INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
241
ZAMONAVIY TARBIYA METODLARI VA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Mamatsaliyeva Muxlisa
Ajinyoz nomidagi NDPI “Pedogika”
San'at yo‘nalishi 1-kurs magistranti
qizimuxlisamamatsaliyeva2002@gmail.com
Annotatsiya:
maqolada innovatsiya va ta’limda innovatsiya, ularga berilgan xorijlik va
O‘zbekistonlik olimlar tomonidan berilgan ta’riflar keltirilgan. Shuningdek, тa’lim berishda
turli xil usullar ya’ni, metodlar mavjudligi, innavatsion yondashuv, dars mashg‘ulotlarida ta’lim
metodlari va innovatsion metodlardan foydalash, innovatsion taraqqiyot yo‘lida kelajagimiz
davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligining har tomonlama qo‘llab -
quvvatlash, xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini
takaomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
innovatsiya, taʼlim tizimiga innovatsiya, innovatsion jarayonlar, bilim, ta’lim
metodlari, innovatsion metodlar, innavatsion yondashuv, metod, aktiv metod passiv metod,
interaktiv metod, pedagogik yangilik, pedagogik faoliyat.
Аннотация:
в статье представлены определения инновации и инновации в образовании,
данные им зарубежными и узбекскими учеными. Также изложены мнения по вопросам
совершенствования системы оценки, основанной на зарубежном опыте, международных
критериях и требованиях, о наличии различных методов в обучении, инновационных
подходах, использовании образовательных методов и инновационных методов на
занятиях, всесторонней поддержке творческих идей и творчества молодежи, являющихся
преемниками нашего будущего на пути инновационного развития.
Ключевые слова:
инновация, инновация в системе образования, инновационные
процессы, знания, методы обучения, инновационные методы, инновационный подход,
метод, активный метод пассивный метод, интерактивный метод, педагогическая
инновация, педагогическая деятельность.
Abstract:
the article presents the definitions of innovation and innovation in education given
by foreign and Uzbek scientists. As well as the presence of different methods in education, the
presence of methodology, an innovative approach, the use of pedagogical methods and
innovative methods in the classroom, creative ideas and creativity of young people who are the
successors of our future on the path of innovative development feedback on improving the
assessment system based on bilateral support, foreign experience, international criteria and
requirements.
Key words:
innovation, innovation to the educational system, innovative processes, knowledge,
educational methods, innovative methods, innovative approach, method, active method, passive
method, interactive method, pedagogical innovation, pedagogical activity.
KIRISH.
Har bir davlatning ertangi kuni va kelajagi fuqarolarining intellektual
salohiyatiga, madaniyati, bunyodkorligiga va ta’limga boʻlgan e’tiboriga tayanadi. Zero, eski
ta’lim-tarbiya asosida yangi jamiyat qurib boʻlmagani kabi mamlakatimiz kelajagi, shubhasiz
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
242
kadrlar tayyorlash masalasiga bevosita bogʻliq hisoblanadi. Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek,
“Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan
innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat
bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga,
innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.
Bugungi kunda ta’lim va tarbiya tizimida yuz berayotgan keskin o‘zgarishlar pedagogik
faoliyatga yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. An’anaviy tarbiya usullarining
samaradorligi pasaygan bir davrda, innovatsion metodlar va texnologiyalar asosida shakllangan
zamonaviy tarbiya yondashuvlari yosh avlodning har tomonlama kamolot topishini
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Zamonaviy tarbiya metodlari — bu o‘quvchilarning individual qobiliyatlari, psixologik
xususiyatlari va ijtimoiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishni nazarda
tutadigan, interfaol, axborot texnologiyalariga asoslangan, shaxsga yo‘naltirilgan usullardir.
Bunday metodlarga rolli o‘yinlar, treninglar, loyihaviy metodlar, “klaster”, “debat”, “aql
hujumi”, keys-stadiy kabi yondashuvlar kiradi. Ushbu metodlar orqali o‘quvchilar mustaqil
fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish, tanqidiy yondashish va ijtimoiy faol bo‘lish
ko‘nikmalarini egallaydilar.
Innovatsion yondashuvlarning asosida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya
kontsepsiyasi yotadi. Bu esa har bir o‘quvchining o‘ziga xosligini, qiziqishlarini, ehtiyojlarini
inobatga olgan holda individual yondashuvni amalga oshirishni nazarda tutadi. Shu bois,
zamonaviy tarbiya texnologiyalari o‘quvchilarda faqat axloqiy sifatlarni shakllantirish bilangina
cheklanib qolmay, balki ularning ijtimoiy ongini, liderlik salohiyatini, emotsional intellektini
ham rivojlantirishga xizmat qiladi.
Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan
boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida
boshlashimiz kerak.” Shundan kelib chiqib aytish joizki, yangicha fikrlaydigan, zamonaviy
bilimlarni egalagan barkamol, tashkilotchi va zukko kadrlarga ega boʻlish uchun ta’lim-tarbiya
tizimni tubdan oʻzgartirish, hozirgi davr talablari darajasida rivojlantirish muhim ekanligini
hayot taqozo etmoqda. Pedagog innovatsion faoliyatining eng muhum va markaziy masalasi
o‘quv jarayonini samarali va sifatli tashkil etishdan iborat. Ta’limda innovatsiyani, shu
jumladan, o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini keng joriy etilishi bugungi
kunda juda tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim
muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga va bugungi kun talablariga mos keladigan
kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Olib borilayotgan amaliy harakatlar
talabalarni yutuqlarga erishishiga hamda olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni muayyan darajada
yuzaga keltirishi hamda ularning kasbiy qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga e’tibor
qaratilmoqda. Pedagogik nuqtai nazardan esa, zamonaviy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan
innovatsion jarayonlar, avvalo, inson faoliyatining barcha sohalarida raqamli texnologiyalaridan
faol foydalanish bilan bog‘liq va birinchi navbatda ta’limning sifati va samaradorligini
oshirishga qaratilgandir. Shu munosabat bilan talabalarning kasbiy innovatsion faoliyati tubdan
boshqacha ma’no kasb etadi. Innovatsion faoliyatning mohiyati va mazmuni shundan iboratki,
talabalar uchun ta’lim sohasidagi har qanday yangilik o‘qituvchi tomonidan amalga
oshirilgandagini yuzaga chiqadi. Ya’ni, ta’lim jarayonida talabalarni ob’ektdan sub’ektga
aylantirish, birinchi navbatda, o‘qituvchining kasbiy kompetentligiga bog‘liqdir.
“Innovatsiya” atamasi lotincha “novatio” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish”
(yoki“o‘zgarish”), “in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “yo‘nalishida” deb tarjima qilinadi, agar
buni yaxlit “Innovatio” ko‘rinishida tarjima qilsak – “o‘zgarishlar yo‘nalishida” deb izohlanadi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
243
“Innovatsiya” tushunchasi o‘zining yangi hayotini “innovatsion kombinatsiyalar”ni
tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar natijasida XX-asrning boshida
Avstriyalik iqtisodchi Y.Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda
iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan hisoblanadi.
Innovatsiya – tadbirkorlik ruhi bilan motivatsiyalangan ishlab chiqarish omillarining o‘zgarishi
(yangi kombinatsiyalar). Maqsad – yangi tovar turlari, yangi ishlab chiqarish usullari, yangi
xomashyo manbalari joriy qilish va foydalanish, yangi bozorlar va ishlab chiqarishni tashkil
qilishning yangi shakllarini o‘zlashtirish (monopolizatsiya maqsadida qayta tashkil qilish). U
o‘zining “ijodiy halokat” nazariyasi asosida innovatsion jarayonlarni o‘rganib chiqdi va
tadbirkorlarning faoliyatini yangi mahsulot va xizmatlarni yaratishda mavjud narsalardan
foydalanishni boshqa zamonaviy usullar sifatida ko‘rib chiqishni taklif qildi. Umuman
innovatsiya tushunchasiga olimlar turlicha fikr bildirganligi uning keng tushuncha ekanligini
ko‘rsatadi. Jumladan, “Innovatsiya – bu aniq vaziyatda mutlaqo yangi narsa, biz buni
anglaganimizda foydalanishimiz mumkin” , “Innovatsiya – bu innovatsion, ishlab chiqarish,
institutsional moliyaviy, ilmiytexnik va boshqa sohalardagi yangilikdir”, “Innovatsiya-kapitalni
yangi texnika yoki texnologiyaga, ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat, xizmat ko‘rsatish va
boshqaruvning yangi shakllariga, jumladan, yangicha nazorat va hisob shakllari, rejalashtirish
va tahlil usullariga kiritishdan olingan, moddiy tus olgan natijadir” , “Innovatsiya – g‘oyalar va
ixtirolardan amaliy foydalanish orqali o‘z xislatlari bo‘yicha eng yaxshi bo‘lgan mahsulot va
texnologiyalar yaratishga olib keladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon; innovatsiya iqtisodiy
foydaga yo‘altirilgan holda uning bozorda paydo bo‘lishi qo‘shimcha daromad keltirishi
mumkin.” deb ta’riflar berilganligi buning dalilidir. Bu fikrlardan anglash mumkinki bugungi
kunda ta’lim tizimida innovatsiya kiritib borish zaruriyati mavjud.
N.Kuzmina, E Rodjers va D.Forilar o‘z asarlarida innavatsiya va ta’limga innavatsion
yondashuvga nisbatan o‘z fikir mulohazalarini keng doirada mulohaza qilib o‘tganlar.
Inavatsion talimdan foydalangan holda o‘qituvchilar va o‘quvchilar jamoalarini qulay ta’lim
berish va qabul qilish muhitini yarata olishga alohida urg‘u berib o‘tishgan.
N.V.Kuzminaning fikricha “O‘qituvchi o‘quvchilarga innavatsion usullardan foydalanib.
