INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
143
TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKNI OLDINI OLISH TENG HUQUQ VA
IMKONIYATLARNI TA’MINLASHNING MUHIM ASOSLARIDAN BIRI
Narqulova Muqaddas Ulug‘bekovna
TTA Urganch filiali “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan
himoya qilish sohasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar, shuningdek xotin-qizlarni qo‘llab-
quvvatlash va jamiyatda faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida so‘z yuritilgan.
Аннотация.
В статье рассматриваются усилия по защите женшин от всех форм
притеснения и насилия, а также меры, направленные на поддержку женшин и повышение
их активности в обществе.
Annotation.
This article discusses efforts to protect women from all forms of oppression and
violence, as well as measures aimed at supporting women and increasing their activity in
society.
Kalit so‘zlar.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar, jabrlanuvchi huquqlari, gender siyosati,
tuzatish dasturi, profilaktik ta’sir, yakka tartibdagi chora-tadbirlar, gender tenglik, “Ayollar
daftari”, psixologik yordam.
Ключевые слова.
Жертвы притеснений и насилия, права жертв, гендерная политика,
исправительная программа, профилактическое воздействие, индивидуальные меры,
гендерное равенство, «Женская тетрадь», психологическая поддержка.
Keywords.
Victims of harassment and violence, victims’ rights, gender policy, correctional
program, preventive impact, individual measures, gender equality, “Women’s notebook”,
psychological support.
Kirish.
Bugungi kunda jamiyatda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy hayotning
barcha tarmoqlarda faol ishtirokini ta’minlash, orzu va maqsadlarini amalga oshirishga
ko‘maklashish, iqtidor va iste’dodlarini yuzaga chiqarishda amaliy yordam berish va jamiyatda
mustahkam va muhim o‘rin egallashlarini rag‘batlantirish maqsadida qator chora-tadbirlar
amalga oshirib kelinmoqda.
Asosiy qism.
Alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizda jamiyatda uchrashi mumkin bo‘lgan
turli ko‘ngilsiz vaziyatlar, xususan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan
himoya qilish sohasida ham qator huquqiy asoslar yaratilgan. Xotin-qizlarga nisbatan jismoniy,
ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash
bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘ligi, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va
qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuzlardan himoya qilish
bugungi kunning dolzarb masalalaridandir. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlik sodir
etishga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etishga, jamiyatda
xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan xoli bo‘lish huquqlaridan xabardorligini oshirishga qaratilgan
iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan.
Shuningdek, xotin-qizlarning hayoti, sog‘ligi uchun paydo bo‘lgan xavfni bartaraf etish, tezkor
chora-tadbirlarni talab qiladigan hayotiy vaziyatlar yuz berganda xotin-qizlarning xavfsizligini
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
144
ta’minlash, shuningdek jabrlanuvchiga nisbatan tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan
shaxsning takroran g‘ayriqonuniy xatti-harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadidagi iqtisodiy,
ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy, psixologik va boshqa tusdagi kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar
tizimi joriy etilib amaliyotga tatbiq etilgan [1].
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar:
-
o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir etish tahdidi
to‘g‘risidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda tashkilotlarga yoxud sudga
murojaat etish;
-
maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat,
iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish;
-
ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilish,
himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda xabardor qilish;
-
sodir etilgan tazyiq va zo‘ravonlik natijasida o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rni
qoplanishi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi talab bilan sudga
murojaat etish kabi huquqlar bilan ta’minlangan. Shu bilan bir qatorda, tazyiq va
zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash hamda ma’naviy
ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji
to‘lashdan ozod qilinadi.
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
-
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosatini,
davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
-
jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini
yaratish;
-
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va
zo‘ravonlikdan himoya qilinishini ta’minlash;
-
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni
mustahkamlash;
-
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga
chek qo‘yish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish;
-
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablar
hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
-
tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlari hamkorligini ta’minlash [2].
Zo‘ravonlik takroran sodir etilishining oldini olish hamda zo‘ravonlikdan jabrlanganning
xavfsizligini ta’minlash maqsadida shaxsning zo‘ravonlikka moyil xulq-atvorini o‘zgartirishda
unga ruhiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs zo‘ravonlik xulq-atvorini
o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tadi. Zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga
moyil bo‘lgan shaxsning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan
o‘tish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli
organlar hamda tashkilotlarning xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga
moyil bo‘lgan yoki uni sodir etgan g‘ayri ijtimoiy xulq-atvorli shaxslarni aniqlash hamda ularga
profilaktik ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyati xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
145
zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlardir[4]. Xotin-qizlarga
nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar muayyan
shaxsning, uning ijtimoiy muhitining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-maishiy sharoitlari va
turmush tarzi, uning g‘ayriijtimoiy xulq-atvori, tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga moyilligi,
shuningdek u sodir etgan tazyiq va zo‘ravonlikning ijtimoiy xavflilik darajasini tavsiflovchi
boshqa omillar hisobga olingan holda qo‘llaniladi[5].
Ayni vaqtda,
-
jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini
yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
-
gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy
faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish;
-
xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har
tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni
aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish;
-
hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy
xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar
samaradorligini oshirish;
-
turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush va mehnat
sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni belgilash;
-
og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik
yordam ko‘rsatish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash;
-
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlash, mutasaddi tashkilotlar tomonidan xotin-
qizlarning muammolari o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga
oshirish izchil amalga oshirib kelinayotgan muhim vazifalardan hisoblanadi va bu “2022-2026
yillarga mo’ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”da mustahkamlangan[3].
Hulosa.
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikka uchrashi natijasida yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan salbiy oqibatlarni oldini olish va o‘z vaqtida zaruriy himoya va ko‘mak ishlarini amalga
oshirish orqali bu kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik jamiyatda tenglik, adolat va
insonparvarlik kabi tamoyillarni yanada mustahkamlash uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. “O’zbekiston”. Toshkent-2023
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy
himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-175-son Farmoni. 25.07.2022
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60-son Farmoni. 28.01.2022
4.
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi
561-son O‘RQ. 02.09.2019
5.
Lex.uz
