Ushbu maqolada onkologik kasalliklarda genetik biomarkerlarga asoslangan maqsadli dori vositalarining ahamiyati, zamonaviy yondashuvlari va istiqbollari tahlil qilingan. An’anaviy kimyoterapiya usullaridan farqli o‘laroq, maqsadli terapiya hujayra darajasidagi aniqlikka ega bo‘lib, bemorga individual yondashuv imkonini beradi. Bu usul dorilarning samaradorligini oshiradi va nojo‘ya ta’sirlarni kamaytiradi. Shuningdek, maqolada hozirgi vaqtda keng qo‘llanilayotgan ba’zi maqsadli preparatlar haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.