Talabalarning shaxsiy rivojlanishi uchun metod va vositalardan faodalanishda o‘quvchilar bilan
hamkorlikni o‘rnatsa va o‘rnata olsa har ikki tomonda ham o‘zaro yordam, tushunish, o‘zaro
hurmat va o‘zaro qo‘llab quvvatlash muhiti yuzaga keladi.” Yangilik kiritishning psixologik
aspekti amerikalik innovatik olimlardan biri E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik
kiritish jarayoni qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka boʼlgan munosabatini,
uni idrok qilishga shayligini tadqiq etgan.
Inovatsiya va innovatsion metodlar to‘g‘risida o‘zbek olimlari ham ilmiy izlanishlar olib
borib o‘z fikr mulohazalarnini bildirib o‘tishgan. Jumladan, S.Turg‘unov “Innovatsiya -
maqsadga, yo‘naltirilgan o‘zgartirishlar bo‘lib, ma’lum bir ijtimoiy birlikka - muassasa,
uyushma, jamoa va guruhlarga yangi, nisbatan barqaror bo‘lgan elementlarni, umumiy holda
xalqning ma’naviy-madaniy munosabatlari va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi
bilan uzviy bog‘lik bo‘lgan yangiliklarni kiritishdir” deb ta’kidlagan bo‘lsa, N.Mamadov
o‘zining «Umumiy ta’lim maktablarini innovatsion boshqarish» deb nomlangan tadqiqotida
innovatsiya - bu boshqaruv ob’ektini o‘zgartirish hamda yuqori darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy,
ilmiy-texnik samaralarni qo‘lga kiritish maqsadida muayyan sohalarga yangilikni tatbiq
qilishning yakuniy natijasi ekanligini qayd etib o‘tadi. M.Jumaniyozovaning fikricha
“Innovatsiya - rivojlangan texnologik jarayonning takomillashgan mahsuloti ko‘rinishida
namoyon bo‘ladigan ijodiy mehnatning natijasi. U amaliyot va nazariyaning muhim qismi
bo‘lib, ijtimoiymadaniy ob’ekt sifatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan ijtimoiy sub’ektlarning
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 12, issue 1, June 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
244
xarakat tizimi, ayni vaqtda u boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi o‘zgarishlar mexanizmi
bo‘lib xisoblanadi.”
Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iborat
boʼlib, innovatsiya jarayonlari, ularning funktsiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari
va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqa¬rish tamoyillarining pedagogik asoslarini
oʼrganish oliy oʼquv yurti oʼquv oʼquv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya
fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.
Mamlakatimizda innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davirda
kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligining har
tomonlama qo‘llab -quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarining shakillantirish
hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini
takaomillashtirish, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish hozirgi kunda
muhum ahamiyat kasb etadigan jarayondir.
XULOSA.
Zamonaviy ta’limning dolzarb muammosi “ijtimoiy raqobatbardoshlik”dir.
Bu tushuncha o‘zida kasbiy etuklikni, malaka oshirish imkoniyatiga egalikni, shaxsning ta’lim
olganlik darajasi, innovatsiyalarni qabul qila olish qobiliyati, kasbiy faoliyat sharoitini
qiyinchiliklarsiz o‘zgartira olish va mehnatning yanada foydaliroq turiga o‘ta olish qobiliyatini,
ijtimoiy mavqeyini va bilim darajasi bilan belgilanuvchi ijtimoiy mobilligini o‘zida
mujassamlashtiradi. Ya’ni, zamonaviy sharoitlarda raqobatbardosh mutuxassisni shakllanishi
faqatgina ta’lim jarayoniga muammoli va metodikyo‘naltirilgan, umumiy innovatsion
jarayonlarning talablariga javob beradigan, dastur va konsepsiyalar bilan asoslangan
innovatsiyalarni jalb etish orqaligina amalga oshiriladi. ta’limda dars jarayonida pedagog
inavatsiyon metodikalardan foydalanish o‘quvchilarda hamkorlik qilish kompetensiyasini ham
shakillantiradi.
ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Prezident
Shavkat
Mirziyoevning
Oliy
Majlisga
murojaatnomasi.
https://www.xabar.uz/siyosat/prezident-shavkat-mirziyoyevning-oliy-
majlisgamurojaatnomasi
2. Балабанов И. Инновационный менежмент. Санкт-Петербург, 2001.
3. Жуманиёзова М. Инновацион фаолият - таъли м сифатининг кафолатидир. //
j.Uzluksiz ta’lim. - Т., 2004 - № 6 – Б.89
4. Инновации: теория, механизм, государственное регулирование: Учебн. пособие /Под
ред. Ю.В. Яковца. – М.: РАГС, 2000.
5. Инновации: теория, механизм, государственное регулирование: Учебн. пособие /Под
ред. Ю.В. Яковца. – М.: РАГС, 2000.
6. Кулагин А. Оценка и самооценка научной организации. Инновационная экономика.
2011 г. Ст. 54-55
7. Kuzmina. N.T Ilg’or pedagogic texnalogiyalar. T. 1999 y.
8. Turg'unov S.T. Ta’Iim muassasalarini boshqarishda innovatsion faoliyat. // j.Uzluksiz ta’lim.
- Т., 2006. - № 4. - Б.4.