yetishmovchiligi esa

suyaklarning zaiflashishi, raxit kabi kasalliklarni yuzaga chiqaradi. Boshqa tomondan,

vitaminlarning ortiqcha qabul qilinishi ham xavfli bo‘lib, organizmda zaharlanish yoki boshqa

salbiy reaksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun vitaminlarni muvozanatli, ratsion

asosida, shifokor yoki mutaxassis nazorati ostida qabul qilish muhimdir. Sog‘lom ovqatlanish,

meva va sabzavotlarga boy parhez, tabiiy manbalardan vitaminlarni olishga intilish — bu

sog‘liqni saqlashning asosiy omillari hisoblanadi. Shuningdek, ayrim hayotiy davrlar, masalan,

homiladorlik, bolalik, qarilikda organizm vitaminlarga bo‘lgan ehtiyoj ortadi, bu holatlarda

maxsus parvarish va ehtiyot choralarini ko‘rish lozim.

Adabiyotlar ro‘yhati:

1. Karimov M.Q., Ochildiyev M.O. “Biologiya”. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy

Ensiklopediyasi, 2021.

2. Sultonov A.A. “Gigiyena va salomatlik asoslari”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.

3. Rasulova D.X. “Ovqatlanish va sog‘liq”. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.

4. World Health Organization (WHO). “Vitamins and Mineral Requirements in Human

Nutrition”, 2nd Edition. – Geneva, 2004.

5. Малахов Г.П. “Витамины и здоровье человека”. – Москва: Эксмо, 2018.

6. MedlinePlus – U.S. National Library of Medicine. https://medlineplus.gov

(https://medlineplus.gov/)

7. Harvard T.H. Chan School of Public Health. The Nutrition Source: Vitamins.

https://www.hsph.harvard.edu/nutritionsource

Bibliografik manbalar

Karimov M.Q., Ochildiyev M.O. “Biologiya”. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2021.

Sultonov A.A. “Gigiyena va salomatlik asoslari”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.

Rasulova D.X. “Ovqatlanish va sog‘liq”. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.

World Health Organization (WHO). “Vitamins and Mineral Requirements in Human Nutrition”, 2nd Edition. – Geneva, 2004.

Малахов Г.П. “Витамины и здоровье человека”. – Москва: Эксмо, 2018.

MedlinePlus – U.S. National Library of Medicine. https://medlineplus.gov (https://medlineplus.gov/)

Harvard T.H. Chan School of Public Health. The Nutrition Source: Vitamins. https://www.hsph.harvard.edu/nutritionsource